Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti organik kimyo
TAJRIBA № 3 AROMATIK UGLEVODORODLARNI SULFOLASH
Download 0.53 Mb.
|
portal.guldu.uz-ORGANIK KIMYO FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOTLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAJRIBA № 4 BENZOLNING NITROLANISHI
- TAJRIBA № 5 TOLUOLNING NITROLLANIShI
- NAZORAT SAVOLLARI
- Tayanch iboralar.
TAJRIBA № 3
AROMATIK UGLEVODORODLARNI SULFOLASH Uchta probirkaga 1 ml dan ayrim-ayrim benzol, toulol, ksilol solinadi va har birining ustiga 4 ml dan konsentrlangan sulfat kislotadan quyiladi. Probirkalarni vertikal holda o‘rnatib, trubkali probkalar bilan berkitib, qaynab turgan suv hammomiga tez-tez chayqatib turib ushlab turiladi. Ayrimlarida uglevodorodlar eriydi. Hosil bo‘lgan reaksiya maxsulotiga qarab, bu uglevodorodlarning oson sulfolanishini tushuntirib bering. TAJRIBA № 4 BENZOLNING NITROLANISHI Quruq probirkaga 2 ml konsentrlangan sulfat kislota va 1,5 ml konsentrlangan nitrat kislota solib aralashtiriladi. Qizib ketgan nitrolovchi aralashma oqib turgan suv ostida sovutiladi va unga tomchilatib 1 ml benzol qo‘shish va chayqatish jarayonida aralashma qizib ketsa, probirkani suvga botirib yoki oqib turgan suv ostida sovitish kerak. Reaksiya tugagach, aralashma 10 ml suvli stakanga quyiladi, chayqatiladi va tindiriladi. Bunda achchiq bodom hidli nitrobenzol och sariq tusli, moyga o‘xshash tomchilar tarzida ajralib chiqadi. Konsentrlangan sulfat kislota suvning ajralib chiqishini osonlashtiradi va uni bog‘laydi. Bu bilan u nitrat kislotaning suyulishiga yo‘l qo‘ymaydi. TAJRIBA № 5 TOLUOLNING NITROLLANIShI Toluolni nitrolash xuddi benzolni nitrolash kabi olib boriladi. Toluolni nitrolash reaksiyasining asosiy mahsulotlari o-nitrotoluol bilan p-nitrotoluollar aralashmasidir. Benzol gomologlari benzolga nisbatan oson nitrolanadi. Benzol gomologlarida yon zanjirlarning soni qancha ko‘p bo‘lsa, u nitrolanish reaksiyasiga shunchalik oson kirishadi. NAZORAT SAVOLLARI 1.Benzolning tuzilishi asosoda aromatiklik xossalarini tushuntiring. 2.Aromatiklik qoidasini ta’riflang. Qanday birikmalar aromatik birikmalar qatoriga kiritiladi. 3.Quyidagi moddalarning formulalarini yozing va nomlang: 1) toluol, 2) etilbenzol, 3) etenilbenzol, 4) vinilbenzol. 4.Benzol quyidagi usullar bilan sintezlanadi: 1) Benzoy kislotasidan ishqorlar ta’sirida: 2) Asetilendan N.Zelinskiy reaksiyasi bilan: 3) geksanni degidrosiklizasiyalash yo‘li bilan: 4) siklogeksanni aromatizasiyalab (degidrogenlab). Reaksiya tenglamalarini yozing va sharoitini ko‘rsating. 5. Benzol gomologlari quyidagi usullar bilan olinadi: 1) Benzolni alkillab (Fridel-Krafts reaksiyasi); 2) Aril va alkilgalogenidlarga natriy ta’sir ettirib, (Vyurs-Fittig reaksiyasi); 3) Asetilen gomologlarini siklotrimerlab. Reaksiya tenglamasini yozing va sharoitini ko‘rsating. 6. Benzolning kimyoviy xossalarini ifodalaydigan reaksiyalarga misollar keltiring. 7. Benzol va toluolning oksidlanish reaksiyalari tenglamalarini yozing va sharoitini ko‘rsating. 8.Benzol xalqasida yo‘naltirish qoidasini ta’riflang. 9.Quyidagi birikmalar: etilbenzol, fenol, benzoy kislota, salisil kislotaning stuktura formulalarini yozib, ular molekulasidagi funksional guruhlarning qaysi tur o‘rinbosarlariga kirishini ko‘rsating. 10.Quyidagi birikmalar orasidagi o‘zaro ta’sir reaksiyalarining tenglamalarini orientasiya qoidasiga muvofiq yozing. 1) Toluol + brom = 2) Etanol + suyultirilgan nitrat kislota = 3) Anilin + sulfat kislota = 4) m-krezol + nitrat kislota = 11. Benzolni sulfolanish reaksiyasini yozing. Elektrofil almashinish reaksiyasini tushuntiring. Uglevodorodlarning galoid hosilalari Uglevodorodlarning galoid xosilalari. Ularning hosil bo`lishi: Uglevodorodlarning galoidlash, gidroksilning galoidlarga almashinishi, galoidlarning va galoid vadarodlarning birikish reaksiyalari. Xossalari galoidning gidroksil va amino gruppaga almashinish. Reja: Tabiatda uchrashi, gamalogik qatori, nomlanishi va izomeriyasi. 2. Olinish usullari. 3. Fizikaviy hossalari. 4. Kimyoviy hossalari. 5. Ishlatilish sohasi. 6. Amaliy ish. Tayanch iboralar. Galogen, nukleofil, radikal, galogenlash, xloroform, yodoform. To‘yingan uglevodorod molekulasidagi bir yoki bir necha vodorod atomlarining galogen atomlariga almashinishidan hosil bo‘lgan birikmalar to‘yingan galogenli hosilalar deyiladi. Ularning umumiy formulasi: . Galogen atomlarining soniga qarab bir, ikki va ko‘p sonli uglerod zanjiridagi joylashishiga qarab birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi bo‘ladi. Masalan, Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling