Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti organik kimyo


Download 0.53 Mb.
bet24/38
Sana27.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1728456
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
Bog'liq
portal.guldu.uz-ORGANIK KIMYO FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOTLAR

A M A L I Y I SH № 4

TAJRIBA №1

Kerakli asboblar: Shtativ, probirkalar, havo sovutgichlari, gaz chiqarish nayi.
Reaktivlar: Benzoy kislotasi, natronli ohak, konsentrlangan nitrat kislota, konsentrlangan sulfat kislota.

BENZOLNING OLINISHI VA XOSSALARI

Havonchada yaxshilab maydalangan va aralashtirilgan 1 og‘irlik qism benzoy kislotasi va 2 og‘irlik qism natronli ohakni reaksion probirkaga solib og‘zini gaz chiqarish nayi o‘rnatilgan tiqin bilan berkitib shtativga qiya holda o‘rnatamiz. Gaz chiqarish nayini ikkinchi uchini 1 og‘irlik qism konsentrlangan nitrat kislota va 2 og‘irlik qism konsentrlangan sulfat kislota solingan probirkaga tushiramiz. Reaksion probirkani avval asta qiziguncha, keyin reaksion aralashma qorayguncha qattiq qizdiriladi. Ajralayotgan benzol bug‘lari gaz chiqarish nayi orqali yig‘gich probirkadagi nitrolovchi aralashmadan o‘tadi va reaksiyaga kirishib achchiq bodom hidli og‘ir moysimon sarg‘ish nitrobenzol tomchilarini hosil qiladi.


Benzol hosil bo‘lganligini aniqlashning usullaridan biri uni nitrolashdir. Bunda achchiq bodom hidli sarg‘ish moysimon suv bilan yaxshi aralashmaydigan nitrobenzol hosil bo‘ladi.
Benzolni hosil bo‘lishini va nitrolanish reaksiyasi tenglamalarini yozing.


TAJRIBA № 2
AROMATIK UGLEVODORODLARNING OKSIDLANISHI

Aromatik uglevodorodlardan ikkita probirkaga, biriga 1 ml benzol, 0,5 ml kaliy permanganatning 1 %-li eritmasidan va 2,3 tomchi sulfat kislotasining 2 n eritmasidan, ikkinchi probirkaga esa 3 ml toulol, 2 ml kaliy permanganatning 1 %-li eritmasidan va 3-4 tomchi sulfat kislotaning 2 n eritmasidan solamiz. Aralashmalarni qattiq chayqatamiz. O‘zgarish kuzatilmaydi. Ularni qaynab turgan suv hammomida vaqti-vaqti bilan chayqatib turib qizdiramiz.


Benzol solingan probirkada kaliy permanganatning pushti rangi xona haroratida chayqatilganda ham, qizdirilganda ham o‘zgarmaydi.
Toluol solingan probirkada qizdirilganda pushti rang yo‘qoladi. Yon zanjirning oksidlanishi hisobiga benzoy kislotasi hosil bo‘ladi. Aralashma muzli suvda sovutilsa benzoy kislotasi cho‘kmaga tushadi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling