Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari kafedrasi


O’z-o’zini nazorat qilish savollari


Download 1.8 Mb.
bet95/106
Sana20.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1628206
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash

O’z-o’zini nazorat qilish savollari.

  1. Funksiya deb nimaga aytiladi?

  2. Funksiya tushunchasini kiritishda nimalar asosiy o’rinni egal-laydi?

  3. Maktabda o’rganiladigan asosiy elementar funksiyalar o’rganilishi xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?

  4. Funksiya o’rganilishida qanday asosiy tushunchalar o’quvchilarga bayon etiladi?

  5. Chiziqli funksiyani o’rganishda qanday usullar qo’llaniladi?

  6. Kvadratik funksiyaning qanday xossalari mavjud?

  7. Trigonometrik funksiyalarni o’rganish qanday xususiyatlarga ega?

  8. Funksiya grafiklarini o’rganishda nimalarga e’tibor berish lozim?

  9. Funksiya grafiklarini almashtirishlarning qanday usullari mav-jud?


11-MAVZU.

Geometriya o’qitish uslubiyati masalalari.




Geometriya o’quv predmeti sifatida

(Seminar - 2 soat)
12.1. Seminarni olib borish texnologiyasi






O ’quv soati - 2 soat

Talablar soni: 50 ta

O ’quv mashg’ulot shakli

Mavzu bo’yicha axborotli ma’ruza

Seminar rejasi

  1. Geometriya fanini o ’ qitishning maqsadlari.

  2. Geometriya fani va uning o’qitilishi haqida tarixiy ma’lumotlar.

  3. Maktabda geometriya o’qitishning mazmuni.

  4. 5-6-sinflarda geometriya elementlari 5.7-9-sinflarda geometriya o’qitishning xususiyatlari.

O ’qitish maqsadi: Tekislikda geometrik shakllarni o’rganish metodikasi xaqida tushunchalar berish.

Pedagogik vazifalar:

o’quvfaoliyati natijalari:

Geometriya fanini o’qitishning maqsadlari mazmuni va ahamiyatini tushintirib berish.

Geometriya fanini o’qitishning maqsadlari mazmuni va ahamiyatini tushuntirib bera oladilar .

. Geometriya fani va uning o’qitilishi haqida tarixiy ma’lumotlar takrorlanadi va tushuntirib beriladi va o’rgatiladi.

. Geometriya fani va uning o’qitilishi haqida tarixiy ma’lumotlarni o’rganadilar va tushuntirib beradilar.

Maktabda geometriya o’qitishning mazmuni o’rganishni tushuntirib berish.

Maktabda geometriya o’qitishning mazmuni o’rganishni tushuntirib bera oladilar.

5-6-sinflarda geometriya elementlari uslubiyatini tushuntirib berish.

5-6-sinflarda geometriya elementlari uslubiyatini tushuntirib bera oladilar.

7-9-sinflarda geometriya o’qitish uslubiyatini tushuntirib berish.

7-9-sinflarda geometriya o’qitish uslubiyatini tushuntirib bera oladilar.

O ’qitish vositalari

ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, doska

O ’qitish usullari texnikasi

ma’ruza, aqliyxujum texnikasi Zig-zag, xabarlashib o’rganish usuli, Insert texnikasi

O ’qitish shakllari

frontal, kollektiv ish

O ’qitish sharoiti

Texnik vositalar bilan ta’minlangan,










guruxlarda ishlash usulini qo’llash mumkin bo’lgan auditoriya.

Monitoring va baholash

Test, og’zaki savollar, blis-so’rov





Tekislikda geometrik shakllarni o’rganish metodikasi texnologik xaritasi.



Ish bosqich- lari

O’qituvchi faoliyatining mazmuni

Tinglovchi
faoliyatining mazmuni

1-
bosqich. Mavzuga kirish (20 min)

1.1.O’quv mashg’uloti mavzusi savollarni va o’quv faoliyati natijalarini aytadi.
1.2. 3x3 usulida mavzu bo’yicha ma’lum bo’lgan tushunchalarni faollashtiradi. Klaster usuli yordamida fikrlarni bayon etish. (1-ilova).

Tinglaydilar.
Savollarga javob beradilar

2 -
bosqich.
Asosiy
bo’lim
(50 min)

  1. Talabalarning e’tiborini tortish uchun jonlantirish savollar beradi.(2- ilova).

  2. Ma’ruza rejasining hamma savolini tushuntiradi.( 3-ilova).

  3. Har bir savol nihoyasida umumlashtiruvchi xulosa beradi.

  4. Tayanch iboralarga qaytiladi. Talabalar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi.

Tinglaydilar.
UMKga qaraydilar
UMKga qaraydilar
Har bir tayanch tushuncha va iboralarni muhokama qiladilar.

3-
bosqich.
Yakunlov
chi
(10 min)

  1. Mashg’ulot bo’yicha yakunlovchi xulosalar qiladi. Mavzu bo’yicha olingan bilimlarni qayerda ishlatish mumkinligi ma’lum qiladi.

  2. Mavzu bo’yicha mustaqil o’rganish uchun topshiriq beradi.

  3. Mavzu bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish uchun adabiyotlar ro’yxatini beradi.

  4. Keyingi mazvu bo’yicha tayyorlanib kelish uchun savollar beradi.

Savollar beradilar UMKga qaraydilar
Mustaqil o’rganish uchun topshiriqlarni yozib oladilar.
UMKga qaraydilar UMKga qaraydilar




Klaster tuzish qoidalari



  1. Hayolingga nima kelsa shuni yoz. Fikrlarning sifatiga e’tibor bermang.

  2. Yozuvning orfografik va boshqa hatolariga e’tibor bermang.

  3. Ajratilgan vaqt tugamaguncha yozishni to’xtatmang.

  4. Agar fikrlar hyech kelavermasa to yangi fikrlar kelguncha qog’ozga rasmlar chizing.

  5. Iloji boricha ko’proq bog’lanishlarni qurishga harakat qiling. Fikrlar sonini va ular orasidagi bog’lanishlar sonini chegaralamang.




2-ilova. (12.1)


JONLANTIRISh UChUNSAVOLLAR

  1. Geometriya fanini o’qitishning maqsadlari.

  2. Geometriya fani va uning o’qitilishi haqida tarixiy ma’lumotlar.

  3. Maktabda geometriya o’qitishning mazmuni.

  4. 5-6-sinflarda geometriya elementlari 5.7-9-sinflarda geometriya o’qitishning xususiyatlari.

  1. ilova.(12.1.)

1-savol. Geometriya fanini o’qitishning maqsadlari.
Davlat ta’lim standartida geometriya o’qitishga oid vazifalar belgilab berilgan, ya’ni: planimetriyaning metodlari va asosiy faktlarni uzlashtirish; o’rganilayotgan tushuncha va uslublari hayotda va tabiatda ruy berayotgan xodisalarni matematik modellashtirish vositasi ekanligi to’g’risidagi tasavvurlarni shakllantirish; fazoviy jismlarning xossalarini o’rganish, bu xossalarni amaliyot masalalarini yechishga tadbiq etish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Shu bilan birga geometrik bilimlar o’quvchilarga amaliy mazmunli masalalarni yechishga; kandaydir real konstruksiyalarda geometrik figuralarni ko’rishga, texnik chizmalarda tushuna olishlariga yordam berish lozim. Shuningdek, geometriya o’qitishda o’quvchilar mantiqiy asoslash ko’nikmasini egallashlari, ayrim xususiy hollarni qarash orqali topilgan bog’lanishlarning umumiy xarakterga ega ekanligi va ular ma’lum ko’rinishdagi barcha shakllarga taalluqli bo’lishi mumkinligini o’rgatish talab etiladi.
Matematika davlat ta’lim standartida qo’yilgan maqsadlardan biri- o’quvchilarda mantiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida ularning aql-zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqbul yo’llarini topa olishlariga ko’maklashish ham ayniqsa geometriya o’qitishda amalga oshirish imkoniyatlari mavjud.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling