Vafoga, sadoqatga, hurmat va e’zozga, nazokat va latofatga, or-nomus va insoniylikka
chaqirayotibdi. Shu bilan odamdek yashashimizga, komil inson va sog’lom avlod uchun
kurashishimizga faol yordam berayapti. Bu Zulfiya ijodining umumbashariyligidan, umrboqiyligidan,
chuqur zamonaviyligidan, butun insoniyat uchun zarurat ekanligidan dalolat beradi.
Demak, san’atkor ijodida, uning chinakam asarida milliylik va umuminsoniylik bir vujuddan
oziqlanadi. Milliylik qanchalik chuqur va yorqin ifodalansa, unda umuminsoniy xislatlar shunchalik
ulug’ va ta’sirchan qudrat kasb etadi; million-millionlarni insoniylik yo’lida hamkorlikka chorlaydi,
qalblar va onglarni birlashtirib ezgulikka, komillika yetaklaydi.
Buning uchun umuminsoniy qadriyatlar har bir millatning ma’naviy mulkiga aylanishi zarur.
XXI asrda xalqlar o’rtasidagi nizo va zidlashuvlar bo’lmasligi uchun xalqlar o’rtasida ularni
birlashtiruvchi ahillik va murosani yuzaga keltirish, “Ulug’ maqsadlar yo’lida yo’ldoshlik qilishga
ko’ndirish” (I.Karimov)- adabiyotning umuminsoniy vazifasidir.
Tayanch iboralar
Adabiyotning ommaviyligi, xalqchilligi. Uni talantli shaxslar tomonidan yaratilishi. Badiiylik.
Milliylik va umuminsoniylik.
Savol va vazifalar
1.Adabiyotning qaysi xususiyatlari – umumiy sanaladi.
2.V.G.Belinskiyning “Adabiyot so’zining umumiy ma’nosi” asarini o’qiganmisiz?
3.O’qigan qaysi asaringizda badiiylik kuchli? Yodlagan she’ringizning birontasi misolida – o’sha
asardagi milliylik va umuminsoniylik belgilarini ko’rsata olasizmi?
Adabiyotlar
1. V.G.Belinskiy. Adabiy orzular, T., G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1967.
2. I.Sulton. Adabiyot nazariyasi, T., “O’qituvchi” 1980, 9 –11-betlar.
3. Hotam Umr, Azmiddin Nosir. She’riyat malikasi, S., “Zarafshon”, 1996.
4. N.Shukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 79-84-betlar.
5. T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 33 – 39-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |