Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.93 Mb.
bet77/130
Sana05.01.2022
Hajmi0.93 Mb.
#213777
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyots

Tirnoq bilan bag’rini yirt,

Qo’lingni dor qilib os.
“Jangchi Tursun”da ona vatan tuprog’ining har qarichini asrash lozimligini uqtirar ekan, “Qayoqqa chekinasan? Bormi keraksiz yering? Ne uchun odam bo’lding, kelmasang dushmanga teng?” deya hayqiradi:

Sening uchun butun elni

Og’ir uyat tutsinmi?

Seni ko’rganda quyosh

Yuzini bekitsinmi?..
Ko’zing tushganda, Amu

Ilondek to’lg’onsinmi?

Zarafshon uyatingdan

Yantoq kabi yonsinmi?..

Bu kabi mubolag’alar aniq asarning g’oyasini ochishda eng zarur va yaratuvchan vositadir, ayni paytda, ular san’atkor qalbining bepoyonligini, tafakkurining xalqchilligini, shoironaligini ko’rsatadi.

Litota (yunon. Litotes-oddiy, kichik) – tafrit (ar.mo’tadildan pastki holat) mubolag’aning teskarisi bo’lib, badiiy asardagi biror predmetni, hodisani, detalni bir necha barobar kichraytirib tasvirlash san’atidir. Narsa, hodisa qanchalik kichraytirib, zaiflashtirib, kuchsizlantirib tasvirlansa, unga nisbatan tasvirlanayotgan narsa, hodisa ulkan va ulug’vor ko’rinadi. Shu sababga ko’ra, ko’pincha, litota mubolag’a bilan birga ishlatiladi.

Xorazmiyning ushbu baytiga diqqat qilaylik:



Bo’ying sarvu sanubartek, beling qil,

Vafo qilgan kishilarga vafo qil.
Baytda yorning qaddi-qomatini tasvirlar ekan bo’ychanligini, bo’yining tikligini – xushqadligini (qarag’ayga) o’xshatib bo’rttirish maqsadida belini judayam ingichka qilib kichraytirmoqda.

O’xshatish – tashbeh (ar.o’xshatish) muayyan bir predmet, hodisani aniq tasavvur qilish uchun uni boshqa tanish bo’lgan predmet, hodisalarga solishtirish asosida ish ko’radi va tasvirlanayotgan predmet, hodisani yorqin obrazini yaratadi. O’xshatishlar “dek”, “day”, “larcha”, “o’xshash”, “xuddi”, “simon”, “deganda”, “taxlit”, “yang’lig’”, “misli”, “go’yo” kabi qo’shimchalar, leksik vositalar, ko’makchilar yordamida yaraladi.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling