Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix-falsafa fakulteti Falsafa yo’nalishi Sharq falsafasi va ma’naviyat kafedrasi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/21
Sana14.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1703400
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
ozbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va ijtimoiy tashkilotlar

sheriklik to’g’risida”gi Qonunni qabul qilish taklifi. Ushbu qonunda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal 
etish, mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, 
manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari 
bilan o’zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy 
mexanizmlarni takomillashtirish kabi masalalar bo’yicha huquqiy normalar ko’zda 
tutilishi darkor. Ushbu qonunning qabul qilinishi jamoaviy mehnat nizolarini hal 
etishga hissa qo’shadi, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga ko’maklashadi, 
xodimlarning mehnatga doir huquqlarining samarali kafolatlanishiga xizmat qiladi. 


57 
 
 
 
XULOSA 
 
Insoniyat taraqqiyotining har bir tamaddun bosqichi yangi-yangi 
muammolaru ularni omilkorlik bilan bartaraf etish qonuniyatlaridan iborat. 
Muammolar echimi esa strategik vazifalarni aniq belgilab olish, ular ijrosi 
mexanizmlarini puxta ishlab chiqishga bog’liq. 
Mustaqil O’zbekiston istiqlol va taraqqiyot yo’lini «o’zbek modeli»ning 
o’ziga xosu o’ziga mos mashhur besh tamoyili asosida strategik aniq belgilab, 
buyuk kelajagi sari dadil yuz tutdi. Besh tamoyil milliy kamolotning yaxlit 
kvintessensiyasi sifatida insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish, uning 
negizida ochiq fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning nazariy-amaliy 
poydevoriga aylandi. 
Fuqarolik jamiyati muammosi – asriy muammo, insoniyatning azaliy orza-
ideallari 
olami. 
Qadim 
Bobulning 
«Xammurapi qonunlari»dan qadim 
Hindistonning vedalarigacha, milliy halq og’zaki ijodi namunalari g’oyalaridan 
«Avesto», ya’ni zardushtiylik ta’limotigacha, qadim Rim, qadim Ellada, qadim 
Xitoy siyosiy-huquqiy ta’limotlaridagi «ideal shoh», ideal shahar (davlat), «ideal 
jamiyat» haqidagi qarashlardan buyuk mutafakkur bobakalonlarimizning, o’rta asr 
Ovruposi va XIX-XX asrlar siyosiy falsafasi g’oyalarigacha fuqarolik jamiyati 
haqidagi orzular hamda ularning ruyobi muammolari hamisha ham nazariy, ham 
amaliy dolzarblik kasb etgan. Bular tarixiy-retrospektiv yo’nalishda kitobda 
tahliliy umumlashtirilib berilgan. 


58 
Ayni paytda, jahoniy nazariy va amaliy tajribalarga asoslangan holda, 
mustaqil O’zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish bilan bog’liq 
o’ziga xos muammolar echimi mazkur tadqiqotning bosh mavzusiga aylandi. 
Albatta, o’n ikki yillik mustaqillikdavrida mamlakatimizda ro’y bergan, 
berayotgan ijtimoiy yangilanishlar ko’lami va mohiyatiga, insoniyatning 
demokratik sivilizasiyasini mehvariga fuqarolik jamiyati shaklida qanday 
ko’tarilayotganimizga odil hukmni tarix beradi. 
O’zbekiston o’z Yo’lboshchisi rahnamoligida adolatli shunday jamiyatni 
shakllantirish yo’liga qat’iy qadam qo’ydi. 
Milliy taraqqiyot modelining barcha prinsiplari bozor sivilizasiyasining 
demokratik afzalliklari bilan uyg’un vobasta qilishga qaratilgan. Bu juda yuksak 
tarixiy mas’uliyat bo’lib, turli jabhalarning tub islohiy jarayonlarida uni qat’iy 
inobatgaolishga to’g’ri keladi. Gap yolg’iz fuqarolik jamiyatini shakllantirish aniq 
rivoji xususida ham ketyapti. 
Bunday taqdirilamon buyuk o’zgarishlar tajribasini biror bir davlat 
osonlikcha boshdan kechirgani yo’q. Shu bois, nazarimizda, mustaqillik yillari 
tabiiy holda biz uchun oson kechmadi, kechmayapti. O’zbekiston sobiq ittifoqdosh 
respublikalar singari o’tish bosqichidek murakkab jarayonni qiyinchiliklar bilan 
kechindi, kechinmoqda. Bu tabiiy qiyinchiliklar milliy taraqqiyotimizning 
o’zimizga xos yalpi tub islohatlar yo’li va ularning amaliy samarali orqaligina 
omilkorlik bilan bosqichma-bosqich bartaraf qilindi. Jahon hamjamiyati 
O’zbekistonda ro’y berayotgan yalpi demokratik o’zgarishlarni qattiq kuzatib 
turibdi. Biz tabiiy ravishda ularga ko’p e’tibor berib turmadik, chunki shunday yo’l 
va strategik maqsadni etti o’lchab, bir kesgan holda o’zimiz tanladik. Har bir millat 
tanlagan taraqqiyot yo’liga esa hamisha hayrihohlik bilan qarash, baho berish 
lozim. 
Zamonaviy bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat 
qurish, ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish tub islohatlarning strategik 
maqsadi qilib belgilandi. Bular hammasi xalq tomonidan qizg’in qo’llab-
quvvatlanilgan yalpi yangilanishlarning ijobiy natijalar berishiga asos bo’ladi. 


59 
Milliy iqtisodiyot mustaqil rivojining bosh yutuqlaridan biri - bu 
mamlakatning don va yoqilg’i mustaqilligiga erishgani, xo’jalik faolligi 
pasayishining oldi olinganligi, ming yilliklar arafasida iqtisodiyot barqaror 
o’sishining ta’minlanganligi bo’ldi. Ushbu omillar jamiyat hayotining barcha 
sohalarini yalpi isloh qilishda bosh asos bo’lib xizmat qildi. 
Biroq iqtisodiyotni ma’naviyatdan ayri, birining ikkinchisi ustidan ustun 
holda qaramaslik lozim. 
Istiqlolning ilk kunlaridanoq, iqtisodiyotimiz mafkurasizlashtirildi. Asosiy 
maqsad iqtisodiyotni yovuzlik imperiyasidan meros totalitar mafkuradan tezroq 
xoli bo’lishi edi. Maqsad o’zini to’la oqladi. 
Jamiyat oldida nisbatan murakkab vazifa turardi. U ijtimoiy sivilizasiyaning 
yangi insoniy qadriyatlari asosida iqtisodiyot bilan mafkura o’rtasidagi o’zaro 
uzviylikning uyg’un tizimini yaratish edi. Iqtisodiy islohatlarni g’oyaviy jihatdan, 
milliy tiklanish, adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini 
mafkuraviy sog’lom ta’minlash masalalariga tobora ko’proq e’tibor qaratilgani, 
qaratilayotgani sabablari aynan ana shunda. 
Jamiyatda mafkuraviy bo’shliqqa yo’l qo’ymaslik davlatning bosh strategik 
maqsadiga aylandi. Jamiyat jiddiy va o’ta mas’uliyat bilan mafkuraning nisbiy 
mustaqil hodisa ekanligi omilini hisobga olgan holda, milliy istiqlol mafkurasining 
yaxlit konsepsiyasini yaratishga kirishdi. Ushbu siyosatning tizimiy asosi bo’lib 
konstitusiyaviy mafkuraviy plyuralizm, fikrlar va g’oyalar xilma-xilligi 
demokratizmi, Islom Karimovning «G’oyaga qarshi faqat g’oya, fikrga qarshi faqat 
fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin», 
degan g’oyaviy plyuralizm falsafasi xizmat qildi. 
«O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat» majmuiy milliy g’oyasi va uning 
negizida «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» siyosiy qurilish 
dasturi ishlab chiqildi. Ayni paytda, mustaqil davlat o’z ichki siyosati strategiyasini 
bosqichma-bosqich tadrijiy rivojlanish, «Ozod bo’lsang – obod bo’l, erkin 
bo’lsang – erkin bo’l, mustaqil bo’lsang – mustaqil bo’l!», «Yangicha fikrlash va 
ishlash – davr talabi» shiorlari negizida belgiladi, tashqi siyosatda bosh tamoyillar 


60 
qilib «Mintaqaviylikdan globallashuv sari» va «mintaqaviy xavfsizlikdan – global 
xavfsizlik sari», degan g’oyalar asos qilib olindi. 
Jamiyat 
hayotining 
barcha 
jabhalarini 
isloh 
qilish, 
demokratik 
yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishning hozirgi sifat bosqichi bu – 
O’zbekiston demokratik rivojlanishi tarixining yangi bosqichidir. Bosqichning 
ijtimoiy-siyosiy sifat falsafasi erkinlashtirish va ochiq fuqarolik jamiyati asoslarini 
shakllantirish strategiyalarida teran namoyon bo’ldi. 
Davlat 
jamiyati 
bo’lmish 
fuqarolik 
jamiyatini 
O’zbekistonda 
shakllantirishning eng asosiy, eng muhim ustuvor maqsadi, avvalo, mustaqillikni 
yanada asrab – avaylash, himoya qilish va mustahkamlash, deb belgilandi. Aynan 
shu maqsad «mamlakatimizni siyosiy jihatdan rivojlantirish, iqtisodiyotni 
modernizasiya qilish, jamiyatni ma’naviy yangilash borasida olib borayotgan 
barcha islohatlarimizning mezoni»
1
, deb baholandi. 
Fuqarolik jamiyati – erkin, ochiq, adolatli jamiyat. Unda inson va fuqaro 
huquqlari, erkinliklari, ommaviy axborot vositalari erkinligi, oshkoralik, 
demokratik plyuralizm eng bosh qadriyatlardir. O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini 
shakllantirishning to’rtinchi asosi qilib aynan ana shu taqdirilamon mohiyatlarning 
tanlanganligi ayni muddao. 
Nodavlat va jamoat tashkilotlarining jamiyat hayotidagi o’rni, mavqei 
hamda demokratik maqomi fuqarolik jamiyatining asosidir. 
Xulosa qilib aytganda Fuqarolik jamiyatini yanada shakllantirishda 
qo’yidagi takliflarni tavsiya etamiz: 
-ijtimoiy tashkilotlarning xuquqiy normativ bazasini yanada kuchaytirish; 
- nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risida inforimasion baza yaratish 
- ijtimoiy xamkorlikni rivojlanishda infrastruktura yaratish 
-NNT tugrsisida axalini bilimlarini oshirish 
- eshlarga NNT to’g’risida va ularni tashkil etish masalalarini kengrok 
eritish; 
1
Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini 
shakllantirishning asosiy yo’nalishlari. –T.: O’zbekiston, 2002. 17-bet.. 


61 
- fuqarolik jamiyati to’g’risida oliy ukuv yurtlarida maxsus kurslar tashkil 
etishdavlat. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling