Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari kafedrasi
Download 1.8 Mb.
|
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash
Bilimlarni baholash tartibi quyidagi darajalarga bo’linadi:
1-daraja- matematikadan davlat ta’lim standartida belgilab berilgan bilimlarni o’zlashtirishning minimal darajasini bajarganlar “past” daraja hisoblanadi. 2 -daraja - reproduktiv darajada bo’lib, DTS da belgilab berilgan bilimlarni o’zlashtirishning minimal darajasidan yuqori bo’lganlari “o’rta” baholanadi. daraja - rekonstruktiv darajada qo’llaniladigan DTS dagi bilimlarning imkoniyat darajasi talablariga javob beradiganlari “yuqori” baholanadi. daraja - DTSda belgilab berilgan bilimlarni o’zlashtirishning imkoniyat darajasiga muvofiq keladigan va uni ijodiy qo’llay oladiganlar “o’ta yuqori” baholanadi. Reytingi 100-96% bo’lganlar - o’ta yuqori, 86-95% bo’lganlar - yuqori, 81-71% bo’lganlar-o’rta, 70-56% bo’lganlar - past baho bilan baholanadi, --0-55% bo’lganlar esa attestasiya qilinmaydi. O’quv fani bo’lim va mavzularni maksimal ballarga taqsimlashda quyidagicha yo’l tutiladi: masalan, 6-sinfda haftasiga 5 soatdan, jami 170 soat o’qitiladi, o’quvchi to’playdigan maksimal ball-500. mavzu “O’nli kasrlar ustida dastlabki tushuncha, qo’shish va ayirish” mavzusiga 22 soat vaqt ajratilgan, shuning uchun 22 soatga to’g’ri kelgan ball R = (500:170) 22 = 64,7 = 65 ga teng. mavzu “O’nli kasrlarni ko’paytirish va bo’lish” mavzusiga 40 soat ajratilgan, shuning uchun R = (500:170) 40 = 117,6 = 118 ball va h.k. . Mustaqil o’rganish uchun savollar: Matematika darsi va unga qo’yiladigan talablar. Matematika o’qituvchisining darsga tayyorgarlik tizimi. Matematika darsi tahlili, kuzatish va dars konspektlari. Kalendar ish reja qanday tuziladi? 5.O’quvchilar bilimini baholash va reyting tizimi qanday xususiyatlarga ega? Agarda hisob san’ati yo’qotilganda hamma san’atlardan bittasi ham qolmasligi, bularning barchasi butunlay yo’qolib ketishi mumkin edi. Platon Sanoq va hisoblashlar - boshdagi tartibning asosidir. Pestalossi - seminar mashg’uloti MAVZU: MATEMATIKA O’QITISHDA MASALALAR YECHISHNING AHAMIYATI VA O’RNI Matematik masalalar yechishning matematika o’kitishdagi vazifalari. Masalalarning matematika o’kitish jarayonidagi axamiyati. Matematikani masalalar yechish orkali o’rgatish Matematika masalalarning turlari va ularni yechish boskichlari. Tayanch iboralar: matematik masala, vazifalari, o’kitishdagi axamiyati, yechish usullari, turlari. Maktabda matematikani o’rganish turli xil matematik masalalarni yechish orkali amalga oshiriladi. Shu sababdan uslubiyatchilar matematik masalalarning matematika o’kitishda kuyidagi vazifalari mavjudligini ta’kidlaydilar: 1) umumta’lim; 2) amaliy; 3) rivoj-lantiruvchi; 4) tarbiyaviy; 5) nazorat etish. Umumta’lim vazifalariga o’kuv dasturida ko’rsatilgan matematik ko’nikma va malakalarni shakllantirish vazifalari kiradi. Bundan tashkari, yangi bilimlarni o’zlashtirish bilan birga o’zining matematik ma’lumotini oshirish, matematik masalalar yechish ko’nikmasi shakllana boradi. Amaliy vazifalari yordamida o’kuvchilar masalalar yechish orkali amaliy ko’nikma va malakalar bilan kurollanib, matematikani tadbik etish va xayotda ko’llashga doir zaruriy bilimlarni egallaydilar. Rivojlantiruvchi vazifalariga o’kuvchilarda masalalar yechish asosida ularning matematik tafakkuri va kobiliyatlarini rivojlantirish kiradi. Shuning uchun o’kituvchi xar bir masaladan bunday maksadlarda foydalanilishiga e’tiborni karatish talab etiladi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling