Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogik konfliktologiya
Noto’g’ri. Konflikt ikki tomon manfaatlarining to’qnashuvi bo’lgani uchun, ikki
tomonni qiziqtirgan masalalardan biri – kim haq, kim nohaqligini aniqlash bo’ladi. Chunki konflikt asosida ikki tomonning manfaatlari yotadi. Har bir tomon o’z 13 manfaatlarining tushunilishi, qondirilishi uchun harakat qiladi. Agar, biz haqmiz, degan qarash ustunlik qilsa, demak biz g’olib bo’lamiz, deb o’ylanadi. Bu noto’g’ri va stereotip eskicha qarash. Chunki insonni u yoki bu darajada qamrab olgan har qanday muammo o’zaro barchaga aloqador bo’lib, bu muammoni faqat barcha tomonlarning ishtirokida hal etish mumkin. Sizning nuqtai nazaringiz boshqa bir insonning nuqtai nazaridan o’zgacha bo’lishi mumkin. Sizning bu narsa – to’g’ri, yoki bu narsa – noto’g’ri, degan xulosangiz ham boshqalarning fikriga to’g’ri kelmasligi mumkin. Har bir konfliktda har qaysi tomonning o’z haqiqati, o’z to’g’ri asoslari mavjud bo’ladi. Tomonlar o’z haqiqatini ro’kach qiladi. Shu nuqtai nazardan konfliktda har ikki tomonda ham haqiqat mavjud bo’lishi mumkin. Ya’ni, har ikki tomon ham haq bo’lishi mumkin. Demak, aslida ziddiyatda ―kim haq, kim nohaq ekanligini emas‖, balki ―ikkalamiz uchun umumiy bo’lgan haqiqat nimada‖ - shuni qidirish lozim. Haqiqatni ayri-ayri ikki tomon uchun emas, balki umumiy barcha tomonlar uchun topish va anglash lozim. Demak, konflikt vaziyatda batamom haq bo’lgan, yoki batamom nohak bo’lgan tomon mavjud bo’lmaydi. Shu bois, ziddiyatli vaziyatda haq va nohaq bo’lgan tomonlarni aniqlash mana shu ziddiyatni noto’g’ri hal etish yo’liga kiritib qo’yadi va nizonin hal etishning to’g’ri usuli bo’la olmaydi. Chunki aslida ziddiyatda haq va nohaq tomonlarning o’zi mavjud emas. 10. His-tuyg’ularni jilovlash har qanday konflikt vaziyatni kuchaytirmaslikning eng oson yo’lidir. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling