Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi
guruhlarga, ularning mulki yoki madaniyatiga tahdid solishga qaratilgan
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogik konfliktologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konflikt
guruhlarga, ularning mulki yoki madaniyatiga tahdid solishga qaratilgan
1 Қаранг: Работа с конфликтом: навыки и стратегия действия. Лондон, Конфликтологический центр, 2001. С.23. 1 Қаранг: Работа с конфликтом: навыки и стратегия действия. Лондон, Конфликтологический центр, 2001. С.23. 25 qarama-qarshi turish turi tushunilib, bunda kurash hujum yoki mudofaa shaklida kechadi. Ijtimoiy konflikt o’z ichiga shuningdek, individ yoki guruhning dushman taraf faoliyatini cheklashga, boshqa shaxs yoki guruhlar manfaatiga zarar yetkazishni cheklashga qaratilgan faolligini ham oladi. Konfliktlar muammosi yana qator atamalar: nizolar, debatlar, munozaralar, kim oshdi savdosi, raqobatchilik, nazorat ostidagi kurashlar, egri va to’g’ri zo’ravonlik kabilardan foydalanadi. Ko’p tadqiqotchilar konfliktni umumiy va tarixiy o’zgarishlar bilan qo’shib o’rganadilar. Boshqacha qilib aytganda, biz jamiyatning tabiat bilan yoki insonning o’zi bilan bo’ladigan «konflikt»larini o’rganmaymiz. Bu hollarda shubhasiz ziddiyatlar bo’ladi, biroq «konflikt» so’zi bunday vaziyatlarda ishlatilganda qo’shtirnoq ostida yoziladi, chunki u konfliktning asl ma’nosi bilan aynan emas. Shunday qilib, ijtimoiy konfliktda doimo kamida ikkita qarama-qarshi kurashuvchi taraflarning bo’lishi zarur. Ularning hatti-harakatlari odatda o’zaro bir- birini istisno qiluvchi manfaatlarga erishishga yo’naltiriladi va demak, ular to’qnashadilar. Barcha konfliktlar uchun taranglashuv xos bo’lib, unda odamlar o’z harakatlarini u yoki bu tarzda o’zgartirishga, bunday vaziyatdan saqlanishga yoki moslashishga majbur bo’ladilar. Sosial konfliktga nisbatan eng to’laroq ta’rif adabiyotlarda tadqiqotchi olim Ye.M.Babasov tomonidan berilgan: «Ijtimoiy konflikt (lotincha «conflictus» - to’qnashuv) - bu ijtimoiy ziddiyatlar keskinlashuvining eng oxirgi holati bo’lib, unda turli ijtimoiy uyushmalar - sinflar, millatlar, davlatlar, ijtimoiy guruhlar, ijtimoiy institutlar va boshqalarning manfaatlari, maqsadlari, rivojlanish tendensiyalaridagi qarama-qarshiliklar yoki muhim tafovutlar bilan bog’liq bo’lgan holda ular orasida bo’ladigan to’qnashuv namoyon bo’ladi. Ijtimoiy konflikt ijtimoiy muammo yechimini taqozo etuvchi muayyan vaziyatda shakllanadi va hal qilinadi. U yetarli miqdorda sabablarga, o’zining ijtimoiy ifoda etuvchisi (sinflar, millatlar, ijtimoiy guruh va sh.k.)ga, muayyan funksiyalarga, keskinlikning davomiyligiga va darajasiga ega» 1 . Bu ta’rifda konfliktning ba’zi, xususan, ruhiy jihatlari o’z aksini topmagan. Tadqiqotchi Yu.G.Zaprudskiy esa aynan shu jihatga alohida e’tiborni qaratgan: «Ijtimoiy konflikt - bu ijtimoiy subyektlar manfaatlari, maqsadlari va rivojlanish tendensiyalaridagi obyektiv farqlar qarama-qarshiligining oshkora yoki yashirin holati, mavjud ijtimoiy tartibga nisbatan qarshi turish asosida ijtimoiy kuchlarning bevosita to’g’ridan-to’g’ri va bilvosita to’qnashuvi, yangi ijtimoiy birlikka olib boradigan tarixiy harakatning alohida shaklidir» 2 . Boshqa bir guruh mualliflar esa, konfliktga quyidagicha ta’rif beradilar, ya’ni: ‖Konflikt - sig’ishmaydigan maqsadlarga ega yoki shunday maqsadlar haqida fikr yurituvchi ikki va undan ortiq tomonlar ( odamlar va guruhlar) o’rtasidagi munosabatlardir‖ 3 . Bu ta’rif keng va umumiy ko’lamda berilgan, shu bilan birga unda «quyi darajada»gi - turmush, ro’zg’or, oila, mehnat konfliktlari haqida gapirilmaydi. T.V.Novikovaning ta’rifiga ko’ra, «Ijtimoiy konflikt - bu taraflar (subyektlar) o’zaro 1 Қаранг: Социологический словарь. Минск, 1991. С.80. 2 Қаранг:Запрудский Ю.Г. Социальный конфликт. Ростов, 1992. С.54. 3 Қаранг: Работа с конфликтом: навыки и стратегия действия. Лондон, Конфликтологический центр, 2001. С.23. 26 munosabatlaridagi bir-birini istisno qiluvchi yoki bir-biriga zid bo’lgan muayyan o’z maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan vaziyatdir» 4 . Ijtimoiy hayotning turli sohalarini o’rganishda tadqiqotchilar odatda konfliktologik yondashuvni qo’llaydilar. Xalqaro siyosatda konfliktologik yondashuv katta ahamiyatga ega. Bu yondashuv yurisprudensiyada ham qo’llanishi mumkin, masalan, jinoyatga odamlar o’rtasidagi konflikt natijasi deb qaralgan vaqtda uning paydo bo’lish mexanizmini kuzatish mumkin. Konflikt sud jarayonida ham namoyon bo’ladi (bir tomondan - ayblanuvchi va uning himoyachisi, boshqa tomondan - jabrlanuvchi va qoralovchi). Konfliktga yaqin turuvchi boshqa hodisalar ham bor, ya’ni: musobaqa, tortishuv, raqobat. Bu hollarda ham taraflarning qarama-qarshi turishi kuzatiladi . Biroq bu qarshi kurash qoida bo’yicha dushmanlik darajasigacha keskin tus olmaydi yoki agar bunday yovuzkorlik mavjud bo’lsa ham (masalan, raqobatda), u boshqa tomonning qonuniy harakatiga to’sqinlik qiluvchi birgalikdagi harakatga aylanmaydi. Har qaysi taraf yutuqqa erishishga intilib, qarshi tomonni yengishga harakat qilib «O’z maydonida» ish ko’radi. Lekin bunda taraflarning harakatlari ijobiy (pozitiv) bo’lib, ular o’zlarining maksimal yutuqlariga intiladilar, raqibini yengish ular uchun pirovard maqsad emas. Shunday qilib, konflikt va musobaqa aynan bir xil emas, biroq musobaqa konfliktga aylanishi mumkin. Bu hol raqobatga ham taalluqli, raqobatdoshlar bir-biriga to’g’ridan-to’g’ri tazyiq ko’rsatishga o’tishlari mumkin. Ba’zi o’yinlar, ayniqsa, sport o’yinlari konflikt tarzida tashkil qilinadi (masalan, boks). Lekin bu yerda mohiyat bo’yicha gap konfliktga taqlid qilish haqida borayotganligi ravshan. O’yin tugashi bilan «konfliktli» munosabatlar ham tugaydi. Musobaqa o’tgandan so’ng turli komandalar o’yinchilari o’rtasidagi kelishmovchilikning saqlanishi bu qoida emas, balki istisnodir, bu holat sportda rag’batlantirilmaydi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling