Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/156
Sana26.11.2021
Hajmi1.13 Mb.
#177677
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   156
Bog'liq
pedagogik konfliktologiya

 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1.  Konfliktli vaziyatda agressiya va zo’ravonlik xaqida tushuncha bering. 
2.  Agressiya va zo’ravonlik  qanday turlari mavjud  
3.  Agressiya va zo’ravonlikni keltirib chiqarishga moyil bo’lgan odamlar 
xarakterini izohlang. 
4.  Agressiyani yengishning qanday usullari mavjud? 
5.  Ayollarga nisbatan oilada qo’llaniladigan qanday zo’ravonliklar bor. 
6.  Konfliktli vaziyatda g’azab va qahrdan o’zini tinchlantirish usullari izohlang.  
 


 
 
115 
III BOB.  JAMOADAGI VA OILAVIY KOHFLIKTLARNING 
PSIXOLOGIK TAHLILI 
 
13-MAVZU:  Jamoadagi konflikt va uni yechimga olib kelish  
 
1. Jamoa vujudga kelishi mumkin bo’lgan konfliktlar 
2. Jamoadagi konfliktni boshqarish tartiblari 
3. Rahbarlar tomonidan jamoa etikasining buzilishi 
 
Konfliktlar turli joylarda sodir bo’lishi mumkin. Mana shunday konfliktlardan biri 
–  siz  ishlayotgan  mehnat  jamoasida  sodir  bo’lishi  mumkin  bo’lgan  konfliktlardir. 
Jamoada  sodir  bo’lishi  mumkin  bo’lgan  konfliktlarning  o’ziga  xos  xususiyatlari 
mavjud bo’ladi. Jamoada sodir bo’ladigan konfliktlar mana shu jamoada ishlayotgan 
barcha hodimlarga o’z ta’siri o’tkazmay qolmaydi.  
Mehnat  jamoasidagi  vujudga  kelishi  mumkin  bo’lgan  konfliktlar  (1)  sizdan 
tashqarida,  ya’ni  ziddiyat  sizning  manfaatlaringizni  o’zida  jam  qilmagan,    yoki  (2) 
unga siz ham tortilgan, ya’ni sizning manfaatlaringiz konflikt orqali buzilayotgan va 
yoki aksincha, sizning manfaatlaringiz yutiyu chiqayotgan,  yoki (3) alohida holda siz 
va sizning hamkasbingiz, siz va sizning rahbaringiz o’rtasida, yoki (4) umuman butun 
jamoa  orasida  vujudga  kelishi  mumkin.  Jamoadagi  konflikt  kim  o’rtasida  sodir 
bo’layotganligiga  qaramay  mana  shu  jamoada  ishlayotgan  hodimlarning  barchasini 
o’z domiga tortib ketadi.  
Siz  jamoada  sodir  bo’lgan  ziddiyatdan  tashqarida  bo’la  olmaysiz.  Agar  siz 
konfliktga  umuman  aralashmasangiz  ham,  sizdan  konfliktga  nisbatan  o’z 
munosabatingizni  oydinlashtirish  so’ralganda,  xohlang-xohlamang  ziddiyatga 
nisbatan  o’z  fikringizni,  o’z  xulosalaringizni  aytishga  majbur  bo’lasiz.  Bu  esa, 
qaysidir masalalarda bir, yoki boshqa tomonning manfaatlarini ustun qo’yishingizga, 
biror  tomonning  yonini  olishingizga  sizni  majbur  etadi.  Agar  siz  maqsadli  ravishda 
jamoadagi  konfliktdan  o’zingizni  olib  qochib,  o’zingizni  betaraf  deb  e’lon 
qilganingizda ham, har kuni o’sha jamoada bo’lganingiz uchun, konfliktning qanday 
rivojlanayotganligi,  tomonlar  o’zini  qanday  tutayotganligi  beixtiyor  kuzatib  borasiz, 
oxir  oqibat  o’zingizni  haqiqatan  ham  ziddiyatdan  tashqaridaman  deb  his  qila 
olmaysiz.  
Jamoada  vujudga  kelgan  har  turli  konfliktlarga  nisbatan  ham  passiv  emas,  faol 
yondoshgan ma’qul. Siz o’zingizni bir tomonning yonini olgan, yoki ikkinchi tomon 
uchun  bo’ysungan  holda  emas,  balqi  avval  o’rganganimizdek,  mana  shu  konflikt 
vaziyatni  vujudga  keltirgan  muammoni  aniqlashga  sayi-harakat  qilib,  butun  jamoa 
diqqatini  shaxslararo  munosabatlarni  taftish  qilishga  emas,  balki  muammoni 
aniqlashga,  uning  yechimini  qidirishga,  tomonlarning  har  birining  manfaatlarini 
o’zaro  yaqinlashtirishga,  har  ikki  tomonni  ham  o’zaro  qoniqtiradigan  yechimni 
qidirishga safarbar etishingiz lozim bo’ladi.  
Masalan,  jamoada  ikki  hodim  o’rtasida  o’zaro  konflikt  vaziyat  vujudga  keldi. 
Bo’lim  muhim  bo’lgan  masala  yuzasidan  yillik  hisobot  tayyorlashi  lozim  edi. 
Hisobotning  tarkibiy  qismlari  turli  hodimlarga  bo’lib  berildi.  Kimdir  hisobot 


 
 
116 
yozishga  mas’uliyat  bilan  yondoshdi,  kimdir  mas’uliyatsizlik  qilib,  kechikib,  o’zi 
tayyorlashi bo’lgan sahifalarni yozib ulgurmadi. Buning natijasida butun bo’lim yillik 
―mukofot‖dan quruq qolishi ehtimoli vujudga keldi.   
Kimdir ―O’zi kim bu landovurni ishga olib kelgan‖, dedi. Boshqa bittasi ―Avval 
so’raylikchi,  oilasida  biror  kor-hol  bo’lgandir‖,  dedi.  Uchinchilar  ―Mana  biz 
kechalari  uxlamay,  qog’ozlarni  uyga  olib  ketib,  xo’jayinlardan  gap  eshitib  bo’lsa 
ham,  yozib  ulgurdik-ku‖,  dedi.  Boshqa  bir  hodim  ―Haydash  kerak  bunaqa 
bezbetlarni, birovlar hisobiga kun ko’radiganlarni. Qutulish kerak ulardan. O’zi ham 
ishlamaydi,  birovlarni  ham  oyog’iga  bolta  uradi‖,  dedi.  Hamma  gapga  chidayotgan 
ishni bajarib kelmagan hodim, ―Kim bezbet? Kimning oyog’iga bolta uribman?!‖ deb 
qarshisida  turgan  odamga  tashlanib  qoldi.  Orada  shovqin-suron  bo’lib  ketdi.  So’z 
bilan urishish mushtlashishga aylanib ketdi. Shovqinga bo’lim boshlig’i kirib qoldi. 
Ikkala  urishgan  hodimni    o’z  xonasiga  taklif  etdi.  Boshliq  xisobotni  muddatida 
qilmagan  odamni  o’zi  ishga  olib  kelgan  edi.  Shu  bois  uni  ko’p  urishmadi. 
Gaplarining oxirida ―Hammaga aytib, tinchlantirib qo’yinglar. Hamma o’z  mukofot 
pulini  oladi‖,  -  dedi.  So’ng,  ―Biz  bir  bo’limdamiz.  O’zaro  janjal  qilmanglar.  Uyat 
bo’ladi. Murosa-yu madora. Qani bir-birlaringizga qo’l berib, yarashib olinglar-chi‖, 
dedi-da ularni qo’yib yubordi. 
Ana endi siz javob bering. Boshliq o’rtadagi nizo va ziddiyatni yechib, muammoni 
hal  qilgan-mi?!  Eng  oson  yo’li,  xuddi  muammo  mavjud  emasdek,  tomonlarga 
―urushmanglar‖,  deyish.  Ammo,  ―urushmanlar‖  deyish  bilan  odamlar  urushmasdan 
qolmaydi-ku...  shu  bois,  jamoada  vujudga  keladigan  konlfiktlarda  ham  o’zini  tutish 
va  konfliktda  bo’lgan  munosabalar  bo’yicha  ma’lum  tartib-qoidalarga  rioya  qilgan 
ma’qul  bo’ladi.    Jamoadagi  konfliktlar  bo’yicha  mutaxassislar  konfliktni 
boshqarishning sakkiz muhim qoidalarini ajratishadi. 

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling