Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.93 Mb.
|
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyots
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ritorik
- Ritorik so’roq
Yengajon
hazil
Yengajon, – dedim. Qaynim-ov, – dedi. Berroq kel, – dedim. Aynim-ov, - dedi. Davra quvnoq edi, suhbat sho’x edi, Ko’ngilda zarra ham g’ubor yo’q edi. Yoshlik esga tushdi, avjida hazil, hazilga ko’p qulay edi bu manzil.
Berroq kel, sadag’a senga jon, – dedi. Qaynimsan, inimsan, qaynim-ov, – dedi. Esi past boladay aynim-ov, - dedi. (Mirtemir. Oh, mening o’zbaki yuragim, 74-bet) Birinchi banddagi ohang – chorlashga, hazillashishga ishtiyoqni uyg’otuvchi ruhga o’rangan bo’lsa, ikkinchi banddagi ohang – zalvorli, samimiy tushuntiruvchi va yanada tasvirni zo’rayishiga imkoniyat tug’diruvchi xabar kuyini o’zida jamg’aradi. Uchinchi bandda ohang – balanlashadi, tezlashajdi va ayni paytda, yoshlikning va bosiqlikning ma’nosi-mohiyatini qayin va yenganing beg’ubor qalbini, qaroqalpoqano hazilning milliy poeziyasini ko’rsatadi. 2. Ritorik (gr.rhetor-notiq) murojat (ritorik nido, ritorik xitob, ritorik g’azab, ritorik undov va h.) – poetik figuralardan biri bo’lib, unda personajlarning quvonch, hayrat, nafrat, iltimos, buyruq kabi yuzlab hissyotlarining ko’tarinki, tantanali, kulguli, kesatiqli, g’azabli (g’oyaning talabiga mos tarzdagi) ifodasidir. Ayt, ey, xasta bulbulim, O’shga qachon yetamiz? Yashil bog’lar sarg’ardi, Mag’iz bo’ldi gujumlar. Oh, voy, muncha yo’l og’ir Bulbulm... Abadiyat oralab O’shga qachon yetamiz? Shavkat Rahmon (1950-1996)ning o’lim to’shagida aytib turib yozdirgan ushbu so’nggi she’rida orziqish, sog’inish nidosi bo’rtib ko’zga tashlanadi, “xasta bulbul”ning abadiyat oralabgina O’shga yetishini – o’lmasligini jo’mardlik bilan ifoda eta olgan. Bu shoir dahosining, inson ruhining – Shavkat Rahmon qismatining yaratuvchan qudratidir. 3. Ritorik so’roq- “poetik fikrni so’roq shaklida tasdiqlash” (N.hotamov, B.Sarimsoqov)dir, ya’ni so’roqning o’zida javob ham mujassamlashgan bo’ladi; faqat fikr yorqinlashib, terinlashib qirralarining ham oshkor etib – estetik ta’sirdorlikni yuzaga keltiradi. Jumladan, “Naxshon”(U.Nosir)da, uning Ashotni sevib qolgani xuddi shu dilbar vosita orqali tasdiqlanadi (tasvirlanadi); to’g’rirog’i shoir mahorati tufayli u dilbar vositaga aylanadi:
Masalan, “o’zbakni yurak”ning donishmand shoir Mirtemirning “Men seni...” she’ridan bir necha bayt tinglaylik: Men seni injitmayman Va lekin tinchitmayman... Sarotonda sel bo’lib Lolazor yaratgayman. Qahramonda yel bo’lib Gul atrin taratgayman. Yo’l yurib cho’llab qolsang, Shildiragin buloqday. Yoki dashtga yo’l solsang, Yastangayman o’tloqday. Istab qolsang soyabon, Men darrov chinor bo’lgum, Cho’mor bo’lsang nogihon, Men darrov anhor bo’ldim. Kezar bo’lsang bog’ingda, Pichirlashgum misli barg. Kuyib seni dog’ingda Bo’lmasaydim juvonmarg... Men seni tinchitmayman Va lekin intijmayman. Mana shu go’zal she’rda antiteza vositasi shunchalik zarurki, faqat uning orqaligina insoniy sof tuyg’u – “mehrigiyo”ga boy go’zallikning sevgisiga sodiqlik yonadi, charx uradi, bo’zlaydi, tutiyonalanadi, zyolanadi, tovlanadi; kitobxonni mahliyo etadi. 5. Parallelizm(gr.parallelos-yonma-yon boruvchi) – ikki yoki undan ortiq hodisa, narsa, predmet kabilarni yonma-yon tasvirlash(zidlashtirish, qiyoslashtirish, muqoyasalashtirish) orqali-asardagi poetik fikr(g’oya)ni konkretlashtirish, uning ta’sirchanligini kuchaytirish vositasidir. Mirtemirning yosh qalamkashlarga atagan “Kipriklarim” she’ri buning misoli bo’la oladi: Kipriklarim qo’ng’irmikan yo qora? Kipriklarim yuztamikin yo ming? Kipriklarim muncha aziz va sara, Ko’zginamning kipriklari... Quyunlarda qolganimda, changga o’ralganimda, Ohangaron to’zonidek zanji qoralganimda, Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling