Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 450.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana02.01.2022
Hajmi450.64 Kb.
#192030
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ekosistema va ularning tasnifi

Reja 

 

1.  Ekosistemalar va ularning tuzilmasi 

2.  Ekosistemada modda va energiya oqimi 

3.  Ekosistemadagi o’zgarishlar 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

        Organizmlar  jamoasi  anorganik  muhit  bilan  chambarchas  bog‘langan.  O‘simliklar 



tanasiga tashqaridan uglerod IV-oksid, suv, kislorod va mineral tuzlar tushib turgandagina 

yashay oladi. Geterotrof organizmlar o‘simliklar hisobiga yashasada, ular ham kislorod va 

suv 

kabi 


anorganik 

moddalarga 

muxtojdir. 

          Har  qanday  muhitda  ham,  agar  anorganik  moddalar  zaxirasi  tiklanib  turmasa,  ular 

tugab  qolishi  mumkin.  Organizmlarning  hayot  faoliyati  uchun  zarur  bo‘lgan  biogen 

elementlarning  atrof  muhitga  qaytarilishi organizmning  hayot faoliyati  jarayonida  (nafas 

olish, ekskresiya) hamda ular ulgandan keyin parchalanishi natijasida yuz beradi. Demak, 

jamoalar  noorganik  muhit  bilan   shunday  sistema  hosil  qiladiki,  bu  sistema  ichida 

organizmlarning  hayot  faoliyati  natijasida  yuzaga  chiqadigan  atomlar  oqimi  davra  hosil 

qilib  aylanib  turadi.  Modda  almashishi  mumkin   bo‘lgan  tirik  organizmlar  bilan  o‘lik 

tabiat  komponentlarining  majmuasi  ekosistema  deb  ataladi.  Bu  so‘zni  ingliz  ekologi 

A.Tensli    1935  yilda  fanga  kiritgan.  A.  Tensli  ekosistemani  tabiatning  asosiy  birligi  deb 

hisoblagan.  Ekosistemada  modda  almashishi  sodir  bo‘lishi  uchun  noorganik 

elementlarning  uzlashtiriladigan  holatdagi  zaxirasi  hamda  organizmlarning  3ta  ekologik 

guruhi: 

Produtsentlar, 

konsumentlar 

va 


redutsentlarning 

bo‘lishi 

shart. 

          Ekosistemadagi  avtotrof  organizmlar  Produtsentlarni  tashkil  qiladi  va  ular  uz 

tanalarini  anorganik  birikmalar  hisobiga  quradilar.  Konsumentlar-geterotof  organizmlar 

bo‘lib, Produtsentlarning yoki boshqa konsumentlarning organik moddasini istemol qiladi 

va uni yangi shaklga o‘tkazadi.  Redutsentlar o‘lik qoldiqlar hisobiga yashaydi va organik 

birkmalarni  anorganik  birkmalar  holatiga o‘tkazadi.  Organizmlarning  bunday  guruhlarga 

ajratish  nisbiydir.  Chunki  Produtsentlar  va  konsumentlar  qisman  redutsentlar  vazifasini 

ham 


bajaradi, 

tashqi 


muhitga 

anargonik 

birkmalar 

ham 


ajratadi. 

          Atomlarning doira bo'ylab aylanishi konsumentlarsiz ham amalga oshishi mumkin. 

Lekin  bunday  ekosistemalar  juda  kam.  Masalan,  Faqat  mikroorganizmlardan  iborat 

ekosistemada 

bu 

xodisa 


kuzatiladi. 

          Ekosistemaning  xajmi  juda  turli-tuman.  Daraxt  pustlogidagi  lishayniklar 

to‘plamidan  tortib,  butun  Yer  sharini  alohida  ekosistema  deb  karash  mumkin.  Kichik 

ekosistemalarda ham biogen elementlarning aylanishi ro‘y beradi. Lekin moddalarning va 

organizmlarning ekosistema chegarasidan tashqariga chiqishi sodir bo‘lib turadi. Kattaroq 

ekosistemalarda modda almashishi to‘liqroq amalga oshadi. Lekin eng katta ekosistemalar 

ham 

yopiq 


xoldagi 

modda 


aylanishiga 

ega 


emas. 

          Ekosistema  ta‘limoti  bilan  bir  qatorda  Biogeotsenoz  ta‘limoti  ham  mavjud. 

"Biogeotsenoz"  tushunchasi  N.V.Sukachev  tomonidan  fanga  kiritilgan.  Ekosistema  va 

Biogeotsenoz  tushunchalar  bir-birga  yaqin.  Lekin  ekosistema  modda  aylanishi  ro‘y 

beradigan  sistema  deb  qaralsa,  Biogeotsenoz  ma‘lum  o‘simliklar  bilan  qoplangan 

maydonlarga nisbatan qo‘llaniladigan tushunchadir.  




 

       Ekosistema  (yunoncha  oykos  —  yashash  joyi,  sistema  —  uyush-ma)  moddalar, 



energiya  va  informatsiya  oqimlari  orqali  o'zaro  bog'langan  har  xil  turga  mansub 

organizmlar  va  muhit  yig'indi-sidir.  Ekosistema  tushunchasi  fanga  1935-yilda  A.  Tensli 

tomonidan  kiritilgan.  Ekosistema  va  biogeotsenoz  tushunchalari  ko'pincha  bir  ma'noda 

ishlatilsa  ham  bu  tushunchalar  sinonimlar  emas.  Ekosistemalar  o'z  o'lchamlari  va 

murakkabligi jihatidan xilma-xildir. Biogeotsenozlar ma'lum, aniq chegaraga ega, ekosis-

temalarning  aniq  chegarasini  ajratish  qiyin.  Bir  tomchi  suv  o'zida-gi  mikroblari  bilan, 

chiriyotgan to'nka o'zidagi mikroorganizmlari, zamburug'lari, mayda umurtqali hayvonlari 

bilan  kichik  ekosistemalarga  misol  bo'la  oladi.  Eng  katta  ekosistema  biosferadir. 

Ekosistema tarkibiga bir necha biogeotsenozlar kirishi mumkin.Shunday qilib, ekosistema 

biotsenozga  nisbatan  keng  ma'noda-gi  tushunchadir.  Har  qanday  biogeotsenoz 

ekosistemadir,  lekin  har  qanday  ekosistemani  biogeotsenoz  deb  bo'lmayd  Ekosistemalar 

tabiiy va sun'iy bo'ladi.  

         Tabiiy  ekosistemalarga  hovuzlar, dengizlar, o'tloqlar, chakalakzorlar, o'rmonlar  va 

boshqalarni  misol  qilib  keltirish  mumkin.O'ziga  xos  o'simliklar  dunyosi  va  landshaftiga 

ega  bo'lgan  bio-geotsenozlar  geografik  zonallik  bilan  ham  chambarchas  bog'liq  bo'ladi. 

Geografik  zonallik  natijasida  biomlar  deb  ataluvchi  yirik  regional  ekosistemalar  yoki 

biosistemalar hosil bo'ladi. Bunday biomlarga tundra, tayga, o'rmon, cho'l, dasht va tropik 

o'rmonlar misol bo'ladi. 

    Chuchuk suv havzasi ekosistemalariga ko'llar, daryo va botqoq-liklar kiradi. Juda katta 

maydonlarni egallovchi bunday ekosistemalar chuchuk suv organizmlarining yashash joyi, 

ichimlik  suvi  manbayi,  sug'oriladigan  yerlar  uchun  suv  rezervi  hisoblanadi.Dengiz 

ekosistemalariga  sathining  70  foizini  egallovchi  ochiq  dengizlardan  tashqari  qirg'oqlar 

bo'yidagi  kontinental  shelf  ham  kiradi.  Bunday  ekosistemalar  hayvon  va  o'simliklarning 

xilma-xil-ligi,  plankton  va  bentosning  (suvda  muallaq  holatda  bo'ladigan,  suv  tubida 

yashaydigan mikroorganizmlar), sodda hayvonlar va tuban suv o'tlari juda ko'p miqdorda 

bo'lishi  bilan  ta'riflanadi.  Kontinental  shelflarda  asosan  sanoat  baliqchigi  rivojlangan. 

Dengiz limanlari — qirg'oq ko'rfazlari va daryolarning quyilish joylari baliqqa va boshqa 

dengiz  organizmlariga juda boy bo'ladi. 

     Markaziy  Osiy  regionining  ekosistemalari.  Bu  regionning  fizik-geografik  sharoiti  va 

landshafti ham juda xilma-xildir. Shimoliy-g'arbiy hududlar tipik cho'l va chala cho'llardan 

iborat  bo'lib,  quruq  issiq  yozi,  juda  sovuq  qishi,  yog'ingarchiligining  kam  bo'lishi  bilan 

ta'riflanadi  (55-rasm).  Biologik  mahsuldorlikning  cheklovchi  omili  namlikning  kamligi 

hisoblanadi.  Yog'ingarchi-likning  yillik  miqdori  200  mm  dan  oshmaydi,  asosan 

yog'ingarchi,-lik  qish  —  bahor  faslida  kuzatiladi.O'simliklar  asosan  bir  yillik 

o'simliklardan iborat. Ular o'z hayot siklini qisqa bahor davridayoq tugatishga ulguradi. Bu 

joy-larda  yantoq  ko'p  o'sadi,  uning  ildizi  15—20  m  chuqurlikdagi  suvlargacha  yetib 




 

boradi, shuningdek, bu yerda saksovul va boshqa cho'l butazor o'simliklari ko'p o'sadi.Yer 



osti  suvlarining  tarkibida  tuzning  miqdori  juda  ortiq  bo'lganligi  uchun  sho'rlangan  yerlar 

ko'p  uchraydi.  Cho'l  hayvon-lari  ham  o'simliklar  kabi  suvsizlikka  yaxshi  moslashgan. 

Cho‘lda  yashovchi  sudralib  yuruvchilar,  mayda  kemiruvchilar  suvsizlikka  fiziologik  va 

etologik  (fe'1-atvori  bilan)  jihatdan  moslashgan.  Buhayvonlar  ichimlik  suviga  unchalik 

muhtoj emas, chunki ular organizmida metabolik suv iste'mol qilingan quruq oziqning par-

chalanishi  natijasida  hosil  bo'ladi,  ularning  siydigi  juda  konsentra-tsiyalashganligi  uchun 

organizmdan suv kam ajraladi. Tuyalar, sayg'oqlar va boshqa ko'p cho'l hayvonlarida uzoq 

vaqt  suvsizlik-ka  chidamlilikni  ta'minlovchi  mexanizmlar  rivojlangan.Cho'llarning 

sug'orilishi,  haroratning  yuqori  va  yorug'likning  yetarli    bo'lishi    serhosil    maydonlarni  

yaratishga    imkon  beradi.Lekin  bunda  suvning  juda  tez  bug'lanishi  natijasida  tuproqning 

sho'rlanishi  cheklovchi  omil  hisoblanadi.  Bu  esa  tuproqning  sho'rini  yuvish  va 

hosildorlikni ta'minlash uchun yana qo'shimcha suv talab qiladi. 

         Tog'  oldi  va  tog'  hududlarida  chala  cho'llar,  quruq  choilar,  to'qaylar,  aralash  va 

archali o'rmonlar, alp o'tloqlari, hamda sovuq tog' cho'llari kabi biomlar uchraydi  Qishloq 

xo'jaligining  jadal  rivojlanishi  sanoat,  tog'  qazilma  sanoatining  rivojlanishi,  archa 

o'rmonlarining  kesilishi  kabi  buzi-lishlarga  sabab  bo'lmoqda.  Natijada,  hozirgi  vaqtda 

o'simlik  va  hayvonlarning  juda  ko'p  turlari  yo'qolib  bormoqda  va  shu  tufayli 

O'zbekistonning  «Qizil  kitob»iga  kiritilgan.Yo'qolib  ketayotgan  turlarni  va  tabiiy 

biotsenozlarni muhofaza qilishning samarali choralaridan biri qo'riqxonalarni ko'paytirish 

va  ularning  maydonini  kengaytirish,  yo'qolib  ketayotgan  turlarni,  sun'iy  o'stiriladigan 

joylarni  yaratish,  ularni  tabiatga  reintroduk-siyalash  (qaytadan  ko'paytirish,      tiklash) 

hisoblanadi. 




Download 450.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling