Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Savol va vazifalar
Personaj (lat. Personal-shaxs so’zidan) atamasi badiiy asarda ishtirok etuvchi hamma
shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. Ko’pincha asardagi epizodik obrazlar-personajlar deb yuritiladi, shu sabab uning tushunchasi obrazga nisbatan tor hisoblanadi. “Ona lochin vidosi” (P.Qodirov) romanidagi Ibn Ali, Ahmad Tarxon, Bobo Husayn, Habiba Sulton, Robiya Sulton, Uvays Tarxon, Sherhoji kabilar – personajlardir. 34 Qahramon deganda, shijoati, dovyurakligi, botirligi bilan shuhrat qozongan, jonbozlik, mardlik qilib o’zini ko’rsatgan (M., O’zbekiston Qahramoni) kishi tasavvurga kelsa-da, bu tushuncha umuman asarda ishtirok etuvchi (Yo’lchi, Yormat, Unsin; Hamid, Sodiq, Mutal; lirik qahramon, epik qahramon) ijobiy yoki salbiyligidan qat’iy nazar hamma shaxslarga, ko’pincha, bosh ishtirokchilarga nisbatan qo’llaniladi. Chunki, har qanday salbiy qahramon ham adabiy asarga to’qib-bichib kiritilar ekan, u ham asardagi biror voqea-hodisaning yuzaga kelishida asosiy rol o’ynashi, shubhasizdir. Tayanch tushunchalar Obraz yaratishning jamlash va prototip yo’llari. Realistik obraz. Romantik obraz. Epik obraz. Lirik obraz. Dramatik obraz. Xayoliy - fantastik obraz. Afsonaviy obraz. Mifologik obraz. Majoziy obraz. Kinoyaviy obraz. Satirik obraz. Yumoristik obraz. Ijobiy obraz. Salbiy obraz. Tarixiy obraz. Zamonaviy obraz. Bosh obraz. Yordamchi obraz. Personaj. Qahramon. Savol va vazifalar 1. Obraz yaratishning qaysi yo’llarini bilasiz? Misollar bilan isbotlang. 2. O’qigan asarlaringizdagi qahramonlarni-klassifikasiya (turlarga ajrating) qiling. 3. Hayot va obraz o’rtasidagi me’yor qanday bo’lishi lozim? Adabiyotlar 1. N.Shukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish. T., “O’qituvchi”, 1979, 65-70-betlar. 2. T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 52-58-betlar. 3. A.Ulug’ov. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “Universitet”, 2000, 17-19-betlar. 4. H.Umurov. Tahlil san’ati, T., G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1978, 73-138- betlar. ∗ ∗ ∗ 5. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin, T., G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1975. 6. Abdulla Qodiriy. O’tkan kunlar. Mehrobdan chayon, T., G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling