Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.93 Mb.
|
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyots
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Musoviyat tarafayn”
Sifatlash – tasvir etilayotgan inson, predmet, narsa, hodisaning muhim belgisi (xislati, xususiyati, o’ziga xosligi)ni ko’rsatuvchi (izohlovchi, xarakterlovchi, ajratuvchi) so’z bo’lib, u aniqlanmishga sifatlovchi belgisini ko’chiradi:
Xalqim deb yugurar hovuchlab jonin Xalqiga bag’ishlar shavkatin-shonin Lekin shu chopishda keta-ketguncha, Tozalab boradi xalqning hamyonin. (A.Oripov) Abdulla Oripovning ushbu to’rtligida xalqni bahona qilib jonini hovuchlab, tinimsiz yuguruvchi, go’yo unga shavkatu shonini bag’ishlovchi odamlar tipi umumlashtirilganki, ularning bosh xislati-xalqning hamyonini o’pirishdir. Bu mazmun sifatlish san’ati orqali obrazlilik va emosionallik kasb etgani uchun, bunday yulg’uchlar qiyofasini aniq va yaqqol ko’z o’ngingizga keltirasiz. Badiiy – tasviriy vositalarning son-sanog’iga yetish qiyin. Uning metafora, metonimiya, allegoriya, simvol, sinekdoxa, istiora, perefroza, ironiya kabi san’atlaridan tashqari, mumtoz adabiyotimizda uning yuzlab ko’rinishlari ham bor: tashbih, iyhom, tanosib, tazod, talmih, tazmin, husni ta’lil, irsoli masal, tajnis, tamsil, loff va nashr, tardu aks, taqsim, tafriq kabi. Badiiyat sirlarini chuqur o’rganmoqchi bo’lgan mutaxassis bu san’atlarni bilishi lozim. Ularga V.Rahmonovning “She’riy san’atlar” (1962), A.Xojiaxmedovning “She’riy san’atlar va mumtoz qofiya” (1998) kitoblari qo’l keladi, chunki ularda ma’naviy va lafziy san’atlarning ko’pchiligi haqida dastlabki nazariy ma’lumotlar umumlashtirilgan. Sizdagi qiziqishni orttirish maqsadida ma’naviy san’atlarning vakili-“tazmin”ga va lafziy san’atlardan - “musoviyat tarafayn”ga qisqacha to’xtalamiz. Tazmin (ar. “bir narsani ikkinchi bir narsa orasiga qo’ymoq”)da san’atkor yaratilayotgan asariga boshqa biror shoirning kuchli ta’sir qilgan misra yoki misralarini o’zgartirishsiz kiritadi; faqat buning sharti bor: yaratilayotgan asardagi bosh g’oyaga mos bo’lishi, uning mohiyatini chuqurroq va ta’sirchanroq ochishi lozim. Jumladan, Mashrab o’zining Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma, Qondur jigarim xoh inon, xoh inonma G’am shomi firoqingda kabob etti falakni, Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma. tarzida boshlanuvchi g’azalida Lutfiyning mashhur Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma, Qondur jigarim xoh inon, xoh inonma baytini aynan keltiradi. Zulfiya ham “O’rik gullaganda” she’rida “Terazamning oldida bir tup, O’rik oppoq bo’lib gulladi...” Gulni ko’rib ishqparast qalbim, Ming aytilgan darddan kuyladi. deb yozar ekan, sevimli yori hamid Olimjonning shu nomdagi she’rining birinchi ikki misrasini aynan keltiradi. Uning she’rini eslatish, xotirlash orqali uni qumsaganini, unga mushtoqligini hayajon-la kuylaydi. hamma yerda uning izlarini, ko’zlarini, qo’shig’ini ko’radi, hijron harorat beradi, sevgisining kuchi ortadi... Bunchalik mashhur misra va baytlarni shoirlarning asarlarida takrorlanishi - ayb sanalmaydi, balki uning asosida ustoz shoirlarga hurmat yotadi, ularning mahoratlariga qoyil qolishlikni bildiradi. Yuqorida aytganimizdek, “Mehr qolur” asaridagi “Yulduzlar ko’z yoshi samoni” misrasi qo’shtirnoq ichida berilganda, nur alan nur bo’lardi. “Nimadir yetishmayotgani” ni izlamagan bo’lardik (Qarang-a, asardagi bitta qo’shtirnoq qanchalik ahamiyatlihhh ). Muhammad Yusufning Alisher Navoiyni ustoz sanagani, uning ijodini chuqur o’rganganini va bilganini isbotini ko’rgan bo’lardik. Va biz shundayligiga ishonamiz, uning asarlari qayta nashrida bu xato to’g’rilanadi, degan umiddamiz. “Musoviyat tarafayn”da misralar odatdagi o’qilishidan tashqari, yuqoridan pastga qarab ham o’qiladi va o’sha misralarning o’zi kelib chiqadi. Ogahiy ijodida buni ko’rish mumkin:
Tayanch tushunchalar Trop – ko’chimlar. Jonlantirish, mubolaga, litota. Sifatlash, o’xshatish, tazmin, musoviyat – tarafayn. Savol va vazifalar Trop – ko’chimlarni qanday tushunasiz va ularning qaysi ko’rinishlaridan xabaringiz bor? har biri (jonlantirish, mubolag’a, tazmin kabi)ning badiiy asarda tutgan mavqyeini va vazifasini aniq asar misolida tahlil qiling, mashqlarni daftaringizga qayd qiling. Ko’chimlarga yangi misollar toping, yod oling. Adabiyotlar N.Shukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish. T., “O’qituvchi”, 1979, 133-140 betlar. T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 148-161 betlar. E.Xudoyberdiyev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 115-130 betlar. Anvar hojiahmedov. She’riy san’atlar va mumtoz qofiya, T., “Sharq”, 1998. Vahob Rahmonov. She’riy san’atlar, Leninobod, 1962. B.Umurqulov. Poetik nutq leksikasi, T., “Fan”, 1990. Isomiddin Yormatov. O’zbek xalq qahramonlik eposi badiiyati (O’quv qo’llanma), T., 1994, 55-127-betlar. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling