Muloqotni iliqlashtiruchi omillar
Empatiya deb atalgan tushuncha bor. Empatiya – boshqa bir odamning harakatlari
va amallarini yuzaga keltirayotgan omillar va xis-tuyg’ularni to’g’ri tushunish, ularni
adekvat anglash va hamdardlik ko’rsata olish hisoblanadi. Mana shunday o’zingga
yaqin, xatto ba’zan tanish bo’lmagan odamlar xis-tuyg’ulariga ochiqlik, ularni
tushunish - o’zaro anglash va hamdardlik, o’zaro kontakt qila olish qobiliyatidan
darak beradi. Mana shunday qobiliyatni o’zida tarbiya qila olgan, o’stirib borgan
odam, shu qobiliyatni egallagan odam, muloqot madaniyatining eng zarur talabini
bajargan hisoblanadi. Agar siz ruhan eng yaqin insonni ko’z oldingizga keltirsangiz,
siz va mana shu inson o’rtasida:
samimiylik;
ochiqlik;
o’zaro bir-biridan sir yashirmaslik;
o’zaro ishonch;
qarashlar yakdilligi;
muammolarni ochiq ayta olish, o’z muammosini aytganda ―bu odam
yomon ekan‖ degan hayollarga bormaslik;
uning siz to’g’ringizda hyech qachon yomon fikrga bormasligiga, sizni
―muhokama‖ etib turmasligiga ishonch;
uning sizni har doim ochiq yuz bilan kutib olishi;
siz uchun hyech qachon vaqt ayamasligi;
siz bilan har vaqt bir tekis muomala va suhbat qurishlari;
sizga hamdardlilik bildira olishlari;
yordam kerak bo’lganda, ularning har doim tayyorligi va shu kabi o’nlab
xususiyatlarning namoyon bo’lishi oydinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |