Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


ishontiradi, bunga faqat ularnnng biri mantiqli asoslash, boshqasi kartinalarda namoyon etish


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

ishontiradi, bunga faqat ularnnng biri mantiqli asoslash, boshqasi kartinalarda namoyon etish 
bilan erishadi” (V.Belinskiy; Ta’kidlar bizniki-H.U). 
Yuqoridagi “Humoyunnoma” (Gulbadan begim) asaridan keltirilgan parchaga e’tibor qilsangiz, 
unda mantiqiy fikrlash, mushohada, xabar ustunlik qiladi; hamma so’zlar aniqlik, ob’ektivlik, “quruq 
qayd” etishga bo’ysindiriladi va haqiqatan bo’lgan voqea haqida tushuncha beradi. 
“Yulduzli tunlar” romanidan keltirilgan lavha esa Bobur, Mohim begim, Shayxulislom 
(Ko’hinur olmosi ham) jonli gavdalanadi, ularning o’zaro muloqotlaridan har birining qalbidagi tuyg’u 
va hislarni (jumladan, Mohim begim “yum-yum yig’laydi”, “Boburga qo’rquv aralash hayrat bilan 
tikiladi”. “Bobur suyukli o’g’lini hadeb o’tga-suvga solib, shu kasallikka o’zi ham sababchi bo’lganday 
o’rtanadi”, Humoyunga “Sening shu og’ir dardingni xudo sendan olib menga bersin!”-deya iltijo qiladi. 
Munkaygan Shayxulislom qiymati ulkan oltin xazinalariga barobar keladigan Ko’hinur olmosini 
sandig’iga tushirishga yo’l topganday-Humoyun betobligidan foydalanishga intiladi, “ota-bolaga 
baqrayib qaraydi”, sarosimaga tushadi...) to’laligicha aniq nuqtalari bilan ko’ramiz, jonli his etamiz. 
Shunday bo’lishi mumkin bo’lgan voqea bilan tanishamiz. Xotirada voqea aniq va “quruq” bayon 
etiladi, lavhada esa tasvirlanadi. Birida mantiqiy mushohada, ikkinchisida ko’rsatish ustunlik qiladi. 
San’at (arxitektura, haykaltaroshlik, rassomlik, musiqa, teatr, xoreografiya, kino va sh.k.) fanlar 
(ilmiy tafakkur)ning yutuqlariga suyangan holda hayotni obrazlar vositasida ifoda etadi. Obrazlilik-



san’atning hamma ko’rinishlarini birlashtiradigan, umumiyligini, o’xshashligini ta’minlaydigan 
universal vositadir. 
“Obrazli formadan tashqarida san’at yo’q” (Oybek).
Lekin ravshanlik, ta’sirdorlik, nozikliik, go’zallik kabi obrazlilikning atributlari (ajralmas 
belgilari, xususiyatlari) san’atning har bir shaklida o’ziga xos bo’ladi: 
“Skulptura... inson tanasi shakllarining go’zalligini ifodalaydi, inson yuzidagi fikrning bir 
paytini, tanadagi (attitude) bir vaziyatnigina tutib oladi. Shu bilan birga skulpturaning ijodiy faoliyati 
insonning butun siymosini qamray olmaydi, balki inson tanasining tashqi shakllari bilangina 
chegaralanadi, erkak kishilarda faqat mardlik, ulug’vorlik va kuchni, xotinlarda go’zallik va noziklikni 
ifoda qiladi. Rassomlik san’ati butun insonni, hatto uning ichki ruhiy dunyosini ham o’z ichiga oladi; 
ammo rassomlik ham hodisaning faqat bir paytini qamrash bilan chegaralanadi. Muzika esa, eng ko’p, 
ruhning ichki dunyosini ifoda etuvchidir; lekin muzika ifoda qilgan g’oyalar tovushlar (sadolar)dan 
ayrilmaydi, tovushlar ruhga ko’p narsa bersa ham, aqlga hyech nimani ochiq va aniq qilib aytmaydi. 
Poeziya erkin inson so’zida ifodalanadi, so’z esa-ham tovush, ham kartina, ham aniq va ravshan 
aytilgan tasavvurdir...”
1
Tinib-tinchimas rus tanqidchisi V.G.Belinskiy tomonidan “Poeziyaning xil va turlarga 
bo’linishi” maqolasida aytilgan bu nozik kuzatish va xulosalar san’atning har bir ko’rinishi “o’z tili”ga, 
“o’z uslubi”ga-“o’zligi”ga ega ekanligini ravshan isbotlaydi. 
San’atning ba’zi ko’rinishi (masalan, V.Belinskiy aytgan skulptura) muayyan cheklangan 
jihatlari bo’lishidan qat’i – nazar, dilni quvontiradigan, his – hayajonlarni yondiradigan jonliligi va 
go’zalligi bilan, latofati va nafisligi bilan beadad quvonch baxsh etadi: 
“Haykaltarosh Skopas marmardan Vakx qizini yaratdi: qiz jonli ko’rinadi, tosh o’sha 
toshligicha qolgani holda, go’yo jonsiz tabiat qonunlarini buzganday edi... O’z tabiatiga ko’ra qattiq 
bo’lgan tosh ayol nafisligiga taqlid qilib, go’yo o’zi ham nafis bo’lib qolganday, ayollik tabiatiga ko’ra 
keskin, nozik harakatlar qilayotgan ayol qiyofasiga kirgan edi. Tabiatan harakatdan mahrum bo’lgan
tosh san’atkor qo’lining sehri, qudrati bilan Vakx qizlari raqsida charx urib aylanayotganday edi. 
Garchi ehtiros toshga xos bo’lmasa ham, Vakx qizining yuzida es – hushidan ayrilgan ayol shavqi 
ravshan sezilardi... Uning sochlarini shabada yulqilar, toshning o’zi ham nozik va mayin, durkin soch 
tolalariga aylangan edi. Bu holni tushunishga, tasavvur etishga aql bovar qilmas edi, tosh bo’la turib, bu 
marmar obrazda ayolning bor mayinligi, nafisligi ko’rinar edi”
2
Bu tasvirning o’ziyoq, garchi marmardan yasalgan Vakx qizini ko’rmasangiz ham, Sizda 
Skopasning mohirligi, tosh ayoldagi uyg’unlik va jonlilik ajib tuyg’ular ato qiladi, ayolning go’zalligi 
ko’ngilni olijanoblikka o’raydi, o’ziga maftun etadi.
Adabiyot “boshqa san’atlarning barcha unsurlarini o’z ichiga oladi, bo’lak san’atlarning har 
biriga ayrim ravishda berilgan hamma vositalardan birvarakay va to’la suratda foydalanadi” 
(V.Belinskiy). Shu sababdan ham adabiyotning maydonidan chiqib ketadigan bironta hodisa, voqea, 
ruhiy holat, xatti – harakat, kechinma bo’lmaydi va ularning hammasi so’z vositasida ta’riflanadi, 
ochiladi, jonlantiriladi. Alloh so’z qudrati bilan borliqni yaratganki, uning qudratidan boshqa buyukroq 
mo’jiza yo’q. Hadisi sharifda “So’zda sehr bor...” deb ta’kidlansa, xalqimiz “So’z qilichdan o’tkir”, 
“So’z – kishining o’zagi, Odob uning bezagi”, deydi. Bobomiz Alisher Navoiy “Chin so’z – mo’tabar, 
yaxshi so’z qisqa - muxtasar” desalar, Mashrab Boboyev “So’z aytgani kelar dunyoga inson”, deydi. 
Rus shoiri Aleksandr Tvardovskiy “So’z – bu mening oshi halolim, so’z – men uchun muqaddas”,- deb 
kuylaydi. Ha, so’z – aqlimizning toji, yuragimizning otashi, insoniyligimizning belgisidir. Ana endi bu 
so’z badiiylashganda, adib Oybek aytganidek, har bir so’z, uzukka qo’yilgan qimmatli tosh kabi 
porlaydi, har bir misrada katta mazmun barq urib turadi. So’z chertib olinadi, ohangi, ifoda kuchi, 
bo’yog’i va boshqa xislatlari bilan hissiy qudratga ham ega bo’ladi (Oybek. Adabiyot to’g’risida, T., 
“Fan”, 1985, 32-33-betlar). 
Shu asosga ko’ra, adabiyotning “tili”, birdan – bir quroli – so’zdir, so’z san’atidir. Uning 
tasvir imkoniyatlari nihoyasizdir. Adabiyot so’z san’ati ila hayotni o’rganadi va tasvirlaydi (uning 
1
В.Г.Белинский. Танланган асарлар, Т., Ўзбекистон ССР давлат нашриёти, 1955, 132-133-бетлар.
2
Қаранг: Н.Шукуров ва бошқалар. Адабиётшуносликка кириш, Т., “Ўқитувчи”, 1979, 48-бет. 


10 
mag’zini chaqadi), hayotni tadqiqi jarayonida undan muayyan xulosa va saboqlar chiqaradi (hukmga 
keladi), hayotdan dars oladi(“hayot darsligi” vazifasini o’taydi), hayotni qayta (umid va orzular 
asosida) yaratadi. 
Demak, so’z san’atining ob’ekti – tabiat, jamiyat, insonni birlashtiruvchi, bizdan tashqarida 
yashovchi cheksiz – chegarasiz olamdir.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling