Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.93 Mb.
|
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyots
- Bu sahifa navigatsiya:
- Onasi, o’zbek ayolining Vafosi
Badiiylik - (ar. “bada’” fe’lidan kelib chiqqan bo’lib, “yangilik kiritish, ijod qilish” ma’nolarini beradi) hayotni jonli va ta’sirli qilib tasvirlashning umumiy belgisi, qayta yaratilgan olamning – badiiy asarning tirikligini, mo’jizakorligini, ta’sirchanligini ta’minlovchi universal hodisadir, ya’ni qayta yaratilayotgan hayotga jon ato etish, insoniylashtirishdir. Badiiylik – badiiy ijodning hamma unsurlarini (obraz, xarakter, tip, syujet, detal, kompozitsiya, badiiy til, ifoda-tasvir vositalari, poetik sintaksis, janr, tur, uslub, ommaviylik, xalqchillik, talant, ilhom, tasavvur va h.)ni o’z ichiga qamrab oladi, ularning har biriga va ayni paytda, turli-tuman tarzda birlashib, yaxlitlashganlarida qon, jon va ruh ato etadi. Demak, badiiylik deganda hayotni jonli va ta’sirli qilib qaytadan yaratish san’ati, hayot hodisalari ustidan chiqarilgan “hukm”, shu adolatli va insonparvar hukm ruhida tarbiyalash tushuniladi.
Shunga, binoan badiiyliksiz san’at(adabiyot ham)ning yuzaga kelishi mumkin emas, degan qat’iy xulosaga kelamiz. Badiiylikning hamma sirlariga oshno bo’lish – adabiyotning hamma unsurlarini bilishni kun tartibiga qo’yadiki, biz uni (kurs davomida) izchil o’rganib boraveramiz. Ommaviylik va xalqchillik talantning individualligi va badiiylik adabiyotning milliyligi va umuminsoniyligini taqozo qiladi. “Insonning ichki olami qanchalar boy va go’zal, hayot sharobiga limmo-lim to’la bo’lmasin, buloq singari qanchalar qaynab toshmasin, u o’ziga tashqi dunyo, jamiyat va insoniyatning manfaatlarini chuqur singdirib olmasa, nomukammaldir... Tirik inson o’z ruhida, qonida jamiyat hayotini tashiydi, beixtiyor uning illatlaridan dard chekadi, uning iztiroblaridan azob tortadi, uning salomatligidan yashnab ketadi, saodatidan baxtiyor bo’ladi”,1 ekan, demak, san’atkor doimo milliydir. Uning milliyligi umuminsoniyligidan, insoniyatga muhabbatidan kelib chiqmog’i lozim. Chunki xalq hayoti bilan mustahkam bog’langan adabiyot har bir xalqning o’ziga xos urf-odatlarini, ruhiyatini, fikrlash, yashash tarzini akslantirishi tabiydir-ki, bu – adabiyotning milliyligini vujudga keltiradi. Va bu milliylik shu adabiyotni yaratgan daholarning ijodlarida, ularning eng yaxshi asarlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Jumladan, Navoiy, Bobur, Mashrab, Yassaviy, G’.G’ulom, H.Olimjon, A.Oripov, E.Vohidovlar butun dunyoda sevilib o’qiladi. Chunki ularning asarlarida o’zbek xalqining “o’zligi”, xarakteri chuqur ifodalanganidan tashqari, ularda insoniyat uchun, inson uchun zarur bo’lgan muammolar tasvir va tahlil qilinganidan umuminsoniy xislat kasb etadi. “Badiiy ijod shunday daraxtki, shoxida umuminsoniy mevalar yetiladi, ildizi esa milliy zaminda yotadi”, - deganida yozuvchi Њtkir Hoshimov tamomila haqdir. Shu nuqtai nazardan she’riyatimiz malikasi Zulfiya hayoti va ijodiga bir nigoh tashlaylik. Zulfiya 29 yoshida bir qizu bir o’g’il bilan beva qoldi. Umrining oxirigacha Hamid Olimjon sevgisiga “sodiq bo’lmoq o’zi soadat” deb tushundi. Tunlar tushimdasan, kunduz yonimda, Men hayot ekanman, hayotsan sen ham,- deya kuyladi. Vafosi, sadoqati bilan o’zbek Onasi, o’zbek ayolining Vafosi ramzi sifatida bizning qalbimizni isitdi, haqiqiy va buyuk muhabbat qudrati haqida jonli dars berdi, ibrat namunasini ko’rsatdi. Kamalak yetti rangda yetmish xil jilolanib, barchani maftun qilganidek, Zulfiya “tongning o’ziday rost va yorqin haqiqatga” yo’g’rilgan poeziyasi bilan (“Kechir, qoldim g’aflatda!” “Bahor keldi, seni so’roqlab”, “Ne baloga etding mubtalo” va sh.k.) sadoqat va vafodorlik tuyg’usini – insoniylikning bosh mezoni darajasiga ko’tardiki, usiz haqiqiy komil insonni tasavvur etish ham mumkin emas. Bugungi hayotimizda qo’ydi-chiqdilar, sarson-sargardon yetimlar, havoyi istaklar deb or-nomusdan voz kechgan, “ignaga o’tirgan” ayollar, hayosiz, ibosiz juvonlar jabrini tortayotgan jahonda Zulfiyaning hayajonli, o’tli chaqirig’i, jasoratga to’liq qo’shig’i-har bir qalbda (farang, olmon, ingliz, arab, fors qalbida ham) jaranglamoqda. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling