47
O’rik novdalarini bezagan g’unchalar-gul hayotining
bahori ekan, lirik qahramon hayotining
bahori nima? Bu-baxt. Baxtli hayot. Lekin u bormi, mangu barqarormi?
“Ana shu tarzda gulning toti to’g’risidagi fikrlar baxt haqidagi o’ylar bilan uyg’unlashadi.
Gulning toti, lirik qahramonning baxti-she’r g’oyasi ana shu ikki qalbning
uchrashgani va uchqun
sochgan nuqtasida ochiladi” (N.Karimov). “Baxtim bormi?” degan so’roq lirik qahramonni o’ylatsa,
“ikkinchidan, o’quvchining ongida qandaydir savol alomatini ham, ya’ni “bundan keyin nima bo’ladi?”
degan qiziqishni, masalaga faol munosabatni ham uyg’otadi. Shoir o’z o’quvchisida shunday tuyg’uni
uyg’otib
olgandan keyingina, bu esa poetik mahoratning “sir”laridan biridir, baxtli hayot bahorini ifoda
etuvchi yaxlit fikrlarni misralarga tizib tashlaydi” (S.Azimov):
Yuzlarimni
silab-siypalab,
Baxting bor deb esadi yellar
Etgan kabi go’yo
bir talab
Baxting bor deb qushlar chiyillar.
hamma narsa meni qarshilar,
har bir kurtak menga so’ylar roz
Men yurganda bog’larga to’lar
Faqat baxtni maqtagan ovoz:
“Mana
senga olam-olam gul
Etagingga siqqanicha ol.
Bunda tole har narsadan mo’l,
To o’lguncha shu o’lkada qol.
Umrida hyech gul ko’rmay
O’tganlarning haqqi ham senda
har bahorni yig’lab
qarshilab
Ketganlarning haqqi ham senda...”
Demak, lirik qahramon baxtining borligini yellar ham,
qushlar ham, har bir kurtak ham, baxt
ovozi ham iymon
keltiradi, tasdiqlaydi. “Baxti mangu barqaror el”, “har gulistonda bahor mangu”
bo’lgan Vatan ulug’lanadi.
O’quvchi qalbida ana shu oliyjanob tushunchalar, ana shu bir olam hislar ko’chgandan so’ng,
“har narsadan baxt mo’l o’lka”ga sodiq farzandligidan sevinch to’lgach, shoir she’rini tugatadi:
Do'stlaringiz bilan baham: