Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti huquqshunoslik fakul


II- BOB. DASTLABKI TERGOVDAGI PROTSESSUAL HUJJATLARNI


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana15.08.2020
Hajmi0.77 Mb.
#126436
1   2   3   4
Bog'liq
dastlabki tergovda protsessual xujjatlarning oziga hos xususiyatlari.


II- BOB. DASTLABKI TERGOVDAGI PROTSESSUAL HUJJATLARNI 

TUZISHNING UMUMIY QOIDALARI. 

2.1. Dastlabki tergovdagi qarorlarni tuzishning umumiy qoidalari 

Qaror – protsessual hujjat bo’lib, unda tergovchi dastlabki tergov davomida u 

yoki  bu  harakat  sodir  etilganligini  bayon  qiladi  va  asoslab  beradi.

22

  Qaror  –  bu 



dastlabki tergovni amalga oshirish va uni tamolash jarayonida eng muhim masalalar 

yuzasidan  tergovchining  xulosasi,  to’xtami

23

.  Qaror  –  surishtiruv  organi  yoki 



tergovchi tergov jarayonida chiqargan qarorini taklif etadigan va asoslab beradigan 

protsessual  hujjat

24

.  Qaror  –  bu  tergovchi  tomonidan  jinoyat  ishini  tergov  qilish 



davomida qabul qilinadigan protsessual hujjatdir

25



Vakolatli  shaxs  tomonidan  qabul  qilingan  qaror(xulosa)ni  o’zida  aks 

ettiruvchi hujjat dastlabki tergov bosqichida qaror shakliga ega bo’ladi. Nazariyada 

u surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida ish bo’yicha surishtiruvchi, tergovchi 

va prokuror zarur deb hisoblab, bir to’xtamga kelgan va chiqargan protsessual hujjat 

deb ta`riflanadi

26



Qaror  har  doim  majburiy  xarakterga  ega  bo’ladi,  qonun  uni  majburiy 

bajarilishini  kafolatlaydi.  JPKning  36-moddasi  4-qismida  tergovchining  o’z  ish 

yurituvidagi  jinoyat  ishi  yuzasidan  qonunga  muvofiq  chiqargan  qarori  barcha 

tashkilot,  muassasa,  mansabdor  shaxs  va  fuqarolar  tomonidan  ijro  etilishi 

majburiydir deyilgan.  

YUqorida  bayon  etilgan  fikrlardan  kelib  chiqqan  holda  dastlabki  tergovdagi 

qaror deganda, dastlabki tergovni amalga oshiradigan hamda uni protsessual nazorat 

qiladigan vakolatli mansabdor shaxslarning u yoki bu protsessual masala yuzasidan 

                                                           

22

  Зайнутдинова  Д.Т.,  Нажмитдинов  Р.З.  Процессуал  ҳужжатларнинг  стилистик  моделлари:  Ўқув 



қўлланмаси. – Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2008. . 

23

  Уголовно-процессуальное  право  Российской  Федерации:  Учебник.  /  Отв.  ред.  П.А.  Лупинская.  -  М.: 



Юристъ, 2001. - 196 с. 

24

  Рахмонқулов  А.Х.  Ички  ишлар  органларида  дастлабки  тергов.  Дарслик.  –Т.:  -  Уз.Р.  ИИВ  Академияси, 



2005. 81-б.; 

25

 М.Г. Эсанов, М.Ҳ. Обидов, Ш.П. Алаев. Терговчи (терговчининг касбий сифатлари, процессуал ҳуқуқ ва 



ваколатлари,  айрим  тергов  ҳаракатларини  ўтказиш  усуллари  ва  дастлабки  тергов  процессуал  ҳужжатлари 

наъмуналари)  М.А. Мирзаевнинг  умумий  таҳрири  остида.  –  Т:  Ғафур  Ғулом  номидаги  нашриѐт-матбаа 

ижодий уйи, 2011. – Б. 127. 

26

 Иноғомжонова З.Ф. Жиноят ишлари бўйича процессуал ҳужжатлар. –Т.: ТДЮИ нашриѐти, 2009. 13-б.  



 

 

26 



 

o’zining  ichki  ishonchi  mezonida  qabul  qiladigan  qarorida  asoslanadigan  va  qayd 

etiladigan  ijro  etilishi  majburiy  xarakaterga  ega  bo’lgan  hujjatni  tushunishimiz 

lozim. 


Barcha  qarorlar  ham  yozma  shaklda  bo’lavermaydi.  YUzlashtirish,  ko’rsatuv-

larni  xodisa  sodir  bo’lgan  joyda  tekshirish,  tanib  olish  uchun  ko’rsatish,  ko’zdan 

kechirish harakatlarini o’tkazish to’g’risidagi qarorlar yozma shaklda bo’lmaydi.  

Dastlabki  tergovda  qabul  qilinadigan  qarorlarni  quyidagicha  guruhlash 

mumkin: 

1.  Jinoyat  ishini  yuritish  bilan  bog’liq  qarorlar  (masalan,  dastlabki 

tergovni to’xtatish to’g’risida, dastlabki tergovni qayta tiklash to’g’risida, jinoyat 

ishini ajratish to’g’risida, jinoyat ishlarini birlashtirish to’g’risidagi qarorlar); 

2.  Dalillarni  to’plashga  qaratilgan  protsessual  harakatlarni  o’tkazish 

to’g’risidagi  xulosa  va  to’xtamlarni  ifodalovchi  qarorlar  (masalan,  olib  qo’yish 

yoki  tintuv  o’tkazish  to’g’risidagi,  guvohlantirishni  o’tkazish  to’g’risidagi, 

eksperiment o’tkazish to’g’risidagi, ekspertiza tayinlash to’g’risidagi qarorlar); 

3.  Protsess  ishtirokchilarining  protsessual  maqomini  belgilovchi  qarorlar 

(masalan,  jabrlanuvchi  deb  e`tirof  etish  to’g’risida,  gumon  qilinuvchi, 

ayblanuvchi  tariqasida  ishtirok  etishga  jalb  qilish  to’g’risidagi,  fuqaroviy 

davogar, fuqaroviy javobgar sifatida jalb qilish to’g’risidagi qarorlar); 

4.  Ehtiyot  chorasini  qo’llash,  bekor  qilish  yoki  o’zgartirish  to’g’risidagi 

qarorlar  (masalan,  qamoqqa  olish  tarzidagi  ehtiyot  chorasini  qo’llash  to’g’risida 

iltimosnoma qo’zg’atish haqidagi, ehtiyot chorasi sifati garovni qo’llash haqidagi 

qarorlar); 

5.  Boshqa  protsessual  majburlov  choralarini  qo’llash,  bekor  qilish  va 

o’zgartirish to’g’risidagi qarorlar (majburiy keltirish, ayblanuvchini lavozimidan 

chetlashtirish,  ayblanuvchini  lavozimidan  chetlashtirish  haqidagi  qarorni  bekor 

qilish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to’g’risidagi qarorlar); 

6.  Dastlabki  tergov  tugaganligini  ifodalovchi  qarorlar  yoki  alohida  faktga 

ko’ra biror-bir shaxsga nisbatan qilingan qarorlar (masalan, jinoyat ishini tugatish 



 

 

27 



 

to’g’risidagi, jinoyat ishini tibbiy yo’sindagi majburlov choralarini qo’llash yoki 

taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish to’g’risidagi qarorlar); 

7.  Protsess  ishtirokchilarining  iltimoslari  yuzasidan  qabul  qilinadigan 

qarorlar  (masalan,  gumon  qilinuvchi  yoki  ayblanuvchining  bildirgan  iltimosini 

rad  etish  to’g’risida  qarorlar,  gumon  qilinuvchining,  ayblanuvchining, 

sudlanuvchining  iltimosnomasi  bo’yicha  yaqin  qarindoshlari  yoki  qonuniy 

vakillaridan  birining  advokat  bilan  bir  qatorda  himoyachi  sifatida  ishtirok  etishi 

to’g’risidagi qaror). 

Jinoyat  ishi  tergovi  davomida  100ga  yaqin  protsessual  qarorlar  qabul 

qilinadi.  Qonunchilik  talablariga  ko’ra  qarorlarining  aksariyati  yozma  shaklda 

ifodalanishi  lozim.  JPKda  qarorlarning  tuzilishi,  mazmuni,  unga  qo’yiladigan 

talablar  to’g’risida  maxsus normalar  mavjud.  Masalan,  jinoyat  ishini qo’zg’atish 

(JPK  331-modda  2-qismi),  guvohlantirishni  o’tkazish  (144-modda),  ekspertiza 

tayinlash  (JPK  180-modda  1-qismi),  shaxsni  tibbiy  muassasaga  joylashtirish 

(266-modda),  jinoyat  ishida  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi  tariqasida  ishtirok 

etishga  jalb  qilish  (360  va  361-modda),  jinoyat  ishini  tugatish  (374-modda) 

to’g’risidagi  qarorlar.  SHu  bilan  birga  JPKda  nomlanishi  va  yozma  shaklda 

tuzilishi  belgilangan,  ammo  tuzilishi  va  mazmuni  ko’rsatilmagan  qarorlar  ham 

uchraydi.  Masalan,  murdani  eksgumatsiya  qilish,  eksperiment  o’tkazish,  narsani 

ashyoviy  dalil  deb  e`tirof  etish  va  uni  jinoyat  ishiga  qo’shib  qo’yish,  ushlab 

turilgan  shaxsni  ozod  qilish,  harbiy  qism,  qo’shilma,  harbiy  muassasa,  harbiy 

o’quv yurti qo’mondonligining kuzatuviga berish, fuqaroviy da`vogar deb e`tirof 

etish,  ishni  qo’zg’atishni  rad  qilish,  ariza  yoki  xabarni  tergovga  tegishliligiga 

qarab yuborish haqidagi qarorlar. 

Odatda qaror uch qismdan: kirish, tavsif va qaror qismlaridan iborat bo’ladi

27

.  


Qarorning  kirish  qismi  qaror  qanday  xodisaga  yoki  qaysi  shaxsga  oid 

ekanligini  aniq  belgilab  beruvchi  o’ziga  xos  yorliq  vazifasini  bajaradi.  Kirish 

qismidagi qarorning nomlanishini to’g’ri ifodalash ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

                                                           

27

 Иноғомжонова З.Ф. Жиноят ишлари бўйича процессуал ҳужжатлар. –Т.: ТДЮИ нашриѐти, 2009. 13-б. 



 

 

28 



 

Qarorning kirish qismida  qarorning nomlanishi, qaror  chiqarilgan  joy  va  vaqt,  kim 

tomonidan tuzilganligi va qaysi jinoyat ishi yuzasidan tuzilganligi ko’rsatiladi. 

Kirish  qismining  mazmuni  tergovchidagi  mavjud  ma`lumotlarning  hajmiga 

bog’liq.  Kirish  qismi  qisqa  va  aniq  ifodalanishi,  ya`ni  zarur  ma`lumotlardan  iborat 

bo’lishi lozim. 

Qarorning  tavsif  qismi  markaziy  o’rinni  egallaydi.  Qarorning  ushbu  qismini 

tuzish o’ziga xos bir san`at. Unda faqat yuridik ahamiyatga ega faktlar ifodalanishi, 

ya`ni  ishning  haqiqiy  holatlari,  qanday  xulosa  va  to’xtamga  kelinganligi,  qanday 

asoslarga  ko’ra  shu  qaror  qabul  qilinganligi,  shuningdek  jinoyat-protsessual 

kodeksining shu qarorni qabul qilishga asos bo’lgan moddasi ko’rsatilishi kerak. 

Huquqni  qo’llash  amaliyotida  qarorning  tavsif  qismi  vakolatli  shaxs  qaror 

qabul qilishda asoslangan qonunchilik (JPK, JK) normalariga havola keltirish bilan 

yakunlanadi.  SHuni  nazarda  tutish  kerakki,  qarorga  nisbatan  qo’yiladigan 

qonuniylik  talabi  JPK  va  JKning  nafaqat  moddasini,  balki  moddaning  aniq  qismi, 

bandini  ko’rsatish  lozimligini  nazarda  tutadi.  Bu  holat  qarorning  huquqiy 

savodliligini, saviyasini ham ta`minlashga xizmat qiladi. 

Qarorning  uchinchi  qaror  qismi  kirish  va  tavsif  qismlarining 

mazmunidan  kelib  chiqadigan  xulosadan,  ya`ni  qabul  qilinadigan  qarordan 

iborat  bo’ladi.  Ushbu  qismda  qo’shimcha  qarorlar  ham  o’z  ifodasini  topishi 

mumkin.  Masalan,  olib  qo’yish  to’g’risidagi  qarorda  uning  nusxasi  nazoratni 

amalga oshiruvchi prokurorga yuborilishi ham ko’rsatilishi lozim. 

Qarorda  barcha  masalalar  ketma-ket  ifodalanishi,  ya`ni  har  bir  yangi  gap 

avvalgisi  bilan  mantiqiy  bog’liq  holda  bo’lishi  lozim.  Qarama  qarshi  fikrlar 

bo’lmasligi, matn aniq va keraksiz takrorlanishlarsiz bayon etilishi lozim. 

YUqorida  aytib  o’tilgandek  qonunchilikda  ayrim  qarorlarni  tuzishga  oid 

maxsus  normalar,  shu  bilan  birga  ba`zi  qarorlarning  faqat  qabul  qilinishiga  oid 

normalar mavjud. Ushbu holat JPKga dastlabki tergovdagi qarorlarning tuzilishi va 

mazmuniga  nisbatan  asosiy  talablar  mustahkamlangan  maxsus  normalarni  kiritish 

zarurligini ko’rsatadi.  



 

 

29 



 

2.2 Dastlabki tergov bayonnomalarining protsessual-huquqiy tabiati, ularni 

tuzishning umumiy qoidalari. 

Dastlabki tergov bayonnomalari to’g’risidagi masalaning ham nazariy va ham 

amaliy  ahamiyatidan  kelib  chiqilgan  holda  mazkur  bayonnomalarning  mazmun-

mohiyatini,  ularning  protsessual-huquqiy  tabiatini  o’rganishga  jinoyat-protsessual 

huquqida  etarlicha  e`tibor  berilmagan.  Bizning  nazarimizda  bayonnomalar 

dalillarning eng tez rivojlanayotgan turlaridan biri va mazkur bayonnomalarni puxta 

o’rganish zarur. 

Tergov  harakatlari  bayonnomalari  ishning  holatlari  to’la  o’rganilganligining 

asosiy  guvohi  (shohidi)  xisoblanadi.  Aynan  bayonnomalar,  qarorlar  va  boshqa 

protsessual hujjatlar jinoyat ishi tergovining oynasi bo’lib xisoblanadi.  

Barcha  yuridik  ahamiyatga  ega  holatlar  va  faktlarni  bayonnomada  aniq 

ifodalanishi  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokurorlarning  nufuzini  oshiradi,  ularga 

bo’lgan  ishonchni  mustahkamlaydi,  bayonnomaga  parallel  holda  ovozni  yozib 

borilishi esa protsess ishtirokchilarini tartib intizomga soladi. 

Dalilning  bir  turi  ekanligiga  asoslangan  holda  tergovchi  harakatlari 

bayonnomalariga  alohida  urg’u  berishadi  va  hatto  bayonnomani  tergov  harakati 

natijasi  qayd  etiladigan  hujjat  deb  tushunishadi.  Ular  bayonnomaga  surishtiruvchi, 

tergovchi,  prokuror  tomonidan  tergov  harakatlarini  olib  borish  tartibi  va  ularning 

natijalari qayd etiladigan protsessual hujjat deb ta`rif berishadi

28



Bu  tushuncha  protsessual  hujjatning,  ya`ni  bayonnomaning  barcha 

xususiyatlarini  yoritib  bermaydi.  Bayonnoma  tuzishni  nazarda  tutuvchi  O’zR  JPK 

moddalarining  tahlili  shuni  ko’rsatadiki,  bayonnomalar  o’rtasida  funktsiyaviy  farq 

mavjud  bo’lib,  shuning  uchun  jinoyat  protsessida  ularning  ahamiyati,  o’rni  har 

xildir.  Ayrim  bayonnomalarning  o’ziga  xos  xususiyati  shundaki,  ularda  aniq  bir 

protsessual  harakatning  mazmuni,  uni  amalga  oshirshda  qonuniy  tartibga  rioya 

qilinganligi  va  uning  natijasi  ifoda  etilishidan  tashqari,  ish  bo’yicha  isbot  qilinishi 

                                                           

28

  Иноғомжонова  З.Ф.  Жиноят  ишлари  бўйича  процессуал  ҳужжатлар.  –Т.:  ТДЮИ  нашриѐти,  2009.  16-б.; 



Иноғомжонова З.Ф.; Абдураҳмонов У.А. Жиноят ишлари бўйича процессуал ҳужжатлар. Т:. 2007. 20-б.;  

 

 

30 



 

lozim  bo’lgan  holatlarni  tiklashga  yordam  beradigan  aniq  faktik  ma`lumotlar  ham 

batafsil hujjatlashtiriladi (guvohni, ayblanuvchini so’roq qilish bayonnomasi, hodisa 

joyini ko’zdan kechirish, tintuv, olib qo’yish bayonnomalari). 

Boshqa bayonnomalarning xarakterli xususiyati shundan iborat bo’ladiki, ular 

bitta  –  tasdiqlovchi  funktsiyani  bajaradi  (ekspertiza  tayinlash  to’g’risidagi  qaror 

bilan  ayblanuvchini  tanishtirish  bayonnomasi,  ish  materiallari  bilan  ayblanuvchini, 

jabrlanuvchi  va  uning  vakilini,  fuqaroviy  davogar  va  fuqaroviy  javobgarni  yoki 

ularning  vakilini  tanishtirish  bayonnomasi). 

Ularda  daliliy 

ma`lumotlar 

ifodalanmaydi, ular protsess ishtirokchilari huquqlarini kafolatlashga xizmat qiladi. 

Bizning  fikrimizcha  dastlabki  tergovdagi  protsessual  hujjatlarning  bir  turi 

sifatida, bayonnoma – bu dastlabki tergovni amalga oshiradigan vakolatli mansabdor 

shaxslar  tomonidan  qonunda  belgilangan  tartibda  tuziladigan,  o’tkazilgan 

protsessual  harakatning  mazmuni  va  natijasini,  shuningdek  ushbu  xarakatlarni 

qonuniyligi  hamda  asosanlanligini  ta`minlovchi  jinoyat-protsessual  qonunchilik 

talablari bajarilishini qayd etuvchi va tasdiqlovchi hujjat. 

Bayonnoma  tergov  hujjati  bo’lib,  unda  tergovni  olib  boruvchi  shaxs  o’zi 

amalga  oshirgan  protsessual  harakatlarning  bayonini  ifodalaydi  va  qonunning 

tegishli moddalari bilan mustahkamlab qo’yadi. Bayonnomalarda ma`lum isbotlash 

manbalari 

(gumon 

qilinuvchi, 



ayblanuvchi, 

jabrlanuvchi, 

guvohlarning 

ko’rsatmalari)  yuridik  jihatdan  mustahkamlab  qo’yiladi.  Ularda  tergov  harakatlari 

(ko’zdan  kechirish,  tintuv  va  boshqalar)  paytida  aniqlangan  faktlarni  tasdiqlovchi 

mustaqil  isbotlash  manbalari  aks  etadi.  Tergov  davomida  qo’yilgan  jinoyat-

protsessual  talablarning  (ayblanuvchining  ekspertiza  tayinlash  to’g’risidagi  qaror 

bilan tanishishi va boshqalar) bajarilishi ifodalanadi.

29

  

A.P. Lupinskiyning  fikricha  “dalilning  alohida  shakli  sifatida  tergov 



harakatlari bayonnomalari – bu ko’zdan kechirish, guvohlantirish, tintuv, tanib olish 

uchun  ko’rsatish,  tergov  eksprementi  kabi  tergov  harakatlarining  jarayoni  va 

                                                           

29

  Зайнутдинова  Д.Т.,  Нажмитдинов  Р.З.  Процессуал  ҳужжатларнинг  стилистик  моделлари:  Ўқув 



қўлланмаси. – Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2008. Б. 5., 

 

 

31 



 

natijalari  qayd  etiladigan  yozma  aktlardir.  Tergov  harakatlari  bayonnomalarida 

holatlar, narsalar yoki vositalarni qayd etilishi, tergovchilar, xolislar va ushbu tergov 

harakatining  boshqa  ishtirokchilari  tomonidan  bevosita  qabul  qilinishi  sababli 

dalilning mustaqil manbasi sifatida ajratilgan”

30

.  



Keltirilgan  ta`riflarni,  shuningdek  bildirilgan  fikrlarni  e`tiborga  olib,  tergov 

harakatlari  bayonnomalariga  quyidagicha  ta`rif  berish  taklif  etiladi:  “Tergov 

harakatlari  bayonnomalari  deganda  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  tomonidan 

dalillarni to’plash va tekshirish bo’yicha harakatlarni o’tkazish jarayonida qonunda 

belgilangan  tartibda  tuzilgan  hamda  ish  uchun  ahamiyatli  holatlar  qayd  etilgan 

yozma hujjatlar va ularga ilovalar tushuniladi”. 

Jinoyat-protsessual  qonun  hujjatlarida  tergov  harakatlarini  o’tkazish  bilan 

aloqador  qirqdan  ortiq  bayonnomalar  tuziladi

31

.  A.X. Raxmonqulov  tergov 



harakatlarining  xususiyatlaridan  kelib  chiqib  bayonnomalarning  uchta  asosiy  turini 

keltirib o’tadi:  

1)  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi,  jabrlanuvchi,  guvohni  so’roq  qilish  va 

yuzlashtirish bayonnomalari;  

2)  ko’zdan  kechirish,  guvohlantirish,  tintuv,  olib  qo’yish,  ushlab  turish, 

eksperiment  o’tkazish  vaqtida  hamda  tanib  olish  uchun  ko’rsatish  chog’ida 

aniqlangan  dalillar  tasdiqlanadigan  bayonnomalar  –  dalillarning  mustaqil  manbai 

bo’ladi;  

3) 

ba`zi 


bayonnomalar 

jinoyat-protsessual 

qonun 

hujjatlarining 



bajarilganligini qayd etish uchun tuziladi

32

.  



Tergov bayonnomalarining  xilma-xilligi turli  asoslardan kelib  chiqqan  holda 

ularni  tasniflashga  sabab  bo’lib  xizmat  qiladi.  Bu  jinoyat  ishi  bayonnomalari 

tuzilishining  protsessual  tabiati  va  mazmunining  o’ziga  xos  xususiyatlarini 

aniqlashga  yordam  beradi.  YUqorida  A.X.Raxmonqulovning  tasnifi  to’liq  emas. 

                                                           

30 


Уголовный процесс. Учеб. // Под ред. П.А. Лупинской. М.: Юристъ, 1995. С. 189. 

31

 Тергов процессуал ҳужжатлари намуналари. –Т.: 1996. –Б 21. 



32

  Рахмонқулов  А.Х.  Ички  ишлар  органларида  дастлабки  тергов.  Дарслик.  –Т.:  -  Уз.Р.  ИИВ  Академияси, 

2005. – Б. 82. 


 

 

32 



 

Bizning  fikrimizcha  protsessual  xarakatlarning  bayonnomalarini  dastlabki  tergov 

hujjatlarining bir turi sifatida xarakteriga ko’ra besh guruhga tasniflash ma`quldir:  

1.  Jinoyat ishi qo’zg’atilishi asoslari qayd etiladigan bayonnomalar (masalan, 

og’zaki arzni qabul qilish, aybini bo’yniga olish to’g’risidagi arz bayonnomalari) 

2.  Daliliy  ko’rsatmalar  qayd  etiluvchi  bayonnomalar  (masalan,  guvohni, 

jabrlanuvchini,  gumon  qilinuvchini,  ayblanuvchini,  ekspertni  so’roq  qilish 

bayonnomalari, yuzlashtirish bayonnomasi); 

3.  Dalilning  mustaqil  manbasi  bo’ladigan  bayonnomalar  (masalan,  ko’zdan 

kechirish,  guvohlantirish,  tintuv,  olib  qo’yish,  tanib  olish  uchun  ko’rsatish,  tergov 

eksprementi bayonnomalari);  

4.  JPKning 

yoki 


boshqa 

talablari 

bajarilganligini 

tasdiqlovchi 

bayonnomalar  (masalan,  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi,  uning  himoyachisini 

ekspertiza  tayinlash  to’g’risidagi  qaror  bilan  tanishtirish,  ekspert  xulosasi  bilan 

tanishtirish, jinoyat ishi materiallari bilan tanishtirish bayonnomalari);  

5.   Protsessual majburlov chorasi qo’llanilganini ko’rsatuvchi bayonnomalar 

(masalan, ushlab turish, garovni qabul qilish, kafillikka berish bayonnomasi). 

Bayonnomalar 

turli 

faktlar 


bo’yicha 

dalil 


bo’lib 

xizmat 


qiladi. 

Bayonnomaning daliliy ahamiyati ushbu harakatni bajarish chog’ida aniqlangan fakt 

bilan  uzviy  bog’liqdir.  Masalan,  hodisa  sodir  bo’lgan  joyni  ko’zdan  kechirish 

bayonnomasida  o’sha  joyning  sharoiti  va  jinoyat  oqibatida  qoldirilgan  izlar  qayd 

etiladi.  Tanib  olish uchun  ko’rsatish bayonnomasida qayd  etilgan  fakt  esa  ob`ektni 

aniqlashga, tanib oluvchining ko’rsatuvlarini tasdiqlashga imkon beradi

33



Bayonnomalarni tuzish tartibi va ularning shakli qonunchilikda qat`iy belgilab 



qo’yilgan (JPK 90, 426-moddalar). 

JPKda  u  yoki  bu  protsessual  harakatlarni  o’tkazish  tartibi  to’g’risidagi 

normalar  bilan  bir  qatorda  ushbu  harakatlarni  hujjatlarda  surishtiruvchi,  tergovchi, 

prokuror  va  boshqa  shaxslar  tomonidan  tuziladigan  tergov  harakatlari 

                                                           

33

  Давлетов  А.А.  Основы  уголовно-процессуального  доказывания.  Автореф.  дисс.  д-ра  юрид.  наук.  –М.: 



1993. –Б.19-21. 

 

 

33 



 

bayonnomalari, qarorlar va boshqa hujjatlarda mustahkamlashning yuridik shakllari 

ham ishlab chiqilgan. 

Jinoyat-protsessual qonunchilik tergov harakatlarini o’tkazishning asoslari va 

tartibini belgilab beradi. Ko’zdan kechirish, guvohlantirish, olib qo’yish, tintuv kabi 

fuqarolarning  huquqlarini  cheklash  bilan  bog’liq  tergov  harakatlari  faqat  qonunda 

aniq belgilangan asoslar bo’lgandagina o’tkazilishi kerak (JPK 135, 142, 157, 158-

moddalar). 

Tergov  harakatini  o’tkazishdan  oldin  tergovchi  tergov  harakatining 

maqsadlari  va  vazifalarini  belgilab  olishi  kerak.  Ko’p  hollarda  qonun  tergov 

harakatlarini  o’tkazish  maqsadini  aniq  belgilaydi.  Xususan,  tergovchi  hodisa  sodir 

bo’lgan  joyni,  hududni,  binoni,  narsalar  va  hujjatlarni  jinoyat  izlarini  va  boshqa 

ashyoviy  dalillarni  topish,  hodisa  sharoitini,  shu  bilan  birga  ish  uchun  ahamiyatli 

boshqa  tomonlarini  aniqlash  maqsadida  ko’zdan  kechiradi.  Bu  maqsadlar  va 

vazifalar,  nazarimizda,  tergov  harakatlari  bayonnomalarining  nomlanishida  o’z 

aksini topadi (tintuv bayonnomasi izlab topish va olib qo’yishni nazarda tutadi, olib 

qo’yish  bayonnomasi  ish  uchun  ahamiyatli  narsalar  va  hujjatlarni  faqat  olib 

qo’yishni nazarda tutadi, tanib olish uchun ko’rsatish bayonnomasi avval ko’rilgan 

ob`ektni o’xshashlari orasidan tanib olishni nazarda tutadi).  

Mazkur  harakatlarni  amalga  oshirishda  asosiy  ishtirokchilar  surishtiruvchi, 

tergovchi  (prokuror)  va  xolislar  xisoblanadi.  Zarur  hollarda,  tergovchining  ixtiyori 

bilan  tergov  harakatida  ishtirok  etish  uchun  mutaxassislar,  gumon  qilinuvchi  yoki 

ayblanuvchi, himoyachi, guvohlar jalb qilinadi. Ularning har biri muayyan huquq va 

majburiyatlarga ega. 

Tergovchiga  qonun  tomonidan  har  qanday  tergov  harakatini  o’tkazish 

yuklatilgan.  U  qat`iy  vakolatlarga  ega  bo’lib,  tergov  harakatlarini  o’tkazishda 

rahbarlik  qiladi  va  shu  bilan  birga  uning  ishtirokchilarining  huquqlari  va 

qonuniy 


manfaatlarini 

taminlash 

uchun 

to’la 


javobgar 

xisoblanadi. 

Tergovchiga  topshiriqlar  berish  huquqiga  ega  prokuror  va  tergov  bo’limi 

boshlig’i  ham  tergov  harakatlari  ishtirokchilari  bo’la  oladi.  Tergov 



 

 

34 



 

harakatlarini 

o’tkazishda  ularning  ishtiroki  albatta  mazkur  tergov 

harakatlarining bayonnomasida ko’rsatib o’tiladi. 

Xolislar aksariyat tergov harakatlarining majburiy ishtirokchilari xisoblanadi. 

JPKning  73-moddasi  talablariga  muvofiq  xolislar  sifatida  ishning  oqibatidan 

manfaatdor  bo’lmagan,  kamida  ikki  nafar  voyaga  etgan  fuqarolar  chaqirilishi 

mumkin  va  ular  ikkitadan  kam  bo’lmasligi  kerak.  Xolis  faktni,  o’zi  ishtirok  etgan 

harakatlar  mazmunini  va  natijalarini  tasdiqlashi  shart.  U  olib  borilgan  harakatlar 

yuzasidan  fikrlar  bildirishga  haqli.  Xolisning  fikrlari  tegishli  tergov  harakatining 

bayonnomasiga kiritilishi shart. Xolislar ishtirokidagi tergov harakatini boshlashdan 

oldin  tergovchi  ularga  JPKning  74-moddasida  belgilab  qo’yilgan  huquq  va 

majburiyatlarini tushintiradi.  

Bayonnomalar  mazmunining  to’liqligi  va  ob`ektivligiga  tergov  harakatini 

o’tkazishda ishtirok etuvchi ayblanuvchi, himoyachi, jabrlanuvchi, mutaxassis ijobiy 

ta`sir  ko’rsatadi.  Aytilgan  shaxslarning  tergov  harakatida  ishtiroki  tergov  haraktini 

yanada  samaraliroq  bo’lishini  taminlaydi.  Ular  tergovchi  diqqatini  tekshirilayotgan 

hodisaning  alohida  tomonlariga  qaratishadi,  bu  esa  dalillarni  to’plash  va  ularni 

bayonnomada  to’g’ri  aks  ettirishga  yordam  beradi.  JPKga  ko’ra  zarur  bo’lgan 

hollarda  tergov  harakatlarini  o’tkazishda  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi, 

jabrlanuvchi,  guvoh  ishtirok  etishi  mumkin.  Gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi, 

jabrlanuvchi,  guvoh  va  himoyachining  tergov  harakatlarida  ishtirok  etishi  protsess 

ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta`minlanishining qo’shimcha 

kafolatlari xisoblanadi.  

Ko’plab  tergov  harakatlarida  (ko’zdan  kechirish,  guvohlantirish,  tintuv,  olib 

qo’yish, tergov eksprementi) mutaxassislar ham ishtirok etishlari mumkin. 

Bilim  va  ko’nikmalaridan  foydalanib,  mutaxassis  ish  uchun  muhim  bo’lgan 

ob`ektlarni  topish,  mustahkamlash  va  olishga  yordam  beradi.  U  o’z  harakatlarini 

tergovchiga tushuntirishi, uning e`tiborini mazkur ob`ektlarni to’plash bilan bog’liq 

holatlarga qaratishi shart. 



 

 

35 



 

Mutaxassis,  JPKning  70-moddasi  1-qismiga  binoan  bayonnomaga  kiritilishi 

kerak  bo’lgan,  isbotlovchi  ahamiyatga  ega  bo’la  oladigan  ob`ektlarni  topish, 

mustahkamlash va olish bilan bog’liq bildirishlar qilishga haqli. 

SHunday  qilib,  tergov  harakatlari  natijalarini  mustahkamlash  isbotlashning 

o’tkazilayotgan harakat bayonnomalarini tuzishda ifodalanuvchi tasdiqlovchi tomoni 

hisoblanadi.  Jinoyat-protsessual  qonunchilik  normalari  tahlilidan  kelib  chiqib 

bayonnomalarni tuzishning quyidagi qoidalarini ko’rsatib o’tish mumkin: 

1)  kechiktirib  bo’lmasligi;  2) o’tkaziladigan  tergov  harakatlarini  va  ularning 

natijalarini  ketma-ketlikda  aniq  aks  ettirish;  3) qayd  etishda  texnik  vositalarni 

qo’llash qoidalari; 4) barcha rekvizit

34

larga rioya qilish. 



 

Dalillar  turlarining  qat`iy  va  aniq  ro’yhatini  qonun  belgilab  beradi. 

Dalillarning xar bir turi protsessual shakl va asosli mazmunning birligini namoyon 

etadi.  Bu  birlikning  yaqqol  dalili  bo’lib  tergov  xarakatlarining  bayonnomalari 

xizmat qiladi. Bayonnomalarning o’zi tegishli protsessual shaklning ko’rinishlaridan 

biri, ularning mazmuni esa isbotlovchi ahamiyatga ega faktik ma`lumotlardir. 

Jinoyat  ishini  tergovchi  tomonidan  tergov  qilish  jarayoni  jinoyat-protsessual 

huquqi  nazariyasida  isbot  qilish  jarayoni  sifatida  ta`riflanadi  va  uning  tarkibiy 

qismlari dalillarni to’plash, tekshirish va baholash hisoblanadi. 

Tergovchi  avval  muayyan  xodisaning  izlariga  duch  keladi  va  tergov 

xarakatlarini o’tkazish yo’li bilan ulardan ish uchun kerakli ma`lumotlarni topadi va 

uni  jinoyat-protsessual  qonun  talablariga  rioya  qilgan  holda  tegishli  xarakatlar 

bayonnomalarida qayd etadi. 

Tergov  harakatlari  bayonnomalarini  tuzishning  asosini  JPKning  87-

moddasida ko’rsatilgan tegishli harakatlarni yuritish tashkil qiladi. Bayonnomalarni 

shakllantirishning  o’zi  tergovchi  tomonidan  jinoyat  xodisasi  haqidagi  dastlabki 

ma`lumotni qabul qilishdan boshlanadi.  

                                                           

34

 Ҳужжатнинг таркибий қисмлари (сарлавҳа, саналар, манзил, матн, имзолар ва бошқалар) реквизитлар деб 



аталади 

 

 

36 



 

Tergov  harakatlari  bayonnomalarini  tuzishda  umumiy  xarakterdagi  quyidagi 

talablarga rioya qilinishi kerak: 

- bayonnoma  tegishli  vakolatli  shaxs  (tergovchi  yoki  surishtiruvchi) 

tomonidan tuzilishi; 

- bayonnoma tuzishni kechiktirib bo’lmasligi, ya`ni uni tergov harakati joyida 

yoki u tugashi bilan darhol rasmiylashtirish; 

- bayonnomada  tergov  harakatida  ishtirok  etayotgan  shaxslarga  huquq  va 

majburiyatlari  tushuntirilganligini  ularning  imzolari  bilan  tasdiqlagan  holda 

ko’rsatib o’tish; 

- bayonnomada  olib  borilayotgan,  o’tkazilayotgan  tergov  harakatining 

mazmuni, borishi va natijalarini aks ettirish; 

- zarur hollarda ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvir, fotosuratga tushirishda, 

shuningdek  reja  va  chizmalarni  tuzish,  nusxalar  va  qoliplar  tayyorlashda  texnik 

vositalardan foydalanishning shart-sharoitlari va natijalarini ko’rsatish; 

- bayonnomani  tasdiqlash  tartibiga  rioya  qilish  –  barcha  ishtirokchilarga 

bayonnomaga kiritilishi mumkin bo’lgan tuzatishlar bildirish huquqiga ega ekanligi 

tushintirilgandan  so’ng,  bayonnoma  o’qib  eshittirilganidan  so’ng  barcha 

ishtirokchilar tomonidan imzolanadi. 

Bayonnoma tuzishni kechiktirib bo’lmasligi, ya`ni uni tergov harakati joyida 

yoki  u tugashi bilan darhol  rasmiylashtirish,  bu  aniqlik va to’liqlilikni  ta`minlaydi 

hamda bayonnomalarning daliliy ahamiyatini, ishonchliligini kuchaytiradi.  

Qonunga  va  shakllangan  amaliyotga  muvofiq  bayonnomalar  mazmuni  uch 

qismga  ajratiladi:  kirish,  tavsiflash  va  yakunlovchi(xulosa).  Qayd  etishning  ilmiy-

texnika  vositalaridan  foydalanish  shakli  sifatidagi  ilovalar  ham  tergov  harakatlari 

bayonnomalarining tarkibiy qismi bo’lib xisoblanadi. 

Tergov  harakati  bayonnomasining  kirish  qismining  majburiy  ma`lumotlari: 

nomlanishi;  o’tkazilish  joyi  va  sanasi;  boshlanish  va  tugash  vaqti;  tergovchining 

mansabi,  unvoni,  ismi-sharifi;  ishtirokchilarning  har  birining  ismi-sharifi  va 

otasining  ismi;  zarur  hollarda  ishtirokchining  manzili  ko’rsatiladi  (xolis,  tarjimon); 



 

 

37 



 

tergov  harakatining  boshqa  ishtirokchilariga  nisbatan  ham  yuqoridagi  ma`lumotlar 

(manzilidan  tashqari)  ko’rsatiladi.  Bundan  tashqari  tergov  harakatida  ishtirok 

etayotgan  shaxslarga  ularning  majburiyatlari,  shuningdek  o’tkazilgan  harakatlar 

bo’yicha  fikrlar  bildirish  huquqlari  tushuntirilishi  kerak.  Bu  ma`lumotlar  ham 

aniqlovchi  va  ham  tasdiqlovchi  ahamiyatga  ega.  Nomlanishi(nomi)  bayonnoma 

aynan  aniq,  qonunda ko’rsatilgan  tergov  harakatini o’tkazish  natijasida  tuzilganligi 

to’g’risida dalolat beradi. Bayonnomaning nomlanishi unda qayd etilgan harakatlar 

va olingan natijalar mazmuniga to’g’ri kelishi kerak. 

Tergov  harakatini  o’tkazish  sanasi  uni  o’tkazishning  qonuniyligi  va  o’z 

vaqtidaligi  to’g’risida  fikrlash  imkonini  beradi.  Sanasi  ko’rsatilmagan  bayonnoma 

albatta  mazmuni  va  natijalari  bayonnomada  ko’rsatilgan  tergov  harakati  aslida 

qachon  o’tkazilgan  degan  savol  tug’diradi.  Tergov  harakatini  o’tkazishning  hamda 

bayonnoma tuzishning sanasi o’tkazilgan harakatning qonuniyligi va bayonnomada 

mustahkamlangan ma`lumotning ishonchliligini boholash uchun ahamiyatlidir. 

SHuningdek  bayonnomada  tergov  harakatini  o’tkazishda  ishtirok  etayotgan 

shaxslar  to’g’risidagi  ma`lumotlar,  ularning  imzolari,  zarur  bo’lgan  hollarda 

manzillari ko’satiladi.  

Bayonnomaning tavsif qismida tergov harakatining borish jarayoni to’liq aks 

etadi.  Agar  tergov  harakatini  o’tkazishda  ovoz  yozish,  videoyozuv,  kinotasvir, 

fotosuratga  tushirish  qo’llanilgan  bo’lsa,  bayonnomada  albatta  ularning  nomi, 

qo’llanish  shart-sharoitlari  va  tartibi;  ular  qo’llanilgan  ob`ektlar;  olingan  natijalar 

ko’rsatiladi.  Masalan,  hodisa  sodir  bo’lgan  joyni  ko’zdan  kechirishda  oyoq  izini 

ta`riflash  quyidagicha  bo’lishi  mumkin:  “...loytuproqda  uyning  kirish  eshigidan 

taxta  devor  sinig’iga  qaragan  oyoq  izlari  yo’li  topilgan.  Yo’l  ettita  aniq  oyoq 

izlaridan  iborat.  Oyoq  izlari  yo’lining  elementlari  quyidagilar:  chap  oyoq 

qadamining uzunligi – 71-72sm, o’ng oyog’niki – 74-75sm, qadam eni – 12sm, chap 

oyoq kaftining qayilish burchagi - 15º, o’ng oyog’niki 17º. Izlar orasida o’ng oyoq 

poyafzalining  aniq  izi  kuzatilgan.  Uning  umumiy  uzunligi  –  28,5sm,  tagcharm 

qismining uzunligi – 14,5sm, eni – 10,7sm, oraliq qismining uzunligi – 5,5sm, eni – 



 

 

38 



 

8sm, poshna qisimining uzunligi – 8,5sm, eni – 8,2sm. Poyafzal izining uchi – uchli, 

tagcharm  qismining  orqa  cheti  qiyshaygan,  poshna  qismining  oldi  cheti  –  to’g’ri. 

Oyoq  izlari  «Zenit-122»  fotoaparati  bilan,  «Gelios-44M»  ob`ektivi  bilan 

64ed.GOST  fototasmasiga  suratga  olingan.  Yo’lda  №3  raqam  bilan  belgilangan 

o’ng oyoq poyafzalining aniq izidan gips qolip tayyorlangan...”. 

Bayonnomaga  tergov  harakatini  o’tkazishda  olingan  fotosurat  negativlari  va 

suratlari,  videoyozuv  kassetalari,  izlarning  tasviri,  rejalar,  chizmalar,  qoliplar  va 

nusxalar ilova qilinadi. 

Bayonnomaning  isbotlovchi  ahamiyati  tavsiflash  qismining  sifatiga, 

topilganlarni  detallashtirish  va  qonun  talablariga  muvofiq  tergovchining  barcha 

harakatlarini tavsiflashning aniqligiga bog’liq. 

Agar bayonnomaning kirish qismi tergov harakatlarini o’tkazish uchun zarur 

protsessual  qismlarning  borligi  to’g’risida  dalolat  bersa,  yakuniy  qismining 

mazmuni  esa  bayonnomaning  mazmuni  bilan  tanishish,  uni  tuzishning  to’laligi  va 

to’g’riligiga  fikr  bildirish  jarayonini  aks  ettirish  hisoblanadi.  Bayonnomaga 

kiritilgan  barcha  o’zgartirishlar,  tuzatishlar,  qo’shimchalar  kelishilgan  va  tegishli 

shaxslarning imzolari bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak. 

Agar qo’shimcha fikrlar(iltimos, e`tiroz) bo’lmasa – bayonnomada bu haqda 

ko’rsatilishi  shart.  So’ngra  bayonnomani  o’qib  chiqishga  berilganligi  yoki  o’qib 

eshittirilganligi hamda undagi yozuvlarning to’g’riligi tasdiqlanadi. 

Tergov  harakatida  ishtirok  etgan  barcha  shaxslar  bayonnomani  imzolashadi. 

Bayonnomani  imzolashdan  bosh  tortilgan  holda  shaxsga  buning  sababini 

tushuntirish  imkoni  berilishi  kerak.  Tushuntirishlar  bayonnomaga  kiritiladi. 

Tergovchi bu haqda bayonnomada belgilab qo’yadi va buni imzosi bilan tasdiqlaydi. 

Tergov harakati ishtirokchisi o’zining jismoniy nuqsoni tufayli bayonnomani 

o’qib,  imzolay  olmasa,  bayonnomani  uning  roziligi  bilan  himoyachi,  uning  vakili 

yoki  mazkur  shaxs  ishonadigan  boshqa  fuqora  o’qib  beradi  va  imzo  chekadi.  Bu 

haqda bayonnomaga yozib qo’yilishi kerak. 


 

 

39 



 

Tergov  harakatlarining  bayonnomalari  dalillar  sifatida  jinoyat-protsessual 

qonun  talablariga  muvofiq  tekshirilishi  va  baholanishi  kerak.  Dalillarning 

aloqadorlik, maqbullik va ishonchlilik kabi xususiyatlari tekshiriladi va baholanadi. 

Tergov  harakatlari  bayonnomalariga  kelsak,  dalillarning  bu  turining  aloqadorligi 

to’g’risidagi masala odatda shubha uyg’otmaydi, chunki ko’rsatilgan bayonnomalar 

jinoyat ishini yuritishda tuziladi va undagi ma`lumotlarning isbotlash predmeti bilan 

aloqasi  jinoyat  izlarini  protsessual  xujjatlarda  maxsus  vakil  qilingan  shaxslar 

tomonidan  mustahkamlanishi  kerakligi  bilan  oldindan  belgilanadi.  SHuning  uchun 

tergovchi  tergov  harakatiga  tayyorlanishda  o’tkaziladigan  harakatning  maqsad  va 

vazifalarini  oldindan  aniqlab  olishi  kerak  va  bayonnomalarning  aloqadorligi 

to’g’risidagi masala tergov harakati o’tkazilgunga qadar hal qilinadi. SHuni nazarda 

tutish  kerakki,  agar  tergov  harakatini  o’tkazishda  tergovchi  qo’yilgan  maqsadga 

erishmasa  (masalan,  tintuvda  qidirilayotgan  ob`ektni  topolmasa  yoki  tanib  oluvchi 

ko’rsatilgan  shaxsni  boshqalar  orasidan  tanib  olmasa  va  hokazo),  u  holda  olingan 

ma`lumotlar  aloqador  bo’laveradi  va  isbotlovchi  ahamiyat  kasb  etadi.  Mazkur 

holatda olingan ma`lumotlar bu harakatlar qo’llanilgan shaxsning aybsizligidan yoki 

bo’lmasa  tergov  harakatini  o’tkazishga  asos  bo’lgan  ma`lumotlarning  to’g’ri 

emasligidan dalolat berishi mumkin. SHuning uchun nazarda tutish kerakki, dalillar 

ayblovchi  va  shaxsning  jinoyat  sodir  etishga  aloqasi  yo’qligini  tasdiqlovchi  - 

oqlovchi dalillar bo’lishi mumkin

35



Tergov  harakatlari  bayonnomalarini  tekshirish  va  baholashdagi  eng  muhim 

tomoni  ularning  maqbulligidir.  Tergov  harakatlari  bayonnomalarining  maqbulligi 

deganda  tergovchi  tomonidan  dalillarni  olish  va  ularni  bayonnomalarda  to’g’ri  aks 

ettirishning protsessual shaklini saqlash tushuniladi.  

SHuningdek, 

aytish 


joizki, 

tergov 


harakatlari 

bayonnomalarining 

maqbulligini  tekshirishda  faqat  protsessual  buzilishlar  qayd  etilmaydi,  balki  bu 

buzilishlarning xarakteri, “og’irlik” darajasi, ularni bartaraf etish imkoni baholanadi.  

                                                           

35

 Иномжонов Ш.Х. Далиллар назарияси муаммолари. Ўқув қўлланма. / ю.ф.д., проф. Ғ.А.Абдумажидовнинг 



таҳрири остида. -Т.: 2006 йил. –Б. 25. 

 

 

40 



 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Oliy 


sudi 

Plenumining 

2004 

yil  


24-sentyabrdagi  №12  sonli  “Dalillar  maqbulligiga  oid  jinoyat-protsessual  qonuni 

normalarini qo’llashning ayrim masalalari to’g’risida”gi qarorining ikkinchi bandiga 

ko’ra

36

  ko’rilayotgan  tergov  harakatlari  bayonnomalari  quyidagi  qoidalarga  amal 



qilinganda maqbul deb hisoblanadi:  

-  tergov  harakatini  o’tkazish  va  tegishli  bayonnomani  tuzish  mazkur  ish 

bo’yicha tergov harakatini o’tkazishga haqli sub`ekt tomonidan bajarilgan bo’lishi;  

- faktik ma`lumotlar tegishli tergov harakatini o’tkazishda olingan va tegishli 

bayonnomada aks ettirilgan bo’lishi; 

-  tergov  harakatini  o’tkazishda  va  uning  bayonnomasini  tuzishda  oid 

protsessual qoida va tartibga rioya qilingan bo’lishi. 

SHubhasiz,  buzilishlar  jinoiy  yoki  muhim  xarakterga  ega  bo’lsa  va  mazkur 

“dalillar”  nomaqbul  bo’lsa,  hech  qanday  to’ldirishlar  haqida  gap  bo’lishi  mumkin 

emas. Jinoiy xarakterdagi buzilishlarga quyidagilar kiradi: 

- noqonuniy ushlab turish, hibsga olish (O’zR JK 234-modda);  

- gumon  qilinuvchini,  ayblanuvchini  kursatuv  berishga,  ekspertni  esa 

noqonuniy harakatlar bilan xulosa berishga majburlash (O’zR JK 235-modda);  

- dalillarni soxtalashtirish.  

O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2004  yil  24-sentyabrdagi 

№12  sonli  “Dalillar  maqbulligiga  oid  jinoyat-protsessual  qonuni  normalarini 

qo’llashning ayrim masalalari to’g’risida”gi qarorining oltinchi bandiga ko’ra qonun 

buzilishi  oqibatida  olingan  dalil  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  va  sud 

tomonidan  nomaqbul  deb  topilishi  mumkin.  Dalilni  nomaqbul  deb  topish  masalasi 

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi yoki qonuniy vakili, shuningdek, 

jabrlanuvchi,  fuqaroviy  da`vogar,  fuqaroviy  javobgar  tomonidan  qo’yilishi 

mumkin


37

                                                           



36

  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  суди  Пленуми  қарорлари  тўплами.  1991-2006.  2  жилдли.  –  Тошкент: 

Ўзбекистон Республикаси Олий суди, 2007. 

37

  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  суди  Пленуми  қарорлари  тўплами.  1991-2006.  2  жилдли.  –  Тошкент: 



Ўзбекистон Республикаси Олий суди, 2007. 

 

 

41 



 

YUqorida keltirilga fikrlarga asosan jinoyat-protsessual hujjatlardagi xato va 

buzilishlarni  tuzatish  tartibi,  protsessual  hujjatni  haqiqiy  emas  deb  topishga  olib 

keluvchi  buzilishlarga  bag’ishlangan  normalar  JPKda  mustahkamlanishi  lozim  deb 

xisoblaymiz.  

Tergov harakatlari bayonnomalarining ishonchliligini baholash tergovchining, 

sud’yaning ichki ishonishi bo’yicha amalga oshiriladi. Ichki ishonch tergovchining, 

sud’yaning  amaliy  va  aqliy  faoliyatining  natijasida  shakllanadi  va  xulosalarda, 

qarorlarda  o’z  ifodasini  topadi.  U  jinoyat  ishini  tergov  qilish  protsessida  olingan 

bilimlarga asoslanadi, o’z xulosalarining to’g’riligiga ishonch to’yg’usiga asoslanadi 

va bu tuyg’u qaror qabul qilish uchun kuchli turtki hisoblanadi.  

SHunday  qilib,  tergov  harakatlari  bayonnomalarining  dalillar  turi  sifatida 

ishonchliligini  tekshirish  va  baholash  isbot  qilishning  va  jinoyat  ishilari  bo’yicha 

ob`ektiv haqiqatni aniqlashning samaradorligining muhim shartidir. 

 


 

 

42 



 

2.3. Dastlabki tergovdagi yordamchi protsessual hujjatlarni tuzishning umumiy 

qoidalari. 

Dastlabki  tergov  organlarining  taqdimnoma,  xabarnoma,  yozma  topshiriq, 

bildirish xati, yozma ko’rsatma, talabnoma, tilxat, yozma majburiyat, chaqiruv qog’ozi, 

yozma  e`tiroz,  iltimosnoma,  ariza  kabi  hujjatlari  sodir  etilgan  jinoyatning  muayyan 

holati,  ayblanuvchining  shaxsi,  to’plangan  materiallardan  kelib  chiqib  har  bir  jinoyat 

ishi  bo’yicha  tuziladigan  protsessual  hujjatlardir.  Ushbu  protsessual  hujjatlar 

tergovchining to’g’ri qaror chiqarishiga, dastlabki tergov ishtirokchilarining huquqlarini 

ta`minlashga, 

ularning 

protsessual 

majburiyatlarini 

bajarishlariga, 

tergov 

harakatlarining  o’z  vaqtida  va  lozim  darajada  bajarilishiga,  ashyoviy  dalillarni 



saqlanishiga yordam beradi. 

Dastlabki tergovni amalga oshirishda tergovchi jinoyatning sabablari va unig 

sodir  etilishiga  imkon  bergan  shart-sharoitlarni  aniqlaydi  va  ularni  bartaraf  qilish 

choralarini  ko’radi.  SHunday  choralarni  ko’rish  taqdimnoma  chiqarish  va  taqdim 

etish xisoblanadi.  

Taqdimnoma – jinoyatni aniqlash, ochish, isbotlash va fosh etish topshirilgan 

javobgar shaxsning xulosasi natijasidir.

38

 



Taqdimnoma  protsessual  hujjat  bo’lib,  u  tergov  qilish  davomida  aniqlangan 

sodir  etilgan  jinoyat  sabablarini va  uni keltirib  chiqargan shart-sharoitlarni  bartaraf 

etish  zarur  bo’lganda  tuziladi.  Tergovchining  taqdimnomasi  uning  jinoyatning 

sabablarini  va  uning  sodir  etilishiga  imkon  bergan  shart-sharoitlarni  aniqlash 

bo’yicha  qonunda  belgilangan  tartibda  to’plangan  va  tekshirilgan  dalillarga 

asoslangan xolisona xulosasi bayon etilgan protsessual hujjatdir.

39

 

Taqdimnomaga  –  “surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  tomonidan  jinoyat 



ishini tergov qilish chog’ida jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon 

beradigan  shart-sharoitlarni  bartaraf  qilish  choralarini  ko’rish  to’g’risida,  fuqaro 

ijtimoiy  burchini  namunali  bajarganligi  to’g’risida  tegishli  tashkilot,  muassasaga, 

fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organiga,  jamoat  birlashmasiga,  jamoa  yoki 

                                                           

38

 Жиноят процесси: (умумий қисм). З.Ф. Иноғомжонованинг умумий таҳрири остида. Т. – Б. 260. 



39

  Рахмонқулов  А.Х.  Ички  ишлар  органларида  дастлабки  тергов.  Дарслик.  –Т.:  -  Уз.Р.  ИИВ  Академияси, 

2005. – Б. 85. 


 

 

43 



 

mansabdor  shaxsga,  shuningdek  surishtiruvchi,  tergovchi  tomonidan  amnistiya 

aktiga  asosan  jinoyat  ishini  tugatish  haqida  sudga  iltimosnoma  kiritish  to’g’risida 

prokurorga yuboriladigan yozma protsessual hujjatdir.  

O’zbekiston  Respublikasi  JPKning  297-moddasiga  ko’ra  mazkur  hujjat 

surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  tomonidan  muayyan  jinoyat  ishini  tergov  qilish 

chog’ida  jinoyatning  sabablarini  va  uning  sodir  etilishiga  imkon  bergan  shart-

sharoitlarini  aniqlab  chiqish,  tegishli  davlat  organiga,  fuqarolarning  o’zini  o’zi 

boshqarish organiga, jamoat birlashmasiga, ma`lum jamoa yoki mansabdor shaxsga 

aniqlangan  sabab  va  shart-sharoitlarni  bartaraf  qilish  va  oldini  olish  choralarini 

ko’rish  uchun  kiritadi.  Taqdimnomaning  nusxasi  ishga  qo’shib  qo’yiladi. 

Taqdimnoma ko’rilib chiqib, ko’rilgan choralarning natijalari to’g’risida kechi bilan 

bir  oylik  muddatda  tegishli  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror xabardor  qilinishlari 

shart. Taqdimnoma majburiy yuridik kuchga ega. Boshqacha aytganda, taqdimnoma 

surishtiruvchi,  tergovchi,  prokurorning  qonunga  muvofiq  chiqarilgan,  ishonchli 

dalillarga  asoslangan,  huquqbuzarliklarning  oldini  olishga  va  qonuniylikni 

mustahkamlashga qaratilgan hamda barcha davlat, jamoat muassasalari, korxonalari, 

tashkilotlari,  mansabdor  shaxslar  va  fuqarolar  uchun  bajarilishi  shart  bo’lgan 

qaroridir. 

Surishtiruvchi,  tergovchi  va  prokuror  jinoyatning  oldini  olish  maqsadida 

quyidagilarni isbot qilishlari shart: 

a) jinoyatni sodir bo’lishiga sabab bo’lgan holatlarni;  

b) jinoyatni sodir bo’lishiga imkon bergan shart-sharoitlarni. 

SHundan  keyingina  ularni  bartaraf  qilish  choralarini  ko’radi,  ya`ni 

asoslantirilgan taqdimnoma chiqaradi.

40

  



Jinoyatning  sabablarini  va  uning  sodir  etilishiga  imkon  bergan  shart-

sharoitlarni  bartaraf  qilish  to’g’risidagi  taqdimnoma  quyidagi  talablarga  javob 

berishi kerak: 

                                                           

40

  Ўзбекистон  Республикасининг  Жиноят-процессуал  кодексига  шарҳлар.  Масъул  муҳаррир:  проф. 



Ғ.А.Абдумажидов. – Т.: ТДЮИ нашриѐти, 2009. – Б. 344. 

 

 

44 



 

 

- jinoyat ishi bilan bog’liq bo’lishi; 



 

- isbotlangan dalillarga asoslanishi; 

 

- jinoyat sodir etilgan shart-sharoitlarning tavsifiga ega bo’lishi; 



 

-  yangi  jinoyatlarning  oldini  olish  maqsadida  bu  shart-sharoitlarga  barham 

berish choralarini belgilashi; 

 

- jinoyatlarni oldini olish yuzasidan tegishli takliflar bo’lishi;  



 

- savodli yozilishi kerak. 

Agar  jinoyatning  sabablarini  va  uning  sodir  etilishiga  imkon  bergan  shart-

sharoitlarni  bartaraf  etish  bo’yicha  kiritilgan  taqdimnomadagi  xulosalar 

isbotlanmagan  va  faqatgina  taxminiy  bo’lganda,  bunday  taqdimnoma  qaytarib 

olinishi  lozim.  Faqatgina  asoslantirilgan  va  aniq  tavsiyalarga  ega  bo’lgan 

taqdimnomagina  jinoyatchilikni  oldini  olishning  ta`sirchan  predmeti  bo’lishi 

mumkin


41

.  SHu  sababli  taqdimnoma  tegishli  xulosalar  chiqarish  uchun  ishda  etarli 

dalillar  to’planganda  chiqariladi.  Aniqlangan  shart-sharoitlar  va  sabablarni  darhol 

bartaraf  qilish  zaruratini  ko’rsatuvchi  holatlar  tergovchiga  ish  yuzasidan  tergov 

tamom bo’lishini kutmasdan taqdimnoma chiqarishga imkon beradi

42

.  



Qonunda  taqdimnomaning  protsessual  shakli  belgilab  qo’yilmagan.  U 

taqdimnoma  yuboriladigan  aniq  manzilni  hamda  jinoyatning  sabablarini  va  uning 

sodir  etilishiga  imkon  bergan  shart-sharoitlarni  ko’rsatgan  holda,  ixtiyoriy  shaklda 

tuziladi.  Amaliyotda,  odatda,  taqdimnomalarda  jinoyat  fabulasi  tasvirlanadi  hamda 

uni  keltirib  chiqargan  aniq  sabab  va  sharoitlar  ko’rsatiladi.  SHundan  so’ng  ushbu 

sabab  va  sharoitlarni  yo’qotish  yo’llari,  usullari  ko’rsatiladi  va  yo’qotish  muddati 

belgilanadi

43

.  



                                                           

41

 Давлетов А.Дж. Прокурорский надзор: Учебник. – Нукус, 1999. – 169-б. 



42

  Уголовно-процессуальное  право  Российской  Федерации:  Учебник.  /  Отв.  ред.  П.А.  Лупинская.  -  М.: 

Юристъ, 2001. - 197. 

43

  Рахмонқулов  А.Х.  Ички  ишлар  органларида  дастлабки  тергов.  Дарслик.  –Т.:  -  Уз.Р.  ИИВ  Академияси, 



2005. – Б.151. 

 

 

45 



 

Jinoyatning  sabablarini  va  uning  sodir  etilishiga  imkon  bergan  shart-

sharoitlarni  bartaraf  qilish  to’g’risidagi  taqdimnoma  uch  qismdan,  ya`ni  kirish, 

tavsif-asoslantirish va xulosa qismlaridan iborat. 

Taqdimnomaning kirish qismida quyidagilar ko’rsatiladi: 

1) taqdimnoma kiritilayotgan manzilning nomlanishi; 

2) hujjatning nomi;  

3) tuzilgan vaqti va joyi; 

4)  taqdimnomani  tuzuvchi  mansabdor  shaxsning  familiyasi,  mansabi  va 

unvoni; 


5) jinoyat ishining raqami; 

Taqdimnomaning tavsif-asoslantirish qismida: 

1)  jinoyat ishi holatlarining qisqacha tavsifi; 

2)  aniqlangan  jinoyatlarni  sabablari  va  uning  sodir  etilishiga  imkon  bergan 

shart-sharoitlarni tavsifi; 

3)  jinoyatlarni  sabablari  va  uning  sodir  etilishiga  imkon  bergan  shart-

sharoitlarni mavjudligini tasdiqlovchi dalillar. 

Taqdimnomaning xulosa qismida jinoyatni sabablari va uning sodir etilishiga 

imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralari, taqdimnomani darhol ko’rib 

chiqilishi  va  ko’rilgan  chora-tadbirlar  to’g’risida  bir  oylik  muddat  ichida  yozma 

ravishda ma`lum qilinishi lozimligi haqidagi talab ko’rsatiladi. 

Fuqarolarning  ijtimoiy  burchini  namunali  bajarganligi  to’g’risidagi 

taqdimnoma  jinoyatni  oldini  olishda,  jinoyatni  ochishda,  gumon  qilinuvchi, 

ayblanuvchini  fosh  etishda  muhim  ahamiyatga  ega.  Bunday  taqdimnoma 

fuqarolarning yuksak onglilik va jasorat ko’rsatilganligi, ijtimoiy burchini namunali 

bajarganligi  va  uning  harakati  e`tiborga  loyiqligini  ko’rsatib,  u  yashaydigan 

mahallaga,  ishlaydigan  korxona,  tashkilot,  muassasa  raxbari  va  uning  jamoasiga 

minnatdorchilik  bildirib  yoziladi.

44

  Ushbu  turdagi  taqdimnomalar  fuqarolarning 



                                                           

44

  Ўзбекистон  Республикасининг  Жиноят-процессуал  кодексига  шарҳлар.  Масъул  муҳаррир:  проф. 



Ғ.А.Абдумажидов. – Т.: ТДЮИ нашриѐти, 2009. – Б. 346. 

 

 

46 



 

jinoyatlarning  oldini  olish  va  ularni  fosh  etishdagi  faolligini  rag’batlantirishga 

qaratilgan. Afsuski, amalda bunday taqdimnoma kam kiritilmoqda

45



Dastlabki tergov protsessual hujjatlari orasida xabarnoma, bildirish xati kabi 

hujjatlarga  ham  alohida  to’xtalib  o’tish  kerak.  Ushbu  hujjatlar  ba`zi  bayonnomalar 

bilan  bir  qatorda,  tergovchining  jinoyat  protsess  ishtirokchilarining  qonuniy  huquq 

va manfaatlarini taminlashga qaratilgan harakatlarini aks ettiradi. 

A.X. Raxmonqulov  xabarnoma  to’g’risida  quyidagi  fikrlarni  bildiradi: 

“Tergovchi kechiktirib bo’lmas tintuvni prokurorning ruxsatisiz o’tkazganidan keyin 

prokurorga  yuboradigan  hujjat  xabarnoma  xisoblanadi.  Xabarda  tintuvning 

kechiktirib  bo’lmasligi  sabablari,  qachon  o’tkazilganligi  (tintuv  qilingan  soat  va 

sana, qaerda va kimning uyida amalga oshirilganligi) ko’rsatiladi. Xabarni tergovchi 

imzolashi va prokurorga 24 soat ichida jo’natishi kerak”

46

.  


Bizning  fikrimizcha  quyidgicha  mazmundagi  ta`rifni  qo’llash  maqsadga 

muvofiq  bo’ladi:  Xabarnoma  –  sodir  bo’lgan  voqea-hodisa,  uning  ishtirokchilari, 

voqea-hodisa  natijasida  vujudga  kelgan  huquqiy  holat  xususidagi  ma`lumotnoma 

qonun  va  qonun  osti  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  mas`ul  shaxs  tomonidan 

maxsus axborot tarzida taqdim etiladigan hujjatdir. 

JPK moddalarining tahlili dastlabki tergovdagi topshiriq va ko’rsatmalarining 

quyidagi turlarini sanab o’tishga imkon beradi: 

Topshiriq: 

-  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  va  sud  tomonidan  ichki  ishlar 

organlariga  ishda  ishtirok  etayotgan  shaxslarning  hayoti,  sog’lig’i,  sha`ni  qadr-

qimmati  va  mol-mulki  muhofaza  qilinishini  ta`minlovchi  barcha  zarur  choralarni 

ko’rish xususida beriladigan yozma topshiriqlar (270-moddaning 2-qismi); 

-  qidiruv va tergov harakatlarini bajarish to’g’risida yozma topshiriqlar (36-

moddaning 1-qismi, 355-moddaning 5-bandi); 

                                                           

45

  Рахмонқулов  А.Х.  Ички  ишлар  органларида  дастлабки  тергов.  Дарслик.  –Т.:  -  Уз.Р.  ИИВ  Академияси, 



2005. – Б. 153. 

46

  Рахмонқулов  А.Х.  Ички  ишлар  органларида  дастлабки  тергов.  Дарслик.  –Т.:  -  Уз.Р.  ИИВ  Академияси, 



2005. – Б. 87. 

 

 

47 



 

-  tergovchining  o’z  yurituvida  bo’lgan  jinoyat  ishi  bo’yicha  O’zbekiston 

Respublikasining 

hududida 

istalgan 

joydagi 


boshqa 

tergovchiga 

yoki 

surishtiruvchiga biror tergov harakatini o’tkazish haqidagi topshirig’i (347-modda); 



-  jinoyat  ishida  ayblanuvchi  tariqasida  ishtirok  etishga  jalb  qilinishi  lozim 

bo’lgan  shaxs  aniqlanmagan  hollarda  dastlabki  tergov  to’xtatilganida  tergovchi 

tomonidan  surishtiruv  organiga  ayblanuvchi  tariqasida  ishda  ishtirok  etishga  jalb 

qilinishi  lozim  bo’lgan  shaxsni  aniqlash  va  uni  javobgarlikka  tortish  choralarini 

ko’rish xususidagi topshirig’i (367-moddaning 2-qismi); 

Ko’rsatma: 

-  jinoyatlarni  tergov  qilish  to’g’risidagi  ko’rsatma  (37-moddaning  2-qismi, 

382-moddaning 3-qismining 3-bandi); 

-  ehtiyot  chorasini  tanlash,  o’zgartirish  yoki  bekor  qilish  to’g’risidagi 

ko’rsatma (382-moddaning 3-qismining 3-bandi); 

-  jinoyat tavsifini belgilash to’g’risidagi ko’rsatma (37-moddaning 2-qismi, 

382-moddaning 3-qismining 3-bandi); 

-  shaxsni  ishda  ayblanuvchi  tariqasida  ishtirok  etishga  jalb  qilish 

to’g’rsidagi  ko’rsatma  (37-moddaning  2-qismi,  382-moddaning  3-qismining  3-

bandi); 

-  ayrim  tergov  harakatlarini  o’tkazish  to’g’risidagi  ko’rsatma  (37-

moddaning 2-qismi, 382-moddaning 3-qismining 3-bandi); 

-  jinoyat  sodir  etgan  shaxslarni  qidirish  to’g’risida  yozma  ko’rsatmalar 

(382-moddaning 3-qismining 3-bandi); 

-  protsessual  majburlov  choralarini  qo’llash  haqidagi  ko’rsatma  (219-

modda);  

-  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  yoki  sud  tomonidan  bir  jinoyat  ishi 

bo’yicha  yoki  bir  necha  o’zaro  bog’liq  ishlar  bo’yicha  ayblanuvchilarni  alohida-

alohida  saqlash  to’g’risida  tergov  hibsxonasining  ma`muriyatiga  beriladigan 

ko’rsatmalar (244-moddaning 1-qismi); 


 

 

48 



 

A.X.Raxmonqulov  topshiriqqa  quyidagi  ta`rifni  bildiradi:  “Topshiriq  – 

tergovchi  o’z  yurituvida  bo’lgan  jinoyat  ishi  bo’yicha  surishtiruv  organiga  zarur 

tergov  va  qidiruv  harakatlarini  bajarish  majburiyatini  yuklatadigan,  shuningdek 

undan  ba`zi  tergov  harakatlarini  bajarishda  yordam  ko’rsatishni  talab  qiladigan 

protsessual  hujjat”

47

.  YUqoridagi  JPK  normalari  tahlili  shuni  ko’rsatadiki  ushbu 



ta`rif  bizning  fikrimizcha  to’liq  emas.  Unda  prokuror  topshiriq  berish  vakolatlari 

xisobga olinmagan.  

Topshiriq  bu  –  qonunda  belgilangan  hollarda  surishtiruv  organiga, 

tergovchiga  jinoyat  protsessi  ishtirokchilarining  xavfsizligini  ta`minlash,  ayrim 

tergov  harakatlarini  bajarish,  qidiruv  ishlarini  olib  borish  va  boshqa  qonunda 

ko’rsatilgan harakatlarni  amalga  oshirish to’g’risida tergovchi, prokuror  tomonidan 

topshiriladigan protsessual hujjat

48

.  



Ayrim  adabiyotlarda “ko’rsatma”  emas  balki  “ko’rsatuv”  atamasi  ishlatilgan 

va  unga  prokuror  tomonidan  bo’ysunuvchi  prokurorlarga,  tergovchi  va 

surishtiruvchilarga  ma`lum  bir  tergov  yoki  protsessual  harakatlarni  olib  borishni 

talab qilib yozma ravishda yuboriladigan protsessual hujjat deb t`rif berilgan

49

.  


JPK  normalariga  asoslangan  holda  “ko’rsatma”  atamasini  qo’llash  va  unga 

quyidagicha  ta`rifni  berish  to’g’ri  bo’ladi:  Ko’rsatma  –  bu  prokuror  tomonidan 

bo’ysunuvchi  prokurorlarga,  tergovchi  va  surishtiruvchilarga,  shuningdek,  tergov 

boshqarmasi,  bo’limi,  bo’linmasi,  guruhining  boshlig’i  va  uning  o’rinbosari 

tomonidan tergovchiga ma`lum bir protsessual harakatlarni olib borishni talab qilib 

yozma ravishda yuboriladigan protsessual hujjat. 

Tergovchi  tomonidan  surishtiruv  organiga  topshiriq  yuborilishi  dastlabki 

tergovda  keng  tarqalgan  holat.  Biz  tomonimizdan  o’tkazilgan  tadqiqotlar  shuni 

ko’rsatadiki, bu holat o’rganilgan jinoyat ishlarining deyarli barchasida uchraydi. 

                                                           

47

  Рахмонқулов  А.Х.  Ички  ишлар  органларида  дастлабки  тергов.  Дарслик.  –Т.:  -  Уз.Р.  ИИВ  Академияси, 



2005. – Б. 86. 

48

 Иноғомжонова З.Ф. Жиноят ишлари бўйича процессуал ҳужжатлар. –Т.: ТДЮИ нашриѐти, 2009. 2З-б. 



49

 Иноғомжонова З.Ф. Жиноят ишлари бўйича процессуал ҳужжатлар. –Т.: ТДЮИ нашриѐти, 2009. 24-б. 



 

 

49 



 

Jinoyat  ishlari  tahlili  natijalari  tergovchi  topshiriqlarini  ularning  xarakteriga 

ko’ra quyidagi guruhlarga ajratish imkonini beradi: 

- dalillarni to’plash va tekshirishga oid topshiriqlar (masalan, guvohni so’roq 

qilish,  ekspertiza  o’tkazish,  fotografiya  bo’yicha  tanib  olish  harakatini  o’tkazish, 

olib  qo’yish  yoki  tintuv  o’tkazish  to’g’risidagi,  ekspertiza  uchun  na`munalar  olish 

to’g’risidagi topshiriqlar); 

- tergovchining  shaxsan  o’zi  bajarish  imkoniyati  bo’lmagan  hollardagi 

jinoyat-protsessual  faoliyatning  ishtirokchilarining  huquqlarini  amalga  oshirish, 

taminlash bo’yicha topshiriqlar (masalan, jinoyat ishi yuzasidan fuqaroviy davogar, 

jabrlanuvchi deb  e`tirof  etish  haqidagi qarorlarni  e`lon  qilish  va  ularga huquqlarini 

tushintirish to’g’risidagi topshiriqlar); 

- protsessual  majburlov  chorasini  qo’llash  to’g’risidagi  topshiriqlar  (mol-

mulkni  xatlash,  ushlab  turish,  munosib  xulq-atvorda  bo’lish  haqida  tilxat  olish 

to’g’risidagi topshiriqlar); 

- qidiruv harakatlarini o’tkazish to’g’risidagi topshiriqlar. 



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling