O’zgani anglash (eshitish) va o’zini anglatish qoidalari
Konfliktlar yechimi odamlarni to’g’ri muloqot qilish qoidalariga o’rgatadi.
Mazkur qoidalar o’zga odamni fikrini to’g’ri qabul qilish va o’zining fikrini ham
to’g’ri bildirish qonun-qoidalarini ham o’z mazmuniga qamrab oladi. Shu bois,
konfliktlar yechimi o’z nuqtai nazarini ma’lum tartiblar asosida ifoda qilinishini talab
etadi. Agar konfliktdagi bir tomon qo’pollik qilsa, dag’dag’a bilan tahdid uyg’otsa,
ikkinchi tomon o’zini muhofaza qilish choralarini ko’rishga majbur bo’ladi. O’zini
muhofaza qilishga uni majbur qiladigan vaziyat yaratilgan bo’ladi. O’zini himoya
qilish esa tabiiy ehtiyoj hisoblanadi. O’z fikrini singdirish uchun bir tomon ikkinchi
tomonga taziyq o’tkazsa, unga xos bo’lmagan xulosalarni qabul qilishga ikkinchi
tomonni majbur qilingan bo’linadi. Shu bois, konflikt sharoitida qarama-qarshi
tomonlar e’tirozini uyg’otmagan, o’zini himoya qilishga boshqa insonni zo’rlamagan
tarzda muloqot olib bora olish qobiliyati qadrlanadi.
Konflikt yechimida boshqa bir insonni eshitish hamda o’z fikrini o’tkazishni
tenglik sharoitida olib borish muhim talablardan biriga aylanadi. Demak, konflikt
yechimida birovni eshitish va o’zini anglatish qonuniyatlariga rioya etish zarur.
Birovlarga ―aql‖ o’rgatib, ularning qanday yashashi lozimligi ta’kidlashdan ko’ra,
ularni avval eshitib, so’ng birgalikda yagona qaror qilish to’g’riroq bo’ladi. Konflikt
Do'stlaringiz bilan baham: |