Mayli deyman va qilmayman g’ash
Xayolimni gulga o’rayman
har bahorga chiqqanda yakkash
Baxtim bormi deya so’rayman.
O’rik novdalarini bezagan g’unchalar-gul hayotining bahori ekan, lirik qahramon hayotining bahori nima? Bu-baxt. Baxtli hayot. Lekin u bormi, mangu barqarormi?
“Ana shu tarzda gulning toti to’g’risidagi fikrlar baxt haqidagi o’ylar bilan uyg’unlashadi. Gulning toti, lirik qahramonning baxti-she’r g’oyasi ana shu ikki qalbning uchrashgani va uchqun sochgan nuqtasida ochiladi” (N.Karimov). “Baxtim bormi?” degan so’roq lirik qahramonni o’ylatsa, “ikkinchidan, o’quvchining ongida qandaydir savol alomatini ham, ya’ni “bundan keyin nima bo’ladi?” degan qiziqishni, masalaga faol munosabatni ham uyg’otadi. Shoir o’z o’quvchisida shunday tuyg’uni uyg’otib olgandan keyingina, bu esa poetik mahoratning “sir”laridan biridir, baxtli hayot bahorini ifoda etuvchi yaxlit fikrlarni misralarga tizib tashlaydi” (S.Azimov):
Yuzlarimni silab-siypalab,
Baxting bor deb esadi yellar
Etgan kabi go’yo bir talab
Baxting bor deb qushlar chiyillar.
hamma narsa meni qarshilar,
har bir kurtak menga so’ylar roz
Men yurganda bog’larga to’lar
Faqat baxtni maqtagan ovoz:
“Mana senga olam-olam gul
Etagingga siqqanicha ol.
Bunda tole har narsadan mo’l,
To o’lguncha shu o’lkada qol.
Umrida hyech gul ko’rmay
O’tganlarning haqqi ham senda
har bahorni yig’lab qarshilab
Do'stlaringiz bilan baham: |