Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Mavzu. O’tmish adabiy tanqidi va adabiyotshunosligining ifodalanish “janr”lari va


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

Mavzu. O’tmish adabiy tanqidi va adabiyotshunosligining ifodalanish “janr”lari va 
xususiyatlari. 
  
Reja: 
1. Adabiyotshunoslikning qo’shimcha sohasi – manbashunoslik 
2. Manbashunoslik tarixiga bir nazar 
3. Milliy istiqlol mafkurasi va adabiyotshunoslik 
 
 
Manbashunoslik (Istoriografiya – tarix va yozuv ma’nosini beradi) adabiyotshunoslik 
fanlarining barcha davrlardagi tarixiga oid materiallarni to’playdi, umumlashtiradi va ularning 
rivojlanish yo’llarini sarhisob qiladi. 
Adabiyotshunoslikning vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyotini manbashunoslik ikki 
qismga bo’lib, o’rganib kelmoqda:
I. Sharq klassik adabiyotida adabiy-tanqidiy fikrlar taraqqiyoti 
Qadimgi Sharq mumtoz adabiyotshunosligida adabiy-tanqidiy fikrlar sinkretik tarzda (narsaning 
dastlabki, bir-biridan ajralmagan, qorishiq holati)da mavjud bo’lgan. “Shu tufayli o’tmishda” adabiy - 
tanqidiy qarashlar, she’r va shoirlik haqidagi mulohazalar tarixiy yodnomalarda, esdalik tipidagi 
asarlarda, devonlarga yozilgan debochalarda, manoqib holatlarda, kichik lirik janrlardagi asarlarda, 
dostonlarning maxsus boblarida, tazkiralarda, aruz, qofiya, badeye’ va sonoye’ga doir risolalarda, 
ba’zan esa umuman ilmi adab deb atalmish ilmlar turkumiga bag’ishlangan kitob va lug’atlarda bayon 
etilgan.
1
Ularni quyidagicha shakllarga bo’lish mumkin: 
1. Adabiy-tanqidiy fikrlar, eng avvalo, adabiy anjuman va yig’lishlarda, o’zaro suhbatlarda 
og’zaki shaklda, ko’pincha fikr olushuvlar va munozaralar tarzida kechgan. Bu holatning tasviri 
tarixchi Xondamirning “Makorim ul-axloq” asarida ham akslangan: 
“Mavlono Lutfiy so’z lutfida yagonai davron edi. Undan ilgari hyech kim turkiy tilda she’rni undan 
yaxshiroq ayta olmagan. Oliy hazrat yoshlari endigina to’lib, yigitlik davri boshlangan paytda, bir kuni 
Lutfiy xizmatiga bordi. Lutfiy o’z nozik fikrlaringizni natijalaridan yuzaga chiqqan bir g’azalni o’qish 
bilan bizni bahramand qilsangiz, deb iltimos qildi. Ul xazrat bir g’azal o’qidi. Uning matlai mana shu: 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling