Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.93 Mb.
|
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyots
Mavzu: She’r tuzilishi
Reja:
So’zlarning asl va ko’chma ma’nolari. Troplar Jonlantirish, mubolag’a, litota, o’xshatish, sifatlash, tazmin va sh.k. Badiiy asarda so’z yoki so’z birikmasining ko’chma ma’noda qo’llanishi-trop (gr.tropos-ko’chim)lar deb yuritiladi. Aslida tilimizdagi hamma so’zlar ko’chma ma’noda ishlatilishdan tug’ilgan bo’lsa ajabmas. Lekin ularning dastlabki davrdagi asl ma’nosi vaqtlar o’tishi bilan odamlar tomonidan ko’pincha unutilib yuboriladi. Jumladan, Kur’onning A’rof (7) surasining quyidagi oyatlariga diqqat qilaylik: “172. Parvardigoringiz Odam bolalarining bellaridan (ya’ni pushti kamaridan to qiyomat kunigacha dunyoga keladigan barcha) zurriyotlarini olib: “Men parvardigoringiz emasmanmi?” deb, o’zlariga qarshi guvoh qilganida, ular: “haqiqatan Sen Parvardigorimizsan, bizlar bunga shohidmiz”, deganlarini eslangh” (Sizlardan bunday guvohlik - ahd-paymon olishimiz) qiyomat kunida: “bizlar bundan bexabar edik”, demasliklaring uchundir. 173. Yoki: “Axir ilgari ota-bobolarimiz mushrik esalar, bizlar ulardan keyin kelgan (va ularning o’rgatgan yo’llariga ergashgan) avlod bo’lsak, o’sha nohaq yo’lda o’tgan kimsalarning qilmishlari sababli bizlarni halok qilurmisan” demasliklaring uchundir”. Xalq orasida mashhur bo’lgan “almisoq, almisoqdan qolgan” degan iboralarning asl mazmuni yuqoridagi ikki oyatda mazkur bo’ldi. Qur’on bizga uqtirishicha, Tangri taolo o’z qudrati bilan Odam alayhissalomning belidan undan tarqaydigan barcha zurriyotlarini chiqarib, ularga o’zining mo’jizalarini ko’rsatgach: “Aytinglar-chi, Men sizlarning rabbingiz emasmanmi?”, deganida, ular: “Parvardigoro, O’zing barchamizning rabbimizsan, bizlar bunga guvoh bo’ldik”, deb Tangriga ahdu paymon, ya’ni misoq bergan ekanlar. Shuning uchun islom ulamolari: “Kimdakaim kofir bo’lsa yoki dinidan qaytsa, o’zining tangriga bergan misoqidan qaytgan bo’ladi”, deydilar. Muhammad alayhis-salomning “har bir tug’ilgan bola toza holda islomda tug’iladi. Keyin ota-onasi uni yo yahudiy, yo nasroniy, yo majusiy qilib buzuq tarbiya berishadi”, degan hadislarining mazmuni ham yuqoridagi oyatlarga hamohangdir.3 Troplar majoz (ar. So’z yoki iboraning ko’chma ma’noda ishlatilishi va shunday ma’noda ishlatilgan so’z, ibora) lar, tashbeh (ar. O’xshatish; majoz)lar, ko’chim (trop, oborot ma’nosini beradi)lar deb ham ataladi. Ko’chimlar adabiyotga jilo, joziba, ta’sirdorlik, bo’yoqdorlik kabi ko’plab rangbarang fazilatlarni ato etadi. Quyosh tomchida akslanganidek, san’atkorning badiiyati qudrati – alohida olingan birgina tropda o’zini namoyon eta oladi. Behisob majozlardan bir nechtasini o’rganishning o’ziyoq sizni mustaqil izlanishga, qolganlarini izlab, topib, talqin qilishga chorlaydi, degan saboqqa tayanib ishni boshlaymiz. Badiiy tasviriy vositalarning hammasi ham ikki vazifani o’taydi: 1. Badiiy asarda ifodalangan g’oyani, shu g’oyani tashuvchi obrazlarni hayotiyroq va ta’sirchanroq ifoda qiladi. Bu mazmuniy vazifa. 2. Misralar, baytlar, bandlarning (demakki, badiiy asarning) lafziy musiqiyligini, jilosini, jozibadorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu shakliy vazifa. Mazmun va shaklning monolitlik xislati bu vositalarga ham xos bo’lgani sabab ular ikki vazifani birvarakayiga va bir vaqtda o’taydilar. Ularning har biri san’atkor badiiy mahoratining kichik o’lchovi bo’la oladilar, ya’ni san’atkor badiiy dunyosining hayotiyligini, go’zalligini, betakrorligini, yangiligini ko’z-ko’z qila oladilar. Kitobxonni xayratga sola oladilar. hazrat Alisher Navoiyning “Majolis ul-nafois” asarida bir voqea bor: Kunlarning birida Lutfiy va Alisher Navoiy uchrashganlarida yomg’ir yog’ayotgan bo’ladi. Lutfiy yomg’irga ishora qilib, Amir Xisrov o’z g’azallaridan birida shu hodisani nafislik – san’atkorlik bilan tasvirlaganini aytadi: mahbuba bahor ayomida biron tomonga ketayotganida yomg’ir tufayli yerga yiqilay debdi-yu, noziklikdan yomg’ir rishtalari(tomiri)ni ushlab qaddini rostlab olibdi. Navoiy bundan hayratga tushadi va uni saroy ahliga so’zlab beradi. hamma lol qolsa-da, sinchkov husayn Boyqaro e’tiroz bildiribdi: “... ul e’tiroz budirkim, yol yog’in qatrasi yuqoridin quyi inib keladur, muqarrardurkim, rishtag’a dag’i hamul holdir. Rishtaikim, mayli quyi bo’lg’ay, aning madadi bilan yiqiladurg’on o’zin asramog’i maholdir”. Ko’rinadiki, badiiy tasviriy vosita qanchalik hayratomuz bo’lmasin, uning asosida hayot (yomg’ir) mantig’i buzilmasligi, yangiligi, betakrorligi asoslangan bo’lishi, kitobxonni to’liq ishontirishi badiiy qonuniyat bo’lib qolaveradi. Ana shu qonuniyatga amal qilgangina-san’atkor bo’lib, uning badiiy mahorati namuna bo’la oladi. ha, “Shoirlarimiz borki, yozganlari, bir qaraganingda busbutun, ravon, qofiyalar joyida. Lekin ularning asarlari na adabiyot tarixida, na xalq qalbidan bir umr joy olishi gumon. Sen minglab satr she’r yozsangu, shundan aqalli ikki-uch misrasi ham yuraklardan joy olmasa-bu shoir uchun katta fojea. ... “Ey yor, men seni sevaman”. Ana shu gapni Mirza G’olib “Ey, yor, ostonang oldida yotgan toshni nima qilarding nariga surib qo’yib, axir u mening peshonamga urilaverib o’z-o’zidan yo’q bo’lib ketardikuh” deb berishida juda kuchli obrazlilik barq urib turibdi.” 1) Xullas, bu mulohazalarning yanada chuqurroq, osonliroq, aniqroq isbotini jonlantirishda, mubolag’ada, litotada, sifatlashda, o’xshatishda, tazminda ham ko’rish mumkin.
Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling