Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


– faol eshitish qobiliyatisiz yechilmaydi


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/156
Sana26.11.2021
Hajmi1.13 Mb.
#177677
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   156
Bog'liq
pedagogik konfliktologiya

– faol eshitish qobiliyatisiz yechilmaydi.  
Eshitish    diqqatning  boshqa  odamga  o’z  xohish  va  irodasi  bilan  berilishiga 
aytiladi.  Shu  bilan  birga  boshqa  odam  aytmoqchi  bo’lgan  fikrni  anglashdir.  Uni 
tushunishga harakat qilinishidir. Ko’pchilik uchun birovga quloq tutish – uning nima 
so’zlar  aytayotgani  va  qanday  aytayotgani  bilan  bog’liq.  Ammo  bu  yetarli  emas. 
Boshqa odamga haqiqiy quloq tutish – uning fikr va o’ylari, xissiyotlarini bevosita va 
to’g’ri  anglashdir.  Effektiv  eshitish  –  boshqa  odamga  haqiqiy  quloq 
solayotganligingiz  isbotidir.  Agar  siz  boshqa  odamning  so’zlariga  haqiqiy  quloq 
solayotgan bo’lsangiz, uning hamkori, yordamchisi aylanasiz. Bu esa tomonlar uchun 
konflikt yechimini muvaffaqiyatli olib borish imkoniyatini yaratadi. 
Faol eshitish qobiliyati esa ham eshitish, ham o’z fikrini bildirish bosqichlaridan 
iborat  bo’ladi.  Shu  bois,  muloqot  madaniyatini  mana  shu  muloqotni 
―sovuqlashtiruvchi‖  yoki  uni  ―iliqlashtiruvchi‖  omillarsiz  tasavvur  etib  bo’lmaydi. 
Agar  siz  o’zga  tomon  bilan  o’z  munosabatlaringizni  buzmoqchi  bo’lsangiz,  sizga 
muloqotni  ―sovuqlashtiruvchi‖  omillar  qo’l  keladi,  ammo  siz  muloqotdan  tomonlar 
orasidagi  yaxshi  munosabatlarni  saqlab  qolish  uchun  foydalanmoqchi  bo’lsangiz, 
demak, siz doimo muloqotni ―iliqlashtiruvchi‖ omillardan foydalanishingiz darkor.  
 
Muloqotni “sovuqlashtiruvchi” omillar 
Muloqot  madaniyatida  keng  tarqalgan  xatolardan  bir  shundaki,  gapirib  turgan 
odamning so’zi nihoyasiga yetmasdan turib, unga yangi savollar beriladi. Siz bunday 
qilganingizda  suhbatdoshingizni  qiyin  ahvolga  solib  qo’ygan  bo’lasiz.  Chunki  u 


 
 
94 
birinchi  savolingizga  xali  to’liq  javob  ayta  olmagan.  Siz  bo’lsa,  yangi  savollar 
berayotirsiz. Siz uni dovdiratib qo’yasiz. Nima muhimu, nima muhim emas, u idora 
qila  olmay  qoladi.  Agar  u  savollaringizga  javob  bermasa,  siz  uni  omi,  bilimsiz, 
didsiz,  ilmiy  salohiyatsiz  odam  sifatida  baholashingiz  mumkin.  Demak,  savol 
berilgandan  so’ng,  to’laligicha  mazkur  savolga  javob  berish  imkoniyatini  ham 
yaratish lozim.   
Bunday  odamlar  suhbatida  ko’proq  qo’nimsizlik,  sabr  va  birovni  tinglash 
qo’nikmasi  yetishmaydi.  Ular  ko’proq  sizning  fikringizni  bilish  uchun  emas,  balki 
o’z fikrini o’tkazish uchun suhbat quradi. Natijada, siz o’zingizni bunday odam bilan 
qanday  tutishni  bilmay  qolasiz.  Odam  faqat  o’zining  fikrlarini  bildirish  asosiga 
muloqotni tuzadigan bo’lsa, u boshqalar fikrini  bilishdan mahrum insonga aylanadi. 
Odam  esa  o’z  psixologiyasiga  ko’ra,  ko’proq  o’zining  eshitilishini  istaydi. 
Suhbatdagi  keskinlik,  formalizm,  xulosalarning  qat’iyligi  (kategorichnost),  yodlab 
olingan  jumlalar  va  fikrlar,  birovlarning  qarashlarini  takrorlash,  samimiyliksiz 
gapirish,  o’zini  soxta  tutish  kabilar  suhbatni  rivojlantirmaydi,  balki  uni  so’ndiradi. 

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling