3. Telefon orqali so‘zlashuv Biznesda eng oddiy munosabat bu telefon orqali suhbat hisoblanadi. Lekin unday emas. Telefon orqali suhbat ham rasmiy xat va fakslardagi kabi qisqa, aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. Birinchi bo‘lib kim qo‘ng‘iroq qilsa, o ‘sha shaxs o ‘zini tanishtirishdan boshlaydi. Agarda telefonni boshqa shaxs olsa, unda o ‘zingizni tanishtirishingiz shart emas. U bilan so‘rashib, sizga kerakli odamni chaqirib berishini iltimos qilishingiz yetarli. Agarda u ish joyida yo‘q bo‘lsa, qachon kelishini so‘rab yoki biron narsa aytib qo‘yishni iltimos qilib suhbatni tugatishingiz mumkin. Agarda uzoq vaqt hech kim javob bermasa, unda telefon go‘shagini qo‘yib qo‘ying. Qo‘ng‘iroq qilganingizda telefon go‘shagini siz tanimagan odam olsa, kim bilan gaplashayotganingiz haqida so‘rashingiz shart emas. Balki telefon nomerini to‘g ‘ri terganingiz haqida so‘rasangiz kifoya qiladi. Xodimingiz yoki kotibangizdan kerakli joyga qo‘ng‘iroq qilishni va kerakli odam bilan bog‘lab berishni so‘rashingiz mumkin. Agarda hamkasbingizni telefonda so‘rashsa, kim qo‘ng‘iroq qilayotganini so‘rashingiz mumkin emas. Agarda siz qo‘ng‘iroq qilishda birinchi bor adashgan bo‘lsangiz, ikkinchisida, albatta, siz tergan raqamning haqiqatan o ‘sha ekanligini so‘rab oling.
Agarda siz juda ham band boisangiz, oldindan kotibangizga javob berib qo‘yishini iltimos qiling yoki telefoningizni uzib qo‘ying. Birinchi bo‘Iib qo‘ng‘iroq qilgan odam suhbatni tugatadi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda quyidagilami yodda tutish lozim:
1) Gaplashishdan oldin:
gaplashish zarurmi?
• muloqotning maqsadi
qo‘l ostingizda qalam, qog‘oz va kalendar bo‘lsin;
muhim muloqot ko‘zda tutilsa, reja tayyorlab oling;
suhbatdoshingizning ish tartibini yodda tuting.
2) Gaplashish vaqtida
o ‘zingizni tanishtiring;
• faqat go‘shakka gapiring;
so‘zlaringizda aniqlik bo‘lsin
xotirjam gapiring;
noma’qul so‘zlardan ehtiyot bo‘ling;
suhbatdoshingizning so‘zini bo‘lmang;
keskin e ’tiroz bildirmang;
diqqat bilan eshiting;
tegishli va zaruriy narsalarni yozib boring.
Do'stlaringiz bilan baham: |