Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Adabiy tip (yunoncha tupos-nusxa, tamg’a; namuna) –


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

Adabiy tip (yunoncha tupos-nusxa, tamg’a; namuna) – muayyan guruh, ijtimoiy tabaqa, sinf 
vakillarining ma’lum davrdagi xususiyatlarini va iroda yo’nalishini to’la, yorqin aks ettiruvchi 
mukammal xarakterdir. Shunga ko’ra har bir adabiy tip, ayni chog’da, mukammal xarakterdir. Shu
ma’noda Yo’lchi (“Qutlug’ qon”), Saidiy (“Sarob”), Otabek (“O’tgan kunlar”), Hamlet (“Hamlet”), 
Otello (“Otello”), Qori Ishkamba (“Sudxo’rning o’limi”), Ulug’bek (“Ulug’bek xazinasi”), Zaynab 
(“Zaynab va Omon”), Bobur (“Yulduzli tunlar”) kabilar adabiy tiplardir. Chunki ularning har birida – 
muayyan ijtimoiy hayotning bosh haqiqatlari va xususiyatlari, davr odamlari qalbidagi hokim va 
yetakchi tuyg’ular ta’sirchan ifodasini topadi. 
Adabiy tiplarda insonga xos xususiyatlar shunchalik aniq va umumlashgan tarzda aks etadiki
ular umuminsoniy va umriboqiy xususiyat kasb etadi, davrlar, asrlar o’zgarsa-da, ular insonlarning 
xarakterli xislatlariga esh bo’laveradilar. Jumladan, o’ta rashkchi, ishonuvchan odamlarni – Otello, 
sevgi yo’lida iztirob chekuvchi, atrofidagi odamlarni “ko’rmaydigan”, “sezmaydigan” darajadagi 
oshiqni Majnun deb yuritish hamon amaldadir. 
 
Tayanch tushunchalar 
Xarakter. Uning ikki xususiyati. Psixologizm prinsiplari: dinamik, analitik, sintetik. Psixologik 
tasvir ko’rinishlari.
 
Savol va vazifalar 
1. Xarakterning ikki xususiyatini aniqlang va ta’riflang. 
2. Psixologizm va psixologik tahlil nima? 
3. Psixologizm prinsiplari va shakllarining o’ziga xosligini sharhlang. 
4. Adabiy tiplarga yangi misollar toping. Ularning tahlilini mashq daftaringizga qayd qiling. 
 


39 
Adabiyotlar 
1. N.Shukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish. T., “O’qituvchi”, 1979, 56-59-betlar. 
2. T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish. T., “O’qituvchi”, 1979, 50-52-betlar. 
4. H.Umurov. Adabiyot nazariyasi, S.,SamDU nashri, 45-54-betlar. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling