bob. Zamonaviy boshqaruvda menejer etikasining nazariy asoslari. Menejment etikasining shakllanishi va ahamiyati Menejer etikasining qadriyatlar tizimi


Download 65.85 Kb.
bet1/12
Sana07.03.2023
Hajmi65.85 Kb.
#1248021
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
diplom ishi


MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………..
1-BOB.ZAMONAVIY BOSHQARUVDA MENEJER ETIKASINING NAZARIY ASOSLARI.
1.1 Menejment etikasining shakllanishi va ahamiyati

1.2 Menejer etikasining qadriyatlar tizimi

1.3 Rivojlangan mamlakatlarda menejerlar etikasi va tashkilot madaniyati

2-BOB “Fayz Beton Sanoat” Mchj da Menejer etikasining kadrlarga ta’siri va menejer qadriyatlarining korxona uchun unumdorlik va samaradorlikka ta’sirining tahlili.
2.1“FAYZ BETON SANOAT” MCHJ faoliyati tavfsifi va tahlili

2.2“FAYZ BETON SANOAT” MCHJ da Menejer etikasi orqali kadlarga ta’sir o’tkazish qobilyati.
Ikkinchi bo’lim bo’yicha xulosa
3-BOB KORXONANI SAMARALI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI

3.1 Xodimlarni samarali boshqarishda menejer etikasining dunyo mamlakatlari bo’yicha eng maqbul yo’llari.

3.2 Korxonani samarali boshqarishda eng ustuvor usullardan foydalanish
UCHINCHI BOB BO’YICHA XULOSA
XULOSA VA TAKLIFLAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

KIRISH

Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar bozor munosabatlarini shakllantirar ekan tashkilotlarning mavqesini ham tubdan o‘zgartirmoqda. Turli xil mulk, hajmi va faoliyati har xil bo‘lgan korxonalarning mavjud bo‘lishi yangi iqtisodiy, va huquqiy munosabatlar shakllanishiga olib kelmoqda. Bu holat insonlar o‘rtasidagi munosabatlarga ham o‘zini ta‘sirini ko‘rsatmokda, ularning mulkka, olinayotgan natija va uning samaradorligiga bo‘lgan qarashi tubdan o‘zgarib bormoqda. Menejmentning asosiy ob‘ekti xodimlar bo‘lganligi sababli, zamonaviy tashkilotni boshqaruv jarayonida asosiy, e‘tibor xodimlar faoliyati, ularning o‘zaro munosabatlari, manfaatlari, maqsadga intilish yo‘llari muhim o‘rin egallaydi. Respublikamizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish strategiyasini qabul qilinishi aholining, shu jumladan, korxonalar xodimlarining hayotini yaxshilash, yashash va ishlash sharoitini yuqori saviyaga ko‘tarishni asosiy maqsadlardan biri qilib belgiladi. Korxona miqyosida, mulkning shakli va unga bo‘lgan munosabatdan qat‘iy nazar, xodimlar samarali faoliyat ko‘rsatishi va ularning jismoniy va aqliy salohiyatidan to‘laroq foydalanish hamda har bir tashkilot oldiga qo‘ygan maqsadga erishish uchun xodimlarning boshqaruv tizimini oqilona tashkil etish muhimdir. O‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy xo‘jalik tizimiga chambarchas bog‘lanayotganligi va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tayotganligi natijasida xalq xo‘jaligi miqyosida yangi mulk shaklidagi korxonalar, kompaniyalar, firmalar, jamiyatlar shakllanayotganligi munosabati bilan boshqarishning mazmunan yangi turi bo‘lgan menejmentni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident I. A. Karimov ta‘kidlaganidek ― "Bugungi kunning eng muhim vazifasi hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, boshqaruvda, respublika miqyosida, viloyat, shahar, tuman, qishloq va mahallalarni boshqarishda, tarmoq bo‘g‘inlarini idora etishda, yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda ma‘suliyatni o‘z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, iymoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, 4 ularga ishonch bildirishdan iboratdir » 1 degan so‘zlari bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Darhaqiqat, hozirgi kunda yuqori malakali yuksak kasbiy mahoratga ega bo‘lgan boshqaruvchilargina mamlakatimiz taraqqiyotini jahonning eng rivojlangan davlatlari qatoriga iqtisodiy bo‘hronlarsiz olib chiqishi mumkin. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi Harakatlar startegiyasi barcha sohalarni deyarli qamrab olgan bo‘lib, buning natijasida ko‘pgina istiqbolli ishlar amalga oshirilmoqda.Jumladan 2018-yil ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili‖ Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Dastur loyihasi 237 banddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22- dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan Murojatnomasida keltirilgan asosiy g‘oya va takliflar hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini Rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi.Buning natijasida xususiy sektorda mablag‘lardan samarali foydalanilmoqda.Tarmoqlarda yuqori sifatli mahsulotlar tayyorlash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishni ta‘minlashga bo‘lgan qiziqish va intilish ancha kuchli bo‘lib, ishlab chiqarish tufayli imkon qadar ko‘p daromad olish kabi pirovard moliyaviy natijalarga erishilayotganini ta‘kidlash joiz. Shuni yana alohida ta‘kidlab o‘tish joizki, Bu Harakatlar strategiyasi bo‘yicha davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari natijalari tahlili va kelib tushgan takliflar asosida yanada takomillashtirildi. Bularning barchasi bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan xususiy korxonalarning asosiy maqsadidir. Korxonalarni korporativ boshqarish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida aktsiyadorlik jamiyatlarining yangi namunaviy tuzilmasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. BMIning ob’ekti. ―FAYZ BETON SANOAT‖ ma’sulyati cheklangan jamiyati faoliyati va unda xodimlarni boshqarish usullarini qo‘llash holati. BMIning predmeti. Bitiruv malakaviy ishining predmeti zamonaviy boshqaruvda menejerning etikasi hisoblanadi. BMIning maqsadi. Menejer etikasi va qadriyatlari orqali boshqaruv jarayonida kadrlar salohiyatidan foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlarini tadqiq etishdan iborat. BMIning vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni amalga oshirish nazarda tutilgan: -Korxonalarda xodimlarni boshqarish tizimining nazariy jihatlarini o‘rganish ; -Korxonada xodimlarni boshqarish usullarning mazmun-mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish; -Korxonalarda samarali boshqarishda xorij tajribasini o‘rganib chiqish; “Fayz Beton Sanoat” da boshqaruv jarayoni tavsifi hamda uning ijtimoiy vazifalarini o‘rganish; boshqaruv jarayonidagi ishtirokini izohlab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat tahlilini o‘rganish; -Korxonada samarali boshqarishni tashkil qilish va rivojlantirish usullarini o‘rganish. Mavzuning nazariy-amaliy ahamiyati. O‘zbekiston Respublikasi Prizedenti milliy iqtisodiyotni erkinlashtirish bo‘yicha ilgari surgan nazariy qarashlari, ilmiy risolalari, boshqaruv organlari faoliyatiga oid Prizedent farmonlari va qarorlari, shu jumladan, boshqaruv organlarining funksional vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari mavzusi yuzasidan bevosita va bilvosita shug‘ullanayotgan xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning ilmiy – nazariy qarashlari. BMI tarkibining qisqacha tavsifi. Bitiruv malakaviy ishida: kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. BMI matni 70 betni tashkil etib, unda 8ta jadval, 7ta rasm, 3ta diagramma keltirilgan.

1.1
Boshqaruvning shakllanishi va rivojlanishi uzoq davom etib kelayotgan tarixiy jarayon hisoblansa-da, ammo u fan sifatida XIX asming ikkinchi yarmidan XX asrning 5 0-yil lari gacha bo‘lgan shakllanish davrini o‘z ichiga oladi. Boshqarish hozirga kelib inson bilimlarining o‘ziga xos nazariy va amaliy asoslaridan biriga aylandi. U fan sifatida shakllanmasdan ilgari ham odamlar boshqarish faoliyati bilan shug‘ullanganlarvabudavrboshqarishning amaliyot davri deb ataladi. Zero tashkilotlar qay darajada qadimiy bo‘lsa, boshqarish amaliyoti ham shu darajada qadimiydir. Ma’lumki, insonlar guruhlami tashkil etib yashagan davrlardayoq boshqaruvga ehtiyoj bo‘lgan. Hozirgacha saqlanib kelayotgan tarixiy obidalarning yaratilishi turli kasb egalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar rasmiy tarzda shakllanganligi va ular ma’Ium bir maqsad yo‘nalishida boshqarilganligidan dalolat beradi. Qadimda va ayniqsa o‘rta asrlarda shakllangan davlatlar va imperiyalar faoliyati murakkab tashkilotlami boshqarish amaliyotidan darak beradi.


Boshqarish fan sifatida shakllangunga qadar amalga oshirilgan rahbarlik faoliyati asosan quyidagi belgilari bilan ajralib turadi:
- rahbarlar vorislik bo‘yicha tanlangan
- boshqarish rahbarlar tomonidan buyruq va tazyiq o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilgan
-tashkilot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan boshqarish qarorlarini qabul qiluvchi odamlar kam bo‘lgan
- boshqarish faoliyatiga tegishli va tegishli bo‘lmagan ishlar orasida nisbatan aniq chegaralar bo‘lmagan
- rahbarlar tashkilotlardan o‘z shaxsiy manfaatlarini ko‘zlagan holda, ko‘proq boylik orttirish yoki o‘zining siyosiy hukmronligini kuchaytirish maqsadida foydalanganlar.
Demak, o‘tmishda boshqarish faoliyatiga mehnatning alohida bir turi sifatida qaralmagan, mazkur faoliyatning usul va vositalari maxsus ishlab chiqilmagan. Biroq, boshqarish fan sifatida shakllangunga qadar o‘tgan davrlarda ham ushbu jarayonning tub mohiyati va mazmunini tushungan hamda amaliyotda qoMlagan, muvaffaqiyatli rahbarlik qilgan, o‘z tajriba va nuqtai nazarlarini kelajak avlodga meros sifatida qoldirgan buyuk shaxslar boMganki, ular faoliyatini o‘rganish hozirgi zamon boshqarish fanining rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.
Ana shunday sifatlarga ega shaxslardan biri Sohibqiron Amir Temurdir. Ushbu o‘rinda uning «Temur tuzuklari» asari alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u orqali murakkab tashkiliy birikmalarni boshqarishning klassik (chiziqli) tizimini tahlil qilish mumkin. Sohibqironning boshqarish va rahbarlik fazilatlariga doir boy merosi tarixiy adabiyotlarda saqlanib qolgan. Masalan, Sohibqiron «Vazir tutish tuzugi»da quyidagilami vasiyat qilib o‘tgan. Unga ko‘ra vazirlar ushbu to‘rt sifatga ega bo‘lishlari lozim: : birinchisi - toza naslli; ikkinchisi - aql-farosatli; uchinchisi -sipohu raiyat ahvolidan xabardor, ularga nisbatan xushmuomalada bo‘lish; to‘rtinchisi - sabr-toqatli va tinchliksevar. Kimki shu to‘rt sifatga ega bo‘lsa, unday odamni vazirlik martabasiga loyiq kishi deb bilsinlar. Uni vazir yoki maslahatchi etib tayinlasinlar. Mamlakat ishlarini, sipoh va raiyat ixtiyorini unga topshirsinlar. Bunday vazirga to‘rt imtiyoz: ishonch, e’tibor, ixtiyorva iqtidor berilsin.
Sohibqironning fikricha qaysi vazir soflik, to‘g‘rilik bilan vazirlik ishiga kirishib, davlatning moliya, mulkiya ishlarini diyonat, savob bilan, nafsi buzuqlik qilmay, omonatga xiyonat etmay bajarar ekan, unday vazimi eng oliy martabalarga yetkazsinlar. Qaysi vazir buzuqlik qilib, yomonlik bilan mamlakat ishlarini yurgizar ekan, ko‘p o‘tmay unday saltanatdan xayru barakat ko‘tariladi. Dono vazir o‘z o‘rniga qarab, goh qattiqqo‘llik, gohida esa muloyimlik bilan ish yuritadi. Bunday vazir ortiqcha qattiqqo‘llik ham qilmaydi, ko‘p muloyimlik bilan yumshab ham ketmaydi. Agar ko’p muloyimlik qilsa, dunyotalab tamagir odamlar uni yutib yuboradilar.Agar ortiqcha qattiqqo’llik qilsa, undan qochadilar va unga boshqa murojaat qilmaydilar.
Tuzuklarda ta’kidlanishicha, dono vazir shuldirki, saltanat korxonasining ishlarini eng to‘g‘ri chorayu tadbirlar qoMIab, yaxshi anglagan holda amalga oshirib, davlatni tartib-intizomga keltiradi. Saltanat ishlarini sabr-toqat, chidam bilan ado etadi. Saltanat muammolarini o‘z o‘rnida qattiqqo‘llik, o‘z o‘mida muloyimlik bilan hal qiladi. Bu xildagi vazirni davlat sherigi deb bilsinlar, chunki davlatu saltanat uch narsa bilan: mulk, xazina va lashkar bilan tirikdir. Dono vazir bularning har uchalasini tadbirkorlik bilan yaxshi ahvolda, saranjom tutadi. Amir Temur fikriga ko‘ra jami yaxshi xulqiar sohibi boMgan vazir aziyat yetganda ham hech kimga ko‘nglida gina-adovat saqlamaydi. Agar ginayu kek saqlab, dushmanlik qilarkan, bunday vazir munofiqdir. Unday vazirdan ehtiyot bo‘lish kerak, chunki davlat dushmanlari bilan til biriktirib, xazinani va lashkarni xarob qiladi. Aqlli vazir ulki, bir qo‘li bilan raiyatni, ikkinchi qo‘li bilan esa sipohni tutadi. Sergaklik va ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermaydi. To‘g‘rilik va rostlik bilan muomalada bo‘lib, har ishning oqibatini o‘ylab ish tutadi. Davlat foydasini ko‘zlagani uchun, birovga dushmanlik qilishni ko‘ngliga keltirmaydi. Yuqoridagilar hamda «Har bir voli o‘zining qamchisi kabi ahamiyatga ega bo‘lmasa, u to‘ralik mansabiga loyiq emas», «Har qanday odam mening adolat devonimda panoh topgan ekan, gunohi bo‘lsa, u holda gunohiga yarasha jazolansinlar», «Qaysi hokim hukmining ta’siri cho‘p va kaltaklash ta’siridan kamroq bo‘lsa, unday hokim hukumat yurgizishga yaroqsizdir», iboralari Amir Temurning rahbarlik lavozimiga alohida ahamiyat berganligini ko‘rsatadi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, turli xorijiy davlatlar bilan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar o ‘matildi. 0 ‘zbekiston xalqi, uning turli tabaqalari vakillari hozirda jahon bo‘ylab halqaro qoidalar asosida erkin harakat qilish huquqiga ega bo‘ldi. Ayniqsa, korxonalararo, tarmoqlar va majmualararo aloqalar rivoj topmoqda. Respublikamizda ilg‘or texnologiyalarga asoslangan minglab qo‘shma korxonalar barpo qilindi va ular muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Mamlakatda xorijiy investorlarga hamda turli ko‘lamdagi ishbilarmonlar, 63 tadbirkorlarga keng yo‘l va imkoniyatlar yaratib berilgan. Hozirda o‘zbek ishbilarmon doiralari faoliyatida jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi yirik,o‘rtavakichik biznes namoyandalari bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalami yanada rivojlantirish eng dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
«Etika» tushunchasi qadimgi yunon «ethos» (etos) so‘zidan olingan boMib, bizning tariximizda «Ilmi ravish», «Ilmi axloq», «Axloq ilmi», «Odobnoma» singari iboralar bilan atab kelingan. Hozirda ayrim olimlar mazkur iborani «Axloqshunoslik» deb ham atamoqdalar. G ‘arb mamlakatlarida esa ushbu tushuncha «Etika» nomi bilan mashhur. Ushbu bo‘lim xalqaro miqyosda qabul qilingan odob va axloq me’yorlariga bag‘ishlanganligi uchun yuqoridagi tushunchani «etika», «etiket» iboralari bilan nomlashni maqsadga muvofiq deb hisobladik. Ishbilarmonlik etikasi - bu biznesda va ishbilarmonlik aloqalarida belgilab qo‘yilgan xatti-harakatlar tartibi va qoidalaridir. Agarda etiketni belgilab qo‘yilgan xatti-harakatlar qoidasi deb tushunilsa, u umum qabul qilingan usullar yordamida xatolami bartaraf etish yoki oldini olishga yordam beradi. Shuning uchun ishbilarmon kishi etiketini jamiyatda insonlararo munosabatlarni tushunishga ko‘maklashuvchi qonun-qoidalami shakllantirish deb ta’riflash mumkin. Etiket - imidjni shakllantirishdagi muhim vosita yoki qurollardan biri hisoblanadi. Zamonaviy biznesda firmaning tashqi qiyofasi, ya’ni obro‘- e’tiboriga katta ahamiyat beriladi. Etiketga e’tibor bermaydiganlar ko‘p narsani yo‘qotadilar. Etiketga e’tibori kuchli boMganlarda esa unumdorlik yuqori bo‘ladi. Chiroyli xatti-harakatlar va yaxshi muomala qilish har doim foyda keltiradi. 64 >, Etiketga e’tibori kuchli bo‘lganlar bilan hamkorlik qilish anchagina oson bo‘ladi. Bugungi kunda butun dunyoda mazkur masala ish faoliyatining asosiy m e’yoriga aylangan. Chunki etiket o‘zining hayotiyligi tufayli ishbilarmonlik aloqalarini kuchaytiruvchi qulay psixologik muhit yaratadi.

Imij – (ing. imij – qiyofa, tasvir) odamlar ongida muayyan shaxs, tashkilot yoki boshqa ijtimoiy ob’ektga nisbatan yuzaga keluvchi, idrok etilayotgan ob’ekt haqidagi axborotni o’zida mujassamlashtirgan va ijtimoiy xulq-atvorga da’vat etadigan muayyan sintetik obraz. 



Zamonaviy rahbar imijini yaratish – bu uning yuzi, kiyinishi, qalbi, sog’lom fikri, muomala madaniyati, boshqaruvchilik san’atini mukammal egallovchi shaxs, kompetentlik: bilimi, tafakkuri, kasbiy mahorati, farosati, kamtar, xushmuomalali kabi insoniy fazilatlar, go’zallik, axloqiylik, o’git va ibrat, ustoz va shogird an’analariga tayangan holda insonning nufuzini ko’tarish, obro’yini oshirish, hurmatga sazovor bo’lishdir. Vositalari: verbal, kinetik, vizual.
Rahbar imijini taqdim etish – birinchi ta’surot qoldirish. Menkonsepsiyasi, qabul qilish. Vositalari: muloqot o’rnatish, tabassum qilish, qo’l siqib ko’rishish, ismi sharifi bilan chaqirish, vizitkalar bilan almashish, do’stona munosabat o’rnatishda xajviyadan foydalanish, ko’z qarashlarda so’zlarni ifoda etish. Ko’zlar inson qalbining ko’zgusi hisoblanadi. Qat’iy, o’ziga ishonch qarashlar – qat’iyatli imij sanaladi. Atrofdagilarga innovatsiyani olib kirish.
Imijni boshqarish – vaqtdan unumli foydalanish, yozma ish yuritish, qattiq ruhiy holat, hayajonni boshqarish. Vositalari: sog’lom turmush tarzini ta’minlash (uyda, ishda), uy, ishxona, farzand tarbiyasi, xizmat safarlari orasidagi tenglikni saqlash, ong ostida omadni dasturlash (programmalashtirish), his-hayajonni oldini olishda o’z vaqtida muammolarni hal qilish, hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, mehnat unumdorligini oshirish, o’ziga hamda atrofdagilarga real yondashuv, uyishxonada emotsional his-hayajonni bartaraf etishda madaniyatni rivojlantirish, innovatsiyani pozitiv qabul qilish, turli his-hayajonni bartaraf etish monitoringini olib borish, g’oyalar yo’nalishlarini o’zgartirish ya’ni ba’zan biz “ovuntirish” usuli ham deyishimiz mumkin.


Download 65.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling