Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

“U o’rta bo’yli, qorni katta, semiz, bo’yni kalta va yo’g’on, boshi ham katta va sergo’sht bir 
odam edi, bo’ynining yo’g’onligi va yuzining sergo’shtliligi shu darajada ediki, uning gavdasi suv 
to’ldirilgan meshday tekis ko’rinar edi. Agar uning qilin soqoli va sochi olinib, kiyimlari ham yechilib 
tashlansa, nortuyaning oshqozoniga o’xshab qolardi. Faqat farqi shundaki, bu tuyaning oshqozonidan 
kattaroq va tusi ham qizg’ishroq bo’lib, oyu kuni to’lgan semiz, tullagan keksa bo’g’oz cho’chqaning 
xuddi o’zi bo’lib qolar edi” (S.Ayniy. Sudxo’rning o’limi, T., 1978, 176-bet). 
Ko’rinadiki, bu qiyofa faqatgina “Sudxo’rning o’limi”dagi Qori Ishkambagagina tegishlidir; 
xasis, ochko’z, tekinni ko’rsa yeb to’ymaydigan qorining judayam aniq, judayam ishonchli, judayam 
esda qoladigan tarzdagi portretidir; ikkali unsurning – umumlashtirish va individuallashtirishning 
hayotiyligini, yaxlitligini yaqqol ko’rsatuvchi isbotdir.
Demak, umumlashmadan individuallik, individuallikdan umumlashmalik tug’ilgandagina, 
to’g’rirog’i ular bir–birlarining ichlarida mujassamlashganlaridagina (mazmun va shakl hodisasiga 
o’xshab) – yaxlitlik vujudga kelgandagina obraz betakrorlikka, jonlilikka, ta’sirdorlikka erishadi. Obraz 
yaratila boshlaydi.
Uning yaratilish jarayonida badiiy to’qima (uydirma, yolg’on) faol ishtirok etadi. “Zotan, 
butun adabiyot badiiy to’qimalardan iborat, chunki turmush hodisalari zamon va makon ichida sochilib 
yotadi. Masalan, bir odamni olaylik: u o’zining mohiyatini, tabiatini ochib beradigan bir so’zni bugun 
aytsa, ikkinchisini bir haftadan, uchinchisini bir yildan keyin aytishi, balki hyech bir
aytmay o’tib ketishi ham mumkin. Yozuvchi ana shunday odamni ketma-ket so’zlatadi. Uning 
mohiyati va tabiati uchun xarakterli so’zlarning hammasini ayttiradi. Bu esa turmushni badiiy 
to’qimalar vositasida aks ettirish bo’ladi. Ammo, badiiy to’qimadagi hayot oddiy turmushdan ko’ra 
realroq va to’liqroqdir”(A.Tolstoy). Shu sabab, voqyelikning aslidan badiiy asardagi hayot tig’izroq, 
keskinroq, go’zalroq, yorqinroq, mag’izliroq, ma’nodorroqdir.
1
Ҳ.Олимжон. МАТ, 1 – том, Т., “Фан”, 1979, 244-бет. 


27 
Garchi barcha go’zallik mavjud voqyelikning mazmunida bo’lsa-da, yozuvchi qahramon 
hayotining shunday nuqtalarini tanlaydiki, ular asarning g’oyasi talabidan kelib chiqadi. Ana shu 
g’oyaga aloqasi bo’lmagan barcha narsalardan yozuvchi voz kechadi. Jumladan, “O’tgan kunlar”da 
Kumush tasvirlanar ekan, u o’zbek xonadonida bo’ladigan birorta yumush(kir yuvish, qozon-tovoqqa 
unnash, uy va hovli supirish kabi o’nlab ishlar)ni bajarmaydi. Chunki yozuvchi Kumushning faqatgina 
bir jihatini – Otabekka sevgisini ko’rsatishni bosh g’oya qilib olgani uchun oilaviy yumushlarni 
tasviridan asosli ravishda voz kechadi, Kumush va Otabek sevgisining, qismatining tarixini ta’sirli 
gavdalantiradigan, shu muhabbat mantig’iga mos keladigan, badiiy to’qima yordamida kashf qilingan 
voqealarni, holatlarni (birgina “Siz o’shami?” voqeasini, ularning holatini eslang) tasvirlaydi.
Odamlarning hislarini qo’zg’atish, “tuyg’ularimizdagi to’lqunlarni” uyg’otmoq orqali 
hayajonlantirish-estetik ta’sirdorlik adabiyotning vazifasi ekan, demak, badiiy obraz mag’zi to’q, 
hayotiy, umriboqiy (Otabek, Kumush, Yusufbek hoji, O’zbekoyim ... kabi) bo’lgandagina badiiy 
qiymatga ega bo’ladi; obraz yaratishga o’tadi: undan hayajonlanib o’rnak olamiz yoki nafratlanamiz, 
his-tuyg’ularimizning yaxshilari (ijobiylari)ga “oziq” beramiz, yomonlari (salbiylari)ni yetti qavat 
chuqurga ko’mamiz. Qalb musaffoligining - samimiy tasviridan ba’zan yig’laymiz-yengillashamiz, 
tozaramiz. 
Chunonchi, O’lmas Hoshimova (O’tkir Hoshimovning rafiqasi) “Yozuvchi nega yig’laydi” 
(“Oila va jamiyat” gazetasi №30, 25-31 iyul 2001 yil) maqolasida yozadi: 
Uning (“Dunyoning ishlari”-H.U) eng oxirgi sahifasi qanday tug’ilgani hamon ko’z o’ngimda 
turibdi. Bahor edi. Kechasi gumburlagan tovushdan uyg’onib ketdim. Momaqaldiroq bo’layotgan ekan. 
Qarasam, xonada adasi yo’qlar. Ayvonga chiqdim. Soat to’rtdan o’tibdi. Narigi xona eshigidan chiroq 
nuri tushib turibdi... Sekin ichkariga kirib yaqin bordim. Qarasam, adib unsiz yig’layapti... Qo’rqib 
ketdim. “Nima bo’ldi?” - desam, indamay chiqib ketdilar... Ko’z yoshi tomgan sahifalarni beixtiyor 
o’qidim. O’qib, yig’lab yubordim. Bu “Iltijo” degan bob edi. 
“Oyi men keldim ... eshityapsizmi, oyi, men yana keldim... 
Qabringizni silab qo’ysam orom olasizmi?.. Mana oyijon, mana... Yo’q, yo’q, yig’laganim yo’q. 
Hozir, hozir o’tib ketadi...” 
Balki bu parchani alohida o’qigan kitobxon unchalik hayajonga tushmas. Biroq, “Dunyoning 
ishlari”ni bir boshidan o’qib, Onani qattiq sevib qolgan kitobxon bu satrlarni o’qiganda larzaga 
tushmay qolmaydi. “Iltijo” bobini ko’zda yosh bilan o’qib bergan ko’plab talaba va o’quvchilarni 
ko’rdim. Darvoqye, “Ikki eshik orasi” romanining “Zilzila”, “Tushda kechgan umrlar” romanining 
“Oppoq, oppoq qorlar yog’di” bobini larzaga tushib, yodaki o’qigan kitobxonlar ham oz emas. Balki 
muallifning o’zi ularni rosmana yig’lab yozgani uchun ham shundaydir. Nima bo’lganda ham adiblar 
yig’isi o’quvchining qalbiga nur olib kiradi. Yozuvchilik qismati shunday bo’lsa, ehtimol”. 
Shu o’rinda bir chekinish qilaylik. Qaysi ovqatni pishirishga ishtiyoqingiz uyg’onayapti? 
Deylik, palovga. Palov pishirish o’y-xayoli (orzusi) unga kerakli masalliqlarni ajratishni, eng 
yaxshilarini saralashni va bir joyga to’plashni-harakatni keltirib chiqaradi. Palov-g’oya, uni yuzaga 
keltiruvchi materiallar tanlanadi: go’sht, sabzi, yog’, piyoz, gurunch, suv, tuz (mosh, sholg’om, uzum, 
nok, anor va h.ning keragi yo’q). Turli masalliqlar (zarur materiallar) o’zaro reaksiyaga kirishib, 
birlashib, yaxlit bitta narsani - palovni yuzaga keltiradi. Xuddi shu usulda obraz yaratiladi, ya’ni 
umumlashtirish, konkretlashtirish, badiiy to’qima, estetik ta’sirdorlik birlashib, bir-biriga singib 
birbutun obrazni yuzaga chiqaradi. 
Aytilganlarga suyanib, obrazga quyidagi asosli ta’rifni beramiz: Obraz “badiiy to’qima 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling