Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

Tayanch tushunchalar 
Manbashunoslik. Sharq mumtoz adabiyotida adabiy-tanqidiy fikrlarni bayon etish shakllari. 
G’arb mumtoz adabiyotshunosligi tarixi. “Adabiyotshunoslikka kirish” -faniga oid darslik va 
qo’llanmalar Milliy istiqlol mafkurasi va adabiyotshunoslik. 
Savol va vazifalar 
1. Manbashunoslik fani, uning maqsad va vazifalarini gapiring. 
2. Sharq mumtoz adabiyotida adabiy-tanqidiy fikrlarni o’zida jamg’argan “janr”larni o’rganing, 
misollar bilan to’ldiring. 
3. G’arb adabiyotshunosligi tarixini, uning qaysi asarlarini, yirik vakillarini bilasiz? 
4. Milliy istiqlol mafkurasi adabiyotshunoslikka qanday yangiliklar berdi? Mafkura, g’oya va 
adabiyotshunoslik munosabatlarini sharhlay olasizmi? 
Adabiyotlar 
1. Milliy istilol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar, T., “Yangi asr avlodi”, 2001. 
2. I.Karimov. Jamiyatimizning mafkurasi xalqni-xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin, “Tafakkur” 
jurnali, 2-son, 1998. 
3. B.Valixo’jayev. O’zbek adabiyotshunosligi tarixi. X-XIX asrlar, T., “O’zbekiston”, 1993. 
4. N.Shukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 22-38 betlar. 
4. T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 9-18-betlar.
5. Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror, T., G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1989. 
6. Abu Nasr Forobiy. She’r san’ati, T., G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979. 
7. Qobusnoma. T., 1968. 
2
Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар, Т., “Янги аср авлоди”, 2001, 93-бет. 


17 
Mavzu: Oybekning “Navoiy” romani va Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar”ida 
yaratish va ularning klassifikasiyasi 
Reja: 
1. Oybekning “Navoiy” romanining yaratilish tarixi 
2. Abdulla Qodiriyning “o’tkan kunlar” romani va uning yaratilishi 
3. Asarlarning adiiy xususiyatlari 
4. tarixiy asarlar va ularning klassifikasiyasi 
Yuqoridagi adabiyotga berilgan ta’rif to’liq va mukammal bo’lishi uchun badiiy adabiyotning 
yana bir nechta umumiy xususiyatlarini o’rganish lozim bo’ladi. 
Bu xususiyatlarning uchtasini V.G.Belinskiy “Adabiyot so’zining umumiy ma’nosi” maqolasida 
ta’riflaydi; ularni nazariyotchi olim Izzat Sulton “Adabiyot nazariyasi” darsligida asosli tahlil qiladi.
Darhaqiqat, “adabiyot doimo ommaviylikka suyanadi, o’z tasdig’ini jamiyat fikridan oladi…
butun xalqdan, eng kamida-xalqning ma’rifatli sinflarining e’tiboridan madad oladi. Adabiyot butun 
jamiyatning mulkidir” (V.G.Belinskiy). 
Chunki, “adabiyot jamiyatning hamma tabaqalariga mo’ljallangan bo’ladi va odamlarning yoshi, 
jinsi, kasbi, ijtimoiy pog’onada tutgan o’rniga qaramasdan, hamma tomondan o’qiladi, har bir kishida 
qiziqish tug’diradi. Bugina emas, bir xalqda yaratilgan adabiyot asarlari boshqa xalqlarning ham barcha 
vakillari tomonidan qiziqib o’qiladi, jahondagi odamlarning hammasida (ularning irqiy, milliy, diniy, 
iqlimiy farqlaridan qat’i nazar) qiziqish tug’dira oladi, hamma kishilarga foyda yetkazadi, butun 
insoniyatning mulki bo’lib qoladi”
1
. Shunga ko’ra, hindlarning “Ramayana”si ham, o’zbeklarning 
“Alpomish”i ham, arablarning “Ming bir kecha”si ham, qirg’izlarning “Manas”i ham, ruslarning “Igor 
jangnomasi” ham – butun jahonning, barcha hazrati insonlarning mulki bo’lib, ularning kamoliga 
xizmat qilaveradi. Bu adabiyotning ommaviylik xususiyatidir. 
Adabiyotning ommaviyligi – uning xalqchilligi xislatini yuzaga chiqaradi. Chunki, “Xalqchillik 
adabiyotning fazilati emas, balki zarur shartidir” (V.G.Belinskiy), milliy va umuminsoniy shon-
shuhratining, bashariyatga ta’sir qudratining o’lchovidir. Xalqchillik bor joyda badiiylik ham borligiga 
isbotdir, “agar xalqchillik deganda biror xalq, biror mamlakat odamlarining xulqi atvorini, urf-
odatlarini va xarakterli xususiyatlarini haqqoniy tasvirlashni tushunadigan bo’lsak, xalqchillik 
chinakam badiiy asarlarning zarur shartidir. Har qanday xalqning hayoti faqat uning o’ziga xos 
shakllarda namoyon bo’lsa, u xalqchil hamdir,”
1
– deb yozadi V.Belinskiy o’zining “Rus povesti va 
janob Gogol povestlari haqida” asarida. 
Bu asoslardan ko’rinadiki, haqiqiy badiiy asar doimo xalqchil bo’ladi. Chunki, unda birinchidan
xalqning ruhiyati, umid-armonlari, orzu-istaklari badiiy ifodasini topadi. Ikkinchidan, xalqning 
ruhiyati haqiqiyligi, tiniqligi asarlardagi har bir “qahramon” xarakterida aksini topadi. Uchinchidan
badiiy asar keng xalq ommasi uchun tushunarli til va uslubda, dono soddalik, nozik ta’blik bilan 
yoziladi va ayni paytda, xalqning tuyg’ularini ma’nan birlashtirishga, bashariy e’tiqodi (hammamiz 
bitta Yer kurrasida yashaymiz, hammamiz Allohning bandasimiz, insonligimiz-bir-birimizgagina 
bog’liqligi)ni mustahkamlashga xizmat qiladi. “Xalqchillik singari, originallik ham chinakam 
talantning zarur shartidir. Ikki odam buyurtma ishda bir-biriga o’xshatishi mumkin, lekin aslo ijodda 
emas; zero, modomiki bir odamga bir ilhom ikki marta kelmas ekan, demak, bir xil ilhomning ikki 
odamga kelishi bundan ham mushkuldir. Mana, shuning uchun ham ijod olami tuganmas va 
cheksizdir”. 
Chinakam iste’dodli shoirda har bir shaxs-tip, har bir tip esa o’quvchi uchun notanish tanishdir
Mana bu odam bag’ri daryo, qaynoq ehtiroslarga, teran aqlga boy, ammo mulohazasi cheklangan, 
xotinini shu qadar ashaddiy sevadiki, vafodorligiga zarracha shubhalansa, uni bo’g’ib o’ldirishga 
tayyor, demaysiz, balki lo’nda qilib, mana bu Otello, deysiz! Mana bu odam inson burchini va 
hayotning ma’nosini teran tushunadi, yaxshilikka intiladi, ammo ruhida kuch-g’ayrat yo’qligidan 
1
И.Султон. Адабиёт назарияси, Т., “Ўқитувчи”, 1980, 11-бет. 
1
В.Г.Белинский. Адабий орзулар, Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977, 250-бет.


18 
birorta xayrli ish qila olmaydi va o’zining ojizligini anglab, iztirob chekadi, demaysiz, lekin bu Hamlet 
deysiz! (Shu asar, 250-251-betlar). 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling