Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asar sarlavhasi.
- Lirik chekinish
qonunidir, unga bo’ysingan yozuvchi o’z g’oyaviy-estetik niyatiga xizmat qilmaydigan bironta
tasvirni, bironta tafsilotni, bironta detalni, bironta so’zni, hattoki, bironta tinish belgisini kiritmaydi. Ma’lumki, kompozitsiya syujetdan kengroq hodisa sanaladi, chunki u syujetni ham, syujetdan tashqarida qoluvchi vositalarni ham o’zida jamg’aradi. Syujetdan tashqarida qolgan badiiy unsurlar - kompozision vositalar deb yuritiladi va ularning barchasi asarning birbutun va mukammal bo’lishiga xizmat qiladi. Shuning uchun ham kompozitsiyani adabiy asarga tugallik va yaxlitlik baxshida etuvchi, yakunlovchi adabiy-badiiy shakl deb yuritadilar. Kompozision vositalardan ba’zilarini hukmingizga havola qilamiz. 1. Asar sarlavhasi. “Aniqlik va qisqalik nasrning birinchi ustunligidir. U fikrni, fikrni talab etadi, busiz go’zal ifoda hyech narsaga xizmat qilmaydi” ekan, asar sarlavhasi bir yoki bir necha so’zda ifodalanishi, yuzlab sahifalarga sochilgan mazmunni o’zida aniq jamg’arishi, nomlanishidanoq o’quvchini o’ziga jalb qilishi lozim. Bu judayam azobli ish, ayni chog’da, rohatbaxsh hamdir. “Qutlug’ qon” (Oybek), “Ulug’bek xazinasi” (O.Yoqubov), “Yulduzli tunlar”, “Ona lochin vidosi” (P.Qodirov), “O’g’ri”, “Bemor” (A.Qahhor), “Chinor” (A.Muxtor), “Iymon” (I.Sulton), “Qudratli to’lqin” (Sh.Rashidov), “Shaytanat” (T.Malik), “Lolazor” (Murod Muhammad Do’st), “Egilgan bosh” (O.Muxtor), “Oq qushlar, oppoq qushlar” (O.Yoqubov), “Otamdan qolgan dalalar” (Tog’ay Murod), “Ikki eshik orasida” (O’.hoshimov) kabi asar nomlarining tarixini o’rganishning o’zidayoq ko’pgina saboq va o’gitlarning beradi. Jumladan, “dunyo hikmatlarini mo’jizalar tarzida tuya oladigan va shunga monand ifoda qila oladigan” san’atkorning iqrornomasiga quloq osaylik: “Keyingi vaqtda-keksalik, xastalik sabab-juda kam uyqu bo’lib qoldim. Uyqu qochganda bosh- keti yo’q, uzuq-yuluq o’y-xayol qalashib kelaverarkan. Shunda tunchiroq ostida turgan daftarga ba’zi tasodifiy fikrlarni yozib qo’yadigan bo’ldim. Daftarimni “tundalik” deb atadim. Bu “janr”ning “kundalik”dan farqi shuki, unda xronologik tartibdagi voqealar bo’lmaydi. Bu gaplar, biri bog’dan, biri tog’dan bo’lsa ham, kimnidir fikri yo sa’y-harakatiga turtki bo’lishi mumkin. Qolaversa, ular muallifning ruhiy holatidan darak, zero biz hammamiz ma’naviy olamga hamisha qandaydir bir tarzda ulush qo’shib yashaymiz”. Darvoqye “Tundaliklar” nomini eshitganingizdanoq, sizda qiziqish uyg’onadi, uning mazmuni bilan tanishishga oshiqasiz. Asqad Muxtorning ikki daftardan iborat bu so’nggi asari – umri yakunidagi Yozuvchining sir-asroridan, uning Odam va Olam haqidagi kashflaridan xabar beradi, kitobxonni o’yga toldiradi, harakatga shoshiltiradi, hayratga ko’madi. Eng asosiysi nom asardagi bosh g’oyani, demakki, bosh mazmunni ifodalay oldi, ya’ni A.Muxtor kasalligiga, og’ir kasalligiga qaramay, tungi bedorlik paytlarida ham yaratish bilan band bo’ldi, o’z aql-zakovati bilan ko’pni hayajonlantira oladigan insoniy dardlarni, mushohadalarni, yangi izlanishlarga asos bo’la oladigan ilmiy va badiiy asoslarni kashf etdi. haqiqiy ijodkor inson qiynalib so’zlasa-da, qiynalib yozsa-da, shunday holatda ham ko’p uchun qayg’uradigan, ko’pning dilidagini aytadigan, ko’p uchun yashaydigan, ijod qiladigan Odam bo’lish kerakligini isbot qildi. Tiriklikning har bir daqiqasi o’zlikni, demakki, Ollohni bilishga sarflanishini lozimligini ko’rsatdi. Shu yo’l bilan eng ohirgi daqiqalarda ham ikkinchi umrining mazmunini (“Ijod – o’limni o’ldirmoq”dir), yanada boyitdi, uning boqiyligini ta’minladi. “Tundaliklar”da: “Shamol shamni o’chiradi. Shunga o’xshab, ayriliq ham shunchaki xushtorlikni sovutishi mumkin, chin muhabbat esa o’t oldiradi”, - degan haqiqat ham yozilgan. Asqad Muxtorga, uning ijodiga xalqimiz muhabbati ortib boraverishi, shubhasizdirh Ko’pgina asarlarning nomlari ulardagi bosh qahramonlarning ismlari bilan ataladi. “Zaynab va Omon” (h.Olimjon), “Navoiy” (Oybek), “Mirzo Ulug’bek” (M.Shayxzoda), “Amir Temur” (Olimjon Bo’riyev), “Fotima va Zuhra” (U.Umarbekov), “Ibn Sino” (M.Qoriyev), “hamza” (K.Yashin) kabi 56 asarlar buni isbotlaydi va asar syujetini bevosita shu obrazlar bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Shu asos tufayli bu nomlar ham aniq asarning birbutunligiga hissa bo’lib qo’shiladi. 2. Epigraf (yun. Epigraphe-yozuv). Dastavval, u qadimgi Gresiyada qabr toshlariga yozilgan she’rlarning janri bo’lgan. Keyinchalik va hozir ham xalq og’zaki ijodi yoki yozma adabiyotdan olingan hikmatli so’z, maqol, parcha yoki iboralarning boshqa bir asar (uning sarlavhasidan keyin, qismi va bobining boshlanishi)da bittasini yoki bir nechtasini keltirilishiga epigraf atamasi ishlatiladi. Epiraf hamma asarlarda bo’lavermaydi, lekin u doimo qisqa, sodda bo’lishi, ibratli mazmunni o’zida jamg’arishi lozim. Eng asosiysi, muayyan asarning mazmunini o’zida tashishi yoki shu mazmun qanday bo’lishiga urg’u berishi (ba’zida isbotlashi) talab qilinadi. Jumladan, H.Olimjonning: har yurakning bir bahori bor, har bir qalbga ishq bo’lar mehmon. har yurakda gullar muhabbat, Bo’ston etar uni begumon. Lekin Layli boshiga kelgan Qora kunlar bizga yot bugun. Bizga yotdir Shirin baxtini Paymol etgan u qop-qora tun,- she’riga quyidagi epgraf keltirilgan: “Muhabbat Ul o’zi eski narsa, Lokin har bir yurak Oni yongorta...” Xodi Toqtosh Ko’rinadiki, har bir qalbda ishq gullarkan, yurak bo’stonga aylanadi. Shuning uchun ham Layli boshiga kelgan, Shirin baxtini paymol etgan qora kunlar o’tmishga aylangan, degan fikrni Xodi Toqtosh asaridan keltirilgan parcha yanada ta’sirdor qiladi, ishonchni oshiradi. “Yozuvchi yolg’onni to’qiydi-yu, haqiqatni yozadi”, - degan hikmatni guyo isbotlaydi. 3. Lirik chekinish. San’atkor asarida yaratayotgan syujet voqealaridan ba’zida o’zi ham ta’sirlanib ketadi, qalbida tug’yonlar, hislar, fikrlar quyulib kelaveradi. Shu jarayonda syujet voqealarini to’xtatadi-da, ana shu kechinmalarni ifodalaydi. Bu holat – lirik chekinishni keltirib chiqaradi. Lirik asar – shoir kechinmalarining ifodasi, dramatik asarda muallif nutqi ishtirok etmasligini hisobga olsak, lirik chekinishlar liro-epik asarlarda uchraydi. Jumladan, hamid Olimjonning “Zaynab va Omon” dostonida Omon o’z qismatini, tarixini so’zlar ekan, dunyo ona mehri bilan to’liq va ulug’ligini, ona va farzand o’rtasidagi sevgining buyukligini ta’kidlaydi. Ana shu tushunchalarning beg’uborligini, samimiyligini, jonga jon solib asrashligini ta’kid qilish, unga yana bir isbot keltirish uchun shoir lirik chekinishga yo’l qo’yadi: Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling