Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Suhbatni doimiy saqlab turish bu oson ish emas


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/156
Sana26.11.2021
Hajmi1.13 Mb.
#177677
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   156
Bog'liq
pedagogik konfliktologiya

Suhbatni doimiy saqlab turish bu oson ish emas. Muloqotni saqlash ham shunday. 
Bu har ikki tomondan ma’lum bilim va ko’nikmalarni talab etadi. Agar siz o’zingizni 
ma’lum  doirada  begona  his  qilsangiz,  nimalar  haqida  gapirishni  bilmasangiz, 
o’zingizning  yaxshi  suhbatdosh  bo’la  olishingizga  shubha  qilsangiz  muloqot  jonli 
emas, balki rasmiy va sun’iy o’tadi. 
Shu  bilan  birga,  ba’zi  odamlar  o’z  psixologiyasi  va  tarbiyasiga  ko’ra  muloqotni 
―barbod‖  (sabotaj)  etuvchilar  qatoriga  qo’shiladilar.  Mana  shunday  odamlar 
so’zlarida ko’pincha tahdid ovozlari va kayfiyatlari sezilib turadi. Ular buyruq berib 
gapiradilar. Ular asosan negativ axborot tarqatishga moyil bo’ladilar. Birovlar, yoki 
hodisalar tahlilida asosan tanqid ustun turadi. Ijobiy gapirish, ijobiy baho berish ular 
uchun  tabiiy  qiyinchilik  tug’diradi.  Ular  ko’pincha  birovlarni  ayblab,  yoki  ularga 
laqab  tirab,  kesatib  gapiradilar.  Ular  o’zini  ―hamma  ularga  qarzdorday,  ammo 
qarzlarini  qaytarmayotganday‖  tutadilar.  Ko’pincha  ular  muhim  ahamiyatga  ega 
bo’lgan axborotlarni yashiradilar. Ular o’zini ―ichimdagini top, agar topa olmasang, 
sen aybdorsan‖ kabilida tutadilar. Ular axborot o’rtoqlashishni xush ko’rmaydilar. 
Ba’zilar  o’z  suhbatini  tergovday  olib  boradi.  Ular  so’zlari  tahdid,  shubha, 
busaramjonlik  bilan  to’lgan  bo’ladi.  Ba’zilar  esa,  avval  maqtab  turib,  so’ng  biror 
ishni zimmangizga yuklash payidan bo’ladi. Sizning qalbingizda esa, xuddi aldanib 
qolgandek xissiyot uyg’onadi. Ba’zilar nima to’g’rida gapirilsa ham, asosan maslahat 
berishga  o’tib  ketaveradi.  Kamdan  kam  odam  o’z  suhbatini  hamkorlikda  biror 
yechimni qidirishga yo’naltira oladi. Ko’pchilik uchun o’z xissiyotlari, o’z qarashlari, 
o’z  fikrlari  eng  to’g’ri,  eng  aniq  va  eng  o’ylangandek  tuyuladi.  Ba’zilar  esa 
suhbatlashishni bahs qilish, ko’p gapirish, birovlarning og’zidan so’zini olib qo’yish 
deb  anglaydi.  Ular  suhbatdoshi  bilan  xuddi  so’zlashishida  musobaqa 
o’tkazayotganday o’zini tutadi. Ba’zilar esa buning aksi, birovning so’zlarini eshitish, 
faqat  uni  tinchlantirishdan  iborat  deb,  nuqul  ―Hafa  bo’lma‖,  ―Asabiylashma‖, 
―Hamma narsa o’tib ketadi‖ qabilida suhbat quradilar. Ammo ularning suhbatdoshiga 
tinchlantirish  emas,  ularning  so’zlari,  mana  shu  so’zlar  ortida  turgan  xissiyotlarni 
hamdard  bo’lib  eshitish  talab  qilinadi.  Yuqorida  ta’kidlangan  barcha  holatlarda  bir 
tomon ikkinchi tomonga nisbatan ―sabotajlik‖ munosabatida bo’ladi.  


 
 
95 
Inson shunday tuzilganki, unga uning so’zlariga qilingan munosabat,  ya’ni uning 
shaxsiyatiga  bo’lgan  boshqa  odam  reaksiyasi  juda  muhim  hisoblanadi.  Muloqot 
aslida  faqat  so’zlar  orqaligina  emas,  balki  yuqorida  ko’rilgan  barcha  muloqot 
komponentlari    orqali  olib  boriladi.  Ammo  suhbat,  ya’ni  so’zlar  eng  katta  axborot 
almashuvga  asos  bo’ladi.  Shu  bois,  siz  ―sabotajlik‖  usulidan  foydalangan  holda 
suhbat  qursangiz,  suhbat  jarayoni  har  ikki  tomonga  ham  qoniqish  olib  kelmasligi 
mumkin. Agar siz suhbatdoshingizni asli hurmat qilmasangiz, u sizning mimikangiz, 
ovozingiz, istehzoingiz orqali baribir mana shu asl munosabatni sezib, anglab turadi. 
Shu  bois,  muloqotni  barcha  sanab  o’tilgan  xususiyatlarni  nazarga  olgan  holda  olib 
borish talab etiladi. Agar siz atrofingizdagi odamlar bilan do’stona va iliq muomala 
qilmoqchi bo’lsangiz, kuyidagi talablarga alohida e’tibor qaratmog’ingiz lozim: 
Do’stona va iliq munosabat omillari 
-  suhbatdoshingizga  o’zaro  tenglik  tamoyili  asosida  muomala  qilasiz,  uni 
suhbatdagi  hamkor  deb  qabul  qilasiz,  uning  maqsadlarini  o’zingizga 
bo’ysundirmaysiz; 
-  suhbatdoshingizning  o’z  shaxsiy  fikri  mavjud  bo’lishi  mumkinligi  huquqini 
hurmat  qilasiz,  shu  bois  o’z  fikringizni  u  albatta  qabul  qilishi  lozimligi  talab 
etmaysiz, u sizning fikringizga qo’shilmasa, undan hafa ham bo’lmaysiz, chunki har 
bir  odamning  o’z  qarashi  mavjud  bo’lishi  lozimligi  tabiiy  hol.  Insonning 
individualligi fikrlari va qarashlarida ham o’zini namoyon qiladi. 
-  uning qarash va fikrlarini behurmat qilmaysiz hamda ular mavjudligi e’tiborga 
olasiz.  Masalan,  ―Faqat  ahmoqlar  shunday  deb  o’ylashi  mumkin‖,  ―Sen  asli  aqli 
pastroq  odamsan-da,  shunaqa  xulosaga  kelibsan‖,  ―Xotinlarning  asli  aqli  pastroq 
bo’ladi,  sendan  bundan  boshqa  yana  nimani  kutardik...‖,  ―Erkaklar  har  doim  mana 
shunaqa  qo’rs  bo’ladi,  ―Siz  ham  odammisiz,  gapga  tushunadigan…‖  qabilidagi 
jumlalar suhbatni keskinlashtiradi. Opponentingizning fikri noto’g’ri bo’lsa ham, bu 
fikr  –  uning  uchun  o’z  fikri  bo’lganligi  sababli  qadrli  ekanligin  unutmaslik  lozim, 
unga o’z fikrini o’zgartirish uchun imkon berish dakror. 
-  boshqa insonlarning o’z hayotiy tajribasi, xulosalari, qadriyatlari mavjudligini 
hisobga olasiz. Har bir inson – alohida, mustaqil qadriyatdir. Fikrlar almashuvi zarur 
holat, ammo fikrni majburlash, tanqid qilish, o’z fikrini ustun qo’yish orqali singdirib 
bo’lmaydi. 
Mana shu suhbatni ―sovuqlashtiruvchi‖ yoki ―iliqlashtiruvchi‖ omillar asosida o’z 
harakatlaringizni sinab ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Tahlil nima narsalarni qilmaslik 
lozimligini sizga ochiq ko’rsatadi. Inson o’z malakalarini tahlil qilishga o’tganda, u 
o’z xato va kamchiliklarini tuzatishga ham o’tgan bo’ladi. Xato to’g’rilanmagunicha 
xato  hisoblanadi.  Xato  tuzatilgandan  so’ng  xato  emas,  balki  yangi    voqyelikka 
aylanadi. 
Shu bilan birga, ba’zan biz o’zimizni ham suhbat ―sabotajchisi‖ sifatida tutamiz. 
Agar suhbatdoshimiz avvallari bizni hafa qilgan, bizning ko’nglimizga tegadigan gap 
qilgan,  yoki  o’zi  asli  bizga  yoqmaydigan  odam  bo’lsa,  biz  o’zimizni  shunday 
tutishimiz  mumkin.  Demak,  bu  hollarda  ham  bizning  amallarimiz,  so’zlarimiz 
odamlarga  qanday  ta’sir  ko’rsatishi  mumkinligini  bilish,  xato  holatlarning  oldini 
olishga teng keladi. Aslida, ―sabotajchilik‖ har ikki tomonga ham tavsiya etilmaydi. 


 
 
96 
Suhbat  tomonlarning  o’zaro  munosabatini  yorqin  va  aniq  ko’rsatadigan  ijtimoiy 
voqyelik hisoblanadi.  
Sizning  suhbatdan  maqsadingiz  o’z  suhbatdoshlaringizga  o’zingiz  haqidagi 
ma’lum  tartibda  mujassam  etilgan  axborotlar  tizimini  uzatishdan  iboratdir.  Uning 
maqsadi  ham  shunday.  Ya’ni,  ikkala  tomon  axborot  almashuv  orqali  o’z 
munosabatlarini  aniqlashtirib  olmoqchi.  Axborot  almashuvni  esa  boshqa  tomon 
manfaatlarini  buzgan  holda  olib  borish  –  noto’g’ri  va  madaniyatsizlik  alomati 
hisoblanadi.  Shu  bois,  muloqotni  eng  avvalgi  shartlaridan  biri  –  o’z  suhbatdoshini 
hurmatlash hisoblanadi.  
Sizni  to’g’ri  va  samimiy  qabul  qilinganingiz  sizni  xursand  qilganidek,  sizga 
g’ayrli va adolatsiz munosabat sizning ko’ngligingizni og’ritadi, hafa qiladi. Sizning 
fikrlaringiz,  qarashlaringiz,  xulosalaringiz  tanqid  qilanaversa,  siz  bunday  holatlarni 
o’zingizga  nisbatan  nohaqlik  sifatida  qabul  qilasiz.  Ammo  hurmatli  odam  bo’lish 
uchun  faqat  maqtovlar  ichida  yashash  hyech  ham  shart  emas.  Odam    birovlarning 
maqtovi, hushomadisiz ham o’zini ulug’vor ko’rsatishi mumkinligi aniq. 

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling