Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


adabiyotning ikkinchi unsuri (elementi)


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

adabiyotning ikkinchi unsuri (elementi) deb ataydi va uni shunday ta’riflaydi: “Tema avtor 
tajribasida bunyodga kelgan, hayotning o’zi ko’rsatib bergan, ammo hozircha avtor tasavvurida 
hali to’la-to’kis shakllanmagan bir holda saqlanib, obrazlarda gavdalantirishni talab qilib, 
avtorda ishlashga mayl uyg’otadigan g’oyadir”. Ushbu ta’rifdan ham ma’lum bo’layaptiki, tema va 
g’oya – birbutun, yuqorida ko’rganimiz mazmun va shakl kabi (tema g’oyaning ichida, g’oya 
mazmunning ichida yashaydi) yaxlit hodisadir. 
Adabiyotshunoslikdagi fikrlarni umumlashtirsak, badiiy asar temalarini uchga ajratish mumkin: 
1. Adabiy mavzular. Insoniyatga xos bo’lgan barcha fazilatu qusurlar(sevgi-muhabbat, mehr-
oqibat, vafo-sadoqat, shodlik va quvonch, g’am va qayg’u, qasos, rashk, o’lim, saxiylik va baxillik, 
baxtu baxtiyorlik, matonat va shijoat, mehrli tabassumu yolqin nigoh, ehtiros, sog’inch, chanqoqlik va 
jo’shqinlik va h.) adabiy mavzulardir. Shu sababdan Oskar Uayld “Dorion Greyning portreti”(“Jahon 
adabiyot”, yanvar, 2000)asarida topib aytadi: “Fikr va so’z san’atkor uchun san’at vositasidir. Illat va 
fazilat – uning ijodi uchun materialdir”. Bu xulosa hamma davr adabiyotlari uchun tegishlidir. 
2. Tarixiy mavzular. Tarixda, o’tmish (moziy)dan tasvir predmetiga material tanlash va shu 
asosda zamondoshlarning diqqatini qiziqtirgan eng zarur muammolarga javob izlash – bosh xususiyat 
kasb etadi. Jumladan, “Navoiy”(Oybek), “Yulduzli tunlar. Bobur”(P.Qodirov), “Ulug’bek 
xazinasi”(O.Yoqubov) – uzoq tariximizni yoritsa, “O’tgan kunlar”(A.Qodiriy), “Kecha va 
kunduz”(Cho’lpon), “Qutlug’ qon”(Oybek) – yaqin o’tmishimizni gavdalantiradi. 
3. Zamonaviy mavzular. Bugungi zamondan, aniq bosqich – istiqlol davri kishilarining hayotini 
tasvirlash va shu orqali hayotdan dars berish – zamonaviy mavzularga xos bosh xususiyatdir. Bugun 
Istiqlol talabiga monand komil kishilarni – fikrlovchi, tadbirkor, el-yurt uchun kuyub, yonib yashovchi, 
adolat va haq uchun kurashuvchi qahramonlarni tasvirlash, ularning murakkab obrazlarini yaratish – 
zamonaviy mavzularning kashfiyotlari bilan bog’liq. 
Mavzular qanday atalishidan qat’iy nazar hammasining asosida zamondoshlarning ko’nglini band 
etgan muhim masalalarga javob izlash va javobda insoniylashgan umumbashariy dolzarb g’oyalar 
targ’ib qilinishi talab etiladi.
Adabiy asar hayotni keng va chuqur, barcha tomonlari bilan tasvirlar ekan, unda asosiy tema va 
yordamchi temalar bo’lishini taqoza etadi. 
Jumladan, “O’tgan kunlar” romanining asosiy temasi XIX asrning ikkinchi yarmidagi hayot 
ko’rinishlarini tasvirlash bo’lsa, aynan ana shu mavzuning turli qirralarini ochuvchi yordamchi temalar 
ham ko’p: Otabek va homid o’rtasidagi (yangilik va eskilikning)kurashi, Kumush va Zaynab orasidagi 
kundoshlik, ota-ona va o’g’il orzulari orasidagi qarama-qarshilik, qipchoqlar va qora- 
chopon(o’zbek)lar o’rtasidagi qirg’in va h. Bularning hammasi bosh temaning mohiyatini isbotlashga, 
bo’rttirishga, ta’sirchanligini ta’minlashga, birgina so’z bilan aytganda, bosh temani yoritishga bevosita 
va bilvosita xizmat qiladilar. 
Badiiy asar muyyan bir mavzuni tasvirlar ekan, bevosita shu mavzuning haqiqatini kashf qilish 
bilan ko’pning diqqatini e’tibordan chetda qolayotgan muammoga qaratadi (Masalan, “O’tgan 
kunlar”da birinchi bor kundoshlikning fojiasi yaqqol va bo’rttirib gavdalantirilgach, kundoshlikni 
qoralovchilar va “oladigan xotiningiz sizga muvofiq bo’lishi barobarida er ham xotung’a muvofiquttab’ 
(tabga mos, munosib) bo’lsin” talabini yoqlovchilar keskin ko’payib ketgan). Demak, yozuvchi doimo 
aniq maqsadni ko’zlab, “odilona hayotning yoqlovchisi, sudyasi bo’lib ish ko’radi. Yozuvchining 
maqsadi, orzusi, haqiqati, adolati... hammavaqt asar qahramonlariga taqsimlanadi, ular qalbiga 
joylashtiriladi. Va qahramonlarning o’zaro munosabatlaridan, harakatlaridan, qalb tug’yonlari 
tasviridan jonlanadi, jilolanadi, yaxlitlashadi va birbutun go’zalligi (mukammalligi) bilan kitobxonni 
harakatga soladi. Bu badiiy asar “hujayralari”dan sizib chiquvchi qon, qon tufayli faoliyat 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling