bob. Zamonaviy boshqaruvda menejer etikasining nazariy asoslari. Menejment etikasining shakllanishi va ahamiyati Menejer etikasining qadriyatlar tizimi
Download 65.85 Kb.
|
diplom ishi
Germaniya Murojaatlarda: «хегг» (erkak kishiga nisbatan), «frau» (turmush qurgan ayollarga nisbatan), «froyleyn» (turmushga chiqmagan xotin-qizlarga nisbatan). Aniqlik: nemislaming hamma narsani o‘z vaqtida bajarishlari tillarda doston. Besh minutdan ortiq kech qolsangiz telefon orqali kechikishingiz sababini aytib qo‘yishingiz lozim. Kiyinish: yozda erkaklar kostyumsiz ham yurishlari mumkin. Lekin albatta oq ko‘ylak va galstuk bo‘lishi shart. So‘zlashuv taomili: o‘z hamkoringizgajiddiy va ishonchli ishingiz haqida so'zlab berishingiz va oldindan alohida tayyorlab qo‘yilgan papkalardagi hujjatlar bilan ularni tasdiqlashingiz kerak. Sovg‘alar: suvenirlami yoqtirishadi. Bolalar uchun hech qanday o‘yinchoq olmasligingiz kerak (o‘yinchoqlar matosi xavfsizlik standartlariga javob bermasligi mumkin). Suhbatlarning borishi: nemislar o‘z bekamu ko‘stlikka erishgan ekologiyasi haqida eslash, ko'chalarning tozaligi, go‘zalligi va tabiatining orastaligi haqida suhbatlashishni yoqtirishadi. G ‘arblik nemislar sharqiy yerlami o‘z yelkalariga olganligi to‘g‘risida achinish bildirishlarini yoqtirmaydilar. Sharqliklar esa Germaniya birlashganidan ke-yingi og‘ir iqtisodiy ahvol haqidagi suhbatni maroq bilan eshitishadi. Takliflar: sizni kaloriyali restoranga taklif qilishni unutmaydilar. Sizni yana birshtubetga (pivo ichadigan joy) shahar tashqarisida joylashgan o‘rmonga taklif qilishadi. Pivoning hamma navlaridan ichmang. Supermarketda faqat o‘zingizning pulingizga ishoning. Sherigingizdan hatto bir necha soatga bo‘lsa ham pul so‘rashga harakat qilmang, aloqalarga putur yetishi mumkin.
Yaponiya Murojaatlarda: suhbat vaqtida yaponlar suhbatdoshining unvonini aytib chaqirishadi, xoh u boshliq boisin yoki mehmon. Bizning ishbilarmonlarimiz suhbatdoshining familiyasiga «San» qo‘shimchasini qo‘shib murojaat qilishlari lozim. Bu muloyimlik belgisidir. Masalan: «Sato-san». Kiyinish: Yaponiya ishbilarmonlari asosan kostyum kiyishadi. So‘zlashuv taomili: Bu jarayon Yaponiyada juda ko‘p shartlardan tashkil topgan. Buni tushunib olish qiyin. Shuning uchun asosiy narsalami bilib olish kerak: qo‘l berib salomlashish Yaponiyada odat tusiga kirmagan. Ayollar bilan qo‘l uzatib salomlashishni aqlga bovar qilmaydigan narsa deb tushunishadi. Kelishuvlar vaqtida yaponiyaliklar qisqa ogohlantirishlar berishi mumkin. Suhbatni o‘zlari boshlashni xohlamaydilar. Muloyimlikni qadrlashadi. Odatda ular «yo‘q» deyishmaydi. Yaponlar uchun kamgaplik oltinga teng. Suhbat davomida yaponlar boshini egib «хау» so'zini ko‘p 78 ishlatishadi: tarjimasi «ha». Lekin bu rozi ekanligidan dalolat emas. Bu e’tibor belgisi b o iib , sizni eshitayotganligini bildiradi. Sovg'alar: yaponiyaliklar odatda birinchi uchrashuvda qandaydir suvenir yokibirorsovg‘aberishadi, bu suhbat boshlanishini bildiradi. Sovg‘asifatida unchalik qimmat bo‘lmagan biror-bir narsa berishadi. Shunday narsani u suhbatdoshidan ham kutadi. Suhbatning borishi: yaponiyaliklar birinchi uchragan odamga ko‘nglini ochmaydilar. Ular quyidagi mavzular haqida suhbatlashishadi: siyosat, din, hayot muammolari, ish, moliyaviy ishlar, shaxsiy muammolar. Takliflar: restoranga taklifni ular yaxshi qabul qilishadi. Yaponiyaliklar mehmonlami shahaming diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirishni yoqtirishadi. Download 65.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling