bob. Zamonaviy boshqaruvda menejer etikasining nazariy asoslari. Menejment etikasining shakllanishi va ahamiyati Menejer etikasining qadriyatlar tizimi


Download 65.85 Kb.
bet5/12
Sana07.03.2023
Hajmi65.85 Kb.
#1248021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
diplom ishi

3) Muloqot qilish tartibi:
boshlang‘ich bosqich (o‘zaro munosabatlar muhitini yaratadi, suhbatdoshning holatini aniqlashga imkon beradi);
asosiy bosqich (muammolami tushuntirish, iltimoslami bildirish);
yordamchi bosqich (muammolar, iltimoslar va shartlami muhokama qilish);
yakuniy bosqich (natijalar, xatti-harakatlar va muddatlami aniqlash);
suhbatni yakunlash (minnatdorchilik bildirish, xayrlashish).
4) Suhbatdan so‘ng:
natijalami yozib olish;
va’da qilingan narsalarni yozib olish;
natijalami baholash.
Shu bilan birga, quyidagilarga e’tibor qarating:
agarda siz yomon eshitayotgan bo'lsangiz, bu suhbatdoshingiz ham sizni yomon eshitmoqda, degani emas;
hamkasbingizga o‘rinsiz gaplar bilan qo‘ng‘iroq qilishadi, deb hisoblamang;
telefon orqali gaplashish qiymati bu - faqat telefon kompaniyasining to‘lovi degani emas.
Restoranda o’zini tutish odobi
Restorandagi xatti-harakatlaringiz ma’lum qoidalarga bo‘ysunishi lozim. Misol uchun, agarda siz ayol kishi bilan restoranga bormoqchi bo‘lsangiz, erkak kishi joy tayyorlaydi. Agarda uchrashuv oldindan belgilangan bo‘lsa, erkak kishi ertaroq kelishi hamda oldindan kiyim yechish joyiga kiyimini yechib, ofisiantdan buyurtma qilingan stol qaerdaligi haqida so‘rashi kerak. Bu harakatlarni ayol kishi kelguncha bajarish lozim. Shundan so‘ng siz ayol kishini kutib olib, kiyimini yechishga yordam berib, uni zalga boshlaysiz. Zalga kirishdan oldin oynaga qarashni unutmang. Oyna oldida, albatta, sochingiz holatiga, kiyimingizga e’tibor berish lozim, hatto erkaklar ham. Sochdagi va kiyimdagi nuqson-kamchiliklar alohida joyda to‘g‘rilanadi. Zalga birinchi bo‘lib erkak kishi kiradi, undan so‘ng ayol. Agarda ayol kishi oldin kirgan bo‘lsa, erkak kishi tezroq yurib, stolni ko‘rsatadi va ayol kishiga stulga o‘tirishida yordam beradi. Eng qulay joylar, odatda, zalga qaragan devor oldi yoki kirish tomonga qaragan zalning o‘rtasi hisoblanadi. Erkak kishi ayol kishi o‘tirgandan so‘ng o‘tiradi. Agarda tanishlaringiz sizni o‘zlari o‘tirgan stolga taklif qilishmasa, ulaming stoliga o‘tirmagan ma’qul. Sizni stolga taklif qilishsa, taklif uchun minnatdorchilik bildirib, boshqa stolga o‘tiring. Agar notanish odamlar yoniga o'tirib qolsangiz, ular bilan tanishish zarur emas. So‘rashib, yoqimli ishtaha tilasangiz kifoya. Menyuni erkak kishi ayol kishiga taklif qiladi yoki o‘qib beradi. Guruh bo‘lib kelsangiz bir kishi o‘qiydi va hamma o‘ziga alohida taom tanlaydi. Ofisiantni baqirib chaqirish, stolga vilka bilan urish, qoshiq yoki pichoq bilan bokalga urib chaqirish, biror narsa deb gapirish odobdan emas. Yaxshisi, ofisiantning yaqinlashishini kutib, imo-ishora orqali u sizga kerakligini bildirganingiz ma’qul. Stolda o‘tirib sochni tarash, qo‘shiq aytish, hushtak chalish mumkin emas, qo‘lingizgatushgan narsani o'ynab o‘tirish yaramaydi. Qo'shni stoldagilar bilan suhbatlashib o‘tirish ham to‘g‘ri kelmaydi. Agarda ularda ishingiz bo‘lsa, qisqa daqiqaga oldiga o'tishingiz mumkin. Yoningizdan tanishlaringiz o‘tib ketayotgan bo‘lsa, o'rningizdan turmasdan salomlashib qo‘ysangiz kifoya. Agarda suhbatga kirishib ketadigan bo'lsangiz, turib gaplashganingiz ma’qul. Restoranda menyudan tashqari boshqa narsa o‘qimang. Agarda siz ayol kishi bilan kelgan bo‘lsangiz va stol katta bo'lsa, ayol kishi o‘ng tomonda o'tiradi, agar kichik stol bo‘lsa ro‘parangizda o‘tiradi. 4. Restoranda o‘zini tutish odobi 70 Katta guruh (kompaniya)larda mehmonlar qiziqishiga hamda yoshiga qarab o‘tirganlari ma’qul. Agarda siz do‘stlaringiz bilan hamroh ayolsiz kelgan boMsangiz, sizdan o‘ng tomonda o ‘tirgan ayollarga e’tibor bering. Raqsga tushayotganda hamma ayollami taklif qilishingiz mumkin. Notanish ayolni raqsga taklif qiladigan bo‘lsangiz, uni ikki martadan ortiq taklif qilmang. Raqs tushayotgan paytda sigaret chekish man etiladi. Gaplashishingiz mumkin, ammo u ham shart emas. Agarda siz raqsga taklif qilmoqchi bo‘lgan ayol hamrohi bilan kelgan bo‘lsa, oldin uning hamrohidan raqsga tushishga ruxsat berishini so‘rashni unutmang. Restorandan ketish taklifini birinchi bo‘lib tashkilotchi bildiradi. Hamma tanovul qilib bo‘lgandan keyin hisob-kitob qilinadi.
Hisob-kitob qilinayotganda quyidagi qoidalarga amal qilinadi: - agarda restoranga borish fikri bitta odamdan chiqqan bo‘lsa, hisobni u to‘laydi;
- erkak kishi taklif qilingan ayol kishiga ham pul to‘laydi, lekin ayol kishi o‘zig ato ‘lashi ham mumkin;
- agarda restoranga borish jam oa fikri bilan tashkil qilingan bo‘lsa, oldindan hamma narsani kelishib olgan m a’qul yoki hamma o ‘z-o‘ziga tolashi mumkin. Hisob-kitob qilingandan so‘ng tortishishga yo‘l qo‘ymang, bu nojo‘ya odat hisoblanadi. Talab qilingan summa hisob keltirilgan tarelkaga qo‘yiladi. Pul to‘layotganingizda o‘zingizga e’tibomi jalb qilmang, bu siz tomondan qilingan noto‘g‘ri xatti-harakat hisoblanadi. Erkak kishi ayolning kiyinishiga yordam berishi kerak. Ayolni uyiga kuzatib qo‘ying. Hech qachon ayolga chap qo'lingizni taklif qilmang.

Download 65.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling