Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogik konfliktologiya
Noto’g’ri. Konfliktlar yechimi bizni zo’ravonlikdan voz kechishga o’rgatadi.
Ammo biz hayotda ko’pchilik hollarda aynan zo’ravonlik asosida ziddiyat yechimini topishga urinish mavjudligini kuzatamiz. Ammo bunday xulosa, ya’ni konflikt albatta zo’ravonlik asosida hal etilishi lozim deb o’ylash, aslida noto’g’ri va zararli qarashdir. Konfliktning muvaffaqiyatli yechimini topaman desangiz, muammoni shaxs va insondan ajraga bilish, alohida ko’ra bilish muhimdir. Konflikt aslida – inson emas. Aslida konflikt bu – muammo. Mazkur muammoni siz bilan to’qnashgan odam emas, balki vaziyat vujudga keltirgan. Konfliktni yechmoqchi bo’lsangiz, insonga, uning shaxsiyatiga emas, balki muammoga hujum qila bilish zarur. Konfliktning kelib chiqishida inson emas, mavjud muammo aybdor. Va konfliktning yechimini topish uchun eng qulay va effektiv vosita zo’ravonlik emas. Zo’ravonlik konfliktni yechimga olib kelmaydi, balki uni chuqurlashtiradi. Zo’ravonlik aslida konflikt yechimini topish va uni hal etish yo’li bo’lmay, balki insonni ezish, kamsitish, qo’rqitish, unga jismoniy zug’um o’tkazish yo’lidir. Zo’ravonlik inson ustidan nohaq hukm chiqarishdir. Inson hayoti ustidan o’tkazilgan har qanday zo’ravonlik dunyoviy davlat qonunchiligida ham, diniy e’tiqod va din tamoyillarida ham qoralanadi. Konflikt doirasida bo’ladimi, konfliktdan ayri holda bo’ladimi, zo’ravonlikning har qanday ko’rinishlarini oqlab bo’lmaydi. Shu bois, odatda har bir konflikt vaziyatda zo’ravonlik qilayotgan inson yoki bir guruh insonlar mavjud bo’ladi, deb o’ylash noto’g’ridir. 9. Konfliktlar yechimining eng muhim xususiyatlaridan biri – kim haq, kim nohaq ekanligini aniqlashdir. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling