Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogik konfliktologiya
Konflikt obyekti deganda taraflar egallashga yoki undan foydalanishga
intiladigan muayyan moddiy yoki ma’naviy boylik tushuniladi. Konflikt obyekti bo’lib shaxsiy, guruhiy, ijtimoiy, davlat manfaatlarining predmeti bo’lgan moddiy dunyo va ijtimoiy borliqning istalgan elementi hisoblanadi. Bu element konflikt predmeti bo’lishi uchun turli ijtimoiy subyektlar manfaatlari to’qnashadigan nuqtada bo’lishi kerak, subyektlar bunday element ustidan shaxsiy kontrol yuritishga harakat kiladilar. Bunday vaziyatlarga misol : kichik yoshdagi bolalar chiroyli o’yinchok ustida talashadilar yoki u yoki bu hududning tegishliligi haqidagi masala hal qilinmaganligi uchun davlatlar o’rtasidagi munosabatlarning taranglashuvi. Munosabatlarning muayyan tizimida konflikt bu doimo birorta resursning yetishmovchiligidir : bitta direktor lavozimiga ikkita o’rinbosarning da’vogarligi, do’konda tanqis mahsulot olish uchun navbatda turganlar o’rtasida bo’ladigan janjal. Resurslar tanqisligini kompensasiya qilish ko’pincha yuzaga kelgan muammoni birdaniga hal qilishi mumkin. Kishilar kundalik hayotlarida to’qnash keladigan ko’p sonli muammolarni shu tariqa yo’q qilishga erishishi mumkin emas. Oddiy, tipik konfliktlar obyektlarini ajratish eng umumiy xarakterdagi muammolar darajasini aniqlashga imkon beradi. Masalan, kundalik turmushimizga xos bo’lgan transport va navbatda turishda bo’ladigan konfliktlar davlat miqyosidagi transport qatnovi va tovar ta’minoti tanqisligi bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Ba’zan konfliktlar aniq obyektga ega bo’lmasligi mumkin, ya’ni obyekti bor konfliktlar bilan birga obyektsiz konfliktlar bo’lishi mumkin, bunda subyektlarning birorta narsa ustidan nazorat qilishi o’zaro maksad-intilishlari istisno qilinadi. Masalan: ko’p qavatli uylarda yonma-yon yashovchi qo’shni xonadonlarning birida uy egasi ilmiy asarni yozish bilan band bo’lganda, qo’shnisi pianinoda mashq qila boshlaydi. Birinchi qo’shni ikkinchisiga murojaat qiladi va shu tariqa konflikt yuzaga keladi. Bu konfliktda qo’shnilar birorta narsa ustidan nazorat o’rnatishga intilmaydilar, balki birinchisining samarali ishlashiga ikkinchisi halaqit beradi. Yoki jinoiy ish yuritish amaliyotida shunday holatlar uchraydiki, tasodifiy o’tkinchi bezoriga tanbeh beradi, shunda konflikt avj olishi mumkin. Bunda konflikt bir subyekt tomonidan ikkinchisining axloqiy qarashlarini buzish orqasida ro’y beradi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling