Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

 Ko’zing ne balo qaro bo’lubdur, 
 Kim jong’a qaro balo bo’lubdur. 
Zulqofiyatayndur va qofiyalari tardiakskim, javob aytmoq bu faqir qoshida maholatdindur (qiyindir, 
mushkuldir-H.U). Agarchi aning tiliga bu nav’ abyot ko’p o’tar erdi, ammo hargiz parvo qilib bir yerda 
bitimas erdi. Bu matlain faqir tugatib, aning yodgori devonda bitibman”. 
7. XIX asrda O’rta Osiyoni Rossiya bosib olgach, gazeta va jurnallar nashr etila boshlandi. 
Vaqtli matbuotda – “Turkiston viloyatining gazeti”, “Sadoyi Farg’ona”, “Al Isloh”, “Oyna” kabi gazeta 
va oynomalarda adabiyotga doir maqolalar bosildi, bahs va munozaralar uyushtirildi.
Xullas, adabiyotshunoslik va adabiy-tanqidiy qarashlarni ifodalovchi bu shakllar (ularning 
hammasini qayd qildik, degan xulosadan yiroqmiz) davr taqozasiga ko’ra rivojlanib, o’zgarib bordi, 
ayni paytda, badiiy adabiyotning kamolot sayin rivojiga hamkor bo’ldi. 
II. G’arb mumtoz adabiyotida adabiy-tanqidiy qarashlar taraqqiyoti 
G’arbda adabiyot haqidagi ilmiy ma’lumotlar falsafa fani doirasida maydonga keldi.
Eramizdan oldingi IV asrda yashagan Aristotel (384-322) “Poetika” va “Ritorika” nomli asarlarida 
Gomer, Sofokl, Evripid, Aristofan kabi san’atkorlarning asarlarini tahlil etdi. Uning “Poetika” asari 
birinchi adabiyot nazariyasi kitobi sanaladi. Unda poeziya san’ati xususiyatlari-tasvirlash predmetining 
xilma-xilligi, aks ettirishning turli usullari, tragediya, komediya, dramaning mohiyati, ularning eposdan 
farqi, badiiy xarakter, til va fikr, turlar kabi nazariy muammolar izchil tekshiriladi. Ko’pgina masalalar 
haqqoniy tarzda tahlil qilinadi. Birgina isbotni ko’raylik, u yozadi: “Tarixchi va shoir shu bilan 
tafovutlanadiki, ularning biri haqiqatan bo’lgan, ikkinchisi esa bo’lishi mumkin bo’lgan voqea haqida 
so’zlaydi. Shuning uchun poeziya tarixga qaraganda falsafiyroq va jiddiyroqdir: poeziya ko’proq 
umumiy, tarix esa alohida voqealarni tasvirlaydi”.
1
Uning adabiyot haqida ishlab chiqilgan dastlabki qoidalari yetuk ta’limot sifatida XVIII asrning 
oxirigacha estetik tushunchalarga nazariy asos bo’lib xizmat qildi. 
G’arbda Uyg’onish adabiyotshunosligiga Italiya gumanistlari Franchesko Petrarka, Jovani 
Bokkacho (XV) asos soldilar. Ular qatorida Aligyeri Dante, Erazm Rotterdamskiy kabi ijodkorlar 
badiiy adabiyotni real hayotni o’rganish bilan bog’liqlikda olib borishga intildilar. 
XVII asrga kelib klassisizm qodialari ishlana boshlandi. Fransuz adibi Nikola Bualo “Poeziya 
san’ati” (1674) nomli asarida klassisizmning makon, zamon va harakat birligi nazariyasiga asos soldi; 
1
Аристотель. Поэтика (поэзия санъати ҳақида), Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1980, 22-
бет. 


15 
tabiat go’zalligidan ilhomlanib, aqlu idrok va yuksak ahloqqa mos keluvchi asarlar yaratish 
tamoyillarini ilgari surdi. 
Fransuz Deni Didro (“Dramatik poeziya haqida”), nemis Gotxold Lessing (“Loakoon yoki 
tasviriy san’at bilan poeziya chegaralari haqida”)lar realistik dramaturgiya tamoyillarini yaratadilar; 
voqealar mohiyatini chuqur yoritgan holda realistik tasvirlash qoidasini ilgari surdilar.
XVIII asrda G’arbda ma’rifatchilik g’oyalari keng tarqaldi. Nemis yozuvchilari I.Gyote, 
F.Shiller, adabiyotshunos I.Gerderlar adabiyotga hayotni o’zgartiruvchi, tushuntiruvchi vositalardan 
biri deb qaradilar; adabiyotni xalq ruhining in’ikosi tarzida baholadilar. 
XIX asrning boshlarida nemis faylasufi G.F.Gegel “Estetikadan leksiyalar”ida adabiyot 
nazariyasining muhim masalarini chuqur yoritdi, “Adabiyot obrazlar orqali fikrlash” san’ati ekanligini 
ishonchli asosladi. 
XIX asr rus revolyusion-demokratlari materialistik adabiyotshunoslikning yuzaga kelishiga katta 
hissa qo’shdilar. V.G.Belinskiy (1811-1848), A.G.Chernishevskiy (1828-1889),N.A.Dobrolyubov 
(1836-1861) larning adabiyot
ning yuksak g’oyaviyligi, xalqchilligi, obrazliligi, estetik xarakteri, yaxlitligi, badiiyligi, badiiy asar 
pafosi kabi ta’limotlarini asosladilar. Ayniqsa, bu sohada V.Belinskiyning “Aleksandr Pushkin 
asarlari”, “Poeziyaning xil va turlarga bo’linishi”, “Gogolga xat”, N.Chernishevskiyning “San’atning 
voqyeylikka estetik munosabatlari”, N.Dobrolyubovning “Zulmat ichra nur”, “Haqiqiy kun qachon 
keladi” kabi asarlari materialistik estetikani anglashda, realizm va tanqidiy realizm metodlari 
qonuniyatlarini ilmiy tushunishda bebahodir. V.Belinskiy “G’oyasiz san’at-murdaning o’zidir” desa, 
N.Chernishevskiy “Eng go’zal narsa hayotdir” deb tasdiqladi. 
K.Marks, F.Engels, V.Lenin materialistik falsafaga asos soldilar. Shu ta’limotga tayanib, 
F.Engels “Mening fikrimcha, realizm detallarning haqqoniyligidan tashqari, tipik xarakterlarni tipik 
sharoitlarda haqqoniy tasvirlanishini ham taqozo etadi”, - degan ta’rifni 1888 yilda M.Garknessga 
yozgan xatida yaratdi. V.Lenin dunyoni badiiy (falsafiy, ilmiy) idrok etishning in’ikos nazariyasini 
ishlab chiqdi. Uning ta’limoti XX asr sovet adabiyoti uchun metodologik asos vazifasini o’tadi. 
XX asrga kelib Sharqu G’arb adabiyotshunosligi birlashdi: ularning yutuqlari umumlashtirildi. 
Natijada adabiyotshunoslikning biz yuqorida ta’kidlagan asosiy va qo’shimcha sohalari alohida-alohida 
fan sifatida shakllandi va rivojlandi. 
Birgina “Adabiyotshunoslikka kirish” fanini nazarda tutsak, bu fan qonuniyatlarini bevosita 
o’rganuvchi ko’plab darslik va qo’llanmalar yaratilganiga voqif bo’lamiz. Bular: Abdurauf Fitratning 
“Adabiyot qoidalari” (1926), N.Shukurov, N.Hotamov, Sh.Xolmatov, I.Mahmudovlarning 
“Adabiyotshunoslikka kirish” (1979) darsligi, To’xta Boboyevning “Adabiyotshunoslikka kirish” 
o’quv-metodik qo’llanmasi (1979), E.Xudoyberdiyevning madaniyat va san’at institutlari talabalari 
uchun “Adabiyotshunoslikka kirish” (1995) darsligi, Abdulla Ulug’ovning “Adabiyotshunoslikka 
kirish” (2000) o’quv qo’llanmasi, Hotam Umurovning “Adabiyotshunoslikka kirish dasturi, test va 
ko’rgazmalilik” metodik qo’llanmasidir. 
Biroq, istiqlol berayotgan tarixiy o’zgarishlar barcha ijtimoiy fanlarni, shu jumladan 
adabiyotshunoslikning ham mohiyatini qayta idrok etishga chorlamoqda. Milliy Istiqlol mafkurasiga 
tayangan holda yangicha ilmiy talqin va tahlil qilishni kun tartibiga chiqardi. 
Agar biz Prezidentimiz I.A.Karimov yozganidek, “Odamlarning ming yillar davomida 
shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini 
ko’zlagan va uning dunyodagi o’rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechani va 
ertangi kuni o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lishga qodir g’oyani jamiyat mafkurasi deb bil
1
”sak, Milliy 
Istiqlol mafkurasi “xalqni-xalq, millatni-millat” qilishga safarbardir. Zero, mustaqillik va ozodlik, erk 
va adolat, tinchlik va Vatanga muhabbat, obodonchilik va farovonlik, qadr-qimmat va mehru oqibat, 
go’zallik va nafosat, sabr-bardosh va mehnatsevarlik, hurfikrlilik va diniy bag’rikenglik, ma’rifat va 
ma’naviyatparvarlik kabi insoniy xususiyatlarni yuzaga chiqarar va insonni yetishtirishga dahldordir. 
1
И.Каримов. Жамиятимизнинг мафкураси халқни-халқ, миллатни миллат қилишга хизмат этсин, Т., “Ўзбекистон”, 
7-
жилд, 89-бет. 


16 
Shuning uchun ham “Milliy istiqlol mafkurasining asosiy tayanch nuqtasi ham ijtimoiy darajadagi 
milliy o’zlikni anglata olishidadir”.
2
Mana shu mafkura asosida yotgan ulug’vor g’oyalarni ayniqsa, komil inson g’oyasini ham 
milliy, ham umumbashariy mohiyatini ochish, uni obrazli ifodalash-adabiyotni va adabiyotshunoslik 
ilmining vazifasidir. 
Shu asoslar sababidan Milliy Istiqlol mafkurasi adabiyotning partiyaviyligi va sinfiyligi 
tushunchalarini rad etdi. Adabiyot partiyaga emas, balki komil insonni yaratish uchun xizmat qilishi 
lozimligini-bosh haqiqatni tasdiqladi. Adabiyot hamma hazrati insonlarga-boyga ham, o’rtaholga ham, 
kambag’alga ham hayot darsligi vazifasini o’tashi lozimligini tushuntirdi. Adabiyotmizni diniy-mistik 
adabiyot, saroy-feodal adabiyoti, tasavvuf yoxud so’fizm adabiyoti, o’zbek jadid adabiyoti kabi 
bo’laklarga bo’lib, uni regressiv xarakteridagi yo’nalish deb atashning beburdligini (So’fi Ollohyor, 
Naqshband, Ahmad Yassaviy, Feruz, Husayn Boyqaro...) tayin etdi, ularni o’rganishni yo’lga qo’ydi. 
Xalq uchun ular ham darslik ekanini isbotladi. 
Badiiy asar tahlil va talqini-har jihatdan yetuk va komil inson tasvirini o’rganishga qaratilishi 
(sosialistik jamiyat kishisini-yasama obrazning tadqiqiga emas)-adabiyotning bosh vazifasi (insonning 
ezgu tuyg’ulari tarbiyasi)ni adabiyot ilmining mazmunini tamoman o’zgartirdi. 
Shunga o’xshash yangi asoslar, dalillar “Adabiyotshunoslikka kirish”ning zamonaviy nusxasini 
yaratishni talab etadi. Biz yaratilgan darslik va qo’llanmalarning mag’zidan, Izzat Sulton, 
O.Sharafiddinov, M.Qo’shjonov, U.Normatov, U.Xudoyberganov kabi o’zbek olimlarining so’nggi 
izlanishlaridan, jahon adabiyotshunoslarning tajribalaridan foydalanamiz.
Milliy istiqlol mafkurasiga va adabiyotning mohiyatiga mos keladigan ilmni imkonimiz 
darajasida yaratishga, Siz aziz talabalar bilan birgalashib, Alloh nomi bilan kirishamiz.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling