Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti huquqshunoslik fakul


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana15.08.2020
Hajmi0.77 Mb.
#126436
1   2   3   4
Bog'liq
dastlabki tergovda protsessual xujjatlarning oziga hos xususiyatlari.


Talabnoma  –  reabilitatsiya  etilgan  (javobgarlikdan  ozod  qilingan)  shaxsga 

etkazilgan  ma`naviy  ziyon  oqibatlarini  bartaraf  qilish,  shuningdek  jinoyat 

to’g’risidagi xabarni e`lon qilgan yoki tegishli joylarga yuborgan ommaviy axborot 

vositalari,  shuningdek  xabar  mualliflaridan  hujjatlarni  va  xabarni  tasdiqlovchi 

boshqa  materiallarni  olish  maqsadida  tergovchi,  prokuror  tomonidan  tegishli 

ommaviy  axborot  vositasiga,  xabar  muallifiga  yuboriladigan  protsessual  hujjat. 

SHaxsning  reabilitatsiya  etilganligi  to’g’risida  xabar  berish  haqidagi  talabnomada 

uning  qaysi  ommaviy  axborot  vositalariga  yuborilayotganligi,  reabilitatsiya  etilgan 

shaxs  ushlab  turilganligi,  qamalganligi,  lavozimidan  chetlashtirilganligi,  tibbiy 

muassasaga  joylashtirilganligi  to’g’risidagi  ma`lumotlar  qachon,  kim  tomonidan 

e`lon  qilinganligi,  shaxs  qachon  va  kim  tomonidan  reabilitatsiya  qilinganligi,  bu 

haqda  ommaviy  axborat  vositasida  xabar  berilishi  shart  ekanligi  ko’rsatilib, 

tergovchi yoki prokuror tomonidan imzolanadi. 


 

 

50 



 

O’zbekiston  Respublikasi  JPKning  327-moddasiga  asosan  Jinoyat  to’g’-

risidagi  xabarni  e`lon  qilgan  yoki  tegishli  joylarga  yuborgan  ommaviy  axborot 

vositalari,  shuningdek  xabar  mualliflari  o’z  ixtiyorilarida  bo’lgan  hujjatlarni  va 

xabarni tasdiqlovchi boshqa materiallarni taqdim qilishlari shart. 

Bu  haqdagi  talabnomada  uning  qaysi  ommaviy  axborot  vositalariga  (xabar 

mualliflariga) yuborilayotganligi, jinoyat to’g’risidagi xabar qachon, kim tomonidan 

e`lon  qilinganligi,  o’z  ixtiyorilarida  bo’lgan  hujjatlarni  va  xabarni  tasdiqlovchi 

boshqa  materiallarni  taqdim  qilishlari  shart  ekanligi  ko’rsatilib,  tergovchi  yoki 

prokuror tomonidan imzolanadi.  

Tilxatni  –  jinoyat  protsessi  ishtirokchilarining  jinoyat-protsessual  qonunida 

ko’rsatilgan  hollarda  o’z  zimmasiga  ma`lum  majburiyat  olganligini  tasdiqlovchi 

hujjat.  Tilxat  munosib  xulq-atvorda  bo’lish  yoki  shaxsiy  kafillik  ehtiyot  chorasi 

tanlanganida;  jinoyat  ishidagi  ma`lumotlarni  oshkor  qilmaslik  majburiyati 

yuklatilganda;  xatlangan  mulk  saqlashga  topshirilganida;  voyaga  etmagan  shaxsni 

ota-onalari, vasiylari, homiylari, bolalar muassasasi rahbari qaroviga qabul qilganda, 

voyaga  etmagan  shaxsning  munosib  xulq-atvorini,  shuningdek  uning  tergovchi 

huzuriga  kelishini  ta`minlash  haqida  yozma  majburiyat  olganda,  shuningdek  ayrim 

protsessual hujjatlar bilan tanishtirilganda yoki ulardan nusxalar berilganda tuziladi. 

Tilxatda  u  kimga  berilayotganligi,  kim  qanday  majburiyatlarni  o’z  zimmasiga 

olayotganligi,  uning  mazmuni  va  mohiyati,  tilxatdagi  majburiyat  bajarilmaganda 

qonunda ko’rsatilgan javobgarlik, tilxatning tuzilgan joyi va vaqti ko’rsatiladi. Tilxat 

uni bergan va qabul qilib olgan shaxslar tomonidan imzolanadi.  

Munosib  xulq-atvorda  bo’lish  haqidagi  tilxat  tarzidagi  ehtiyot  chorasini 

qo’llash  protsessual  jihatdan  ikkita  hujjat  tuzish  orqali  rasmiylashtiriladi:  tegishli 

davlat  organi  yoki  mansabdor  shaxs nomidan  chiqariladigan  munosib  xulq-atvorda 

bo’lish  haqidagi  tilxat  tarzidagi  ehtiyot  chorasini  tanlash  to’g’risidagi  qaror  va 

ayblanuvchi  imzo  qo’yib,  yozma  ravishda  o’z  zimmasiga  oladigan  majburiyat. 

Munosib  xulq-atvorda  bo’lish  haqidagi  tilxat  ayblanuvchi  nomidan  tuziladi. 

Tilxatda:  tilxat  berilgan  kun,  yil,  joyning  nomi;  ayblanuvchining  familiyasi,  ismi, 



 

 

51 



 

otasining  ismi;  yashash  joyi;  JPKning  250-moddasi  talablari  bilan  tanishib 

chiqqanligi; o’z zimmasiga tergovdan yashirinmaslik, jinoyat ishi bo’yicha haqiqatni 

aniqlashga to’sqinlik qilmaslik, jinoiy faoliyat bilan shug’ullanmaslik, tergovchi va 

prokurorning  chaqiruviga  binoan  etib  kelish,  ularning  ijozatisiz  o’zi  istiqomat 

qilayotgan aholi punktidan chiqib ketmaslik, shu aholi punkti doirasida o’z istiqomat 

joyini o’zgartirsa, bu haqda ularni xabardor qilish majburiyatlarini olganligi; ushbu 

tilxatni  buzgan  taqdirda,  o’ziga  nisbatan  jiddiyroq  ehtiyot  chorasi  qo’llanilishi 

mumkinligi  haqida  ogohlantirilganligi  qayd  etiladi.  Tilxat  ayblanuvchi  hamda 

tilxatni  olgan  mansabdor  shaxs  tomonidan  imzolanadi.  Tilxat  ikki  nusxada  tuzilib, 

bir  nusxasi  jinoyat  ishiga  qo’shib  qo’yiladi,  ikkinchi  nusxasi  ayblanuvchiga 

topshiriladi. 

JPKning  251-moddasiga  asosan  kafillikka  berish  to’g’risida  bayonnoma 

tuziladi.  Kafillar  ushbu  ehtiyot  chorasi  qo’llanilishiga  sabab  bo’lgan  ayblovning 

mohiyati,  ayblanuvchiga  qo’llanilishi  mumkin  bo’lgan  jazo,  kafillarning 

javobgarligi  haqida  ogohlantirilganligi  ushbu  bayonnomada  qayd  etilib,  u  ehtiyot 

chorasini  qo’llayotgan  mansabdor  shaxs,  ayblanuvchi,  sudlanuvchi  va  kafillar 

tomonidan  imzolanadi.  Bundan  tashqari,  har  bir  kafillikka  oluvchidan  kafillik 

to’g’risida tilxat olinadi.

50

 

JPKning  tegishli  normalariga  ko’ra  narsalar  va  hujjatlar  tergov  harakatlari 

jarayonida olib qo’yilganligi haqidagi tegishli bayonnoma nusxasi narsa yoki hujjat 

egasiga (88-modda), olib qo’yish yoki tintuv to’g’risidagi qaror va bayonnomaning 

nusxasi (164-modda), mol-mulk xatlanganligi to’g’risidagi bayonnomaning nusxasi 

(292-modda)  tegishli  shaxsga  yoki  uning  voyaga  etgan  oila  a`zolariga,  ular 

bo’lmagan  taqdirda  esa,  tegishli  hokimlik  yoxud  fuqarolarning  o’zini  o’zi 

boshqarish organi vakiliga topshirilib, namuna olinishi kerak bo’lgan shaxs namuna 

olish to’g’risidagi qaror bilan tanishtirilib (193-modda) tilxat olinadi. 

                                                           

50

  Ўзбекистон  Республикасининг  Жиноят-процессуал  кодексига  шарҳлар.  Масъул  муҳаррир:  проф. 



Ғ.А.Абдумажидов. – Т.: ТДЮИ нашриѐти, 2009. – Б. 299. 

 

 

52 



 

YOzma majburiyat – jamoat birlashmasi va jamoa ayblanuvchining munosib 

xulq-atvorda  bo’lishiga  kafil  ekanligi  to’g’risida  tergovchi,  prokurorga  taqdim 

qilinadigan  yozma  protsessual  hujjat.  YOzma  majburiyat  berish  lozimligi  JPKning 

252-moddasining 2-qismida ko’rsatilgan

51

.  



Mazkur  hujjatning  mazmuni  va  tuzilish  tartibi  tilxatga  o’xshash.  Majburiyat 

xuddi  tilxat  kabi  tuziladi,  faqat  unga  rioya  qilinmaganda  qanday  oqibatlar  yuz 

berishi  ko’rsatilmaydi,  chunki  qonunda  bunday  hollarda  huquqbuzarga  nisbatan 

biron-bir huquqiy oqibat yuzaga kelishi nazarda tutilmagan

52

.  


CHaqiruv  qog’ozi  –  dastlabki  tergovda  guvoh,  jabrlanuvchi,  shuningdek 

ozodlikda  yurgan  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchining  surishtiruvchi,  tergovchi  va 

prokuror  huzuriga  kelishi  kerakligini  o’zida  aks  ettiruvchi  hujjat.  Unda:  shaxsning 

to’liq  familiyasi,  ismi,  otasining  ismi,  aniq  turar  joyi,  qaysi  tergov  organiga  kim 

sifatida chaqirilishi, qaerga, qaysi kun va qaysi soatga chaqirilgani, kim tomonidan 

va  kimning  huzuriga  chaqirilgani,  uzrli  sabablarsiz  so’roqqa  kelmaganligi  uchun 

qanday oqibatlar ro’y berishi ko’rsatiladi.  

CHaqiruv  qog’ozi  chaqiriluvchiga  topshirilib,  kimga  va  qachon  berilganligi 

ko’rsatilgan tilxat olinadi. (97-modda). 

SHikoyat  –  surishtiruvchi  surishtiruv  organi  boshlig’ining  yozma 

ko’rsatmasiga  norozi  bo’lganda  surishtiruvchi  tomonidan,  shuningdek,  surishtiruv 

organi  boshlig’i  va  surishtiruvchi  prokurorning  yozma  ko’rsatmasiga  norozi 

bo’lganda  surishtiruv  organi  boshlig’i  va  surishtiruvchi  tomonidan  tuziladigan 

yozma shikoyat.  

JPKning  39-moddasining  5-qismiga  asosan  surishtiruvchi  surishtiruv  organi 

boshlig’ining  ko’rsatmasiga  norozi  bo’lsa,  ko’rsatmani  bajarishni  to’xtatmay  turib, 

bu ko’rsatma ustidan prokurorga shikoyat qilishga haqlidir. 

                                                           

51

 Иноғомжонова З.Ф. Жиноят ишлари бўйича процессуал ҳужжатлар. –Т.: ТДЮИ нашриѐти, 2009. 21-б. 



52

  Рахмонқулов  А.Х.  Ички  ишлар  органларида  дастлабки  тергов.  Дарслик.  –Т.:  -  Уз.Р.  ИИВ  Академияси, 

2005. – Б. 86. 


 

 

53 



 

Surishtiruv organining boshlig’i va surishtiruvchi prokuror ko’rsatmasiga rozi 

bo’lmagan  taqdirda,  ko’rsatmani  bajarishni  to’xtatmay  turib,  uning  ustidan  yuqori 

turuvchi prokurorga shikoyat qilishga haqlidir. 

S.N.Mamadievning  fikriga  qo’shilgan  holda  surishtiruvchining  surishtiruv 

organi  boshlig’i  yoki  prokuror  ko’rsatmalariga  rozi  bo’lmaslik  “shikoyat”  emas, 

balki  prokuror,  surishtiruv  organi  boshlig’i  bergan  ko’rsatmalar  yoki  chiqargan 

qarorlarga  nisbatan  “e`tiroz”  deb  nomlanishi  lozim  deb  xisoblaymiz.  U  quyidagi 

fikrni  ilgari  suradi:  “E`tiroz  va  shikoyat  tushunchalari  mazmunan  turli  xil  bo’lib, 

quyidagi  jihatlari  bilan  bir-biridan  farqlanadi.  SHikoyat  fuqarolarning  buzilgan 

qonuniy  huquq  va  manfaatlarini  tiklashga  qaratilgan  talablari  hisoblanadi;  e`tiroz 

esa,  surishtiruvchining  surishtiruv  organi  boshlig’i  yoki  prokurorning  hamda 

surishtiruv organi boshlig’i prokurorning muayyan ko’rsatmalaridan norozi bo’lishi 

natijasida  bildiriladi.  “SHikoyat”  fuqarolar  va  vakolatli  davlat  organlari  (ularning 

mansabdor  shaxslari)  o’rtasida  yuzaga  keluvchi  munosabatlar  yuzasidan  taqdim 

etilsa; “e`tiroz” o’zaro bo’ysunuvga asoslangan davlat organlari mansabdor shaxslari 

o’rtasida  vujudga  keladi”

53

.  SHunga  ko’ra  S.N. Mamadievning  JPKning  39-



moddasidagi “shikoyat” so’zlarini “e`tiroz” atamasiga o’zgartirish taklifini

54

 qo’llab 



quvvatlaymiz.  Bu  bizning  fikrimizcha  maxsus  atamalardan  foydalanishdagi 

nomuvofiqlikni bartaraf etishga va protsessual hujjjatlarni tuzishni bir xillashtirishga 

yordam beradi. 

E`tiroz  –  dastlabki  tergovda  tergovchi  tergov  guruhi  boshlig’i  yoki 

prokurorning  hamda  tergov  guruhi  boshlig’i  prokurorning  ko’rsatmasiga  qo’shila 

olmasligi, noroziligi to’g’risidagi yozma hujjat. e`tiroz: tergovchi yoki tergov guruhi 

rahbari  tomonidan  prokurorning  shaxsni  ishda  ayblanuvchi  tariqasida  ishtirok 

etishga  jalb  qilish  haqidagi,  jinoyatni  tavsif  qilish  va  ayblov  hajmi  haqidagi, 

qamoqqa  olish  tarzidagi  ehtiyot  chorasini  qo’llash  to’g’risida  iltimosnoma 

                                                           

53

 Мамадиев С. Н. Суриштирувчи, терговчи, прокурорнинг ҳаракатлари ва қарорлари устидан судга шикоят 



қилиш. Дисс. канд.юрид.наук. . – Тошкент: ТДЮИ, 2004. -37 б. 

54

 Мамадиев С. Н. Суриштирувчи, терговчи, прокурорнинг ҳаракатлари ва қарорлари устидан судга шикоят 



қилиш. Дисс. канд.юрид.наук. . – Тошкент: ТДЮИ, 2004. -37 б. 

 

 

54 



 

qo’zg’atish haqidagi, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo’zg’atishni rad qilish 

to’g’risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to’g’risida 

prokurorga  taqdimnoma  kiritish  haqidagi  ishni  sudga  yuborish  yoki  ishni  tugatish 

haqidagi, tugallangan ishni qo’shimcha tergovga qaytarish haqidagi ko’rsatmalariga 

rozi  bo’lmaganda  (36-moddaning  3-qismi,  355-moddaning  4-bandi);  tergov  guruhi 

a`zolari 

bo’lgan 


tergovchilar 

tmonidan 

guruh 

rahbarining 



topshirig’ini, 

ko’rsatmalarini  qonunga  xilof  yoki  asossiz  deb  hisoblanganda  (356-moddaning  3-

qismi) tuziladi.  

Iltimosnoma.  Jinoyat  protsessual  qonunchilikda  dastlabki  tergovda  qamoqqa 

olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash, qamoqda saqlash muddatini uzauzaytirish 

to’g’risida, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma 

kiritilishi nazarda tutiladi. 

Ariza.  Ishda  ishtirok  etishga  monelik  qiladigan  holatlar  bo’lganda, 

surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  ushbu  jinoyat  ishi  bo’yicha  ishtirok  etishni  rad 

etishi  haqida  ariza  bilan  murojaat  etishi  shart.  Surishtiruvchi  yoki  tergovchini  rad 

qilish masalasi surishtiruv va dastlabki tergov ustidan nazorat olib boruvchi prokuror 

tomonidan  hal  etiladi.  Prokurorni  rad  qilish  masalasi  ishni  tergov  qilish  chog’ida 

yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etiladi. YOzilgan arizada ishni yuritishdan 

voz kechishi uchun asos bo’lgan sabablar bayon etiladi. Ariza hujjat tuzilgan sana va 

joy ko’rsatilgan holda imzolanadi. 


 

 

55 



 

2.4. Ayblov xulosasini tuzishning umumiy qoidalari. 

Dastlabki tergov davomida tergov organlari tomonidan tuziladigan, mazmuni 

va ahamiyatiga ko’ra muhim bo’lgan hujjatlardan biri bu ayblov xulosasidir. Ayblov 

xulosasida  tergovchining  asosiy  to’xtami,  xulosa  va  fikrlari  bayon  etiladi.  Ayblov 

xulosasi  sud  muhokamasida  odil  sudlovning  vazifalarini  to’liq  hal  etishga  yordam 

beradi


55

.  


Ayblov  xulosasi  –  dastlabki  tergov  natijalarini  o’zida  mujassamlashtirgan, 

ayblanayotgan shaxsning harakatlarini tegishli tartibda jinoyat qonunchiligini qaysi 

moddasi  bilan  kvalifikatsiyalanayotganligini  va  shu  ayblov  aynan  qaysi  dalil  va 

isbotlar  bilan  tasdiqlanganligini,  ayblanuvchini  xatti-harakatlarini  engillashtiruvchi, 

og’irlashtiruvchi  holatlari  nimalardan  iborat  ekanligini,  umuman  dalillar  tahlilini 

o’zida aks ettirgan juda muhim protsessual hujjat hisoblanadi

56



A.X.Raxmonqulov 



ayblov 

xulosasi 

–  dastlabki  tergov  natijalari 

chiqariladigan,  ishning  mohiyati,  ayblanuvchining  shaxsiga  oid  ma`lumotlar  va 

ayblov  ta`rifi  bayon  etiladigan  protsessual  hujjat  deb  ta`riflaydi  va  uni  protsessual 

qarorlarning turi deb ko’rsatadi

57



Ayblov xulosasini protsessual qaror deb e`tirof etish noto’g’ri deb o’ylaymiz. 



CHunki ayblov xulosasi muhim yuridik ahamiyatga ega bo’lgan alohida protsessual 

hujjat  xisoblanadi.  U  shaxsga  hamda  ayblov  predmetiga  nisbatan  sud  muhokamasi 

doirasini  belgilaydi.  Ayblanuvchiga  sud  muhokamasiga  ishtirok  etish  uchun  o’z 

vaqtida  tayyorlanish  imkonini  berib,  dastlabki  tergovning  barcha  materiallarini 

tizimlashtiradi. Sud muhokamasining boshlanishidan oldin ayblov xulosasining yoki 

uning  xulosa  qismining  o’qib  eshittirilishi  sud  tarkibiga,  protsess  ishtirokchilariga, 

shuningdek, sud muhokamasida ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga qo’yilayotgan 

ayblovning mazmunini tushinib olishlarini taminlaydi. 

                                                           

55

  Уголовно-процессуальное  право  Российской  Федерации:  Учебник.  /  Отв.  ред.  П.А.  Лупинская.  -  М.: 



Юристъ, 2001. - 219 с 

56

  Иноғомжонова  З.Ф.,  Тўлаганова.  Г.З.  Жиноят  процесси  муаммолари.  Ўқув  қўлланма./  ю.ф.д.,  проф 



Абдумажидов Ғ.А. умумий таҳрири остида.–Т.: ТДЮИ нашриѐти, 2006. –Б. 237-238. 

57

  Рахмонқулов  А.Х.  Ички  ишлар  органларида  дастлабки  тергов.  Дарслик.  –Т.:  -  Уз.Р.  ИИВ  Академияси, 



2005. – Б. 83, 158. 

 

 

56 



 

Ayblov  xulosasi  jinoyat  ochilgani  va  uni  sodir  etgan  shaxs  fosh  etilgani 

haqida ishni sudga yuborish zarurligi to’g’risida yakuniy hujjatdir. Ayblov xulosasi 

deganda 


dastlabki 

tergov 


natijalari 

chiqariladigan, 

ishning 

mohiyati, 

ayblanuvchining  shaxsiga  oid  ma`lumotlar  va  ayblov  ta`rifi  bayon  etiladigan 

protsessual hujjat tushuniladi

58



Ayblanuvchilar sonidan qat`iy nazar har bir jinoyat ishi bo’yicha bitta ayblov 



xulosasi tuziladi

59

.  



Ayblov xulosasining ahamiyati quyidagilardan iborat: 

-  yuridik jihatdan u sud muhokamasining doirasini belgilab beradi; 

-  texnik jihatdan u daliliy materiallarni ma`lum bir tizimga solib turadi; 

-  tashkiliy  jihatdan  ayblanuvchini  sodir  qilgan  jinoyatining  mohiyatini 

tushuntiradi. 

YUqoridagilarga asosan ayblov xulosasi tushunchasini quyidagicha ta`riflash 

to’g’ri  bo’ladi:  ayblov  xulosasi  deganda  –  dastlabki  tergov  natijalari  asosida 

chiqariladigan,  ishning  holatlari  har  tomonloma  va  to’la  o’rganilganligi  hamda 

ishdagi  dalillar  etarligini  tasdiqlovchi  tergovchining  ichki  ishonchiga  asoslangan 

ayblov fikri, xulosalari bayon etiladigan protsessual hujjat tushuniladi. 

Ayblov xulosasi – aynan sud muhokamasida ko’rilishi lozim bo’lgan jinoyat 

ishining  ayblov  doirasini  belgilovchi  protsessual  hujjatdir

60

.  Ayblov  xulosasi 



ob`ektiv  bo’lishi,  yuridik  asoslangan  bo’lishi  shuningdek,  stilistik  va  grammatik 

talablarga  to’liq  javob  berishi  kerak.  Ayblov  xulosasini  tuzishning  uch  xil  usuli 

mavjud:  xronologik,  tizimli(sistematik)  va  aralash  usullar

61

.  Xronologik  usulda 



jinoyat ishi holatlari tergovda qanday aniqlangan bo’lsa, ana shunday bayon etildai.  

                                                           

58

 Давлетов А.Ж. Ўзбекистон Республикасининг Жиноят-процессуал кодекси асосида жиноят процессининг 



суриштирув  ва  дастлабки  тергов  босқичида  тузиладиган  процессуал  ҳужжатлар  (талаблар  ва  тузилиш 

тартиби). Услубий қўлланма. Т., 1995. 13-б. 

59

 Учебник уголовного процесса. М., 1998. C. 228. 



60

Жиноят  процесси:  (Махсус  қисм):  Юридик  олий  ўқув  юртлари  ва  университетларининг  юридик 

факультетлари  учун  талабалари  учун  дарслик  (З.Ф.  Иноғомжонованинг  умумий  таҳрири  остида).-Т.: 

“Адолат” 2008. 98-б. 

61

 М.Г. Эсанов, М.Ҳ. Обидов, Ш.П. Алаев. Терговчи (терговчининг касбий сифатлари, процессуал ҳуқуқ ва 



ваколатлари,  айрим  тергов  ҳаракатларини  ўтказиш  усуллари  ва  дастлабки  тергов  процессуал  ҳужжатлари 

наъмуналари)  М.А. Мирзаевнинг  умумий  таҳрири  остида.  –  Т:  Ғафур  Ғулом  номидаги  нашриѐт-матбаа 

ижодий уйи, 2011. – Б. 129. 


 

 

57 



 

Tizimli(sistematik)  usul  shundan  iboratki,  jinoyat  ayblanuvchi  tomonidan 

qanday  sodir  etilgan  bo’lsa,  shunday  tartibda  bayon  etiladi.  Bu  usul  unchalik 

murakkab  bo’lmagan  va  to’g’ri  dalillarga  asoslangan  jinoyat  ishlarida  qo’llaniladi. 

Aralash  usulda  esa  xronologik  va  tizimli(sistematik)  usullarning  elementlari  birga 

qo’shilib keladi. 

Bizning  fikrimizcha  ayblov  xulosasini  tuzishda  quyidagi  asosiy  talablarga 

rioya etilishi lozim:  

1. Ayblov xulosasida jinoyatning barcha muhim holatlari bayon etilishi lozim;  

2.  Tergovchi  xulosalari  to’plangan  dalillarga  asoslangan  bo’lishi  va  ularga 

muvofiq bo’lishi lozim;  

3.  Tergovchining  xulosalari  mantiqiy,  ketma-ket  izchil  va  to’la  to’kis 

asoslangan bo’lishi lozim;  

4. Ayblov xulosasida a) dalillar va xulosalar o’rtasida; b) asosalar va hujjatlar 

o’rtasida;  v) tavsif-asoslantirish  va  xulosa  qismlari  o’rtasida;  g) ayblovning 

mazmuni  va  jinoyatning  kvalifikatsiyasi  o’rtasida  qarama-qarshiliklar  bo’lmasligi 

lozim; 

5. Ayblovning mazmuni barcha jinoiy qilmishlarni qamrab olishi, aniqlangan 



faktik  holatlarga  asoslanishi,  sodir  etilgan  qilmishning  hajmi  va  har  bir 

ayblanuvchiga nisbatan har bir jinoyatning kvalifikatsiyasi to’g’ri aniqlanishi lozim; 

6.  Ayblov  xulosasidagi  ayblovning  mazmuni  va  jinoyatning  kvalifikatsiyasi 

ayblanuvchi  tariqasida  ishda  ishtirok  etishga  jalb  qilish  to’g’risidagi  qarorda 

ifodalangan  ayblov  mazmuni  va  jinoyat  kvalifikatsiyasi  bilan  o’zaro  mutanosib 

bo’lishi lozim

62



7. JPKning barcha talablariga rioya etilishi lozim. 



JPKning  379-moddasining  ikkinchi  qismida  ayblov  xulosasi  tavsif-

asoslantirish  va  xulosa  qismlaridan  iborat  bo’lishi  ko’rsatilgan.  Ammo,  JPKning 

380-moddasiga  binoan  ayblov  xulosasiga  tergovchining  fikricha  sud  majlisiga 

                                                           

62

  Уголовно-процессуальное  право  Российской  Федерации:  Учебник.  /  Отв.  ред.  П.А.  Лупинская.  -  М.: 



Юристъ, 2001. - 197 с 

 

 

58 



 

chaqirilishi  lozim  bo’lgan  shaxslarning  ro’yxati,  shuningdek  qo’llanilgan  ehtiyot 

choralari,  gumon  qilinuvchi  va  ayblanuvchi  qancha  vaqt  qamoqda  saqlanganligi 

to’g’risidagi,  ashyoviy  dalillar,  fuqaroviy  da`voni  ta`minlash  choralari,  sud 

chiqimlari to’g’risidagi ma`lumotlar ilova qilinadi deyilgan. SHuning uchun bizning 

fikrimizcha  ayblov  xulosasini  quyidagi  qismlarga  bo’lish  maqsadga  muvofiq 

bo’ladi: 1) kirish, 2) tavsif-asoslantirish, 3) xulosa, 4) yakuniy qism. 

Quyidagilar  kirish  qismining  elementlari  xisoblanadi:  1) jinoyat  ishi  soni; 

2) sarlavha;  3) ayblanuvchi(lar)ning  familiya  ismi-sharifi;  4) jinoiy  qilmish 

kvalifikatsiyasi  bo’lgan  JK  moddasi;  5) jinoyat  ishi  qo’zg’atilishining  sabab  va 

asoslari. 

Sarlavhada hujjatning nomi ya`ni “Ayblov xulosasi” deb ko’rsatiladi. Undan 

keyin  ayblanuvchining,  agar  ular  bir  nechta  bo’lsa  ularning  har  birining  familiyasi 

ismi-sharifi ustun shaklida bayon etiladi. Agar bir nechta shaxs jinoyat sodir etishda 

ayblanyotgan  bo’lsa  va  ularning  har  birining  roli  har  xil,  ya`ni  biri  –  tashkilotchi, 

boshqasi – dalolatchi, uchinchisi - yordamchi bo’lsa, ayblanuvchilarning familiyasi 

va ismi-sharifining ketma-ketligi ham shu tartibda qayd etiladi. Ayblanuvchilarning 

qilmishlari har xil kvalifikatsiya qilingan hollarda qilmishlari bir xilda kvalifikatsiya 

qilingan  aybdanuvchilarning  familiya,  ismi-shariflari  bitta  guruhda  ko’rsatilishi 

mumkin. Ayblanuvchi turli xil ism-familiyalar bilan harakat qilgan holatlarda barcha 

ism-familiyalar byon etiladi. 

SHu  bilan  birga  kirish  qismida  shaxs  sodir  etganlikda  ayblanayotgan 

jinoyatning  tarkibini  belgilovchi  jinoyat  qonunining  moddasi  (moddalari) 

ko’rsatiladi. Jinoyatning kvalifikatsiyasi ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb 

qilish to’g’risidagi qarordagisi bilan aniq mos bo’lishi kerak. 

Tavsif-asoslantirish  qismi  ayblov  xulosasining  murakkab  qismi  xisoblanadi. 

Tavsif qismida 1) dastlabki tergovda aniqlangan holatlar (jinoyat sodir etilgan vaqt 

va  joy,  sodir  etilish  usullari,  motivlari,  oqibatlari  va  boshqa  ahamiyatli  holatlari); 

2) jabrlanuvchi, 

shuningdek 

ayblanuvchi 

to’g’risidagi 

ma`lumotlar; 

3) ayblanuvchining 

aybdorligini 

tasdiqlovchi 

dalillar; 

4) ayblanuvchining 



 

 

59 



 

javobgarligini  engillashtiruvchi  yoki  og’irlashtiruvchi  holatlar;  5) ayblanuvchining 

o’zini  himoya  qilish  uchun  keltirgan  vajlari  va  ularni  tekshirish  natijalari  bayon 

qilinadi. 

Murakkab  ishlarda  ayblov  xulosasining  tavsif-asoslantirish  qismini  sodir 

etilgan  jinoyatning,  jinoiy  guruhning,  ishtirokchilar  o’rtasidagi  bog’liqlikning, 

jinoyat sodir etilgan usullarning tavsifini bayon etish boshlash tavsiya etiladi. 

Vaqtni  ko’rsatishning  imkoniyati  mavjud  bo’lgan  ishlarda  jinoyat  sodir 

etilgan vaqt aniq ko’rsatilishi lozim. Ayrim hollarda jinoyat sodir etilgan kun bilan 

bir qatorda uning soati va hatto daqiqasi ham qayd etilishi zarur.  

Ayblov  xulosasining  xulosa  qismida  ayblanuvchining  shaxsi  to’g’risidagi 

ma`lumotlar  keltiriladi  hamda  e`lon  qilingan  ayblovning  mazmuni  Jinoyat 

kodeksining shu jinoyatni nazarda tutgan moddasi yoki moddalarini ham ko’rsatgan 

holda bayon qilinadi. 

Ayblanuvchining  shaxsi  to’g’risidagi  ma`lumotlarga  quyidagilar  taluqli 

bo’ladi:  familiya,  ismi-sharifi,  tug’ilgan  vaqti  va  joyi,  fuqaroligi,  ish  joyi,  oilaviy 

ahvoli,  sudlanganlik  to’g’risidagi  ma`lumotlar,  yashash  joyi  manzili  va  ish  uchun 

ahamiyatli bo’lgan boshqa ma`lumotlar. 

Ayblov  xulosasining  xulosa  qismi  tavsif-asoslantirish  qismi  bilan  uzviy 

bog’liq  bo’lishi  va  mantiqan  undan  kelib  chiqqan  bo’lishi,  xulosa  qismi  tavsif-

asoslantirish qismi mazmuniga to’liq muvofiq kelishi talab qilinadi. Ayblanuvchi bir 

necha  jinoyatni  sodir  qilishda  ayblanayotgan  bo’lsa,  unda  har  bir  sodir  qilgan 

jinoyati uchun alohida yuridik baho berilishi kerak. Guruh shaxslar tomonidan sodir 

etilgan  jinoyat  ishi  bo’yicha  har  bir  ayblanuvchining  shaxsini  tavsiflovchi  holatlar, 

ayblov shakli va JKning tegishli moddasi alohida ko’rsatib berilishi shart

63

.  



Ayblov xulosasining yakunlovchi qismining elementlari quyidagilardir: a) ish 

qaysi  sudning  sudlovina  tegishliligi  to’g’risidagi  ma`lumot;  b) ayblov  xulosasini 

tasdiqlash  uchun  ish  qaysi  prokurorga  yuborilayotganligi  to’risidagi  ma`lumot; 

                                                           

63

  Жиноят  процесси:  (Махсус  қисм):  Юридик  олий  ўқув  юртлари  ва  университетларининг  юридик 



факультетлари  учун  талабалари  учун  дарслик  (З.Ф.  Иноғомжонованинг  умумий  таҳрири  остида).-Т.: 

“Адолат” 2008. 99-б. 



 

 

60 



 

v) ayblov  xulosasini  tuzgan  shaxsning  imzosi;  g) ayblov  xulosasi  tuzilgan  joy  va 

sana.  

JPKning 354-moddasiga ko’ra dastlabki tergov tergovchilar gurihi tomonidan 



amalga oshirilganda ayblov xulosasini kim imzolaydi degan savol tug’iladi. Bunday 

hollarda dastlabki tergovni amalga oshirish topshirilgan tergovchilar guruhi rahbari 

ayblov  xulosasini  imzolashi  lozim

64

  degan  yondashuvni  to’g’ri  deb  xisoblaymiz. 



CHunki,  tergovda  bir  nechta  tergovchilar  ishtirok  etgan  holatlarda  guruh  rahbari 

bo’lgan  tergovchi  jinoyat  ishini  o’z  yuritishiga  qabul  qilib  oladi  va  dastlabki 

tergovning  umumiy  yo’nalishi  va  pirovard  natijasi  uchun,  shuningdek  jinoyat 

protsessining  shu  bosqichida  bajariladigan  har  bir  harakat  va  qarorning  qonuniy 

hamda asoslangan bo’lishi uchun to’la javobgar bo’ladi. 

JPKning  380-moddasiga  asosan  ayblov  xulosasiga  tergovchining  fikricha 

sud  majlisiga  chaqirilishi  lozim  bo’lgan  shaxslarning  ro’yxati,  shuningdek 

qo’llanilgan  ehtiyot  choralari,  gumon  qilinuvchi  va  ayblanuvchi  qancha  vaqt 

qamoqda saqlanganligi to’g’risidagi, ashyoviy dalillar, fuqaroviy da`voni ta`minlash 

choralari, sud chiqimlari to’g’risidagi ma`lumotlar ilova qilinadi.  

Sud  majlisiga  chaqirilishi  lozim  bo’lgan  shaxslarning  ro’yxatida 

ayblanuvchining, 

jabrlanuvchining, 

fuqaroviy 

davogarning 

va 


fuqaroviy 

javobgarning 

hamda 

ularing 


vakillarining, 

guvohlarning, 

ekspertlarning, 

mutaxassislarning,  tarjimonlarning  familiyasi  va  ismi-sharifi,  ularning  turar  joyi 

manzili  hamda  ko’rsatuvlari  yoki  xulosalari  ishning  qaysi  sahifasida  bayon 

qilinganligi ko’rsatiladi. 

Qo’llanilgan  ehtiyot  choralari  to’g’risidagi  ma`lumotnomada  har  bir 

ayblanuvchiga nisbatan qachon va qanday ehtiyot chorasi qo’llanilgani to’g’risidagi 

ma`lumotlar  ko’rsatiladi.  Qamoqqa  olish  tarzidagi  ehtiyot  chorasi  qo’llanilgan 

bo’lsa, qamoqda saqlangan muddati aniq ko’rsatilishi lozim.  

                                                           

64

  Жиноят  процесси:  (Махсус  қисм):  Юридик  олий  ўқув  юртлари  ва  университетларининг  юридик 



факультетлари  учун  талабалари  учун  дарслик  (З.Ф.  Иноғомжонованинг  умумий  таҳрири  остида).-Т.: 

“Адолат” 2008. 99-б. 



 

 

61 



 

Ashyoviy dalillar to’g’risidagi ma`lumotnomada jinoyat ishiga ilova qilingan 

narsalar va hujjatlarning ro’yxati, ularning saqlanayotgan joyi ko’satiladi.  

Fuqaroviy  da`voni  ta`minlash  choralari  to’g’risidagi  ma`lumotnomada 

qachon,  kim  tomonidan,  kimga  nisbatan  va  qancha  summaga  fuqaroviy  da`vo 

qilingani  haqidagi,  fuqaroviy  davogar  va  fuqaroviy  javobgar  haqidagi  hamda 

qoplanishi  lozim  bo’lgan  mulkiy  ziyonning  miqdori  haqidagi  ma`lumotlar, 

shuningdek,  ko’rilgan  chorlar,  kimning  qancha  summadagi  mol-mulki  xatlangani, 

uning saqlanish joyi manzili keltiriladi. 

Sud chiqimlari to’g’risidagi ma`lumotnomada ish yuzasidan dastlabki tergov 

o’tkazish bilan bog’liq chiqimlar miqdori ko’rsatiladi. 

Ayblov xulosasining ilovasi tergovchi tomonidan imzolanadi.  

Xulosa  o’rnida  shuni  aytish  mumkinki,  ayblov  xulosasi  dastlabki  tergovni 

tamomlovchi  muhim  protsessual  hujjat  xisoblanadi.  Sud  muhokamasida  o’qib 

eshittiriladigan  yagona  protsessual  hujjat  ekanligi  ayblov  xulosasining  alohida 

ahamiyatliligini bildiradi. SHu sababli ayblov xulosasini to’g’ri tuzish zarurdir. 

 


 

 

62 



 

2.5. Dastlabki tergovdagi protsessual hujjatlarni rasmiylashtirishda texnik 

vositalarni qo’llash masalalari 

Surishtiruv  va  dastlabki  tergov  bosqichidagi  protsessual  harakatlarni  qayd 

etish  uchun  ilmiy-texnika  taraqqiyoti  natijalari,  yutuqlaridan  foydalanishning  keng 

imkoniyatlari  sababli  jinoyat  protsessida  ilmiy-texnika  vositalarini  qo’llash  aktual 

masala bo’lmoqda. 

Jinoyatni  tez  va  to’la  ochish  uchun  ilmiy-texnika  vositalarini  qo’llashning 

maqsadga  muvofiqligi  to’g’risidagi  masalaning  ilgari  qo’yilishi  hech  qarshiliklar 

o’yg’otmaydi.  YUz  yildan  ko’proq  vaqt  oldin  P.V. Makalinskiy  qayd  etish  uchun 

fotosuratninig  ahamiyati  to’g’risida  shunday  yozgan  edi:  “Ko’zdan  kechirish 

qanchalik  puxta  va  sinchiklab  o’tkazilmasin,  u  qanchalik  aniq,  izchil,  tasvirli  va 

hatto  badiiy  bayon  etilgan  bo’lmasin  yozma  tasvirlash,  bayon  etish  hech  qachon 

fotosurat ko’rsatadigan yaqqol tasavvurni bera olmaydi”

1

. Ushbu fikrning to’g’riligi 



allaqachon amaliyotda o’z isbotini topgan. Dastlabki tergov organlari faoliyatida bir 

muncha  mukammal  ilmiy-texnika  vositalaridan  foydalanilmoqda.  SHu  bilan  birga 

ilmiy-texnika vositalaridan foydalanishning reglamenti, hajmi, chegaralari, qo’llash 

shart-sharoiti va ularning yuridik tabiatining talqin qilinishi, izohlanishi hozirgi payt-

gacha  jinoyat  protsessi  fanida  munozarali  masala  bo’lib,  huquqiy  adabiyotlarda 

hamda  jinoyat-protsessual  qonuchilikda  har  xil  izohlangan.  Bu  tergov  texnika 

vositalari  bazasiga  tegishli  ilmiy-texnika  vositalarini  kiritilishiga  ham,  ulardan 

foydalanish imkoniyatlari kengayishiga ham salbiy ta`sir ko’rsatmoqda. 

Tergov  amaliyotiga  ilmiy-texnikaviy  taraqqiyotning  yutuqlarini  faol  tadbiq 

etishsiz  jinoiy  ishlarni  o’z  vaqtida  va  sifatli  tergov  qilish  va  tekshirishning  ilojisi 

yo’q.  Tergovchilar  o’z  faoliyatlarida  ilmiy-texnikaviy  yutuqlardan  to’la 

foydalanishmaydi.  Buning  asosiy  sababi  maxsus  bilimlar  va  ilmiy-texnika 

vositalaridan  foydalanish  bo’yicha  tavsiyanomalarning  etarlicha  aniq  emasligi, 

shuningdek  tergov  harakatlarini  o’tkazishda  qayd  etishning  ilmiy-texnika 

vositalarini  foydalanishni  reglamentlashtiruvchi  amaldagi  jinoyat-protsessual 

                                                           

1

 Макалинский П.В. Практическое руководство для судебных следователей. Ч. 2., С. 199. 



 

 

63 



 

qonunchilikning  mukammal  emasligi.  Natijada,  amaliyot  ko’rsatayotganidek, 

maqsadi tergovchining  ishini tezlashtirish va  engillashtirish bo’lgan qayd  etishning 

ilmiy-texnika  vositalaridan  foydalanish  o’z  samaradorligini  yo’qotmoqda.  Qayd 

etishning ilmiy-texnika vositalaridan foydalanish bilan va ularsiz o’tkazilgan tergov 

harakati bayonnomasining bir hil isbotlovchi ahamiyatini hisobga olib, tergovchilar 

ko’pincha  ma`lumotni  mustahkamlashning  bu  vositalaridan  foydalanishni 

istashmaydi, 

chunki 

ularni 


qo’llanishi  tergov  harakatlarini  yuritishni 

murakkablashtiradi va qiyinlashtiradi.  

Tergov  harakatlarini  o’tkazishda  ilmiy-texnika  vositalarini  qo’llanishining 

protsessual  shartlarining  murakkabliligiga  qaramay,  ba`zi  olimlar  ularni 

foydalanishning  protsessual  reglamentlashtirishni  yanada  detallashtirishni  taklif 

etishgan


65

.  


Boshqalar  esa,  qayd  etishning  texnik  vositalarining  rivoji,  xususan,  tergov 

harakatining  borishi  va  natijalarini  aks  ettirishning  “ekspress-usullari”ning  rivoji, 

tabiyki,  tergov  harakati  bayonnomasining  tavsiflash  qismining  bayonnomaga  ilova 

evaziga qisqarishi kerakligini ta`kidlashmoda

66

.  


Qayd 

etishning 

ilmiy-texnikaviy 

vositalarini 

qo’llanishini 

reglamentlashtirishda  jinoyat-protsessual  qonunchilikning  bugungi  ahvoli  bu 

vositalarni  dastlabki  tergov  jarayonida  qo’llanish  amaliyotidan  ortda  qolmoqda. 

Bunday  holat  qaysidir  darajada  amaldagi  qonunda  aks  ettirilmagan  ilmiy-texnika 

vositalarini  qo’llanishi  natijasida  olingan  isbotlovchi  ma`lumotning  maqbulligini 

shubha ostiga qo’yadi.  

YUridik  adabiyotlarda  jinoyat  protsessida  ilmiy-texnika  vositalaridan 

foydalanish masalasiga olimlar har xil yondashishgan. 

Jinoyatni tergov qilish faoliyatida texnika vositalaridan foydalanishni belgilab 

beruvchi  jinoyat-protsessual  qonunchilikning  tahlili  ushbu  normalarda  muayyan 

texnika  vositalarini  qo’llashning  usullari,  metodlari  (ovoz  yozish,  videoyozuv, 

                                                           

65

 Панюшкин В.А. Научно-технический прогресс и уголовное судопроизводство. - Воронеж, 1985. С. 86. 



66

 Филиппов М.А. Фиксация фактических данных на предварительном следствии. Правоведение. №1. 1975. С.60-

66. 


 

 

64 



 

kinotasvir, fotosuratga tushirish va boshqalar) va ularni qo’llashdan olingan natijalar 

(fotosurat,  negativlar,  izlarning  qoliplari,  nusxalari  va  boshqalar)ning  daliliy 

ahamiyati to’g’risida aytib o’tilgan deb xulosa qilishga imkon beradi. 

Tergovda  qo’llaniladigan  ilmiy-texnikaviy  vositalar,  bizning  fikrimizcha, 

maqsadiga ko’ra tasniflanadi.  

Maqsadi  bo’yicha  ular  topish;  qayd  etish;  mustahkamlash,  olib  qo’yish  va 

saqlash;  kriminalistik  ob`ektlarni  ekspert  tekshirishning  ilmiy-texnik  vositalariga 

bo’linadi.  

Ilmiy-texnikaviy  vositalarning  mazkur  klassifikatsiyasi  ularni  tartibga 

keltirishi,  u  yoki  bu  vositani,  ularni  tegishli  tergov  xarakatida  foydalanish 

zaruriyatini hisobga olib ratsional tanlashni ta`minlashi bilan ahamiyatli xisoblanadi.  

Ilmiy-texnikaviy  taraqqiyotning  rivojlanishi  qayd  etishning  ilmiy-texnika 

vositalarini  qo’llanishidan  olingan  natijalarni  mazmunining  ham  o’zgarishiga  olib 

keldi.  Dastlab  ilovalar  bo’lgan  bu  materiallar  hozirda  o’zga  ahamiyatga  egadirlar. 

Ular ko’pincha bayonnomalar oldida o’zlarining samaraligi va tushunarliligi tufayli 

afzalliklarga ega.  

S.A. SHeyfer  to’g’ri  ta`kidlaganidek,  axborotni  uzatish  usullaridagi  farq 

amaliyotda  shunga  olib  keladiki,  ilovalar  o’zining  axborot  mazmuni  bo’yicha 

bayonnomalardan farq qiladi

67

.  


Tanib olish  uchun ko’rsatilgan  shaxslar  guruhi  va ob`ektlarning  fotosuratlari 

bo’yicha qonunning ko’rsatilayotgan shaxslar (ob`ektlar) tashqi ko’rinishi bo’yicha 

bir  biridan  keskin  farq  qilmasliklari  kerakligi  to’g’risidagi  talabining  saqlanishini 

tekshirish  mumkin.  Agar  sud  tanib  olish  uchun  ko’rsatish  bayonnomasini  va 

ko’rsatilgan  shaxslarning  fotosuratlarini  birgalikda  baholab,  fotosuratlardan  tanib 

oluvchiga  o’xshash  bo’lmagan  ob`ektlar  ko’rsatilganiga  ishonch  hosil  qilsa,  u  bu 

bayonnomani  dalil  sifatida  rad  etishga  haqli,  garchi  bayonnomada  tanib  oluvchiga 

tashqi ko’rinishidan o’xshash ob`ektlar ko’rsatilgani aytilgan bo’lsa ham.  

                                                           

67

 Шейфер С.А. Следственные действия. Система и процессуальная форма. - М.: Юрид.лит., 1981. С.119. 



 

 

65 



 

Tergov  harakatlarini  qayd  etishning  ilmiy-texnik  vositalari  materiallarini 

qo’llash  amaliyoti  amaldagi  qonunchilikda  ulardan  foydalanishga  nisbatan 

o’zgartirishlar bu materiallarga isbotlovchi ahamiyat berilishini talab qiladi.  

Qayd  etishning  texnik  vositalarining  qo’llanishi  (ovoz  yozish,  videoyozuv, 

kinotasvir, fotosuratga tushirish) tergovchining sub`ektiv fazilatlari tufayli sezilmay 

qolishi  mumkin  bo’lgan  holatlarni  mustahkamlanishiga  yordam  berishi  mumkin. 

Ko’zdan  kechirishda,  tintuvda,  olib  qo’yishda  va  boshqa  tergov  harakatlarida 

atrofdagi  sharoitni  (vaziyatni),  izlarni  va  narsalarni  o’zining  dastlabki  shaklida  aks 

ettirish  emas,  balki  bayonnomada  tavsiflash  yo’li  bilan  aks  ettirish  yuz  beradi, 

bayonnomada  qayd  etilayotgan  ma`lumot  tergovchining  ongidan  o’tadi  va  bu 

ma`lumot  yozish  uchun  qulay  jumlalarga  aylanadi  va  shu  erda  uning  muayyan 

qismini  yo’qotish  xavfi  mavjud.  Ma`lumot  asosan  –  ko’p  yoki  oz  darajada  qabul 

qilingan ma`lumotlarni bayonnomada aks ettirish paytida yo’qotiladi. Ma`lumotning 

yo’qotilish  darajasi  –  tergov  harakatining  borishi  va  natijalarini  bayonnomada 

tavsiflashni amalga oshiruvchi tergovchining ishining sifatiga bog’liq.  

Amaliyot  ko’rsatayotganidek,  xatolar  va  kamchiliklarga  tergov  harakati 

bayonnomasining  nafaqat  kirish  va  yakuniy  qismlarining  protsessual  shaklini 

saqlashda, balki uning tavsiflash qismini tuzishda ham yo’l qo’yiladi

68

.  



Videoyozuvga tushirish va ovoz yozish yordamida bo’lib o’tgan yoki tergov 

harakati  o’tkazilayotgan  joyda  sodir  bo’layotgan  voqealarning  ob`ektiv  tasviri, 

tasvirlanayotgan  shaxslarning  ta`riflab  bo’lmaydigan  emotsional  holatlari  qayd 

etiladi.  Bundan  tashqari,  tergov  harakatini  videoyozuvga  tushirish  va  ovoz  yozib 

olish tugaganidan so’ng, uni orqaga aylantirib ko’rib chiqqandan so’ng videokamera 

qayta  yoqiladi  va  ishtirokchilarning  hammasi  to’g’ri  yozilgani,  fikrlar  va 

qo’shimchalar  yo’qligi  (yoki  ularning  fikr  va  qo’shimchalari)  to’g’risidagi 

bildirishlarini  qayd  etadi.  So’ngida  yozib  olishning  texnik  sharoitlari  ko’rsatiladi. 

Bularning hammasi tegishli ma`lumotlarni qabul qilishni engillashtiradi.  

                                                           

68

 Дастлабки терговдаги процессуал ҳужжат ва уларни расмийлаштириш масаласи юзасидан жиноят ишлари 



материаллари ўрганиш натижасида аниқланган тергов ҳаракатлари баѐнномаларидаги хато ва камчиликлар 

таҳлили диссертациянинг 2-иловасида келтирилган. 



 

 

66 



 

SHu  bois  tergov  harakatlarini  o’tkazishda  mazkur  harakatining  borishi  va 

natijalari  qayd  etiladigan  videoyozuvga  tushirish  qo’llanilgan  bo’lsa,  videoyozuv 

ko’rib  chiqilgach,  unda  ishtirokchilarning  yozuvning  to’g’riligi  haqida  bildirishlari 

yoki fikrlari va qo’shimchalari hamda yozib olishning texnik sharoitlari qayd etilgan 

video  kassetani  ilova  qilish  evaziga  tavsiflash  qismini  biroz  qisqartirish  kerakligi 

to’g’risidagi  masalani  ko’tarish  taklif  etiladi.  Bu  avval  qayd  etishning  texnik 

vositalarini  qo’llamagan  tergovchilar  uchun  turtki  bo’ladi  va  ularni  qo’llanishiga 

yordam beradi.  

JPKda  qayd  etishning  ilmiy-texnika  vositalaridan  foydalanish  faqat  so’roq 

qilish,  ko’zdan  kechirish,  murdani  eksgumatsiya  qilish  va  tergov  eksperimenti 

to’g’risidagi  qoidalarida  ko’zda  tutilgan  (JPK  106,  136,  151,  va  155-moddalari). 

Ushbu  holat  amaliyotda  ko’pchilik  hollarda  tergovchilar  faqat  shu  tergov 

harakatlarini  qayd  etishda  texnik  vositalardan  foydalanish  lozim,  boshqa  hollarda 

mumkin  emas  degan  fikrga  kelishlariga  sabab  bo’lmoqda.  Vaholanki,  fotos`emka, 

videoyozuvga  olish  va  tasvirlashning  boshqa  vositalarini  tintuvda  (mahfiy  joylar 

joylashgan  er,  yashirib  qo’yilgan  buyumlarni  topish  jarayoni,  bu  buyumlarning 

o’zlari), guvohlantirishda (jinoyat izlarining, alohida belgilarning turlari), tanib olish 

uchun ko’rsatishda (taniladigan shaxslar guruhining belgilari, tanib olish yuz bergan 

belgilar va hokazo), ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirishda (harakat 

yo’nalishini,  jinoyat  sodir  etilgan  joyni)  va  boshqa  tergov  harakatlarida  qo’llanishi 

maqsadga  muvofiq  bo’ladi.  Bizning  fikrimizcha,  aytilganlar  asosan  so’roq  qilish, 

ko’zdan kechirish, murdani eksgumatsiya qilish va tergov eksperimenti to’g’risidagi 

(JPK  106,  136,  151,  va  155-moddalari)  moddalardan  texnika  vositalardan 

foydalanishni  ko’zda  tutuvchi  qoidalarni  chiqarib  tashlash  lozim  deb  xisoblaymiz 

hamda JPKning 91-moddasini quyidagi tahrirda bayon etishni taklif etamiz: 

“Dalillarni qayd etish uchun bayonnoma tuzish bilan bir qatorda ovoz yozish, 

videoyozuv,  kinotasvir,  fotosuratga  tushirish,  qoliplar  tayyorlash,  nusxalar  olish, 

rejalar,  sxemalar  tayyorlash  va  axborotni  aks  ettirishning  boshqa  usullari 

qo’llanilishi  mumkin.  Ovoz  yozish,  videoyozuv,  kinotasvirga  olish  vositalari 



 

 

67 



 

shuningdek  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi,  jabrlanuvchi  va  guvohning  talabiga 

ko’ra 

qo’llanilishi  mumkin.  Surishtiruvchi,  tergovchi,  sud  dalillarni 



mustahkamlashning 

bu 


usullarini 

qo’llanishga 

ko’maklashish 

uchun 


mutaxassislarni jalb etishi mumkin. 

Tergov  harakatlari  natijasida  olingan  ovoz  yozish,  videoyozuv,  kinotasvir, 

fotosuratga  tushirish  materiallariga  bayonnomalar  bilan  bir  qatorda  teng  daliliy 

ahamiyatning  berilishi,  hamda  bayonnomalarda  videoyozuvga  tushirishning 

qo’llanishiga  asoslanib  bu  harakatlarning  mazmunini  qisqa  bayon  qilish  imkoni 

qaysidir darajada bayonnomalar sifatining oshishi uchun sabab bo’lishi mumkin.  

Tergov  amaliyoti  tadqiqoti  shuni  ko’rsatadiki  texnik  vositalar  qo’llash 

natijasi(maxsullari)  har  doim  ham  ko’rgazmali  yoki  ikkilamchi  ahamiyat  kasb 

etavermaydi  (bayonnomaga  ilova  singari).  Qator  hollarda  ularning  o’zi  ham 

mustaqil  daliliy  ahamiyatga  ega  bo’lishi  mumkin.  Amaliyotda  tergovchilarning 

ko’pchiligi  bayonnomalardagi  informatsion  bo’shliqni  to’ldirish  uchun  har  doim 

texnik  vositalarni  qo’llash  maxsullaridan dalilning  manbasi  sifatida  foydalanishadi. 

SHuningdek,  texnika  vositalari  ba`zida  dalillarni  qayd  etish  protsessida  asosiy 

vazifalarni  bajaradi.  Masalan,  bayonnomada  qayd  etish  imkoniyati  bo’lmagan 

ma`lumotlarni:  devordagi  yozuvlar,  so’zlashuv  nutqining  xususiyatlari,  yurish, 

qadam tashlashlardagi o’ziga xos belgilar va boshqalarni qayd etishda. 

 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling