Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 450.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana02.01.2022
Hajmi450.64 Kb.
#192030
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ekosistema va ularning tasnifi

Ekologik  piramidalar.  Ekosistemalarda  oziqa  zanjirlarida  energiyaning  o‘tishi  va  turli 

katta-kichik  organizmlarda  modda  almashinuvi  (metabolizm)  kabi  jarayonlar  o‘z 

navbatida ma‘lum  trofik tuzilishni keltirib chiqaradi. Trofik tuzilish turli ekosistemalarni 

(dengiz,  daryo,  o‘rmon,  o‘tloqzor,  hovuz,  shox)  xarakterlaydi.  Trofik  tuzilish  ma‘lum 

maydondagi  hosil  yoki  ma‘lum  vaqtda  aniq  joyda  to‘plangan  va  o‘tadigan  energiya 

mikdori 


bilan 

o‘lchanadi 

va 

ifodalanadi.  



Trofik  tuzilish  va  trofik  funksiyani  grafik  chiziq  bilan  ekolgik  piramida  shaklida  aks 

ettirish  mumkin.  Ekologik  piramidalarni  quyidagi  uchta  tipga  bo‘lish  va  mohiyatini 

aniqlash  mumkin,  ya‘ni:  1)  miqdor  (son)  piramidasi  —  ayrim  organizmlar  sonini  aks 

ettiradi; 2) biomassa piramidasi — tirik moddalarning umumiy quruq massasini, kaloriyasi 

yoki boshqa o‘lchamlarini ifodalaydi; 3) energiya piramidasi — energiya oqimi darajasini 

yoki  keyingi  trofik  halqaning  mahsuldorligini  ko‘rsatadi.  Son  va  biomassa 

piramidalarining  asoslari  ustki bir necha  zinalarda kichik ham  bo‘lishi  mumkin.  Bunday 

holat  o‘rtadagi  produsentlar  o‘lchami  konsumentlar  o‘lchamidan  kichik  bo‘lgan  holda 

yuzaga 

keladi.  

          Son  piramidasi  ekolog  Ch.  Elton  ta‘rificha,  turli  ekosistemalarda  produsentlarning 

katta (eman  daraxti) va kichikligi  (fitoplankton)  turlicha farqlanadi. Masalan, har qanday 

ekosistemada mayda hayvonlar soni kattalardan ko‘p bo‘ladi va tez ko‘payadi, ikkinchidan 

har bir yirtqich uchun o‘ljaning katta-kichikligi yoki pastki va yuqori o‘lchami bo‘lib, ular 

bilan yirtqich oziklanadi. Masalan, bir sherning hayot faoliyatining o‘tishi uchun yiliga 50 

ta  zebra  kerak.  Bir  juft  dengiz  sherining  yashashi  uchun  pingvinlar  tuxumi  va  50—100 

pingvinchalar kerak, Folklend orollarida zag‘izg‘on qushi (Halmatopus quoyi) qoyalardan 

qorinoyokli mollyuskalarning o‘rtacha kattaligini topib ovqatlanadi, kattaligi 45 mm  dan 

ortgan 

mollyuskalar 

qushdan 

qutilib 


qoladi.  

          Biomassa piramidasi ham ekosistema tuzilishini aks ettiradi va har bir trofik halqaga 

ma‘lum  organizmlar  to‘g‘ri  keladi.  Suv  ekosistemalarida  fitoplanktonning  biomassasi 

zooplanktonnikidan  kam  bo‘lsa  ham,  suvo‘tlar  biomassasi  tez  tiklanib  boradi.  Bu  ikki 

trofik 

daraja 


tubandagicha 

nisbatga 

egadir:                                                                                                

          Bu yerda nisbatlar 0,4 dan 9,9 ga teng, zooplankton biomassasi ko‘p, lekin, shimoliy 




17 

 

kengliklarda  zooplanktonning  fitoplanktonga  nisbati  qishda  1,  yozda  esa  1/25  ga 



o‘zgarishi  mumkin.  Biomassa  piramidasi  vaqt  va  joy  bo‘yicha  o‘zgarib  turadi. 

          Suv  havzalarida  ham  ekologik  piramidalar  qonuni  kuzatiladi,  ya‘ni  ayrim  suv 

havzalarida  produsentlarning  umumiy  mahsuloti  fitofaglardan  ko‘p,  lekin  yirtqichlar 

ulushi  kam.  Eng  yuqori  mahsuldorlik  fito  va  bakteroplankton  tomonidan  hosil  bo‘ladi. 

Bentosda  hosil  bo‘ladigan  biomassa  asosan  katta  mollyuskalar  tomonidan  yuzaga  keladi 

va shu biomassa plankton biomassasidan ikki barobar ko‘pdir. Yirtqich bo‘lmagan baliutr 

mahsuloti  suv  havzasida  hosil  bo‘lgan  birlamchi  mahsulotning  0,5%  ini  hosil  qiladi. 

Demak, suv ekosistemasidagi energiya oqimida balig‘ushr juda ham past o‘rinni egallaydi  

          Ekosistemalarda  hosil  bo‘ladigan  fitofaglar  mahsuloti  produsentlarnikidan  doim 

kam  bo‘ladi.  Buning  asosiy  sabablari  quyidagilardir,  ya‘ni:  1)  o‘simliklarning  hamma 

biomassasi  yeyilmaydi,  ularning  bir  qismi  quriydi,  chiriydi  va  redusentlar  faoliyatini 

ta‘minlaydi;  2)  fitofaglar  tomonidan  o‘zlashtirilgan  o‘simliklarning  hamma  biomassasi 

hazm  bo‘lmaydi,  assimilyasiya  qilinmaydi  va  konsumentlar  biomassasini  hosil  qilishda 

qatnashmaydi.  Fitomassaning  bir  qismi  yo‘qoladi,  hazm  bo‘lmay  muhitga  chiqadi, 

redusentlar uchun manba bo‘ladi; 3) fitofaglar qabul qilgan, assimilyasiya qilgan energiya 

biomassaga  aylanmaydp.  Uning  bir  qismi  nafas  olish,  harakat  qilish  kabi  jarayonlarda 

issiqlik 

sifatida 

yo‘qoladi.  

          Har bir trofik darajada doimiy va turlicha funksiya qiladigan halqalar bor. O‘simlik 

—  umurtqasiz  yoki  umurtqali  fitofaglarda  trofik  darajalarni  o‘tib,  oxiri  o‘lik  orgaiik 

moddaga  aylanib,  redusentlarga  energiya  beradi.  Energiya  konsumentlar  va  redusentlar 

sistemasida harakat qilishidan oldin tirik organizmga (konsumentga) o‘tadi, oxirida o‘lik 

organik  modda  holida  redusent  organizmlar  faoliyati  —  modda  almashinish  jarayoniga 

tushib, 

ekosistemaga 

mineral 

va 


orgapik 

moddalar 

holida 

qaytadi.  

          Fitofaglarni  o‘rtacha  o‘zlashtirish  mohiyati  o‘rmonlarda  5%,  dashtlarda  25%, 

fitoplankton ko‘p suvlarda 50% ni tashkil qiladi. Umurtqali yirtqichlar mahsulotning 50—

100%  ini,  umurtqasizlar  oziqaninghammasi  bo‘lib  5%  ini  o‘zlashtiradi.  Yirtqich 

umurtqasizlar 

mahsulotning 

25% 


ini 

o‘zlashtiradi 

          Ma‘lumki,  o‘lik  organik  moddalar  zamburug‘lar  va  bakteriyalar  tomonidan  hazm 

qilingandan keyin hosil bo‘lgan moddaning «assimilyasiya effekti» 100% ni tashkil qiladi. 

Umuman,  olganda  fi-tofag,  detritofag  va  mikroorganizmlarning  —  o‘zlashtiruvchilarni 

assimilyasiya  effekti  20—50%,  yirtqichlarniki  80%  gacha  boradi.  Katta  hayvonlar  o‘lik 

organik moddalarpi qayta ishlashga, o‘zlashtirishga moslashgan emas. Katta hayvoplarda 

yigilgam  assimilyasion  energiyaning  1—2%  i  tanani  ushlab  turishga  ketadi.  Toza 

birlamchi mahsulotning (100 J • m2) 29% konsumentlar sistemasi-da o‘zlashtirilib, o‘zlari 

hammasi  bo‘lib  2%  ikkilamchi  mahsulot  beradi.  Har  bir  100  J  •  m2  toza  birlamchi 

mahsulotning  55  J  miq-dori  redusentlar  mahsulotiga,  1  J  dan  ozrog‘i  konsumentlar 

mahsulotiga o‘tadi.  




18 

 


Download 450.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling