Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
Ijodiy metod taqozosiga ko’ra obrazlar romantik va realistik bo’ladi.
Romantik obrazlarda yozuvchi turmush haqidagi orzu va umidlarini tasvirlaydi. Bunday obrazlar, garchi yozuvchi yashab turgan jamiyatda bo’lmasa-da, yozuvchi orzu qilgan voqyelikning ifodasi hisoblanadi. Bunday obrazlar yuksak ko’tarinki ruhda jismoniy jihatdan ham, ma’naviy jihatdan 1 Қаранг: Т.Бобоев. Адабиётшуносликка кириш. Т., “Ўқитувчи”, 1979, 52-53-бетлар 30 ham kuch - quvvatga, mo’jizaga ega qilib tasvirlanishi mumkin. Jumladan, Alisher Navoiyning Farhodi, Maksim Gorkiyning Yankosi, Aleksandir Dyumaning Dartanyani kabi obrazlarni eslashning o’zi kifoya qiladi. Haqiqatdan ham, Farhod (“Farhod va Shirin”) yoshligidanoq jami hunar va san’atlarning nozikligini qo’lga kiritadi, Ahraman devni yengadi, ko’zguda arman qizi Shirinni ko’radi, unga ishq qo’yadi, qismati sevgi bo’ladi. Bilgan va o’rganganlarining hammasini – Shirin visoliga, uning muhabbatiga yetishishga sarflaydi. Shu yo’lda ojiz tog’qazarlarga yordam beradi, bir o’zi Xisrav qo’shiniga bas keladi. Ishq yo’lida bir daqiqa ham orom olmaydi, boshqalar manfaatini o’z manfaatidan ustun qo’yadi va shu buyuk xislati bilan insoniyatga doimo o’rnakdir. Darvoqye, u “agar birovning oyog’iga kishi bilmas bir tikon kirgan bo’lsa, u bu tikonni kiprigi bilan olib tashlashga tayyor” (A.Navoiy. “Farhod va Shirin”, T., 1975, 159-bet) insondir. “Bir bechora zaif qiynalib bir oh cheksa, bu unga achinib yuz ming oh tortuvchi”(159-bet) hamdarddir. U “o’z sevgisining otini tilga olib, sevgilisining otini aytgan holda jon beradi”(214-bet)... Xarakter xususiyatlari, faoliyati hayotdagi real odamlarga mos keladigan tarzda umumlashtirib va aniqlashtirib, tipik sharoitda haqqoniylashtirib yaratiladigan obrazlarga realistik obrazlar deyiladi. Bunday obrazlarda ro’y - rostlik, chinlik yorqin ifodasini topadi. Otabek, O’zbekoyim, Zaynab, Kumush, Yusufbek xoji, Mirzakarim qutidor, Oftoboyim...Jannat kampir (“O’tgan kunlar”)-o’zbek romanchiligida yaratilgan birinchi va hamon hayotiyliklari bilan maftun etuvchi realistik obrazlardir. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling