Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

Tayanch tushunchalar 
Syujet atamasi. Syujet ta’rifi. Syujet – xarakterlarini namoyon etadigan, hayot ziddiyatlarini 
umumlashtiradigan voqealar jami. “Yasama”, “Tayyor”, “Sayyor” syujetlar. Xronikal syujet. 
Konsentrik syujet. Xronikal – konsentrik syujet. Syujetning tarkibiy qismlari: prolog, ekspozisiya, 
tugun, voqea rivoji, kulminasiya, yechim, epilog. Tur va janrlarning syujet bilan aloqasi. 
 
Savol va vazifalar 
1. Syujet ta’rifini yodlang. 
2. Syujetning tiplari va xillarini aniqlang, misollar bilan boyiting va tahlil qiling. 
3. Syujetning tarkibiy qismlarini – eng yaxshi ko’rgan asarlaringiz misolida aniqlang. 
4. “Ayt” radifli Alisher Navoiyning g’azalini yod oling va shu paytgacha o’rgangan mavzular 
asosida tahlil va tadqiq qilib, mashq daftaringizga ko’chiring. 
Adabiyotlar 
1. N.Shukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 100-109 betlar. 
2. T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 107-116 betlar. 
3. A.Ulug’ov. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “Universitet”, 2000, 27-38 betlar. 
4. Vvedeniye v literaturovedeniye, M., “V
ыshaya shkola”, 1988, 197-215 betlar. 
5. H.Umurov. Adabiyot nazariyasi, Samarqand, SamDU nashri, 2001, 157-4-164 betlar. 
* * * 
1. A.Navoiy. Lirika, T., “O’qituvchi”, 1992. 
2. A.Muxtor. Uyqu qochganda, T., “Ma’naviyat”, 1997. 
3. A.Qodiriy. O’tkan kunlar. Mehrobdan chayon, T., G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at 
nashriyoti, 1994. 
 
Mavzu: Badiiy asar kompozitsiyasi 
 
Reja: 
1. Kompozitsiya san’ati 
2. Kompozision vositalar: asar sarlavhasi, epigraf, lirik chekinish, qistirma epizod, qoliplash, 
asar annotasiyasi. 
3. Syujet va kompozitsiyaning dialektik aloqasi 
Kompozitsiya (lat. Compositio - tarkib, qurilish, tuzilish) deganda, tasvirlanayotgan birliklarning 
va nutq vositalarining badiiy asar matnidagi o’zaro bog’liqligi va joylashish (o’rinlishish) tartibi 
tushuniladi. U o’zida personajlar (sistemasi)ni joylashtirishni, syujet epizod (gr. epesodion-begona, 
aloqasiz)larini taqqoslashni, voqea haqidagi tartibli xabarni tasvirlash usullarining o’zgarishini, 
tasvirlanayotgan detallar va ifoda-tasvir vositalarining muvofiqligini, asarning qism, bob, bo’lim, band, 
parda, ko’rinish va sh.k. bo’linishini jamg’aradi. 
Darvoqye, “kompozitsiya-badiiy asarni tashkil etuvchi va intizomga bo’ysindiruvchi kuch. Uning 
vazifasi biron bir narsaning chetga chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslik, ayni chog’da, uning birbutunlikka 


54 
birikishini nazorat qilishdir... Uning maqsadi barcha bo’laklar (parchalar)ni shunday joylashtirishki, 
ular alal-oqibat asar g’oyasini to’liq ifodalashga qodir bo’lsinlar”
1

Bu fikrlardan ko’rinadiki, asar g’oyasini ochishga xizmat qilmaydigan bironta obraz, bironta 
ko’rinish, bironta hatti-harakat, bironta so’z bo’lmasligini badiiy kompozitsiya nazorat qiladi va shu 
xislati bilan go’zallikda yagona bo’lgan olamni – badiiy asarni yuzaga kelishiga sababkor bo’ladi. 
har qanday asardagi bosh g’oya (Mas., “O’tgan kunlar”ning bosh g’oyasi XIX asrning ikkinchi 
yarmidagi hayot tariximizning eng kirlik, qora kunlaridir) – kompozitsiyaning markazi sanaladi. Ana 
shu markazga asardagi hamma unsurlar(boblar, obrazlar, detallar, vositalar, so’zlar...) bo’ysinadi va 
uning talabiga ko’ra asar to’qimasidan o’z o’rnini oladi. Ayni paytda bosh g’oyaning maqsadini ochish 
uchun xizmat qiladi. Jumladan, birgina misolga murojat qilaylik: “O’tgan kunlar”da Kumushning 
ko’zyorishi (tug’ishi)ga oz vaqt qolganda buvisi Oyshabibi vafot etadi. Natijada Oftob oyim va 
Mirzakarim qutidor – azadorliklari tufayli Kumushning tug’ishi arafasiga yetib borolmaydilar (holbuki, 
o’zbek odatiga binoan qizning birinchi tug’ishida onasi uning oldida bo’lishi kerak). Bu holat - 
Kumushning zaharlanishini (Oftob oyim bo’lganida zaharlanish yuz bermagan bo’larmidi?) va halok 
bo’lishini asoslaydi. Kumushning shu tarzdagi fojeasi esa XIX asrning ikkinchi yarmidagi hayotni – 
eng kirlik, qora kunlar ekanligini (ko’rsatish orqali) isbotlaydi.
Kompozitsiya, bundan tashqari, tasvirdagi me’yor va muvofiqlikni ham yuzaga chiqaradi, 
sayozlikka, bayonchilikka, bayondagi ezmalikka, takrorga yo’l bermaydi. Agar kompozitsiyaning bu 
talabiga rioya etmasa, “Yozuvchi sayoz joyda cho’kadi” (A.Muxtor), bayonchilikka yo’l qo’ysa – 
jurnalist, publisistga aylanadi, ezmalik qilsa – san’atining qusurini namoyish etadi, takrorlarga 
ko’plab yo’l qo’ysa-yozuvchilik qismatini oddiy hunarmand qismatiga aylantiradi, xalos. Mana, 
ikkita isbot: “O’zbeknoma”dagi markaziy fikr “Bu – o’zbek xalqi buyuk xalq, u o’tmishda buyuk 
qadriyatlar yaratgan, buyuk shaharlar qurgan, uning ichidan buyuk zotlar yetishib chiqqan, bugun 
uning buyuk yurtboshisi bor, bugun o’zbek xalqi ana shu rahbari boshchiligida buyuk kelajak sari 
odimlamoqda, degan fikrdir... Albatta, bu fikr juda to’g’ri fikr. Lekin san’atning san’atligi shundaki, 
har qanday to’g’ri fikr undagi tasvirdan, asarning badiiy to’qimasidan o’zi mustaqil kelib chiqmog’i 
zarur, tashqaridan yopishtirilishi kerak emas. Afsuski, “O’zbeknoma”da bu fikr hali poetik g’oya 
darajasiga o’sib chiqmagan. 
“O’zbeknoma”day asar yozib, bugungi kitobxonga bu fikrni tavsiflab berishning o’zi g’alati... 
Shoir esa tavsiflash doirasidan chiqolmay, hayotga maddohlik ko’zi bilan qaragan, maddohlik tafakkuri 
bilan fikrlagan. Shu holat asarni semirtirib ham yuborgan, uni o’qishni, hatto qabul qilishni ham 
qiyinlashtirgan. Axir, asal juda yaxshi, juda zarur shifobaxsh narsa, lekin ko’p bo’lganda-chi? Masalan, 
o’zingizni bir bochka asal ichida o’tirgandek his qiling. Xuddi shunga o’xshash me’yorsiz, o’lchovsiz, 
oxir-keti yo’q madhiya ham teskari natija beradi-odamni entiktirib, damini qaytaradi. Kitobning bir 
joyida shoir madhiyabozlikni oqlash uchun hadisdan shunday dalil keltiradi: “Odil podshoni 
hurmatlash tangrini ulug’lash bilan barobardir”. Juda dono gap. Lekin hurmatlash boshqa, madhiya 
o’qish boshqa. Menimcha, odil podsho har qanday madhiyadan ko’ra adolat yo’lida qo’yilgan bitta 
amaliy qadamni afzal biladi.
Maddohlikning nojoyiz tomonlaridan yana biri shundaki, hamisha uning zamirida 
manfaatparastlik, ta’ma yashirinib yotadi”(O.Sharafiddinov. “Mag’zi puch so’zlardan bir tosh nari 
qochh” O’zAS, 15 sentyabr, 2000-yil). 
Kompozitsiya estetik didning teranligini talab qiladi. Chunki u, albatta, badiiy kompozitsiyada 
ham o’zligini topadi.
“Masalan ,ikki sevishgan yigit va qiz maysazorda uchrashib, g’aroyib his-tuyg’ularini bir-
birlariga izhor etayotganda ma’shuqaning oyoqlari daf’atan toshbaqaga tegib ketishi mumkin. 
Ammo o’sha g’aroyib his-tuyg’ularni tasvirlaydigan she’rga toshbaqaning kirishga haqqi yo’q,”-
deydi A.Oripov. 
Ba’zida bu mulohazalarning teskari isbotini ko’rganingda [Jonrid Abdullaxanovning “Yo’l”
(O’zadabiynashr,T.,1964,100-101 betlar) romanida Gulchiroyga Qudratning muhabbati tasvirlanarkan
o’rinsiz tarzda loy-pishtak o’ynayotgan bolalar, qoqolab qochgan ikki-uch tovuq, hangrab yuborgan 
1
Қаранг: Введение в литературоведение, М., “Высшая школа”, 1988, 184-185-бетлар.


55 
eshak... ham qatnashadi], kompozitsiya yaratish - did san’ati ham ekanligini ta’kidlashga, yozuvchi-
san’atkorning har bir tasviri, so’zi o’lchangan, go’zallikka o’rangan, qalblarga bexato kiradigan ezgulik 
nuri bo’lishi shartligini eslatishga majburiyat sezasan. 
Demak, “hikoyaga taalluqli bo’lmagan hamma narsani shafqatsizlik bilan chizib tashlash lozim. 
Agar siz birinchi bobda devorda miltiq osilib turibdi desangiz, ikkinchi yoki uchinchi bobda o’sha 
miltig’ingiz, albatta, otilishi kerak” (A.P.Chexov). Ana shu saboq-kompozitsiyaning bosh 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling