Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

Gul ochilar bahor chog’ida 
Va to’lishar ona bog’ida. 
Ona sevmas farzand topilmas
Farzand yo’qdir onani sevmas. 
Farzand guldir, ona bir bo’ston,
Shuning bilan jahon guliston. 
Ana shundan so’ng Omon qismati – uning onasiz yolg’iz o’tgani, zaqqumlar yutgani, ona 
allasiga intizor bo’lgani, ona tovushiga zorligi tasvirlanadi. Bu tasvirni lirik chekinish yanada 
aniqroq va to’liqroq his etishga kitobxonni tayyorlaydi va shu xislati bilan asar g’oyasini 
ta’sirchanligiga hissa qo’shadi, asardagi olamni – busbutun bo’lishiga kichkina, lekin zarur 
ko’makni (“Arqonga qil quvvat”dir) beradi. 
Lirik chekinishning yana bir ko’rinishida – san’atkorlar personajlarning xatti-harakatlari va 
xarakterlariga beriladigan baholarini ochiq ifoda qiladilar. Bunda ham ob’ektivlik qonuni saqlanadi, 


57 
ya’ni ularning faoliyatiga yozuvchi aralashmaydi. Faqatgina bergan bahosi orqali qahramonlar 
qalbidagi hokim kuch (g’oya)ni eslatish (ta’kid etish) orqali – kitobxonni yangi voqealarga tayyorlaydi, 
voqealar mazmuniga alohida diqqat qilishga yetaklaydi. Buning isboti “O’tgan kunlar”dagi Otabek-
Kumush-Zaynab munosabatlarida ham ko’rish mumkin: 
“Birinchisini tavsif qilib ko’rsatish nechukkim biz shu o’ringacha ko’p qog’ozlarni qoralab 
kelamiz, o’qug’uchini ham zeriktirmay orqamizdan ergashtirgandek bo’lamiz, chunki Otabek va 
Kumush ishqlarida samimiyat, yana to’g’risi she’riyat bor edi. Ikkinchi masala ustiga o’tib tahlil 
qilmoqchi bo’lsaq, Otabekda majburiyatdan boshqa hyech gap topolmaysiz, topqan bilan o’qug’uchig’a 
qiziqarliq bir narsa chiqmaydir. Qahramonimizning hozirgi “majburiyati” sabablarini muhtaram 
o’qug’uchilar yaxshi his etsalar ham biz bir daraja o’z tomonimizdan ularni sanab ko’rsatamiz...” 
(“O’tgan kunlar. Mehrobdan chayon”, 339-bet). 
Ushbu chekinish ham qahramonlarda mujassamlashgan iroda yo’nalishini yanada aniqlashtiradi, 
oldingi voqealar bilan keyingi voqealarni o’zaro bog’laydi, kitobxonga ma’lum muddat dam beradi va 
qiziqishini yana bir bahya ko’paytiradi. Bularning barchasi – yaxlit olam (roman)dagi g’oyaviy 
maqsadni sezadigan darajada jonlantiradi (badiiylashtiradi). Lirik chekinish ham kompozitsiyada zarur 
vosita ekanligini – yaratuvchan qudratga egaligini isbotlaydi.
4. Qistirma epizod. Syujet yo’nalishiga bevosita aloqador bo’lmagan, ammo asar g’oyaviy 
mazmunini ko’p tarmoqli qiladigan, uni bilvosita chuqurlashtiradigan va yangi taqdirlar misolida 
ta’kidlaydigan qo’shimcha voqea – qistirma epizod sanaladi. “O’tgan kunlar”dagi usta Alim va Saodat, 
Toshkandning mashhur Qovoq devonasi bilan bog’liq voqealar – qistirma epizodlardir. 
Jumladan, romandagi “o’z zamonasining mashhur devonasi” – Qovoq devona “qiziq harakatlari 
va tutal so’zlari” bilan hammani o’ziga qizziqtiradi. Kalaka qilg’uvchi ermakchalar “uning yoshi 
mishig’iga, mishig’i tupigiga qo’shilib yig’lashi”ni tomosha qilardilar. Ayni paytda “Xon zamonlarida 
och qoringa sorimsoq yeb, ko’kchoy ichishdan zerikkan kishilar choyxonada o’tirar ekanlar, 
devonaning qovoqlari kasbini ayttirish orqali davrdan, davrning ulug’lari ustidan kuladilar: 
“Qovoq devona belidagi qovoqlardan bitta egri maymog’ini ko’rsatib: - Manov Musulmon 
cho’loq, - dedi, uning yonidagi kichkina tomosha qovoqni turtib : - Bunov, Xudoybachcha 
(Xudoyorbachcha), - dedi. Suv qovog’ini erkalab “Nor kalla” - (Normuhammad Qushbegi), - dedi. 
Qolgan ikkita silliq qovoqchalarni “nos qovoq, yupqa tomoq”, - deb qo’ydi. Ermakchilar 
kulishdilar”(154-bet). 
Birinchidan, xalqning bunchalik abgorligini Qovoq devona hayoti, holati, u harakat qilayotgan 
sharoit isbotlab, u davrning eng kir, qora kunlar ekanligiga sha’ma qilsa, ikkinchidan, Qovoq devona va 
uning to’ydan olgan belbog’i voqeasi orqali “ko’z og’rig’i”, “qorategin”, “yuziga chechak chiqqan” 
odam (homid) Otabekning yolg’iz o’g’il ekanini, toshkandlik qizga uylanganini bilab oladi, ana shu 
g’oyaviy yukni bajargandan so’ng Qovoq devona roman sahnasida boshqa ko’rinmaydi. 
5. Badiiy qoliplash. Bosh voqea doirasi ichida, unga g’oyaviy mazmun va kompozision jihatdan 
bog’lab turli mustaqil voqealarni tasvirlash usuli – badiiy qoliplash deb yuritiladi. Mashhur “Ming bir 
kecha”, A.Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostoni, A.Muxtorning “Chinor” romani bu usulning yaqqol 
misollaridir. 
Jumladan, Alisher Navoiy dostonidagi bosh voqea – shoh Bahrom va uning sevgilisi Dilorom 
sarguzashti. Uning qisqacha syujeti shunday: 
Shoh Bahrom go’zal Diloromga ishq qo’yadi. Ishq va mayga beriladi. Bir ohuni kamon bilan otib 
yiqitadi. Uning ustaligiga (mahoratiga) tahsin o’qimagani uchun Diloromni kiyiklar uyasiga tashlaydi... 
hushyor tortgach, qilgan ishiga pushaymon bo’ladi, Diloromni istab biyobonga boradi, biroq uni 
topolmasdan, o’zidan ketadi. Dilorom hajrida devona bo’ladi. Uning savdoyiligini daf qilish uchun 
yetti go’zal qasr bino qiladilar. haftaning har kuni Bahrom bir qasrda bir musofirning afsonasini 
tinglaydi. (I- kecha: Farruh va Axiy qissasi; II- kecha: Zayd qissasi; III- kecha: Sa’d qissasi; IV- 
kecha: podshoh Jo’na va Ma’sud qissasi; V- kecha: Navdar va Mehr qissasi; VI- kecha: Muqbil va 
Mudbir qissasi; VII- kecha: Xorazmlik sozanda qissasi). Oxirgi qissadan Dilorom Xorazm 
mamlakatida ekanini bilgach, uni chaqirtiradi, o’luk tanga ruh kiradi. U murodiga yetgach, shunday 
katta ov uyushtiradiki, “yuz ariq qon oqib, har bir ariq yer yuzini balchiqqa, ot oyog’i esa, u yerlarni 
botqoqqa aylantirib turganda, osmondan yomg’ir ham quyaversa, yoqqanda ham shunday yog’saki, 


58 
yomg’irni olam xalqi ustiga daryo” kabi oqizsa-da, falak undan hijolatga qolsa, odam qayerda 
qimirlasa, o’sha yer cho’kadigan bo’lsa, bu paytda el ulus o’z hayotidan ko’zini yumsa ayb emas. 
Nihoyat, shu aytganlarimizning hammasi bir bo’lib, bir damda ov qilayotgan odamlarning barchasini 
yer yutib, nobud qildi-qo’ydi”. Shoh Bahrom fojeasi shunday ajablanarli tugadi.
6. Asar annotasiyasi (lat. Annotacio-xabar ma’lumot). Unda asarning qisqacha xarakteristikasi 
beriladi: uning mazmuni, ahamiyati juda siqiq tarzda bayon qilinadi. Ba’zida asarning qaysi 
kitobxonlarga mo’ljallangani ham aytiladi.
Asar annotasiyasi, asosan, muayyan asar titul varag’ining ikkinchi betida joylashadi. Asar 
annotasiyasi (qisqa qaydlar yoki ma’lumotlar) hamma asarlarda ham bo’lishi shart emas. Lekin agar 
bo’lsa, u kitobxonni asarni o’qishga yetaklashi lozim.
Jumladan, Pirimqul Qodirovning “Ona lochin vidosi” (2001) tarixiy romaniga shunday 
annotasiya berilgan: “Romanning “Jahon adabiyoti” jurnalida bosilgan birinchi qismi o’quvchilarda 
katta qiziqish uyg’otdi. Yangidan yozilgan ikkinchi qismida Mirzo Ulug’bek va Alisher Navoiydek 
buyuk siymolarga mehrini bergan fidoiy ona – Gavharshod begimning fojeaviy taqdiri tasvirlanadi.
Ma’rifatli ona umrining oxirigacha adolat uchun jasorat bilan kurashadi. Iste’dodli yoshlarni tarix 
sahnasiga chiqishlariga ko’maklashadi.”
Ko’rinadiki, tarixiy roman voqealari Gavharshod begim bilan, uning adolat yo’lidagi jasorati va 
fojeasi bilan bog’liq. U tarixda qanday kechganini bilishga qiziqishingiz ortadi va romanni varaqlashga 
ishtiyoqingiz uyg’onadi. Mana shu xislati bilan u asar arxitektonikasida tashkil qiluvchilik, 
qiziqtiruvchilik vazifasini bajaradi.
Yuqorida aytilgan fikrlarni xulosalak, quyidagi saboqlarni olamiz: 
1. Badiiy asar syujeti va kompozitsiyasi xuddi mazmun va shakl kabi alohida-alohida vositadir, 
ayni paytda, ular o’zaro bog’liqdir: syujet kompozitsiyaning ichida yashaydi (u mazmun hodisasidir), 
kompozitsiya syujetning vujudi (u shakl hodisasidir) hisoblanadi. Demak, jon va vujud birlashsagina 
ruh (g’oya) tiriladi, yashaydi, faoliyat ko’rsatadi. 
2. Syujet qahramonlar xarakterini va hayot ziddiyatlarini umumlashtiruvchi voqealar silsilasi 
bo’lsa, kompozitsiya ana shu hayotni betakror tarzda birbutun va yaxlit qilib quruvchi va go’zal 
gavdalantiruvchi vositadir.
3. Kompozitsiya doimo syujetdan kengdir. Jumladan, “O’tgan kunlar” ko’p tarmoqli syujet 
yo’nalishiga ega (I.Sultonning ta’kidlashicha, “O’tgan kunlar”da xon va beklar o’z manfaatlarini 
ko’zlab, hokimiyat uchun kurashadilar va o’z maqsadlariga erishuv uchun qipchoqlarni 
qorachoponlarga qarshi qo’yadilar. Bu romanning asosiy syujet yo’nalishidir. 
Otabekning oilaviy hayoti (farzandlarining uylanishi – ota-ona hohishiga boqliqligi)ni tasvirlash 
orqali romanning ikkinchi katta tarmog’i – shaxsiy taqdir yo’nalishi yuzaga keladi. 
hayotdagi yaxshilik – Otabek va uning tarafdorlari va yomonlik homid va uning 
hamtovoqlarining kurashi – uchinchi syujet yo’nalishiga asosdir) va syujet deganda, ko’pincha, biz 
ulardan birini anglaymiz. Kompozitsiya esa ana shu syujetning hamma yo’nalishlarini bir g’oyaviy 
markazga to’playdi va uning talabiga muvofiq tarzda, tasvir me’yoriga amal qilgan holda uning 
qismlarini hattoki syujetdan tashqarida yashovchi unsurlar (asar sarlavhasi, epigraf, lirik chekinish, 
qistirma epizod va h.)ni ham joy joyiga tartiblashtiradi.
Asar syujeti va kompozitsiyasi ham mazmun va shakl kabi, mavzu va g’oya kabi adabiyotshunos 
To’xta Boboyev yozganidek, bir maqsadga – qahramon xarakterini ochish orqali asar g’oyasini yorqin 
ta’sirchan, salmoqdor ifodalashga xizmat qiladi. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling