Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Adabiy tur va janrlar, uslub va tasviriy vositalarga ko’ra


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

Adabiy tur va janrlar, uslub va tasviriy vositalarga ko’ra obrazlar quyidagicha bo’ladilar:
1. Epik obrazlarda hayot voqea - hodisalari keng va atroflicha tasvirlanadi. Voqeabandlik, 
ob’ektiv tasvir ustunlik qiladi. Epik turlarning hamma janrlarida yaratilgan obrazlar – epiklik 
xislatlariga ega bo’ladi. Mirzo Ulug’bek, Qalandar, Ali Qushchi (“Ulug’bek xazinasi”), Alpomish, 
Barchin (“Alpomish”), Qobil bobo (“O’g’ri”), Sotiboldi (“Bemor”) kabilar shular jumlasidandir.
2. Lirik obrazda voqyelik inson kechinmalari (tuyg’ulari, hislari, o’ylari) orqali ifodasini 
topadi. Lirik turning janrlari (she’r, g’azal, qasida, ruboiy, qo’shiq, ashula, yor-yor, alla va sh.k.)dagi 
lirik qahramon (oshiq, yor, raqib) obrazi – tipik misoldir. 
3. Dramatik obrazda voqyelik xarakat orqali sahnada voqye bo’ladi. Tragediya, komediya, 
drama, libretto, miniatyura kabi janrlarda yaratilgan obrazlar (Qo’chqor, Alomat, Olimjon, Qumri, 
Sharofat, Saltanat, Suvon-“Temir xotin”) – dramatik obrazlar deb yuritiladi. 
4. Hayoliy-fantastik obrazlar – haddan tashqari bo’rttirilgan, ilohiylashtirilgan, mo’jizaviy 
xarakterga ega bo’lgan qiyofalardir. Xalq og’zaki ijodi (doston, ertak) dagi uchar gilam, ur to’qmoq, 
dev, ajina, jin obrazlari va fantastik janrdagi (Hojiakbar Islom Shayxning “Tutash olamlar” mistik-
fantastik romanidagi) Nazira, Nargiza, Nafisa, G’avsul A’zam, hazrat Shayhontohur, Iblis obrazlari – 
kishilarning tasavvurlarini kengaytiradigan, ruhiyat dunyo sirlari bilan oshna etadigan timsollardir.
5. Afsonaviy obrazlar – butunlay xayolning mevasidir, ular bitmas - tuganmas qudratga, 
yuksak fazilatlarga, mo’jizaga ega bo’ladilar. Alpomish (“Alpomish”), Go’ro’g’li (“Chambil qamali”), 
Avazxon (“Malikai ayyor”), Ram (“Ramayana”), Yudhishthira, Bhimasena, Arjuna (“Mohabhorat”) – 
ana shunday qahramonlardir. 
6.Mifologik obrazlar – afsona asosida yaratilgan asotiriy qahramonlar (Antey, Prometey
Qayumars, Jamshid kabilar)dir.
Mifologiyaga ko’ra, Gaya Martan (Kayumrs) yer yuzida paydo bo’lgan birinchi odam bo’lib, Axura 
Mazda (Xurmuz) tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: ho’kizdan va odamdan tashkil topgan ekan. 
Insoniyatning ashaddiy dushmani bo’lgan Axriman Kayumarsni o’ldiradi. Kayumars jasadining ho’kiz 
qismidan 55 xil don, 12 xil o’simlik, sigir va ho’kiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo 
bo’ladi; oda qismidan insonning erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga keladi (Natan Mallayev. 
Њzbek adabiyoti tarixi, T., “O’qituvchi”, 1976, 45 - bet).
7. Ma’joziy (simvolik) obrazlar – predmetlar, o’simliklar, jonivorlar, ranglar orqali ijtimoiy 
hodisalarni umumlashtirib ifodalash demakdir. Ma’joziy obrazlarda ifodalangan tasvirdan bevosita 
insonlarning munosabatini, ruhiy olamini anglaymiz.
Sahroni yosh to’kib ko’l qilgan hutman,
Bir lahza bexudman, bir lahza xudman. 


31 
Ollohim, rahm et, uvol ketmayin – 
Yigirma uch yilda g’arq pishgan tutman. 
(Nodir Jonuzoq, “Chilla” )
Keltirilgan to’rtlikda lirik qahramon (shoir) o’zini majozan “hutga” va “G’arq pishgan tutga” 
o’xshatmoqda. “Hut” - shamsiya yil hisobidagi o’n ikkinchi (21 fevraldan – 21 martgacha), yomg’ir 
mo’l yog’adigan oyning obrazi bo’lsa, “g’arq pishgan tut” - yigirma uch yoshlik yetilgan yigitning 
ramzidir. Yigitlik davrida goh yaxshi, goh yomon (goh o’ziga kelib, goh behush) umrguzaronlik qilar 
ekan, u Allohdan rahmdillikni so’raydi, uvol ketmaslikni iltijo qiladi.
8. Kinoyaviy (allegorik) obrazlar – hayvonlar, hashoratlar – turli jonivorlar insoniylashtiriladi, 
ayrim odamlarning fe’l-atvoridagi kamchilik, illatlar achchiq kulgu, yengil hazil bilan fosh qilinadi. 
O’git va nasihatlar beriladi. “Zarbulmasal” (Gulxaniy)dagi Toshbaqa, Chayon, Maymun, Tuya, 
Bo’taloq kabilar allegorik obrazlarning yorqin misoli bo’la oladi.
Ushbu poetik asardagi sichqonlar (O’tkir Rashid – “Qo’ng’iroq”) ham – kinoyaviy obrazlarning 
barcha xususiyatlarini o’zida jamg’aradi: 
Sichqonlar yig’ilishdi qoldirmayin iz, 
Mushukvoydan yashirinib qildilar majlis. 
Dedi rais: -Majlisda masala bitta,
Qolmadi hyech andisha mushuk surbetda. 
 
Qutilish chorasin o’ylab ko’raylik, 
Dunyoda u tursin, yo biz turaylik. 
Qani, o’ylab topaylik bir chora, 
Qachongacha yem bo’lar sichqon bechora... 
 
Birisi unday dedi, birisi bunday, 
Biror tadbir topolmay bosh qotdi xumday. 
She’rday mag’rur kerilib turgan bir sichqon, 
Mushukvoyga go’yo u qo’ygandek qopqon, 
 
Dedi: - Mushuk chorasin men o’ylab topdim, 
Aql farosat kerak bunday ishga, hmm.. 
Tadbir shu: kirib borib mushuk qo’yniga, 
Ilmoq kerak qo’ng’iroq uning bo’yniga. 
 
Qo’ng’iroq ovozidan bilib olamiz, 
Mushukvoy kelguncha qochib qolamiz. 
Bu tadbirni ma’qullab, chalishdi chapak
Pastdan bir ovoz chiqdi.. – To’xtanglar andak. 
 
Qani ayting! Bu ishni kim qila oladi? 
Mushukka qo’ng’iroqni xo’sh, kim iladi? 
Rais dedi: - bu to’g’ri, kim iladi, kim? 
Biror ovoz chiqmadi suv sepganday jim. 
 
Taklif qilgan “sher” dedi: - Tag’in bilmayman, 
Bu taklif, shaxsan men o’zim ilmayman. 
∗ ∗ ∗ 
Shundaylar bor maslahat berishga usta, 
Amaliy ish kelsa, “yuragi xasta”. 


32 
9. Satirik obrazlarda hayotdagi qusurlar ustidan zaharxanda kulgu, sarkazm, masxaralash usuli 
yetakchilik qiladi. Qahramonlardagi tashqi jihatdan ko’zga ko’rinmaydigan, lekin ichki jihatdan 
bijg’igan, yaramas, arzimas odatlar fosh etiladi. Kulgu qanchalik fosh etsa, uning mohiyati shunchalik 
ochiladi – qusur va yaramasliklar o’limga mahkum etiladi. Mulla Dilkash (“Hiylai sha’riy”-
G’.G’ulom), Kalvak mahzum (“Kalvak mahzumning xotira daftaridan”-A.Qodiriy), Qori Ishkanba 
(“Sudxo’rning o’limi”-S.Ayniy) kabi obrazlar faoliyatini achchiq kulgu ila fosh etish yo’li bilan 
yozuvchilar inkor etadilar. “Malaydursan... ”da yaratilgan ig’vogarlarning satirik obraziga (O’zAS, 27 
noyabr, 1998) diqqat qilaylik: 
Alayhil-la’na iblisga sadoqatli malaydursan, 
Qayon yaxshi odam borki, go’riga g’isht qalaydursan. 
 
Ko’rinsa bir ayol xushro’y, yo’tal tutgay seni birdan, 
Baroq qosh ostidan qiyg’ir ko’zing-la parmalaydursan. 
 
Bale, fisqu-fasod “ilmi” aro senga taraf yo’qdir, 
Jame’i rasvo hunarni sen bilursan, uddalaydursan! 
 
Agar afting esa qiyshiq – nachora, oynada ne ayb, 
Nechun ahli zamondan, ham zamondan o’pkalaydursan? 
 
Necha boshga balo bo’lding, baloi tim qaro bo’lding, 
Tuzalmas, bir yaro bo’lding, qishu yoz maddalaydursan. 
 
Odamsan, zohiran, lek benasibsan odamiylikdan, 
Ya’nikim, shunchaki maxluq erursan, o’rmalaydursan... 
10. Yumoristik obrazlarda hayotdagi ayrim nuqsonlar yengil, quvnoq kulgu ostiga olinadi va 
ularni tuzatishga chorlaydi. Mullado’st (“Maysaraning ishi”-H.H.Niyoziy), Hamrobuvi, Xolnisa 
(“Shohi so’zana”- A.Qahhor), Toshbolta (“Toshbolta oshiq”-H.G’ulom) kabilar yumoristik 
obrazlarning jonli namunalaridir. Asqad Muxtorning “Afsona” she’ri (yuqorida keltirgan edik)ni qayta 
bir o’qisangiz, yumoristik obrazlarga xos yoqimli kulguni jonli shohidi bo’lasiz.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling