bob. Zamonaviy boshqaruvda menejer etikasining nazariy asoslari. Menejment etikasining shakllanishi va ahamiyati Menejer etikasining qadriyatlar tizimi


Download 65.85 Kb.
bet12/12
Sana07.03.2023
Hajmi65.85 Kb.
#1248021
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
diplom ishi

Arab davlatlari Murojaatlarda: Arab davlatlari shunchalik buyuk va xilma-xilki, ularga biron-bir ta’rif berish qiyin. Har qanday vaziyatda ham ular uch xil qatlamga bo‘linadilar: janoblarga, kambag‘allarga va o ‘rta qatlamga. Odatda, vaziyatga karab «Janob» deb chaqirsangiz adashmaysiz. Aniqlik: arablarda aniqlik nisbiy tushuncha. Rasmiy uchrashuvlarda kechikishlarga ahamiyat berilmaydi. Lekin Angliya va fransiyaliklar bilan hamkorlik qilgan va tajribaga ega bo‘lgan kishilar yevropaliklardagidek yo‘l tutadilar. Kiyinish: rasmiy uchrashuvlarga ishbilarmonlar yevropacha rusumdagi kostyumlar kiyishadi. Mansabdor shaxslar milliy kiyimlami kiyishni afzal ko‘rishadi. Ayollar iloji boricha yopiq kiyinishadi. So‘zlashuv taomili: arablar bilan suhbatlashish vaqtida oradagi masofa 3 5 ^ 0 sm bo‘ladi. Ish yuzasidan hamkorlikni hurmat qilishadi, majburiyatlami bajarishadi. Arab mamlakatlarida suhbatlashishning o‘ziga xos qonun-qoidalari mavjud, bu qonun-qoidalami hurmat qilish kerak. Rasmiy uchrashuvlarda asosiy mavzuga o ‘tishdan oldin, bir necha odatiy gaplarni aytadilar va ularga javob olishni istaydilar (salomlashishga o‘xshagan). Boshqa narsalar Yevropadagidek kechadi. Sovg‘alar: sovg‘alami qabul qilishadi va qaytarishga harakat qilishadi. Suhbatlaming borishi: biznes haqida suhbatlashishni yoqtirishadi, shuningdek, o‘z shaharlaridagi yodgorliklar haqida hamda diniy mavzulami ham chetlab o‘tmaydilar. Arablar turli xil dinlarga sabrli boMishadi. Takliflar: har qanday takliflarga yo‘q demaydilar.
Lotin Amerikasi Murojaatlarda: «sinor» (er.kak kishiga nisbatan), «sinora» (turmush qurgan ayollarga nisbatan), «Sinorita» (turmushga chiqmagan xotin-qizlarga nisbatan). 79 Aniqlik: lotin amerikaliklar kechikishlarga unchalik e’tibor berishmaydi. Agar siz 30-40 daqiqaga kech qolsangiz ham bu ulami unchalik hayratlantirmaydi. Kiyinish: ishbilarmonlar havoning issiqligiga qaramay uchrashuvlarga kostyumda kelishni afzal ko‘rishadi. So‘zlashuv taomili: lotin amerikaliklar bilan suhbat vaqtida uzoqlashmasligingiz lozim. Ish yuzasidan bo‘lgan savollarga ob-havo, tabiat va taassurotlar haqidagi 5 minutlik suhbatdan so‘ng o‘tishingiz kerak. Kelishuvlami qorong‘ida o ‘tkazmang, vaqtni va suhbatni cho‘zishga harakat qiling. Bu odatlami ular yaxshilik belgisi deb tushunishadi. Shartnomalami imzolash vaqtida lotin amerikaliklar eng kichik detallami ham e’tiborga oladilar. Noroziliklarni ham ular tinch va tushungan holda qabul qilishadi. Ular odatda birinchi uchrashuvdayoq shartnomalar tuzishmaydi. Bir necha uchrashuvlardan keyin tuzishni afzal ko‘rishadi. Sovg‘alar: qimmat bo‘lmagan sovg‘alami juda ham yoqtirishadi. Suhbatlarning borishi: Ular o ‘z davlatlarida joylashgan diqqatga sazovor joylar haqida suhbatlashishni yoqtirishadi. Siyosatga unchalik qiziqishmaydi. Takliflar: takliflardan odatda voz kechishmaydi. Xulosa qilib aytganda, olijanoblik faqatgina bilimda emas, balki birbirini tushunishdadir. Bu xatti-harakatlardagi eng kichik detallardan iborat: madaniyatli salomlashish, hurmat bilan bahslashish, stol atrofida o ‘zini tuta bilish, boshqalarga bildirmasdan yordam berish, tabiatni va atrof-muhitni asrash, yomon so‘zlarni gapirmaslik va boshqalar. Shu bilan birga, odamlarga va atrof-muhitga sabr-toqat bilan munosabatda bo‘lish ham olijanoblikdir. Yaxshi xulq-atvor negizida odamlarga xalaqit bermaslik, «hamma yaxshi yashasin» degan niyat yotadi. Inson o ‘zida xulq-atvomi emas, balki uni belgilovchi omillami tarbiya qilishi lozim. 0 ‘zining dunyosiga, jamiyatga, tabiatga va o ‘tmishga e’tibor bilan qarashi kerak.
Download 65.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling