Noto’g’ri va stereotip qarash. Konflikt yechimidan maqsad bu to’qnashgan
tomonlarning o’z xohish va irodasiga suyangan holda o’zaro istiqbol, ya’ni kelgusi
hamkorlik nuqtai nazaridan kelishuvidir. Demak, konflikt yechimi – tomonlar
kelishuvi va tinchlikda yashash uchun qilingan qaror va sayi-harakatlar majmuasidan
iboratdir. Konflikt o’choqdagi olovga o’xshaydi, agar olov o’chgan bo’lsa ham,
uchqunlar qolgan bo’lsa, konfliktning qayta olovlanishi hyech gap emas. Demak,
konfliktning to’la yechimi, ya’ni haqiqiy hal bo’lishi uchun har bir tomon ham to’la
qoniqish xissini tuygan, uning yechimidan to’la rozi bo’lgan bo’lishi shart. Agar
konflikt yechimidan qaysi bir tomon qoniqmagan bo’lsa, uning qayta «olovlanishiga»
sabab va imkoniyat doim mavjud bo’ladi.
8. Odatda har bir konflikt vaziyatda zo’ravonlik qilayotgan inson yoki bir guruh
insonlar mavjud bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |