Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti
Download 450.64 Kb. Pdf ko'rish
|
ekosistema va ularning tasnifi
Ekosistemada energiya oqimi. Organizm hayot faoliyatiga sarflanayotgan energiya
ko‘pincha nafas olishiga sarflanayotgan energiya deb ataladi va u o‘sishiga sarflanayotgan energiyadan ko‘p marta yuqori bo‘ladi. Yosh organizmlarda o‘sishiga sarflanayotgan energiya qariroq
organizmlardagiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Demak, oziq sifatidagi energiyaning asosiy qismi hayot faoliyatini tutub turishga sarflanar ekan, energiyaning oziq zanjiridagi bir zevenodan ikkinchisiga o‘tishida ko‘p qismi yo‘qotiladi. Faqat o‘sishga sarflangan energiyagina bir zvenodan ikkichisiga o‘tadi. Oziq zanjirida Har bir zvenoda yo‘qotilgan energiya miqdori taxminan 90% tashkil qiladi. Agar o‘simlik organizmida 1000 joul energiya bo‘lsa, o‘txo‘r hayvon bu o‘simlikni to‘liq yeganda hayvon tanasida 100 joul energiya to‘planadi. Bu hayvonni yirtqich yeganda yirtqich tanasida 10 joul energiya yig‘iladi va bu yirtqich ikkinchi yirtqichga yem bo‘lganda uning tanasiga 1joul energiya o‘tadi. Demak, o‘simlik tomonidan to‘plangan energiya oziq zanjiri bo‘ylab keskin kamayib boradi. Shuning uchun oziq zanjiri faqat 4-5 ta zvenodan iborat bo‘ladi. Ekosistemada energiya aylanishi bilan modda aylanishi bir xil tarzda sodir bo‘lmaydi. Ekosistemaga Har doim yo‘qotilgan energiya o‘rniga yangi energiya oqimi kelib turishi kerak.
Download 450.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling