Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
va nazorat qilish vazifasini o’taydi
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va vazifalar
- Adabiyotlar
- Mavzu: Obraz yaratish yo’llari va turlari
- Jamlash yo’li bilan obraz yaratish.
- Prototip asosida badiiy obraz yaratish.
va nazorat qilish vazifasini o’taydi...
Tayanch tushunchalar Ko’rgazmali obraz. Suratli (fotografik) obraz. Badiiy obraz. “Obraz” atamasi. Badiiy obraz va inson. Umumlashtirish. Individuallashtirish. Badiiy to’qima. Estetik ta’sirdorlik. Tasavvur va aql ishtiroki. Savol va vazifalar 1. Obrazning qaysi xillarining bilasiz? 2. “Obraz” atamasining ma’nosini sharhlang. 29 3. Badiiy obrazning asosiy xususiyatlarni chuqur o’rganib, obraz ta’rifini yod oling. 4. Badiiy obraz yaratishda tasavvur va aqlning ishtirokini tushuntiring. Adabiyotlar 1. V.G.Belinskiy. Adabiy orzular. T., G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1977. 2. N.Shukurova va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish. T., “O’qituvchi”, 1979, 53-59-betlar. 3. T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish. T., “O’qituvchi”, 1979, 40-49-betlar. 4. A.Ulug’ov. Adabiyotshunoslikka kirish. T., “Universitet”, 2000, 13-16-betlar. 5. L.I.Timofiyev. Osnov ы teorii literaturы. M., 1959, 14-59-betlar. 6. Vvvedeniye v literaturovedeniye, M., “V ыshaya shkola”, 1988, 38-44-betlar. 7. H.Umurov. Adabiyot nazariyasi (I qism), S., 2001, 34-46-betlar. Mavzu: Obraz yaratish yo’llari va turlari Reja: 1. Obraz yaratish yo’llari: jamlash va prototip 2. Obrazlarning turlari 3. Hayot va obraz o’rtasidagi me’yor 4. Personaj. Qahramon Adabiyotshunoslik ilmining kuzatishlariga ko’ra obraz yaratishning ikki yo’li mavjud: 1. Jamlash yo’li bilan obraz yaratish. Bu haqda N.G.Chernishevskiy “San’atning voqyelikka estetik munosabatlari” asarida shunday yozadi: yozuvchi “ko’pgina individual shaxslarni kuzatadi; bularning hyech qaysi tip bo’lib xizmat qila olmaydi; lekin u har biridan umumiy tipik xususiyatlarini aniqlaydi; barcha tasodifiy xislatlarni chiqarib tashlab har xil kishilarga xos bo’lgan xususiyatlarni badiiy bir butunlikka birlashtirish yo’li bilan xarakter yaratadi.” 1 Yozuvchi hayotda ko’rgan, bilgan kishilarining xarakterli xislatlarini miya sandig’iga joylab qo’yaveradi. Tug’ilgan g’oyaga muvofiq tasavvuri ishga tushadi-hayotni bichib, to’qiydi. Tasavvur qalbini, ongini uyg’otadi va unda joylashgan materiallardan, xislatlardan, detallardan keragini tanlab oladi va ularni faollik bilan yakka shaxsda birlashtiradiki, undan tasvirlanishga mo’ljallangan obraz qismati bilan reallashadi. Otabek va Kumush (“O’tgan kunlar”), Qobil bobo (“O’g’ri”), Turobjon (“Anor”) kabi ko’plab obrazlar ana shu yo’nalishning mahsulidir. 2. Prototip asosida badiiy obraz yaratish. Prototip (yunoncha protos-ilk, dastlabki; tupos-nuqta, nishona)-badiiy obraz uchun asos, nuqta bo’ladi. Hayotda mavjud bo’lgan tarixiy yoki zamondosh shaxsga tayanib yozuvchi obraz yaratar ekan, albatta, yuqorida ta’kidlangan obraz yaratishning barcha unsurlaridan foydalanadi. “Agar badiiy obrazni jonli organizm deb faraz qilinadigan bo’lsa-prototip shu organizmning skeleti, badiiy to’qima-uning eti, estetik ideal esa qoni-joni. Tirik organizmning etini skeletidan, skeletini qoni-jonidan ajratib bo’lmaganidek, badiiy obraz “organizmi”dagi prototip badiiy to’qimadan, badiiy to’qimani estetik idealdan uzib olib bo’lmaydi. Ular bir-birlariga payvandlashib, qo’shilib-chatishib ketadi” (T.Boboyev, 53-bet). “Zaynab va Omon”dagi Zaynab, “O’tgan kunlar”dagi Musulmonqul cho’loq, “Navoiy” romanidagi Alisher Navoiy, “Yulduzli tunlar”dagi Bobur kabi qator obrazlar ana shu yo’nalishning ixtirolaridir. Jamlash va prototip asosida yaratilgan obrazlarning jamini adabiyotshunoslik fani shartli ravishda turlarga bo’lib o’rganadi. “Odamlar daryodek gap: hammasining suvi bir xil, hamma joyda o’sha suv, lekin daryo goh keng bo’ladi, goh tor, goh tez oqadi, goh sekin, suvi goh tiniq bo’ladi, goh loyqa, goh sovuq, goh iliq bo’ladi. Odamlar ham shunday...” (L.Tolstoy). Shu sabab badiiy obrazlar judayam rang-barang, turfa xildir. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling