Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti


Ekosistemadagi  o’zgarishlar.  Suksessiya


Download 450.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana02.01.2022
Hajmi450.64 Kb.
#192030
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ekosistema va ularning tasnifi

        Ekosistemadagi  o’zgarishlar.  Suksessiya.    Har  qanday  biotsenoz  o‘zgaruvchan 

bo‘lib, undagi barcha  tarkibiy  qismlarning  hayot  faoliyatida  va  populyatsiyalar  nisbatida 

Har  doim  o‘zgarishlar  sodir  bo‘lib  turadi.  Tabiiy  jamoalardagi  o‘zgarishlar  turli-tuman 

bo‘lib, ularni ikki asosiy guruhga ajratish  mumkin: davriy va yo‘naltirilgan o‘zgarishlar. 

Davriy  o‘zgarishlar  tashqi  sharoitning  sutkalik,  mavsumiy  va  yillar  davomida  davriy 

o‘zgarishini  hamda  organizmlarda  endogen  ritmlarning  yuzaga  chiqishini  aks  ettiradi. 

          Biotsenozda  kun  va  tun  o‘rtasida  harorat,  namlik  va  boshqa  omillarning  farqi 

qanchalik  kuchli  ifodalansa  sutkalik  o‘zgarishlar  ham  shuncha  kuchli  ifodalanadi.  Sutka 

davomida  organizmlarning  hayot  faoliyati  sezilarli  darajada  o‘zgarib  turadi. 

          Biotsenozning  mavsumiy  o‘zgarishida  nafaqat  organizmlarning  holati  va  faolligi 

balki turlarning nisbatlari ham o‘zgaradi. Yilning ma‘lum vaqtlarida ko‘pchilik turlar tinch 

davriga  o‘tish  bilan  jamoa  hayotidan  chiqib  turadi.  Mavsumlar  davomida  biotsenoz 

pog‘onalarida  ham  sezilarli  o‘zgarishlar  kuzatiladi.  Ba‘zi  mavsumlarda  utchil 

o‘simliklardan  iborat  pog‘onalar  yo‘qolib  ketadi.  Mavsumiy  o‘zgarishlar  ayniqsa 

kontenental 

iqlim 


sharoitida 

yaxshi 


ifodalangan 

bo‘ladi. 

          Har  qanday  biotsenozda  yillar  davomida  ham  o‘zgarishlar  bo‘lib  turadi.  Bu 

o‘zgarishlar  meteorologik  sharoitning  turli  yillarida  turlicha  bo‘lishi  bilan  bog‘liq.  

          Biotsenozdagi yo‘naltirilgan o‘zgarishlar oxir oqibatda bir biotsenozning ikkinchisi 



20 

 

bilan  almashinishiga  olib  keladi.  Jamoalardagi  bunday  almashinishga  uzoq  vaqt  ma‘lum 



yo‘nalishda ta‘sir qiluvchi omillar sabab bo‘ladi. Bunday omillar botqoqlarning kuritilishi, 

suv  xavzalarining  ifloslanishi,  mollarni  ko‘plab  bokish,  axoli  tomonidan  joyning  ko‘p 

toptalishi va h.o. bo‘lishi mumkin. Bunday ta‘sirlar natijasida bir biotsenozning ikkinchisi 

bilan  almashinishi  ekzogenetik  almashinuvi  deyiladi.  Agar  omilning  ta‘siri  jamoa 

tuzilmasini  soddalashuviga,  tur  tarkibining  kambag‘allashuviga,  maxsuldorlikning  

pasayishiga  olib  kelsa  bunday  ekzogenetik  almashish  digression  almashinish  deyiladi.  

          Jamoaning ichida sodir bo‘ladigan jarayonlar ta‘sirida sodir bo‘ladigan almashinish 

endogenetik  almashinish  deyiladi.  Tirik  organizmlarning  o‘zaro  va  tashqi  abiotik  muhit 

bilan o‘zaro ta‘siri natijasida yuzaga keladigan almashinish jarayoni suksissiya deb ataladi. 

Suksissiya  jamoalarining  o‘z-o‘zidan  rivojlanish  jarayonidir.  Suksissiyalar  asosida 

biologik  modda  aylanishining  to‘liqsizligi  yotadi.  Har  bir  organizm  o‘z  hayot  faoliyati 

natijasida, tashqi muhitdan modda qabul qilib va hayot maxsulotlarini tashqariga chiqarib, 

muhitni  o‘zgartiradi.  Uzoq  vaqt  mavjud  bo‘lgan  holatlarda   populyatsiyalar  muhitini 

o‘zlariga noqulay bo‘lgan tomonga o‘zgartiradi va natijada bu muhit qulay bo‘lgan boshqa 

populyatsiyalar  ularni  siqib  kuyadi.  Buning  natijasida  jamoada  ustun  turlarning 

almashinishi  sodir  bo‘ladi.  Biotsenozning  uzoq  yashashi  shu  paytda  mumkin  bo‘ladiki, 

kachonki bir organizmlar hayot faoliyati natijasida muhitda yuzaga keladigan o‘zgarishlar 

ikkinchi 

organizmlar 

tomonidan 

tug‘irlanib 

borilsa.  

          Tabiatda  suksessiyalarning  o‘lchami  turli  darajada  bo‘ladi.  Xatto  eng  barqaror 

ekosistemalarda  ham  ko‘p  mahalliy,  ya‘ni  ekosistemaning  ma‘lum  qismlarida  ko‘p 

miqdorda  suksessiyalar  yuzaga  kelib  turadi.  Bu  suksessiyalar  ekosistemaning  murakkab 

tuzilishini 

ta‘minlab 

turadi.  

Suksessiyali  

almashinuvning 

ikki 

asosiy 


tipi 

farq 


qilinadi. 

          1) 

ham 

aftotrof 



ham 

geterotrof 

organizmlar 

ishtirokidagi 

suksissiya; 

          2) 

Faqat 

geterotrof 



organizmlar 

ishtirokidagi 

suksessiya.  

          Ikkinchi  tip  suksessiya  organik  moddalar  zaxirasi  oldindan  to‘plangan  yoki  doimo 

kelib  turadigan  sharoitlardagina  yuzaga  chiqishi  mumkin.  Masalan,  organik  moddalar 

bilan  kuchli  ifloslangan  suv  xavzalarida,  chiriyotgan  o‘simlik  qoldiqlari  to‘plangan 

joylarda 

va 


h.o.  

          O‘simlik  qoplami  almashinishi  bilan  bog‘liq  suksessiyalar  birlamchi  va  ikkilamchi 

bo‘lishi  mumkin.  Birlamchi  suksessiyalar  hayot  xali  yo‘q  joylarda  boshlanadi.  Masalan, 

koyalarda,  jarliklarda,  kumliklarda  va  h.o.  Bunday  maydonlarda  dastlab  lishayniklar  va 

moxlar paydo bo‘ladi, keyin turli mayda hayvonlar to‘planadi. Tuproq yuzaga kelib yuqori 

o‘simliklar 

uchun 

sharoit 


yaratiladi.  

          Ikkilamchi  suksessiyalar  tiklanishga  qaratilgan  almashinuv  bo‘lib,  jamoada 

urnatilgan munosabatlar buzilgan vaqtda yuzaga keladi. Tiklanishga qaratilgan ikkilamchi 

suksessiyalar  birlamchi  suksessiyalarga  nisbatan  tezrok  sodir  bo‘ladi,  chunki  ikkilamchi 

suksessiyalar  sodir  bo‘ladigan  yashash  muhitida  tuproq,  tirik  organizmlar  va  ular 



21 

 

o‘rtasidagi 



aloqalar 

mavjud 


bo‘ladi. 

          Suksessiya 

jarayoni 

bir 


necha 

bosqichlardan 

iborat 

bo‘ladi: 

          1. 

Hayot 


bilan 

band 


bo‘lmagan 

joyning 


yuzaga 

kelishi. 

          2. 

Bu 


yerga 

organizmlarning 

ko‘chib 

o‘tishi. 

          3. 

Bu 


organizmlarning 

shu 


yerda 

yashab 


ketishi. 

          4. Turlar o‘rtasida raqobatning yuzaga kelishi va ayrim turlarning siqib chiqarilishi. 

          5.  Tirik  organizmlar  tomonidan  yashash  muhitining  o‘zgartirilishi,  asta-sekinlik  

bilan 


sharoitning 

va 


munosabatlarning 

barqarorlashuvi. 

          Har  qanday  suksessiyada  yuzaga  chiqadigan  o‘zgarishlarning  jadalligi  vaqt  o‘tishi 

bilan  pasayib  boradi.  Oxir  oqibatda  ekosistema  nisbatan  barqaror  bosqichga  o‘tadi. 

Ekosistemaning  bunday  barqaror  holati   klimaks  holati  deyiladi.  Klimaks  xalatidagi 

ekosistemalar  uzoq  vaqt  o‘zini  saqlab  turish  qobiliyatiga  ega.  Bunday  qobiliyat 

biotsenozdagi  muvozanatlashgan  modda  aylanishini  ta‘minlaydigan  munosabatlar  orqali 

yuzaga 


chiqadi. 

Suksessiya  davomida  turlarning  xima-xilligi  oshib  boradi.  Bu  biotsenozlardagi 

aloqalarning  murakkablashuviga,  Oziq  zanjirining  turli  tuman  bo‘lishiga,  simbioz 

aloqalarining  kuchayishiga,  ichki  boshqarish  imkoniyatlarining  kuchayishiga  olib  keladi. 

Shu bilan birga  ayrim turlarning katta xajmda ko‘payish extimoli pasayadi va  dominant 

turlarning 

dominantlik 

darajasi 

pasayadi. 

          Ayrim  turlar  sonining  ko‘p  oshib  ketishi  suksessiyaning  boshlangich  bosqichlarida 

kuzatiladi.  Suksessiyaning  dastlabki  bosqichidagi  sistemalarda  kichik  o‘lchamli,  hayoti 

qisqa  va  ko‘payish  imkoniyati  yuqori  bo‘lgan  organizmlar  ustun  bo‘ladi.  Bunday 

organizmlarning  tarqalish  imkoniyatlari  ham  yuqori  bo‘ladi,  ular  raqobatga  chidamsiz 

bo‘ladi.  

          Rivojlanayotgan  jamoalarda  asta  sekin  uzoq  va  murakkab   rivojlanish  sikliga  ega, 

yirik  o‘lchamdagi  organizmlar  paydo   bo‘ladi.  Jamoaning  ekologik  xilma-xilligi  ortadi. 

Natijada jamoa mustakil xolga o‘tadi. Suksessiya jarayonida  biomassa oldiniga tez o‘sadi, 

lekin keyin o‘sish sekinlashib, klimaks davrida biomassa barqarorlashadi. Suksessiyaning 

boshlangich  davrida  organizmlar  kam  bo‘lganligi  uchun  hosil  qilingan  sof  birlamchi 

maxsulotning  kamroq  qismi  geterotroflar  tomonidan  o‘zlashtiriladi.  Shuning  uchun 

biomassaning o‘sishi yuqori bo‘ladi. Yetuk, barqaror ekosistemalarda esa o‘simliklarning  

sof birlamchi maxsuloti deyarli tuligicha oziq zanjiriga tushadi.  Oziq zanjirining uzayishi 

energiyadan 

foydalanish 

samarasini 

oshiradi.  

          Suksessiyaning boshlangich bosqichidagi biotsenozlardan sof maxsulotning ortiqcha 

qismini inson tomonidan ajratib olinishi suksessiya jarayonini susaytiradi, lekin jamoaning 

mavjudligiga zarar yetkazmaydi. Barqaror, klimaks sistemalarda energiyadan foydalanish 

to‘liq  bo‘lgani  uchun  insonning  aralashuvi  qaror  topgan  muvozanatni  buzadi.  Agar 

buzilish  jamoaning  o‘z-o‘zini  tiklash  qobiliyatini  cheklash  darajasidan  past  bo‘lsa, 

tiklovchi  suksessiyalar  yordamida  biotsenoz  dastlabki  holatiga  kaytishi  mumkin.  Bu 




22 

 

qonuniyatdan  o‘rmonlarni  kesishda  foydalaniladi.  Agar  ta‘sir  ko‘chi  bu  imkoniyatni 



cheklab 

qo‘ysa, 


barqaror, 

turlarga 

boy 

biotsenoz 



yemiriladi.  

          Shunday  qilib,  jamoalar  bir  vaqtning  o‘zida  ikki  qarama-qarshi  xususiyatga,  ya‘ni 

yuqori  barqarorlikka  va  zararsiz  olinishi  mumkin  bo‘lgan  sof  maxsulotning  katta 

zaxirasiga ega bo‘lolmaydi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 

 

1.  I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T., ―Sharq‖, 1998. 




23 

 

2.  I.A.Karimov.  O‘zbekiston  buyuk  kelajak  sari.  T.,  ―O‘zbekiston‖, 



1998. 

3.  I.A.Karimov.  O‘zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda.  T.,  ―O‘zbekiston‖, 

1999. 

4.  Shodimetov  Yu.  Ijtimoiy  ekologiyaga  kirish.  I,  II  qism,  T., 



―O‘qituvchi‖1994. 

5.  Otaboyev Sh. Nabiyev M. Inson va biosfera. T., ―O‘qituvchi‖1995. 

6. Tursunov X.T. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. ―Saodat      

RIA‖, 1997. 

7. To‘xtayev A.S. Ekologiya. T., ―O‘qituvchi‖1998. 

8. Qodirov E.B. va boshqalar. Tabiiy muhitni muhofazalashning ekologik  

asoslari.  T., ―O‘zbekiston‖, 1999. 

9.  Ergashev  A.,  Ergashev  T.    Ekologiya,  biosfera  va  tabiatni  muhofaza 

qilish. T., ―Yangi asr avlodi‖, 2005.  

10. Xolmurodov J.  Ekologiya va qonun. T., ―Adolat‖. 2000. 

 

 

 



 

 

 



 

Download 450.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling