“O’zini ko’rsatishga intiluvchilar”
O’zini barcha vaziyatlarda odamlar diqqat markazida tutishga intiluvchi odamlar.
Ular doim muvaffaqiyatli ekanligini ko’rsatishga harakat qiladi. O’z
muvaffaqiyatlaridan g’ururlanib yashaydi. Ba’zan o’z manfaatlarini ko’rsatish va
boshqalar diqqatini o’ziga qaratish maqsadida konfliktlarni keltirib chiqaradilar.
“Sharoitga qarab moslasha olmaydiganlar” (Rigid holatdagilar)
Ular o’zini katta tutadilar, o’ziga bino qo’ygan odam bo’ladilar. Birovga
moslashishini o’ziga ep ko’rmaydilar va mag’lubiyat sifatida baholaydilar. O’zgalar
fikriga bepisandlik bilan qaraydilar. Ularning bu xarakteri ko’pchilik holatlarda
boshqalar manfaatlari bilan ma’lum to’qnashuvlarni keltirib chiqaradi. Ular o’zlarini
qo’pol, burovlarga behurmatlik, jizzakilik, ko’pirish asosida tutadilar va buni oddiy
holat deb hisoblaydilar. O’zlarining qo’polligini tan olmaydilar, birovning kichkina
tergov, yoki tanqid so’zini ham juda qattiq e’tiroz bilan qabul qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |