Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Ijodkor – voqelik – fikr-maqsad – munosabat


Download 0.93 Mb.
bet48/130
Sana05.01.2022
Hajmi0.93 Mb.
#213777
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   130
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyots

Ijodkor – voqelik – fikr-maqsad – munosabat. O’z-o’zidan ayonki, bular bir-biri bilan mustahkam bog’langan zanjirlardir. Ma’lumki, voqyelik haqidagi fikr o’z-o’zidan tug’ilmaydi, u kuzatish, tahlil qilish, o’rganish asosida paydo bo’ladi. bu jarayonda – tabiiyki . nimadir inkor qilinadi, nimadir ma’qullanadi. Nimanidir ma’qullash yoki inkor qilish esa, albatta, munosabatni taqozo etadi. Chunki munosabat bo’lmasa tasdiqlash, ma’qullash ham, rad qilish, qoralash ham bo’lmaydi. Ijodkorning oddiygina, novdagi bargni tasvirlashi yoki unda hosil bo’layotgan kurtakni madh etishi ham o’ziga xos munosabatdir. Ya’ni bu tabiatning muayyan bir hodisasiga qarash va u orqali o’quvchida ma’lum bir kayfiyat uyg’otishdir.”(A.Ulug’ov, 26-bet).

Bu fikrlarning yaqqol misolini ko’raylik. hamid Olimjon 1937 yil bahorida Qozog’istonda bo’lib, qozoq xalqining hayoti bilan tanishadi. hasan Qayg’i, Jambul kabi oqinlar ijodini o’rganadi, ularning xalq qalbida yashayotganini ko’radi. O’z umrini ham sarhisob qiladi. Orzu-umidlarga, boqiy xayollarga to’lib-toshadi. Martning oxirlarida Toshkentga keladi va ertalab uyg’onganida ishxona derazasi oldida bir to’p o’rik chaman bo’lib, oppoq gullagan. Ko’ngildagi o’y-orzulari ham o’rikdan turtki olib ochila boshlaydi, uning xabari qog’ozga to’kiladi:

Derazamning oldida bir tup

O’rik oppoq bo’lib gulladi...

Bu xabarni eshitgan o’quvchida ham turli-tuman fikrlar uyg’onadi. Lekin shoir nima demoqchi? O’rik gullari-hayotning navbahori, navbahorning ilk elchisi shoir qalbidagi qaysi kechinmalarni yuzaga chiqarar ekan? Bu kechinma, hissiyot, fikrlar oqimi sizu bizni o’ziga oshno qilarmikan? Shoir his-tuyg’ulari bizning kechinmalarimizni ham uyg’ota olarmikan? hayajonga sola bilarmikan? hayot ritmini so’z va obrazlarning harakati orqali ifodalay olarmikan? Bu emosionallikni, romantikani, ularning turfa ranglarini bo’yi-basti bilan ko’rsatib, qalblarimizga zarur bo’lgan estetik “ozuqani” bera bilarmikan?

Novdalarni bezab g’unchalar

Tongda aytdi hayot otini.

Va shabboda qurg’ur ilk sahar

Olib ketdi gulning totini.
har bahorda shu bo’lar takror,

har bahor ham shunday o’tadi.

Qancha tirishsam ham u beor

Yellar meni aldab ketadi.

Ko’rinyaptiki, o’rikning gullashi shoir qalbidagi kechinmalarni uyg’otdi: har bahor o’rik gullarning mazasini shabboda olib ketadi. Bu yil shunday takrorlanyapti. Inson umri ham shunga o’xshash emasmi? Eng zavqqa, kuchga, shodlikka to’lganingda-gullaganingda hayoting rishtalari gul kabi sochilmasmikin?..


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling